|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. | |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Маърифат Адабиёт, тарих, таълим, маданият, санъат ва ҳоказо |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
22.11.2011 00:35 | #21 | |
Заблокирован(а)
Сообщений: 116
+ 121
118/71
– 1
2/2
|
Цитата:
Lekin, masalaning boshqa tomoni ham bor, aynan o'sha tomonini ona ot, toychog'iga ko'rsatyapti...maqsad sari inson qo'rqmasdan yurishi kerak, ayniqsa, har qanday bosim, hayqiriq, unga tegishli bo'lmasa...hud-behud qo'rqaverishlik-insonni maqsadidan ozdirib qo'yadi... |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
Реклама и уведомления | |
22.11.2011 01:59 | #23 |
Заблокирован(а)
Сообщений: 116
+ 121
118/71
– 1
2/2
|
Bir kuni Iso a.s havoriylari bilan yo'lda ketayotganlarida, o'lib yotgan itni ko'rib qoladilar. Shunda havoriylar "buncha ham badbo'y bo'lmasa",-deb jerkinadilar. Shunda Iso a.s: " Ammo, tishlariga qarang, oppoq ekan",-deb aytadilar.
Shu rivoyat singib qolgan menda...qachonki biron kimsadan xafa bo'lsam, unga nisbatan qalbimda paydo bo'lgan ginam tez unut bo'ladi. Sababiki, inson har bir yomonda bir yaxshini ko'ra bilsagina qalbini pok, g'uborsiz asrab qoladi. Rumiy hazratlari aytganlaridek, faqat qalbi pok inson Haqqa yetadi... Последний раз редактировалось Maryam; 22.11.2011 в 02:01. |
|
Ответить |
23.11.2011 17:06 | #24 | |
Цитата:
Barglar qaltiraydi kelmoqda deb qish. Shekspir |
||
|
Ответить |
"+" от:
|
24.11.2011 19:54 | #26 | |
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
|
Цитата:
__________________
Мой ЖЖ |
|
|
Ответить |
30.11.2011 17:22 | #27 |
SQBNMF
Сообщений: 212
+ 3,689
244/106
– 89
1/1
|
Искандар Зулқарнайн дунёни забт этмоқ қасдида жанг сафарига чиқиб, неча юртларни эгаллаб, Чин мамлакатига етди. Жанг олдидан чодир тикиб ўтирган экан, Чин подшоси элчи юборганини билдиришди. Элчи кириб гапини ёлғиз Искандарга айтажагини маълум қилди. Унинг истаги вожиб бўлиб, ҳоли қолишгач, деди:
— Мен элчи эмас, Чин мамлакатининг подшосиман. Беҳуда қон тўкмай изингизга қайтмоғингиз учун нима қилмоғимиз мумкин? — Уч йиллик хирожни тўласанглар мақсадга мувофиқ бўлади, — деди Искандар Зулқарнайн. Сўнг сўради: — Чоғинглар келадими бунга? — Уч йиллик ҳирожни тўлай оламиз, — деди Чин подшоси, — аммо шу даражада қашшоқлашамизки, кичкина қабила ҳам бизларни забт этиб, эгалик қилмоғи мумкин. — Икки йиллигини тўласаларинг-чи? — Аҳвол ўзгармайди. — Бир йиллик-чи? — Хазинамда ҳеч вақо қолмаслиги мумкин, аммо чидаб яшаса бўлар. — У ҳолда ярим йиллик ҳирожни тўплаб бер-да, мен изимга қайтай. — Марҳаматли султонимизга жонимиз фидо бўлсин. Эрта ёки индин биз — фақирлар кулбасини ташрифингиз билан обод қилсангиз. Меҳмондорчилик адоғида биз ҳирожни ҳам жамлаб қўяжакмиз. Искандар Зулқарнайнга бу таклиф маъқул келиб, икки кундан сўнг Чин мамлакати сарҳадидан ўтди. Шу ондан бошлаб атрофда минг-минглаб аскарлар пайдо бўлиб, атрофни ўрай бошлади. Бундан хавотирга тушган Искандар дедики: — Сен ҳийла билан мени олмоқчи бўлдингми? — Йўқ, — деди Чин подшоси, — ҳийла — ожизлар иши. Сиз кўриб турган лашкарлар қўшиннинг бир улуши халос. Асосий кучлар тоғ ортида турибди. — Шунча қудратинг бор экан, нечун менга таслим бўляпсан, нечун ҳирож тўламоққа розилик беряпсан?—деб ҳайратланибди Искандар. — Мен инсонлар қонининг беҳуда тўкилмоғини истамадим. Ундан ташқари сизга Осмон назар қилган. Назаркарда султонларни ҳеч қандай куч билан енгиб бўлмас. Бу жавоб Искандарга маъқул келиб, саройга кирди-ю, товоқлар, лаганларда товланиб турган тилла-ю, жавҳарларни кўриб янада ажабланди. Чин подшоси «дастурхонга марҳамат, тановул қилинг», дегач, таажжубини яширмай сўради: — Бу безаклар одам учун таом бўлолмайди-ку? — У ҳолда сиз нима ейсиз, улуғ султон? — Мен ҳамма каби нон ейман. — Шундайми? Воажаб! Румда нон топишингиз шунчалар мушкулмиди? Шунча машаққатлар чекиб бу ерга қадар лашкар тортиб келибсиз? Бу гапни эшитиб, Искандар унинг донолигига таҳсин ўқибди. «Мен бу ердан бир дона жавҳар ҳам олмайман, сенинг ҳикматли пандинг барча талабларимни қондирди», деб орқасига қайтган экан. "Иймонлашиш умиди" Т.Малик |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
20.04.2012 10:07 | #28 |
Talha ibn Ubaydulloh kechqurun uyiga qaytayotgan edi. Mahallalardan birida eshik ochilib, ichkaridan novcha odam chiqib keldi. Uy Hazrati Umarniki emasligi kundek ravshan edi. Unday bo‘lsa, xalifa tunda bu uyda nima qilib yuribdi? Talha ko‘rmaganga olib, tez-tez yurib ketdi.
Uning fikru zikri o‘sha uyda bo‘ldi. Hatto ertalab o‘rnidan turganda ham o‘sha manzara ko‘z o‘ngidan ketmasdi. «Buning tagiga yetmasam bo‘lmaydi». Shunday qilinsa, noma’kul xayoldan qutulgan bo‘lardi. Keyin ko‘chaga chiqib, to‘g‘ri o‘sha uy tomon yo‘l oldi. Yetib kelib, eshik qoqdi. Lekin hech kimsa ochmadi. Talha yana eshikni taqillatdi. Ichkaridan ayol kishining: «Kiraver», degan ovozi eshitildi. Ovoz nihoyatda titroq bo‘lib, kampir ekani ma’lum edi. Talha ichkariga kirib, bir burchakda o‘tirgan ko‘zi ojiz kampirga ko‘zi tushdi va shu zahoti bo‘shashdi: — Assalomu alaykum, xolajon! — Vaalaykum assalom, o‘g‘lim! — Hech kimingiz yo‘qmi? — Allohdan boshqa hech kimim yo‘q. Oyoqlari shol kampirning yurishga ham imkoni yo‘q edi. Talha ichidan zil ketdi. Bu zil ketish bema’ni xayollarga berilganidan edi. — Kecha bir kishi shu yerdan chiqib ketayotgan ekan... — U Umar ibn Hattob edi. Alloh rozi bo‘lsin, anchadan beri kechalari kelib, uyimni supurib-sidiradi, yotog‘imni tozalaydi, yana boshqa ishlarimni ham qilib ketadi. Javobdan Talhaning qalbi larzaga kelib, yig‘lab yubordi. Ayol bilan xo‘shlashib uydan chiqdi. «Onang sendan ayrilib qolsin, Talha! Umarning ayblarini qidirib nimaga erishding? Sen uyingda maza qilib dam olayotganingda, Umar qo‘lidagi aso bilan ko‘cha kezadi. Muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zib, to‘shakka mixlangan kasallarning tagini tozalaydi. Sen bo‘lsang, Qur’on hukmlarini sariq chaqaga olmay, birovlar nima qilayotganini kuzatib yuraver. Boshqalar taqvo zinapoyasidan ko‘tarilaversin», derdi Talha o‘ziga o‘zi. Birovning aybini qidirish oson. Lekin birovda bir fazilatni ko‘rib, uni kasb qilish uchun ancha harakat qilish kerak. Ahmad Lutfiy Qozonchining “Hazrati Umar ibn Xattob (r.a.)” (Toshkent, «Movarounnahr», 2005) kitobidan olindi. http://www.qadriyat.uz/index.php?act=4&way=3&nid=88
__________________
Qadriyat.Uz |
|
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
22.04.2012 20:57 | #29 | ||
Bir kishining ko'nglida o'g'rilik hunarini o'rganish havasi paydo bo'ldi. U doim o'g'irlikda kamolga yetishni orzu qilar va o'ziga ustoz qidirardi. Kunlardan bir kun odamlar unga Nishopur shahriga o'z shahrida kasbiga nihoyatda mohir va barkamol bir og'ri bordir, deb xabar berdilar.
U kishi o'z shahridan сhiqib, Nishopurga bordi va ustozning uyini qidirib topdi. Unga o'zini tanitarkan:"Men o'g'rilik ilmida sendan saboq olsam va bu hunarda mahorat oshirmoq umidida keldim", dedi. Ustoz unga iltifot ko'rsatdi va uni uyiga olib kirib, oldiga har xil taomlar qo'ydi.Ul kishi taomga qo'l uzatib yemoqchi bo'ldi. Ammo ustoz uni to'xtatib: "Chap qo'ling bilan taom yegin", dedi. U kishi chap qo'li bilan taom yeya olmadi.Nihoyat yana o'ng qo'lini uzatdi. Ustozi unga dedi: - Hamonki, bu yo'lda qadam qo'ydingmi, uni shart-sharoitlariga amal qilmog'ing lozim. Chunki, avvalo o'ng qo'lni bahridan o'tmoq kerak. Zero, seni o'g'rilikka tutsalar, shariat hukmiga muvofiq o'ng qo'lingni kesadilar. O'ng qo'lga o'rgangan odamning ahvoli qiyin bo'ladi. Agar sen hozirdan boshlab chap qo'lda taom yeyishga o'rgansang, keyinchalik o'ng qo'lingni kesganlarida ham hech ranj va mashaqqat ko'rmaysan. Kishi ustozidan bu so'zni eshitgach, hushyor tortdi va o'ziga-o'zi: "Agar zarni qo'lga kiritish tama'ida qo'lni zarga almashtirib qo'ldan ajramoq birinchi shart bo'lsa, ushbu hunardan voz kechmoqlik mening birinchi shartim bo'lsin!" deb o'g'rilik hunaridan voz kechdi. Muhammad Avfiy "Nodir hikoyatlar"
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|||
|
Ответить |
23.04.2012 23:57 | #30 | ||
Sulton Mahmudning hukmronlik davrida Ray viloyatida bir xotiri bor edi. U mazkur viloyatning podshohi edi. Uning nomini Rasida derdilar. U nihoyatda dono, bilimdon va ziyrak edi. U Faxruddavlaning xotini edi. Faxruddavla vafot etgach, undan Majduddavla ismli bir o'g'il qoldi. Majduddavla ulg'ayib balog'atga yetdi. Lekin u otasining' o'rnini bosa oladigan emas edi. U beandisha edi, binobarin, podshohlikka nomunosib edi. Shunday bo'lsa-da, mamlakat uning nomiga atalib, davlat ishini onasi ynritardi. U Ray, Dahiston va Isfahon viloyatlarida o'ttiz yil hukmronlik qildi.
Nihoyat, Sulton Mahmud Iroq podshohligi xotinning qo'l ostida, deb eshitdi. U xotinning huzuriga elchi yuborib dedi: «Mamlakatingda mening nomimni xutbaga qo'shib o'qitishing, pulni mening nomimdan zarb etishing va menga har yili xiroj yuborib turishing kerak. Aks holda behisob askarlarim bilan sening diyoringga borib, arkoni davlatingni yer bilan yakson qilg'umdir!» Elchi so'zini tugatgach, Rasida Sulton Mahmud maktu- biga javob yozishni buyurdi-da, so'ngra elchiga dedi: — Sulton Mahmudga shunday degin: «Erim Faxruddavla tirikligida bizning diyorga hujum qilishing haqida o'ylab xavotirlanar edim. Ammo erim vafot qilib, hukmronlik menga tekkach, bunday andisha va qo'rquvlar mening ko'nglimdan butunlay ko'tarildi. O'zimcha, Malimud ziyrak podshohdir, o'zini bilgan podshohlar xotinlar bilan jang qilmoqqa bormas- liklarini yaxshi biladi, deb o'ylardim. Endi men sen bilan jang qilishga tayyorman. Agar sendan yengilsam, menga nomus emas. Zeroki podsliohlikni saqlab qolmoqlik yo'lida qilingan jangda mag'lubiyatga uchramoq uyat emas. Agar sen mendan shikast yeb, mag'lubiyatga uchrasang, u holda sening uchun katta sharmandallk bo'lgay va men uchun nihoyatda zo'r faxr sodir bo'lgay. Chunonchi, odamlar «xotin kishidan yengildi», deb seni malomat qilurlar». Bu so'z Sulton Mahmudning qulog'iga yetgach, aslo Iroqni tilga olmadi. Xotinning aql-zakovati tufayli mamlakat dushmanlardan omon qoldi. Muhammad Avfiy "Nodir hikoyatlar"
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|||
|
Ответить |
|