Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 19.06.2010 11:31   #271  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Оффтоп:
Цитата:
Сообщение от Dolimov Посмотреть сообщение
ЙЎҚ ЭНДИ ҒОЯ
Ажойиб...
"Босмачилар ўзи қаерни босиб олишган эди?" деган савол ҳеч ҳаёлимдан кетмай қолди.
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
Старый 20.06.2010 11:16   #272  
Аватар для Ustoz
Оффлайн
MAKTAB
O`QITUVCHI
Сообщений: 682
+ 617  543/277
– 8  129/41

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Ko’nglim aytar, menga darmon kerakmas, Ishqdan paydo bo’lgan armon kerakmas. Iztiroblar makon qurgan yurakka, Tuyg’ulardan o’zga farmon kerakmas.
Masudjon, bunaqa gaplarni qayerdan olasiz, she`rlaringizga qoyilman, men o`z she`rlarimni shu yerga qo`ymoqchi edim, siznikini kor`ganimdan keyin o`zimnikini qo`yishdan voz kechdim, ijodingizga rivoj!
Ответить 
"+" от:
Старый 27.06.2010 02:46   #273  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Qayerdadir notinch kezar xayolim,
Nimadir yo’qotib qo’ygandek bejo…
Tumanlardan boshi garang iqbolim,
Ziyoni qidirib, qilar iltijo…

Qayerdadir qismat yulduzim porlar,
Garchi ko’zlarimdan judayam yiroq.
Bilmadim, qachon u o’ziga chorlar…
Bilganim – oxiri ko’rinmas firoq…

Qayerdadir mayus kezar darbadar,
Mehrsirab qolgan oshufta ko’nglim.
Kimdandir kutgancha sog’inchli xabar,
Taqdir yo’llariga termulmoqda jim…

Qayerdadir bahor gullarin ochib,
Yo’limga poyondoz etmoqqa tayyor…
Minglab qahratondan necha yil qochib,
Umrim ko’klamlarga bo’lgan intizor.

Qayerdadir meni izlab, intiqib,
Ba’zan o’ychan,
baz’an parvoyi palak - .
Ba’zida siqmagan jonini siqib,
Hadik ham sog’inch-la urar bir yurak…

Qayerdadir, xayol iskanjasida,
Ruhim sog’inchlarga ko’milib qoldi…


(C)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
2 "+" от:
"–" от:
Реклама и уведомления
Старый 27.06.2010 12:30   #274  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
O'shlik jigarbandimga...


Mungli ko’zlarigdan qalqimasin yosh,
Siniq ko’ngling hecham bo’lmasin yarim.
Biz senga hamrohmiz, hamisha dildosh,
Urush neligini ko’rgan jigarim.
Yig’lama,
Xo’rsinma,
O’ksinma,
Tinchlan,
Orom ol bir nafas,
Kiprigingni yum
Kecha shodon seni o’ynatib yurgan,
Qo’rqmas akang uchun yig’lama yum-yum.
Kel, bosay bag’rimga,
Dardlaringni ber,
Vahshatdan yuraging ketibdi bezib.
Mayus qarashlaring ich-etimni yer,
Gapir, jim turmagin,
Ko’ksimni ezib…
Mehribon opangni eslayotirsan,
Ko’rgilik boshingni qilgandir garang.
Qo’zim, yonimizda bexavotirsan,
Birimiz akangdir, birimiz opang…
Uxla,
Tushlaringni qo’riqlab turay,
Cho’chib uyg’onmagin,
O’rtab jonimni.
Murg’agim,
Iloyo, xush kuning ko’ray,
Sen uchun sarflayin bor imkonimni.
Jajji qo’llaringni qo’llarimga qo’y,
Ertak aytib beray; sen olgin maroq.
Jovdirab turganing - ayni shu damda,
Mehrga tasnasan suvdan ham ko’proq
Sen O’shda yo’qotib qo’ygan mehrni,
Berguvchi erkalab undan ziyoda.
Boshing silaguvchi,
Yo’l ko’rsatuvchi,
Yaxshi insonlar ham ko’pdir dunyoda…

Yong’in gavdalanar ko’zing o’ngida,
Son ‘gsiz baqiriqdan qulog’ing bitgan.
Seni xavfsiz joyga yashrish son’gida,
Bir daydi o’q dadangni olib ketgan.
Qo’ygin,
Eslamagin,
Kipriginni yum,
Qadriga yetaylik tinchlik tuhfasin.
Haqqinga tinmayin duolar qilgum,
“Yomon odamlarga yo’liqtirmasin…”
Yayra istagancha,
Kel, oting bo’lay,
Mindirin ortimga, ketaylik g’amdan.
Faqat tabassum qil,
so’ng men ham kulay,
Voz kechgin, iltimos, ko’zdagi namdan…
Hali zamon kelar,
O’tar bu kunlar,
Qanday musibatlar kechdi oradan…
Yechilar sen bilmas mavhum tugunlar
Ajratib olasan oqni qoradan.
Faqat, o’ksimagin,
Ichikib qolma,
Sen yolg’iz emassan,
Cho’kmasin qalbing,
Azob ham imtihon - ko’nglingga olma,
Minglab yaqinlaring bilishar qadring.
Peshonang quyoshi porlar zamon bor,
Hozir tinch uxlagin,
Yolg’izim, qo’zim,
Biz-chi, iltijolar etib ming takror
Haqdan yaxshilikka so’raymiz to’zim…

Mungli ko’zlarigdan qalqimasin yosh,
Avlodim, jigarim, dilbandim, qo’zim…

(c)
__________________
Мой ЖЖ

Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 27.06.2010 в 12:45.
Ответить 
Старый 29.06.2010 04:54   #275  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
шамол... қуюқ булут... кўркам хиёбон,
майсада ўтириб ўйга толаман.
кўзимни бир зумга юмиб, ногаҳон,
узоқ-узоқларга кетиб қоламан.

неча йил ғам билан ҳамхона бўлдим,
ичим тимдалади армон қанча вақт.
ҳар баҳор ундим-у, гулламай сўлдим,
эшигимни қоқиб ҳеч келмади бахт.

шамолдек шиддат-ла умр ўтмоқда,
бир зум тўхтатишга сира йўқ илож...
билмам, эрта мени нелар кутмоқда,
эй, тақдир ёзиғи, сирларингни оч.

қуюқ булутларга айланган қалбим,
маъносиз ўтмишдан бўлгандек мажруҳ.
мавҳум дунёлардан тўйиб кетиб, жим,
тубсизлик тубига кетиб қолар руҳ...

..хорғин ўйларимдан чарчаб кетиб сўнг,
кўзларимни очдим...
ором топди жон.
ажиб ҳисларимни аста уйғотиб,
нажотдек туюлди яшил хиёбон...

шамол... қуюқ булут... кўркам хиёбон..
.

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 02.07.2010 03:02   #276  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Yolg'izlik falsafasi (Eski al'bomdan...)

Сенсиз ҳам баҳорни кутиб олдим шод,
Завқ берар ранго-ранг кўклам гуллари.
Махзун ишқ чечагин этмай қўйдим ёд,
Умр чаманзорин кезган кунларим.

Сенсиз туйғуларим ҳамон ўлмади,
Ёки ўз жонимга қилмадим-ку қасд.
Сабр косаси ҳам ҳали тўлмади,
Ё ичиб бир он-да бўлмадим сармаст.

Сенсиз, ўйловдимки, яшашим мушкул,
Дегандим қўлим ҳам бормайди ишга.
Ҳаёт мажбур қилиб қўяркан буткул,
Дардни дардсизликка алмаштиришга.

Сенсиз қадам босиш секин ўргандим,
Тетапоя қилган гўдак сингари.
Юрдим... йиқилдим, сўнг тик туриб қолдим.
Энди қалбим мағрур, қайғудан нари.

Сенсиз бахтлиликка бўлдим даъвогар,
Ёлвориб сўрмадим ортга қайтишни.
Чўлдек қақраб ётган қонсиз юракка,
Меҳрга йўғрилган бир сўз айтишни.

Ҳаёт тугамаган ғалат фалсафа,
Нолимам, экан, - деб – бевафо дунё.
Ишқсиз кун кечириш мушкул-ку, лекин,
Ёлғиз яшашда ҳам бор экан маъно!

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 04.07.2010 12:23   #277  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Ko’ngil yashillikka intiqqan chunon,
Yuring, bahorlarni kutaylik birga.
Ziyoga talpinib tipirlaydi jon,
Orzular yurtiga ketaylik birga…

U yerda asrdek chozilmaydi tun,
Kutish onlari ham bundan boshqacha.
U joyda har juftning yuragi butun,
Quyosh ham charaqlar shomdan tonggacha.

U yurtda sarobga aylanmagay ishq,
Vafo o’z manosin to’liq oqlaydi.
Fano hech kimsaga bo’lmaydi tashvish,
Hech kim xasad bilan ortdan boqmaydi.

G’amdan forig’ go’zal o’shal zaminda,
Armon, degan yovga qo’yishgan tuzoq.
Ishonch va sadoqat gurkirar unda -
Xijron azoblari judayam uzoq…

Oqibat bezaydi barcha shaharin,
Mehrdan yaralgan har bitta qishloq.
Azon boshlab berar erta saharin,
Insonlar qalblari qor misol oppoq…

Yuring,
o’sha yoqqa ketaqolaylik...
Mavhum dunyolarda nima qilasiz?

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
2 "+" от:
Старый 05.07.2010 22:37   #278  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Yana sassizlikka bo’laman oshno,
Yana varaqlanar umrim kitobi.
Tongdan umid qilib ozgina ro’shno,
Satrga aylanar qalbim xitobi.

Zulmat xonam uzra sukunat kezar,
Tunning darpardasi to’sgan olamni
Mavhum qorong’ilik bag’rimni ezar,
Xirgoyi qilaman sog’inch nolamni.

Bir yonib, bir o’chgan yulduzlar misol,
Mehr ilinjida o’rtar yuragim.
Namlangan kiprigim yumgancha xiyol,
Ichimga dardlarim yutmoqdaman jim...

Ko’nglim timdalangan – lek bezar ishonch,
Orzu-niyatlarim kular dam-badam
Bilaman, qaydadir ulashib quvonch,
Men tomon kelmoqda nurli subhidam.

Quyoshni ko’rishga orziqib intiq,
To’lgan, kutib-kutib, dil paymonasi
Nur, asli, qidirib topganim – mantiq,
Shu tong - taqdir uchun baxt ostonasi...


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 10.07.2010 02:36   #279  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Charxpalak misoli to’xtamas hayot,
Suvdek tarqaladi boshimdan o’ylar.
Qadamlab, tarixim etganimda yod
Bugunim, ertamni yutmoqda yo’llar.

Simyog’och ketidan simyog’och kelar,
Dalalar o’rmonga almashaverar,
So’qmog’u, adirlar ortimdan yelar -
Umrimni opichib o’tmoqda yo’llar.

Bir tashvish bitar-u, yana muammo,
Yorug’ olam g’ami tugamas also...
Manzilim qay tomon bilaman, ammo,
Bilmam, qay tomonga ketmoqda yo’llar.

Ko’zim mudroq bosib,
Birdan uyg’onib,
Ichim g’alat bo’lar, tushga ishonib...
Kelajak baxtimdek qizarib-yonib,
Quyosh-la ufqlarga botmoqda yo’llar

Tong otar, kun botar – ulg’ayadi dil,
Orzu-havaslarga oshufta ko’ngil ,
Qalb aytar: “Taqdirga ne yozsa, ko’ngin”
Manglayga nelarni bitmoqda yo’llar?

Meni yana qancha kutmoqda yo’llar?


(c) Bristol-London
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 11.07.2010 13:19   #280  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Yo’llar yiroq,
Istaklar olis,
Manzil uzoq - qachon yetaman?
Garchand qalb oq, niyatlar xolis,
Ming yillarki, baxtni kutaman.

Sham yoqsayam yorishmas ichim,
Yillarga teng har o’tgan onim.
Dard yenggani yetmaydi kuchim,
Iqbol qachon bo’lar mehmonim?

Boshim garang – xayol qaynaydi,
Halovatim misoli sarob.
Tinchlim bermay ruhim qiynaydi,
Saodatga intilgan azob.

Peshonamda bitilgan yozuv,
Balki nurin sochar falakda.
Faqat shu on yarador orzu,
Tole mudrab turar yurakda.

Kun keladi, qushdek uchaman,
Baxtdan qanot yasab o’zimga.
Ezgulikning tog’in quchaman,
Jannat rangin olib yuzimga.

Hozircha-chi, yo’ldaman hamon,
Manzil yiroq
Ko’zlarim giryon...


(c) London-Nottingham
__________________
Мой ЖЖ

Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 11.07.2010 в 13:46.
Ответить 
"+" от:
"–" от:
Реклама и уведомления
Ответить

Метки
hero




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх