Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Регистрация
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 14.08.2010 09:03   #131  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Kahramon Jalilov
Оффлайн
Аналитик
админ ДСИ
AKA:designer
Сообщений: 1,104
+ 781  680/330
– 24  11/7

UzbekistanОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью YahooОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мир
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Tanqidchi shunday tanqid qilsinki, bir odam o'z yo'lini topib olsin, yaxshi tomonga o'zgarsin.
Одамзот бор эканки хамиша хато қилади, камчиликлари бор, буни ўзимиз пайқамасликка харакат қилсакда лекин кимдир бизга буни рўкач қилиши аниқ, хамма нарсани ўз вақти соати бор бўлганидан кейин танқидни хам ўз вақти соати бор, мана масалан ўзиздан кичик ёки темангли хамкасабангиз ёки бошқангиз хамма олдида турғазиб олиб сизни танқид қилса сизни билмадиму мен бунга чидай олмайман, бундай холатни юзма-юз турган холатда хал қилган афзалроқ....
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Odatda inson maqtovni yoqtiradi, bu tabiiy. Lekin tanqid olayotganida men o'zi maqtovga loyiqmanmi deb o'ylab ko'rishi kerak. Shunda tanqidning keraklisini qabul qilishni ham o'ragib olsa kerak deb hisoblayman.
Танқид қилишни хам билиш керакда, сен палончи-ю писмадончи андақа-мандақа ишларни қилиб юрибсан деб хаммани олдида юзига солаверса бечора ходим хам ўз малакасини қаерга сарфлашни билмай қолади, юзма-юз гаплашган холатда мана бу ерда камчиликлар бор мана бу ерини сўраб ўрганиб олинг деб йўналиш берса унда мақсадга муддао бўлади...
Ответить 
"+" от:
Старый 14.08.2010 23:00   #132  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Kahramon Jalilov Посмотреть сообщение
Танқид қилишни хам билиш керакда, сен палончи-ю писмадончи андақа-мандақа ишларни қилиб юрибсан деб хаммани олдида юзига солаверса бечора ходим хам ўз малакасини қаерга сарфлашни билмай қолади, юзма-юз гаплашган холатда мана бу ерда камчиликлар бор мана бу ерини сўраб ўрганиб олинг деб йўналиш берса унда мақсадга муддао бўлади...
Ha, mana shuning uchun ham aytayapmanda, tanqidni shunday qabul qilingki, nohaq tanqid qilganlar yoki ayblaganlar o'zlari uyalib qolishsin deb.

Oshiq qayerda bo'lmasin faqat ishqdan gapiradi deganlaridek men ham doim bilganim shu yana hazrat Rumiydan misol keltiraman:

Bir anjumanda Rumi hazratlari ma'ruza qilardilar. Mavlono Rumiyga hasad qiladigan kishi o'sha anjumanga shogirdini yuborib shunday uqtiradi: "Sen Rumiydan: "Bir anjumanda men 72 mazhab bilan birdirman degan ekansiz, shu rostmi?" deb so'raysan. Agar u "ha" deb tasdiqlasa, istalgancha uni haqorat qilgin" deydi.
Shunda haligi shogird borib ustozi aytganlaridek qiladi. Mavlono, albatta: "ha" degan javobni beradilar. Shunda shogird og'ziga kelgan so'zlar bilan haqoratlay ketadi. Oxiri, charchab jim bo'lganida, bu gaplarni indamay tinglab turgan Rumiy hazratlari: "Men 72 mazhab bilan birdirman, shu jumladan sen hozir menga aytgan gaplaring bilan ham" deb javob beradilar. Shunda shogird, kelganiga, Rumiy hazratlariga aytgan haqoratlariga pushaymon bo'lib, uyatdan o'ziga joy topa olmay, anjumanni tark etadi.

Bunga o'xshash rivoyatlar juda ko'p. Odatda nafsini yenga olgan inson shunday yo'l tutadi. Hozirgi kunda ham shu darajaga yetgan insonlarni, ustozlarimni ko'p ko'rganman. U qaysi kasb egasi bo'lishidan qat'iy nazar, hamma yerda tanqid qiluvchi, odamni obro'sizlantirishni xush ko'ruvchi kimsalar topiladi. Endi ularning har biri bilan teng bo'lmaysiz-ku, to'g'rimi? Hammaning saviyasi siznikidek emas, vaziyatga qarab ish tutasiz shunda.

Bu dunyoda hammaga birdek yoqish, hammani ko'nglini qoldirmay yashash judayam qiyin, bilsangiz. Kimdir sizdan rozi bo'lsa, albatta norozi bo'lganlar ham topiladi. Lekin bir narsani unutmang, mis yaltiragani bilan misligicha, tilla tuproq ostida changga belanib yotgan bo'lsayam oltinligicha qoladi.

Bunday gaplar oldin ham bo'lgan, hozir ham bo'lyapti va bundan keyin ham bo'ladi. Adabiy tanqidchilarimizning asosiy vazifasi yozuvchini tanqid qilish emas, avvalo badiiy asarni to'g'ri tahlil qilib uning ma'no ko'lamiga baho berishdan iborat. Adabiy tanqidchi asar haqida nima deyishidan qati nazar u asar erishgan mavqega ko'tarila olmasligi mumkin. Bu xuddi, maydonda to'p surayotgan futbolchi bilan maydonda shovqin ko'tarayotan tomoshabinga o'xshaydi. Bu o'rinda badiiy asarni futbolchi deb qarasak, adabiy tanqidchini tomoshabin deb tushunishimiz kerak. (prof. B. K.)

Agar, Xudo kimnidir aziz qilaman degan bo'lsa u qayerda bo'lishidan qati nazar aziz qilib qo'yadi, xor qilmoqchi bo'lsa xor ham qilib qo'yadi. Avvalambor inson o'zi kabi bandalarga emas, Yaratganga yoqimli bo'lishga intilmog'i kerak. Sizni nohaq tanqid ostida izza qilmoqchi bo'lgan odam ham aslida siz kabi bir ojiz banda-da.... Birovni bergan bahosi bu qat'iy hukm degani emas. Shuni unutmaslik kerak. Hamma narsani ham taroziga solib ko'rib uning faqat foydali tomonini olish kerak nazarimda..
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 14.08.2010 23:26   #133  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Kahramon Jalilov Посмотреть сообщение
Одамзот бор эканки хамиша хато қилади, камчиликлари бор, буни ўзимиз пайқамасликка харакат қилсакда лекин кимдир бизга буни рўкач қилиши аниқ, хамма нарсани ўз вақти соати бор бўлганидан кейин танқидни хам ўз вақти соати бор, мана масалан ўзиздан кичик ёки темангли хамкасабангиз ёки бошқангиз хамма олдида турғазиб олиб сизни танқид қилса сизни билмадиму мен бунга чидай олмайман, бундай холатни юзма-юз турган холатда хал қилган афзалроқ....
Tanqid shunday narsaki, (agar u chindildan berilgan tanqid bo'lsa) u yosh tanlamaydi. Agar tanqid sizning muvaffaqiyatingizni o'ylab berilgan bo'lsa, sizni to'g'ri yo'lga solib yanada yaxshilanishingizga qaratilgan bo'lsa, uning kim tomonidan aytilayotganligi muhim emas. U yosh bolami, yo farzandingizmi, yoki siz dushmanim deb yurgan inson bo'lsa ham. (bu shaxsiy fikrim).

Lekin siz bir yaxshi gap aytdingiz, ya'ni jamoat joyida yoki yuzma-yuz qolib tanbeh berish haqida. Darhaqiqat, olijanob kishilar odatda vaziyatga qarab ish tutadi. Haqqim bor deb to'g'ri kelgan joyda o'zidan ancha e'tiborli bo'lgan kishini jamoat oldida izza qilishdan tiyiladi. Alohida qolganda, dilini og'ritmay, sekin tushuntirib qo'yadi.
Birpasda odamni xafa qilib noma'qul so'zlarni topib gapirish juda oson, agar sharm-hayoni yig'ishtirib qo'ysa bu ish hammaning qo'lidan keladi. Lekin kishini ko'nglini qoldirmay, uni aybu-nuqsonlarini tuzatishiga ko'maklashish bu oson ish emas..
O'z navbatida bila turib do'stingizni qusurlariga beparvo o'tib ketish ham insoniylikdan bo'lmasa kerak.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 14.04.2019 15:53   #134  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
uforum аталмиш қадрдон ижод бўстонини ҳам соғиниб кетдим.
Ответить 
Старый 14.04.2019 15:55   #135  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Бугун виртуал оламда бу сайтимизга эҳтиёж жуда катта эканлигини ҳаёт ўзи кўрсатиб турибди.
Ответить 
Старый 14.04.2019 15:56   #136  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Бу сайт ёшлар, талабалар учун катта маҳорат мактаби бўлиши мумкин.
Ответить 
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2019, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх