|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. | |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Мустаҳкам оила Ота-она ва фарзандлар ўртасидаги муомала, оилавий муносабатлар, фарзанд тарбияси, никоҳ, ажралиш масалалари. |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
18.01.2012 08:25 | #1 | ||
Сообщений: 574
+ 440
311/211
– 78
27/20
|
Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov ajdodlarimiz merosiga yuksak baho berib: «O’tmishdagi Allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko’rsatmoqda.» deydilar. Sharqda yaratilgan qator musulmon etikasining noyob namunalari bo’lgan asarlar ham yuqoridagi gaplarni quvvatlagan holda, yoshlarni, oila farovonligini ma’naviy-axloqiy shakllantirishda asosiy mezon-qoida, qo’llanma, maslahatdan iborat pandnomalar sifatida xizmat qilib kelmoqdaki, ularni yanada chuqurroq o’rganish va oila atalmish jamiyatning asosini mustahkamlash uchun foydalanish foidadan holi emas.
__________________
Nur bor joyda soya bor. |
||
|
Ответить |
"+" от:
|
18.01.2012 08:27 | #2 | ||
Сообщений: 574
+ 440
311/211
– 78
27/20
|
O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 17-moddasida ko’zda tutilgan: “Nikoh’lanuvchi yoshlar tibbiy ko’rikdan faq at ularning roziligi bilan o’tkaziladi” – degan qoidadan ko’tilgan maqsad muddao g’oyat qutlug’dir. Bu masala qadimdan o’zbek halqiga mos narsa bo’lib, bu haqida Sohibqiron Amir Temur o’z tuzuklarida yozadi: «Kelin izlamoqqa etibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko’rdim. Kelin bo’lmishning nasl-nasabini, yetti pushtini surishtirdim. …Sog’lik…, jismonan kamolotini aniqladim, barcha qusurlardan holi bo’lsagina kelin tushurdim». Bu so’zlarda o’z qonining tozaligini saqlash, uning aynishiga yo’l qo’ymaslik va uni oldini olishga intilishini ko’rish mumkun. Bu qoida moh’iyatan jamiyatda sog’lom oilani shakllantirish, sog’lom avlodni dunyoga keltirish va ularni barkamol bo’lib tug’ilishini taminlashga qaratilgan ananadir.
__________________
Nur bor joyda soya bor. |
||
|
Ответить |
"+" от:
|
19.01.2012 12:43 | #3 | ||
Сообщений: 574
+ 440
311/211
– 78
27/20
|
Bu borada ayniqsa Yusuf Xos Xojibning «Qutadg’u bilig», Kaykovusning «Qobusnoma», Shayx Sa’diyning «Guliston» va «Bo’ston», Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», Husayn Koshifiyning «Ahloqi Muhsiniy», Jaloliddin Dovoniyning «Ahloqi dovoniy», Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning «Adab as-solihiyn» va A. Navoiyning «Mahbub ul-qulub» va «Hayrat ul-abror» kabi asarlari o’zbek milliy axloqini, ma’naviyatini va qadriyatini yuksaltirishda katta e’tiborga molik shoh asarlardir. Alisher Navoiy bundan tashqari fan, madaniyat, ma’rifat ishlarini yo’lga qoyishda, yurtni obodonlashtirishda kata xizmatlar qildi va til, adabiyot, musiqa, tarix, falsafa, astronomiya, tarbiya nazariyasi sohalarida juda ko’p ilmiy asarlar yaratdi.
A. Navoiy o’z asarlarida ota-onaning yaxshi sifatlarini ulug’laydi. Bunday sifatlarning ularda jamuljam bo’lishi bola tarbiyasida muhim rol o’ynashini ko’rsatib o’tadi. Oila tarbiyasi kabi katta masuliyat birinchi navbatda ota va ona zimmasiga tushadi. Shu o’rinda bir narsani aloh’ida aytish kerakki, bolalar tarbiyasida asosiy tasirchan kuch-qudrat bu – Onadir. Bu haqida uning ayollar haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir, sababi : «Yaxshi xotin-oilaning davlat va baxti. Uy egasining xotirjamligi va osoyishtaligi undan. Husnli bo’lsa, ko’ngil ozig’i, xushmuomala bo’lsa, jon ozig’idir. Oqila bo’lsa, ro’zg’orda tartib-intizom bo’ladi. U beandisha bo’lsa, ko’ngil undan ozor chekadi, yomonlik axtaruvchi bo’lsa, undan rux azoblanadi. Agar mayxo’r bo’lsa, uy odobliligi yo’qoladi, aqlsiz bo’lsa, oila rasvo bo’ladi.» A. Navoiy oiladagi ayrim illatlarni va o’zaro kelishmovchiliklarni bola tarbiyasiga salbiy ta’siri va uning buzilishiga sabab bo’luvchi asosiy omillar haqida ham yozadi. Yaxshi va yomon xulqlar va ularning kelib chiqishi sabablarini ko’rsatib beradi. Bolada paydo bo’ladigan yomon xulqlarni oldi olinmasa, bora-bora illatga aylanadi deb uqtiradi. Hatto ularning ota-onalarining so’gligi, ma’naviyatidagi qusurlar sabab bolaning kamolatga kelishida qaytarib bo’lmas ayanchli nuqsonlar hosil qilishini aytib o’tadi, bu quyidagi baytida ham o’z ifodasini topgan: KIm,«Kuchuk birla xo’tikka qilsa ming tarbiyat, Bunqa qisqacha ta’rif beradigan bo’lsak, tarbiya avvalom bor oilaviy muhitdan kelib chiqqan holda bo’ldi. Ota-bobolari qanaqa bo’lsa, bola ham shunday bo’ladi. “Qush uyasida ko’rganini qiladi” deganimiz gap ham yuqoridagi jumlani qo’llab quvvatlaydi. Ota-onalarning butun h’ayoti, ularning fuq arolik q iyofasi, manaviy dunyosi bola tarbiyasining negizini tashkil etadi. Zotan ota-ona bolalari uchun aziz va muqaddas kishilardir. Shu sababli ularga taqlid qiladilar, ularga o’xshashga intiladilar.
It bo’lur dog’i eshak, bo’lmas aslo odami»
__________________
Nur bor joyda soya bor. Последний раз редактировалось Fayzbek; 19.01.2012 в 12:54. Причина: Ko'chirib oluvchilar uchun:Gazetada chiqarilgan maqolaning bir qismi bu. |
||
|
Ответить |
2 "+" от:
|
20.01.2012 18:54 | #4 | ||
Сообщений: 574
+ 440
311/211
– 78
27/20
|
Oilada bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosida ham munosib o’rinni egallaydi. Uning fikricha jamiyatning yetukligi, uning taqdiri va kelajak yoshlar kamoloti bilan bog’liqdir. Shunga ko’ra bola tarbiyasi ota-onalar oldida turgan olijanob vazifadir, deydi. Mana shu o’rinda A. Navoiyning bir baytlarini keltirib o’tsak:
Ulga erur tiflga shoista ish Bilki kichiklikda erur parvarish Qatraga chun tarbiyat etdi sadaf El boshiga chiqquncha topdi sharaf Bunga endi ozgina tushuncha berib o’tsak: Tifl ya’ni bolani kichikligidan yaxshi tarbiyalash, sadaf qatoriga kirgan qatra durlar singaridir va odamlar orasida uluglanishi, ezozda bo’lish sharafiga muyassar bo’ladi. Xuddi shuningdek, ota-ona go’yo sadaf, bolalar esa ularning bag’ridagi qatralar-durlardir.
__________________
Nur bor joyda soya bor. Последний раз редактировалось Fayzbek; 20.01.2012 в 18:55. Причина: Maqoladan ko'chirma |
||
|
Ответить |
21.01.2012 20:05 | #5 | ||
Сообщений: 574
+ 440
311/211
– 78
27/20
|
Tarbiyaning yana biri ota-onani h’urmat qilish; buni bajarish uning uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmating qancha ortiq bo’lsa h’am, kam deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib, onang boshi uchun butun jismingni sadaqa qilsang arziydi! İkki dunуoning obod bo’lishini istasang, shu ikki odamning roziligini ol! Tunu kuningga nur berib turganning birisini oy deb bil, ikkinchisini quуosh. Ularning so’zlaridan tashqari bir narsa уozma, ular chizgan chiziqdan tashqariga bir qadam h’am bosma. Hamma xizmatni sen adab bilan bajar, «adab» so’zidagi «dol» kabi qomatingni xam qil.
Bundan so’ng rah’m inomini o’zingga qarz deb bil; o’sha toifadagi odamlarga rah’m qilishni farz h’isobla.
__________________
Nur bor joyda soya bor. |
||
|
Ответить |
"+" от:
|
22.01.2012 10:18 | #6 | ||
Сообщений: 574
+ 440
311/211
– 78
27/20
|
Bu hikoyni keltirishimdan sabab hozirgi kunda ko'cha kuyda qiz bilan yigitlarning uchrashib turishi va chimildiq ichidagi masalalardi ko'cha kuyda gapirib yurishlari avj olgan mahalda bu masalalarning to'gri emasligini tushuntirish maqsadga muofiq bo'lsa kerak, deb oyladim.
No’shirvon valiahdligi chog’ida bir qizning ishqi bilan notavon ahvolga tushib qoldi. Ko’ngli g’uncha singari to’la qon edi, lekin g’am sirlarini pinxon tutardi. Unga visol muyassar bo’lgunga qadar cheksiz azob-uqubat va tashvishlarni boshidan kechirdi. Bir kun u chamanzordan xilvat joyni tanlab, gulrux yori bilan suhbat qurdi. Baxtiyor shahzoda yorini quchmoqchi bo’lgan edi, gulruzor ham bunga rozi bo’ldi. Dilbar hamdami tomon u qo’lini uzatganda, bir tup nargisga shahzodaning ko’zi tushib qoldi. Shunda ahvoli o’zgarib, u qo’lini tortib oldi. Sumanbar yori hayron bo’lib, so’radi: - Qo’lingizni uzatganingiz nimasi-yu, yana tortib olganingiz nimasi? Adabli shoh bunga shunday javob berdi: - Shunday bir visol damida menga monelik qilgan narsa nargisning shahlo ko’zi bo’ldi. Hayo ko’zi bilan olijartoblik bu ishda unga kuch bermadi. Uning nargisdek ko’zlari yoshga to’lib, o’rnidan turdi-da, bu ishdan voz kechdi. Oxirida uning bu sof niyatliligi, shunday hayochanligining xosiyati uni butun olamga shoh qildi, adolati esa olamni panohiga oldi. Aysh, ey Navoiy, qancha dilkash bo’lsa ham, lekin adab bilan hayo undan yaxshiroqdir.
__________________
Nur bor joyda soya bor. |
||
|
Ответить |
"+" от:
|
23.01.2012 20:06 | #7 | ||
Сообщений: 574
+ 440
311/211
– 78
27/20
|
Фарзанд - эр хотин қайчисининг михи дея бежиз айтишмайди доно халқимиз. Унга бериладиган таълим-тарбиянинг жудаям кераклигини ҳазрат ҳам такидлайди.
Тaрбиянинг янa бири унгa илму aдaб ўргaтиш учун муaллим чaқиришдир. Ит етук тaълим oлгaни сaбaбли у тишлaб кeлгaн oв хaлoл ҳисoблaнaди. Ювгaн билaн тoзa бўлмaйдигaн ит oлим бўлгaн экaн, ўғлинг билимсизлигичa қoлиб кeтсa, aжaб кaмчилик бўлaди. Унгa сeнинг шaфқaт қилишинг фoйдaлидир, лeкин бунинг oртиқчaси зaрaр. Вoқeъ бўлaдигaн бaлoлaрдaн уни ўз мeҳринг билaн aсрaшинг бoлaнг oлдидa сeндaги тaвoзуъни билдирaди.
__________________
Nur bor joyda soya bor. Последний раз редактировалось Fayzbek; 23.01.2012 в 20:13. Причина: Forumdoshlar talabi bilan kirill alifbosida beryapman |
||
|
Ответить |
2 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
25.01.2012 00:11 | #8 | ||
Сообщений: 574
+ 440
311/211
– 78
27/20
|
Шахс маънавияти дастлаб оила шароитида шаклланади ва жамият маънавиятини белгиловчи мезон сифатида намоён бўлади. Оила тарбияси масалалари бўйича махсус Абу Али Ибн Сино «Тадбир ал-манозил» номли асарини ёзган. Унда олим ота-онанинг болаларни тарбиялашдаги вазифаларини ёритган. Асарда оилада ота-онанинг вазифаси ва бурчига ва оила муносабатларига тўхталар экан, айникса ота-оналарнинг оилада мехнатсеварлиги билан фарзандларини хам касб ва хунарга ўргатиш борасида муҳим фикрлар баён этади. Ота оилада ўз фарзандларига хар томонлама юриш-туришда, нутк одобида, сўз маданиятида, ўзаро муомала жараёнида энг муҳими амалий иш фаолиятида тўғрилик ва хаққонийлик, самимийликка намуна бўлмоғи керак. Оилада фарзанд тарбиясининг тўғри йўлга қўйишнинг асосий воситаси унинг маънавий оламида эътиқодни шакллантириш, деб ҳисоблаган эди олим.
__________________
Nur bor joyda soya bor. |
||
|
Ответить |
"+" от:
|
26.01.2012 16:38 | #9 | ||
Сообщений: 574
+ 440
311/211
– 78
27/20
|
Шу ўринда атрофдаги жамиятнинг фарзанд тарбиясига тасири ва қандай инсонлардан илм олмоқлик тўғрисида қуйидаги қаторларни келтираяпман:
ЁМОНЛАР СУҲБАТИДИН ҚОЧИБ, ЯХШИЛАР СУҲБАТИНДА БЎЛМОҚНИНГ БАЁНИ Сўфи Оллоёр Кел э толиб, кўзинг ибрат билан оч, Муҳаббатсиз кишидин қуш бўлуб қоч. Муҳаббат аҳлининг жўёни бўлғил, Ўшал ким учради, қурбони бўлғил. Кишининг кўнгли ким бегона бўлса, Эрур душман агар ҳамхона бўлса. Муҳаббатсизки бўлди қар қаю зот, Агар фарзанди шириндур, эрур ёт. Муҳаббат бўлмаса ҳар кимда, эй хайр, Отанг бўлса эрур бегонау ғайр. Ақориб юрмаса кўнгли оқориб, Қўлингдин келса ҳеч ўлтирма бориб. Агар бегонаенинг доғи бўлса, Анга сарф эт, кўзунгнинг ёғи бўлса. Жигарбандинг юрокинг гўшасидур, Анинг меҳри Қиёмат тўшасидур. Анингдек ёр ила чун айладинг аҳд, Ичурса заҳр, ани билмак керак шаҳд. Тилоса бўркни, бермак керак бош, Агар жон истаса, қайтармағил қош. Агар бўлсун десанг енгил оғирлар, Чиқиб бир ёна, тоб, бирён бағирлар. Қилур суҳбат асар, эй толиби роҳ, Мунунгдек жорий бўлди одатуллоҳ. На ким туз конига тушса, бўлур туз, Ки андин ўтса неча кеча —кундуз. Агар чандики ноқобиллиғинг бор, Некулар жамъидин айрилма зинҳор. Агар чиқса йипакнинг жамъидин лос, Бўлур ғарқи сиёҳи аййуҳаннос. Ўзин қилса қаю мис нуқраға замм, Қўяр мис отини халқ ўғли дирҳам. Олур суҳбатда бир —бирдин киши баҳр, Агар кўп чашма бир бўлса, бўлур наҳр. Жамоатдин ўзунгни қилма мумтоз, Чопар кўп тўпдин айрилғон қуша боз. Галага бўри чопса, эй фалоний, Қаю айрилса, аввал тишлар ани. Юрусант якка, дев бошингни янчар, Қароқчи тўпдин айрилғонни санчар. Худонинг раҳмати бўлса жамоат, Эрур раҳматдин айрилғон қабоҳат. На ул жамъики ғафлат аҳли бўлғай, Баҳойимдин зиёда жаҳли бўлғай. Аларнинг суҳбатин бил заҳри қаттол, Бузар кўп суҳбатин, бил, бир бад афъол. Керак суҳбат эли бир тану бир ранг, Барас бар рўйи нохун бўлса ҳам нанг. Агар келса музирр, нафрат қил андин, Иилондин безарар бўлмас, бил, андин.
__________________
Nur bor joyda soya bor. |
||
|
Ответить |
2 "+" от:
|
20.02.2012 10:15 | #10 | ||
Сообщений: 574
+ 440
311/211
– 78
27/20
|
Бир ҳаким ўғилларига мундоқ панд берур эдиким: “Эй жон фарзандларим, ҳунар ўрганинглар негаким, мулк ва молға эътимот йўқдурур. Сийм ва зар хатар маҳалидадур – ё ўғри барчасини бирдан олур ва ё ҳаким оз-оз олиб йўқ этар. Аммо ҳунар чашмайи равон ва давлати бепаёндурким, агар ҳунарманд одам давлатдин тушса, ҳеч ғам ва алами йўқдур. Нединким, ҳунар анинг зотида улуғ давлатдур ва ҳар ергаким борса, соҳиби қадр бўлур ва мажлиснинг йўқорисида ўлтирур ва ҳунарсиз киши гадойлик қилур ва ҳар жойгаким борса, беқадр ва беъэтибор бўлур”.
Байт: Ота меросини гар истасанг ўрган ота илмин,
Ки қолган мол отадин саҳл муддатда тамом ўлғай. PS: Sog'ligim sabab anchadan beri I-netga kirib ma'lumot kirita olmadim.
__________________
Nur bor joyda soya bor. |
||
|
Ответить |
2 "+" от:
|
|