Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 21.03.2012 19:34   #1511  
Аватар для Aliya
Оффлайн
AKA:Aliya
Сообщений: 385
+ 597  718/286
– 4  5/3

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Bugun g'am-qayg'uga qoldirmang hojat,
Ertangi kun esa Haqqa havola...
Alvon rangi bilan ko'ngillarnimas,
Bugun tog' bag'rini to'ldirsin lola...

Navro'zni qutlaylik, qadrdonlarim!!!

Qadrli forumdoshlar! Navro'zi olam muborak!!!
Ответить 
2 "+" от:
Старый 21.03.2012 22:24   #1512  
Аватар для Gulinoz
Оффлайн
Operator
AKA:Hayotim
Сообщений: 101
+ 191  112/60
– 0  0/0

United_States
Vafodorimga...

Men ketyapman...
Tez kunlarda qaytaman, kuting,
Borar joyim ko'pdan beri sizga ham ayon.
Ikki dunyo orasiga tushibdi yo'lim,
Qalbda biroz g'ashlik menga hamrohdir hamon...

Men ketyapman...
O'zingizni ehtiyot qiling,
Allohimga omonat deb topshirdim sizni.
Eng bahtiyor kunlar hali kutar oldinda,
Bu zulmatlar olib kelar yorug' kunduzni...

Men ketyapman...
Siz ortimdan kulib kuzating,
Oldingizda gunohlarim ko'pdir bilaman.
Nasib etsa, men salomat ortimga qaytsam,
Sizni Erkam, dunyoda eng bahtli qilaman...

Men ketyapman...
Bergan va'dam o'shanday hamon,
Duo qiling, yoningizga qaytayin tezroq.
Ikkimizni uchrashtirsa Jumlai Jahon,
So'z bergayman, Ketmayman deb, endi hech yiroq...
__________________
Ayollik baxtiga balki arzimam. Onalik baxtimdan etma benasib...
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 23.03.2012 11:12   #1513  
Аватар для Aliya
Оффлайн
AKA:Aliya
Сообщений: 385
+ 597  718/286
– 4  5/3

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Menga nima...

Menga nima - Siz hijronni kuylasangiz,
O`zga bog`ning rayhoniga bo`ylasangiz...
"Unutmaydi meni!" - deya o`ylasangiz -
Adashasiz...

Sizga aslo taqdir emas taxtli bo`lmoq,
O`zgalarni baxtsiz qilib, baxtli bo`lmoq!
Yana Mening sevgimga ham haqli bo`lmoq -
Adashasiz..

Mayli, kulsin gulga to`lib bahoringiz,
Vafo qilsin sizga o`sha vafolingiz,
Go`yo sizsiz yasholmayman - hayolingiz...
Adashasiz...

Sizsiz tonglar otmas emish...
Ro`yolarmi?
Tabassumim to`ldirmoqda dunyolarni!
Ko`z yoshimdan yasab qo`ymang daryolarni -
Adashasiz...

Menga nima - afsuslarda kuyasizmi,
Alam bilan bag`ringizni o`yasizmi...
Baxtli kunim qora rangga bo`yaysizmi?!
Adashasiz...
__________________
Olloh oqibatimizni xayrli qilsin...
Ответить 
Старый 25.03.2012 21:30   #1514  
Аватар для Aliya
Оффлайн
AKA:Aliya
Сообщений: 385
+ 597  718/286
– 4  5/3

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Vido.

Keling, sog`inchlarni olmaylik tilga,
Yurakni bezovta qilmaylik ortiq.
Baxtsiz ishq kemasi ketgan sohilga
Vido aytaylik-u, kelmaylik ortiq...

"Rashk" degan injuni qumlarga ko`ming,
Chig`anoq ichida qolib ketsin u...
Afsus shamoliga ko`zlarni yuming,
Ko`ngilda undan yod qolmasin qayg`u...

Bo`ldi...
Tushingizga kirmasman...
Endi -
Adashgan tuyg`ular sarsondir dilda...
Shunchaki, taqdirning o`yini uchun
Uchrashdik "Muhabbat" degan sohilda...

Keling, u sohilga qaytmaylik yana,
Xotirga aylansin sog`inchli diydor.
Ko`nglimni qoldirib ketyapman.
Mana -
Menda undan boshqa hamma narsa bor...

Keling, ko`ngillarning bog`laylik ko`zin,
Toki, uchrashmasin nigohlar - daydi...
Axir, Siz bilasiz,
Bilaman o`zim -
Muhabbat bahordek qaytib kelmaydi...

Keling, sog`inchlarni olmaylik tilga,
Yurakni bezovta qilmaylik ortiq...
Ответить 
Старый 26.03.2012 00:03   #1515  
Аватар для Aliya
Оффлайн
AKA:Aliya
Сообщений: 385
+ 597  718/286
– 4  5/3

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Siz ismini eslolmagan qiz...

Lablarimdan to`kilmasdan ishq,
Olib keting yarim ko`nglingiz.
Yo`qlab kelmas tushingizda hech
Siz ismini eslolmagan qiz...

Yodingizga tushmaydi sira,
Umringizdan o`chib ketgan u...
Kundan-kunga rangsiz xotira
Maskaniga ko`chib ketgan u...

Izlamaysiz...
Eng manzur qaror -
Shu ekanin yaxshi bilasiz.
Yoningizda gullasa bahor,
Xazon kuzni nima qilasiz?!

Eslamaysiz...
Ismini bugun
Topolmaysiz birorta so`zdan...
Tushingizga kirmaslik uchun -
Yodingizni yashirar o`zdan...

Yillar yuvgan izlardan yurib,
Hayollarga boshlasa taqdir
Bir kun...
Bir kun g`amgin o`y surib,
Eslarmisiz o`sha qizni... Bir...

Guvoh qilib sog`inch faslini
Ayting - "U qiz so`ngan bir uchqun..."
Faqat...
Eslang uning ismini
Qizingizga qo`ymoqlik uchun...

Kuyinmang...
U o`zga bir olam,
Dunyosiga bir begona - Siz...
Yo`qlab kelmas tushingizda ham -
Siz ismini eslolmagan qiz...
Ответить 
Старый 26.03.2012 01:28   #1516  
Аватар для Minglar
Оффлайн
Сообщений: 177
+ 129  243/106
– 2  2/2

Uzbekistan
“ ...Қуёшга одат мангу:
Қаршингда чўкиб беҳол,
Балқийди ортингдан у.” ( Гейнрих Гейне )



Уфққа қараб ёлбордим:
“ Ботма қуёшим , кетма!”
Тиз чўкиб ҳам жар солдим:
“ Эй воҳ, мени тарк этма!”

Ботди қуёшим... ташлаб
Зулматга иҳтиёрим.
Туннинг тубига чўккан,
Ёлғизликда қарорим.

Истаб бораман шамни...
Талпинаман у тамон.
Аҳир, тушунсангизчи
Қуёшсиз қолмоқ ёмон.

Дардларимни сўйлайман,
Етишгунимча тонгга,
Шам куяди , йиғлайди
Ёшин тўкиб шамдонга.

Энг оҳири сочларим
Оқаради тонг билан.
Ортимдан балқир қуёш,
Ва куйлар янги ўлан...


(C)
Ответить 
Старый 27.03.2012 10:20   #1517  
Аватар для Aliya
Оффлайн
AKA:Aliya
Сообщений: 385
+ 597  718/286
– 4  5/3

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Sizni kechiray...

Qor bo`lib eridi taqdirda visol,
Afsusning roziga hislarim ko`ndi...
Shabboda uchirgan gul bargi misol
Sizga bo`lgan yuksak Ishonchim so`ndi...

Xudo kuch bersinki...
Kechiray Sizni...

"Quyoshli kunlar ham kelar kun o`tib..."
Umidli hayollar menga hamrohdir...
Adovat zahrini ko`nglimga yutib,
Sizni qarg`amasman...
Qarg`ash - gunohdir...

Xudo kuch bersinki...
Kechiray Sizni...

Sizning kabi tonglar menda ham bordir,
Taqdirning men uchun atalgan baxti...
Ko`zlarda yoshimni artishga qodir
Tole`ni yaratgan e`tiqod haqqi -

Xudo kuch bersinki...
Kechiray Sizni...
Ответить 
Старый 27.03.2012 12:08   #1518  
Real ID Group
Аватар для Gulchehra Ibragimova
Оффлайн
UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162  2,935/1,026
– 31  24/20

Uzbekistan
КЎНГЛИМ ХАНУЗ СИЗДА
(..га)
Ҳеч ақл кирмади ақлсиз бошга,
Севгимдан кечмабман кириб шу ёшга.
Ҳамон ошиқдирман, тузалмадим ёр,
Кўнглим ҳамон Сиздан узолмадим ёр!

Бир куни келар, деб умид қилибман,
Суратингиз азиз меҳроб билибман.
Ўзга бир қирғоққа сузолмадим ёр,
Кўнглим ҳамон сизда, узолмадим ёр..

Унутмоқ не ўзи, журъатим етмас,
Бир излаб бормоққа фурсатим етмас.
Ҳамон дилда баҳор, тўзолмадим, ёр,
Кўнглим абад Сизда, узолмадим, ёр..

Ойга етмоқ осон, Сизга- етмоқдан,
Бошқа йўл йўқмиди биздан кетмоқдан?
Ҳамон ишқ қасрини бузолмадим ёр,
Кўнглим фақат Сизда, узолмадим ёр!..
(с)
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео
Ответить 
Старый 27.03.2012 17:23   #1519  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Sog'intirib bermagin ozor*

So'zim tingla, mening farishtam,
Yo'llaringni qilayin gulzor.
Araz qilib yuzing bursang ham
Sog'intirib bermagin ozor.

Hazillarim erkalash deb bil,
Vaslingga sen etma intizor.
Mayli qiyna-arazingni qil,
Sog'intirib berma lek ozor.

Savol so'rsam qovoq uy mayli,
Gunohlaring kechirgayman yor.
Etmoq bo'lsang umrim chiroyli,
Sog'intirib bermagin ozor.

Kel VISOLdan quraylik saroy,
Bo'lsin unga QUVONCH, BAXT devor.
Bizga havas qilsin shams-u oy,
Olam bo'lsin bundan munavvar.

*- 2010-yil arxividan

Последний раз редактировалось albatros; 27.03.2012 в 17:40.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 28.03.2012 01:24   #1520  
Аватар для Mahmud Jurat
Оффлайн
Сообщений: 624
+ 19  399/213
– 4  82/36

Uzbekistan
***
Қон дилим, тўймас шаробим
Қатраси қилгай хароб.
Йил ўқиб битмас китобим
То мени қилгай туроб.

Ногаҳонда билмай ичдим
Бағримни куйдирди май.
Оҳ бу дарддан етар чимдим,
Ўлдирар тўйдинг демай.

Ичган сайин ёнар юрак
Ташналик қонмайди ҳеч.
Бошим сархуш мен бедарак
Кун ботиб ютгайми кеч.

Бу шароб қонимга асли
Тангридан битилган ғишт.
Ҳар нотавон ёнар фасли
Май номин атайди ишқ.

(С)
Ответить 
"+" от:
Ответить

Метки
hero
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх