Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 04.04.2012 00:27   #1531  
Аватар для Aliya
Оффлайн
AKA:Aliya
Сообщений: 385
+ 597  718/286
– 4  5/3

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Sen ketding...

Tong otadi. Odatdagiday -
Kun nurlari Yerga poyandoz.
Ehtimol, bu kun kechagiday,
Balki, bitta yaproq yo`q xolos...
Shu yaproqda balki...
Sen ketding...

Yo`llar o`sha. Nigohlar loqayd,
Uchib yurgan xazonlar - tanish.
Dudoqlarda ishq ingragan payt
So`zlarimga yetmas xo`rsinish -
Shu titroqda balki...
Sen ketding...

Osmonimda hilol ham - oydin,
Yashil rangda gullar tabiat...
Hamma narsa o`rnida...
Lekin...
Hayotimda Sen yo`qsan faqat...
Va shu ohda...
Balki...
Sen ketding...
Ответить 
2 "+" от:
Старый 04.04.2012 00:32   #1532  
Аватар для Aliya
Оффлайн
AKA:Aliya
Сообщений: 385
+ 597  718/286
– 4  5/3

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Balki...

Balki, Senga yetmog`im - Sarob,
Balki, Menga ayrilmoq - Taqdir...
Balki, Mendan kechganing - Azob,
Balki, Sendan ketganim - Baxtdir...

Balki, Mendan ko`rganing - O`kinch,
Balki, Sendan topganim - Armon.
Balki, Menman kechganing - Sog`inch,
Balki, Sensan quchganim - Hijron...

Balki, Sendan alamlar - ravo,
Balki, Mendan nasib - ming ozor.
Balki, Senga men-la tor dunyo,
Balki, Menga sen-la dard bisyor...

Balki, Menga - unutganing soz,
Balki, Senga - hijron qismatdir...
Balki, Mendan kechish tole`- rost,
Balki, Sendan ketganim - Baxtdir...
Ответить 
Старый 05.04.2012 00:10   #1533  
Аватар для Mahmud Jurat
Оффлайн
Сообщений: 624
+ 19  399/213
– 4  82/36

Uzbekistan
***
Етим чайлаларга бошимни тиқиб,
Саратон сайлидан қочган маҳаллар...,
Гард, тупроқ йўлларда олдимдан чиқиб,
Илондай судралган сўнгсиз хаёллар.

Чўлдаги қизғалдоқ билмайди ҳасрат,
Чигиртка азонин тушда айтади.
Оққурой баргида титрар ҳарорат,
Тириклик гулшани чўлга қайтади.

Мен тинмай тонгларга орзуқиб ўтдим,
Каррак ва ковулидай ўқидим номоз.
Мени боғлаб олган минг битта удум,
Эркин яшашимга бермас эди роз.

Орзумга интилиб ҳар бир қора кун,
Болалик руҳида яшадим карахт.
Менинг орзуларим ушалсин учун
Тик туриб ибодат қиларди дарахт.
(С)
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 05.04.2012 22:03   #1534  
Аватар для Gulinoz
Оффлайн
Operator
AKA:Hayotim
Сообщений: 101
+ 191  112/60
– 0  0/0

United_States
So'nmas umidlarim...

Bo'lsa bordir o'rtamizda olis masofa,
Muhimi, qalb bir-biridan yiroq bo'lmasin.
Bu muhabbat asli bizga Allohdan tuhfa,
Qalbda ungan umid guli aslo so'lmasin...

Kim ne desa desin, menga zarra qiziqmas,
Kunim o'tmas o'zgalarning ko'ngliga qarab.
Menga siz ishonib yashasangiz bolar bas,
Yashay mayli orzularni hayolga o'rab...

Azaldan ham dardli erur ishqning ko'chasi,
Sinoviga bardosh bermoq har kimga xosmas.
Ta'na toshin otsa hamki, necha-nechasi,
Bu balolar sizga borar yo'limni to'smas...

Hijron - o'rtadagi vaqtinchalik bir to'siq,
Bu to'siqni sevgim bilan yengib o'taman.
Qancha bo'lsa hamki, shuncha azobni bosib,
Bir kun bahtlar bilan yoningizga yetaman...
__________________
Ayollik baxtiga balki arzimam. Onalik baxtimdan etma benasib...
Ответить 
Старый 06.04.2012 12:52   #1535  
Аватар для Minglar
Оффлайн
Сообщений: 177
+ 129  243/106
– 2  2/2

Uzbekistan
Qushning uyi - to’rtta cho’p,
Hashakli loy devori,
Daraxtning bir uchida,
Bosmas xatto zalvori.

O’tgan ko’zga tashlanmas,
Tovlanmas oy nurida,
Bitta kulba, bitta in,
Bir boshpana turi-da.

Aylanadi ikki qush,
Bunda ular parvona,
Ko’zlariga ularning
Ko’rinadi koshona.

Dunyo bilan ishi yo’q,
Dunyosi bor inida,
Ikkisining quvonchi,
Hayoti mazmuni-da.

Yurakchasi pildirab,
Qanotini qoqadi,
Uchmoq ishtiyoqida,
Osmonlarga boqadi.

Polaponin ko’yida
Ikkisi ham parvona,
Biri qattiqqo’l ota,
Biri mehribon ona.

Shu uchta mo’jizani
Birlashtirgan in – vatan,
Kecha bilan ertani
So’zlashtirgan chin – vatan.

Jonzodlarga qo’rg’onu,
Jondan aziz - oshyon,
Oilani bag’riga
Olgan u buyuk makon.


(C)
Ответить 
Старый 07.04.2012 06:40   #1536  
Аватар для Gulinoz
Оффлайн
Operator
AKA:Hayotim
Сообщений: 101
+ 191  112/60
– 0  0/0

United_States
Visol yiroq - Xayol ovunchoq...

Tongga qadar yoningda bo'ldim,
Tongni qarshi oldim sen bilan.
Ketding...Men-chi, sokin kuzatdim,
Hijron esa qoldi men bilan...

Indamaysan.., Mahzun boqasan,
Men ham bir so'z ayta olmayman.
Sog'inch dilni o'tga otsa ham,
Huzuringga keta olmayman...

Jonday yaqin, jonday yolg'izim,
Uzatsam qo'llarim yetmaydi.
Uzoqlashdi yana ovozing,
Ammo qulog'imdan ketmaydi...

Aytgim kelar: "Olib ket meni",
Bir umrga o'zing-la birga.
Oh, qanchalar ilojsizmiz biz,
Ko'nolmasman bunday taqdirga...

Bahor keldi gullarin sochib,
Sig'dirmadim ikki ko'zimga.
Yaratgandan faqat sabrlar,
Tilardirman bugun o'zimga...
__________________
Ayollik baxtiga balki arzimam. Onalik baxtimdan etma benasib...
Ответить 
Старый 07.04.2012 15:17   #1537  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Билмам нима,
Сeн томонга
хаёлимни буради,
“Топиб бeр -, дeб –
қувончимни”,
Аҳволингни сўради.

Билмам нима,
Ҳисларимни
уйғотишни бошлади,
Куним нурсиз,
Тунларимни бeдор қилиб
Ташлади.

Ўша нарса
Бир зумгина
Нигоҳингни тутсайди,
Ўйим билан
Ўзимниям
бирга олиб кeтсайди.

Билмам нима,
ғижимлайди
Чап тарафим тинмасдан.
Қайсар жуда,
Тинч қўймайди,
зоримгаям
Кўнмасдан.

Билмам нима,
Орзу, ҳавас,
ниятларни тўлдирар,
Юзимга дам ғам солади,
Дам бeғубор кулдирар.

Билмам нима,
бир умрга
Мeҳрларинг қистайди,
Шу даврда сeни фақат,
Хурсанд кўрмоқ истайди.

Билмам нима,
Ундамоқда
шеър ёзишга қалбимни.
Нима қилай,
Кeрак сўзни
Тополмасам - айбимми?

Билмам нима,
Хижронга ёв –
Висолга-чи, муштарак.
Зир югурар,
Лeк жойидан,
Силжимайди бу юрак.

Билмам нима,
Ёлвормоқда,
Пойларимга чўкиб зор,
Сўнг жимгина,
Сeн тарафга,
Кўз тикади,
Интизор.

Билмам нима –
Соғинчмикин?

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 09.04.2012 01:13   #1538  
Аватар для Баходир кушаков
Оффлайн
AKA:sundarji
Сообщений: 889
+ 1,064  746/333
– 0  44/20

UzbekistanLiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
В парк любви заходил не раз,
Любимый цветок тронул не раз.
Теперь ночи плачут вместе со мною,
В душе одна,а живу с другою.

Одна на другую не похожа,Боже,
Безконца с глаз текут слезы,Боже.
То одной,то другой,я дарю розы,
В душе одна,а живу с другою.

Одну зову Душой,другую Любовью,
Любит меня больше,не любима мною.
Скажи мне Боже,что делать с собою,
В душе одна,а живу с другою.
(таржима)

Последний раз редактировалось Баходир кушаков; 09.04.2012 в 01:29.
Ответить 
Старый 09.04.2012 02:04   #1539  
Аватар для Gulinoz
Оффлайн
Operator
AKA:Hayotim
Сообщений: 101
+ 191  112/60
– 0  0/0

United_States
Unutmasang bo'ldi...

Sog'inchingmi..? Azobingmi..?
Yuragimni qildi pora.
Armonlarga boshim egdim,
Topolmayin biror chora...

So'ramaysan ahvolimni,
Azobingda qovrilsam ham.
Jonday uzib mehrim berdim,
Nahotki kam..? Qilar alam...

So'rayverdim qayta, qayta,
Sevasanmi..? Aytaqolgin.
Agar tonib ketgan bo'lsang,
Iltijoman.., qaytaqolgin...

Muhabbatdan kam qildimmi..?
Unutdimmi yoki bir on?
Ahir senga fido edi,
Tanamdagi xasta bu jon...

Bahorimsan.., ammo kuzdan,
Darak berib ketdingmi yor..?
Mendan ko'ra mehrliroq,
Yuraklarga yetdingmi yor..?

Angladimki oson emas,
Ko'tarmog'ing dardim, zorim.
Unutmasang bo'ldi Jonim,
Mening ham dunyoda borim...
__________________
Ayollik baxtiga balki arzimam. Onalik baxtimdan etma benasib...
Ответить 
Старый 11.04.2012 08:57   #1540  
Аватар для Minglar
Оффлайн
Сообщений: 177
+ 129  243/106
– 2  2/2

Uzbekistan
Qo’ling tutib
taftingni his etolmadim,
Bag’rimdasan,
lek ko’nglingga yetolmadim.

Balki tiling boshqa edi,
yo’ling boshqa,
Majununlaring
kezib yurgan cho’ling boshqa.

Balki hayot to’fonida
adashib biz,
Cho’kmaslik chin
bir-birimizni tutibmiz.

Balki to’le
ustimizdan kuldimikin,
Kulib turib
ahvolimiz bildimikin?!

Bu hayotda kelmagandir
balki omad,
Yetmagandir ikkimizga
asalu-qand.

Tushunmading
so’zlarimni - umr o’tdi,
So’zlaringga tushunmadim,
Ertak bitdi…


(C)
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Ответить

Метки
hero




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх