Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ЎЗБЕКОНА > Маърифат
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Маърифат Адабиёт, тарих, таълим, маданият, санъат ва ҳоказо


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 24.04.2012 00:10   #31  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Tuz haqqi

Kunlardan bir kun Movarounnahrning chapdast o'g'rilaridan biri Nishopurga keldi. Uning ayyorlikda tengi yo'q edi. O'g'ri kattaroq o'ljani qo'lga kiritmoq qasdida tevarak- atrofni ko'zdan kechira boshladi. Nihoyat, sulton xazinasining qayerdaligini aniqladi. Xazinaga kirish uchun o'zida bo'lgan barcha hiyla va nayranglarni ishga soldi.
U yer ostidan lahim (naqb) qazib, xazinaga kirdi. Xazinadagi javohirlardan ko'targanicha olib lahim teshigiga
keltirdi. Qorong'i kechada u yerda bir oq narsani ko'rdi — shu'la sochib tovlanardi. O'g'ri o'z-o'ziga derdi: «Shoyad odamlar aytadigan gavhari shamchiroq shu bo'lsa, binobariii buni olmoq darkor, toki badavlat bo'lmog'imga sabab bo'lg'ay». O'g'ri uni qo'liga oldi va ushlab ko'rib nimaligini bila olmadi. Nihoyat, tatib ko'rib mazasini bildi. U bir bo'lak tuz edi. Tuzni bir vaqtlar xazinaga keltirib qo'ygan edilar.
O'g'ri tuzning mazasini tatib ko'rgach, yana o'z joyiga olib bo rib qo'ydi va ko'tarib chiqqan javohirlarni o'sha joyga tashlab, o'zi lahimdan chiqib jo'nab ketdi. Ertasi kun sultonga xabar keldiki, bir guruh o'g'rilar xazina tomon lahim qazib, xazinaga kiribdilar. Ammo hech narsa olmabdilar. Sulton hayron bo'lardi: «Ajabo, lahim qazisalar, xazina ustiga yetib borsalar-da, hech narsa olmasalar?!»
Shundan so'ng, sulton shaharga jarchi qo'ydi, jarchi har qadamda: «Xaloyiq, oralaringizda kimki bu ishni qilgan bo'lsa, qo'rqmasdan sulton huzuriga borsin, javohirlarga yetishgan chog'da nima uchun olmay chiqib ketish sababini rostgo'ylik bilan bayon qilsin! Jazoga tortilmaydi va gunohi kechiriladi», deb jar solardi. Jarchilar bir necha kun shahar aylanib jar soldilar.
Mazkur voqeadan bir hafta o'tgach, o'g'ri sulton huzuriga bordi va dedi: «Bu ishni yolg'iz men qilganman». Sulton so'radi: «Nima sababdan javohirlarni olib ketmading?» O'g'ri javob berdi: «Qorong'ida xazina eshigi yonida bir oq narsaga ko'zim tushdi. Bu narsa shoyad gavhari shamchiroq bo'lsa, deb gumon qildim va uni olib tatib ko'rdim. Ma'lum bo'ldiki, tuz ekan. O'zimcha, zotan, sulton tuzini tatib ko'rdimmi, endi tuz haqiga rioya qilmoq mardlik va muruvvat mazhabida vojibdir, deb bildim. Shundan so'ng, javohirlardan voz kechib, quruq qaytib chiqdim».
Sulton bu so'zni eshitgach, uni e'zozladi va yuqori martabalarga ko'tardi hamda ellik ming dinor oltin in'om qildi.

Muhammad Avfiy "Nodir hikoyatlar"
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)

Последний раз редактировалось albatros; 24.04.2012 в 00:16.
Ответить 
Старый 24.04.2012 00:21   #32  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Нotam va uning birodari

Hotam Toy bu dunyodan o'tgach, birodari uning o'rniga o'tirishni va ehson karamini dunyo ahliga poyandoz qilmoqni ixtiyor qildi. Aytadilarki, Hotam yetmish darichali yumaloq qasr bunyod qilib, o'zi shu qasrda yashar ekan. Ehsontalab gadolar qasr darichalaridan biriga kelib xayr-ehson so'rarkan. Hotam bir gadoga xayr-ehson qilgach, ikkinchi darichadan yana qo'l cho'zarkan. Hotam yana xayr-ehson qilarkan, gado uchinchi darichadan yana qo'l uzatarkan... Shunday qilib, gado yetmish darichaning hammasiga kelib Hotamdan xayr-ehson so'rarkan. Hotam esa hech qachon: «Hozir bu darichadan kelgan eding-ku, endi bunisidan keldingmi», demas ekan.
Hotamning birodari o'sha qasrda o'tirishni orzu qildi. Onasi o'g'liga dedi: «Sen Hotam bo'la olmaysan va hech kimga hotamlik muyassar bo'lmasa kerak». Hotamning birodari onasining so'ziga quloq solmadi. Nihoyat, onasi o'g'lini sinab ko'rmoqchi bo'ldi va gado kiyimini kiyib, o'g'h o'tirgan yumaloq qasr darichalaridan biriga kelib xayr-ehson so'radi. O'g'li xayr qildi. Ona ikkinchi darichadan kelib qo'l cho'zdi. O'g'li yana xayr qildi. Ona uchinchi darichadan kelib xayr-ehson so'radi. O'g'li dedi: «Hozirning o'zida ikki darichadan kelib, ikki marta ehson olding, endi uchinchi darichadan keldingmi?»
Shu onda ona o'zini o'g'liga tanitarkan, jon bolam, men senga hargiz Hotam bo'lolmaysan, degandim. Men bir kun birodaring Hotamni sinamoqchi bo'lib, mana shunday gado kiyimida qasrning darichasiga borib ehson so'radim. Birin-ketin yetmish darichadan borardim, birodaring hamma darichadan menga ehson berardi. Ammo biror marta ham: «Hozir bu darichadan kelgan eding-ku», deb savol qilmadi. Men sizlarning tabiatlaringiz bir-biringiznikiga o'xshamasliginiyosliliklaringizdanoq bilardim. Chunonchi, Hotamni emizganimda bitta emchakni og'ziga olarkan, ikkinchisini senga berardi. Seni emizganimda esa, bitta emchakni og'zingga olib, ikkinchisini malikam changallab turarding va birovga berishga qizg'anarding. Sizlarning tabiatlaringizni bir-biringiznikiga o'xshamasligini o'sha vaqtdayoq bilib olgan edim. Zotan, odamzodning tabiati, axloqi uning bilan birga tug'ilib voyaga yetadi. Ammo yaxshi axloqni ham, yomon axloqni ham voyaga yetkazib, takomillashtiruvchi tarbiyadir, dedi.

Muhammad Avfiy "Nodir hikoyatlar"
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Старый 24.04.2012 00:29   #33  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Pir va bo'zfurush qissasi

Buxoroda Xoja Imom Bakr Fazl... muridlaridan biri bo'zfurushlik qilardi. Ammo doim Xoja Imom Bakr xizmatida qoyim edi. Shuningdek, pirining irodasiga bo'ysunib mol- dunyoga loqayd qarardi. Bo'zfurushning bir o'g'li bo'lib, ish ko'rmagan va tajribasiz yigit edi. Qazo va qadarning laqozosi bilan ramazon oyida bo'zfurushning o'g'lini bir qiz bilan zino asnosida tutib oldilar. Shahar voliysi yigitni qamoqqa oldi va otasining mol-muikiga daxl qildi. Bo'zfurush Imom Bakr Fazl huzuriga kelib undan madad so'radi. Imom bo'zfurushga dedi: «Ramazon oyida zino qiimoqlik bu katta jinoyatdir. Men bu ishga kafll bo'lolmayman va bu ish menga loyiq emas».
Bo'zfurush bir parcha oq qog'ozni olib pirning oldiga kelib, menga shafoatnoma yozib bering, toki u dunyoda do'zax maloiklari menga azob bermasinlar, deb so'radi.
— Mening yozgan hujjatimni do'zax maloiklari qabul qilmaydilar hamda mening shafoatim u yerda o'tmaydi.
— Adolat yuzasidan gapiring, mening siz bilan muno- sabatim bu dunyo uchunmi yo u dunyo uchunmi? Agar suhbatingiz samarasi bu dunyoda menga asqotmasa, amin- manki, u dunyoda qiyomatda asqotmaydi! Binobarin, xiz- matingizda bo'lishimdan ne foyda?
Pir biroz jim turgach, dedi: «Rost aytding, yaxshi ahd-u paymonni o'rtaga solmoqni laqozo qilding. Sening talabingni to'xtovsiz bajarurman».
Pir otga minib Xuroson amirining oldiga bordi. Bo'zfurush va uning o'g'li haqidagi qissani amirga so'zlab berdi va yigitni qo'llab-quvvatladi. Amir kuldi va bo'zfurush o'g'lining gunohidan kechdi. Pir qizga odam yuborib, uni olib keltirdi. Qizni yigitga nikoh qildilar. Shundan so'ng pir bilan bo'zfurush o'rtasidagi munosabat yana bog'landi.
Hikoyatdan maqsad, har kimda davlat va qudral bo'lsa, do'stlar ehtiyojidan ayamasin va yaxshi ahd-u paymon rasmini ado etsin, toki o'g'il-qizlari yaxshi axloqqa musharraf bo'lsinlar.

Muhammad Avfiy "Nodir hikoyatlar"
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх