Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 07.03.2012 00:01   #1471  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Юрагим сиз томон кетмоқликка шай,
Қай замон, билмадим, боғланди риштам.
Саҳарги шабнамдек секин, билдирмай,
Келинг, кипригимга қўнинг, фариштам.

Нигоҳингиз маъюс, қарашлар маҳзун,
Кўзингиз афсусдан ҳеч кўрмасин нам.
Бахтни чиндан туйиб яшашингиз чун,
Қалбим керак бўлса, олинг, фариштам.

Ғам нима, қайғу-ю, дарднинг барчасин,
Унутиб шодликка сингиб кетар дам,
Ҳис қилиб қовурғам битта парчасин,
Ёнимда тоабад бўлинг, фариштам.

Ҳаёт хаёлотдан ўзга тушунча;
Баъзида тотли ҳам, баъзан аччиқтаъм.
Қанча умр берса, тинмай ўшанча
Ойдек, осмонимда тўлинг, фариштам.

Оҳим кўкларгами бормоқда етиб?
Ёки ниятларим тоза, саришта...
Зулматларни кундек чароғон этиб,
Тунимда қуёшдек кулинг, фариштам.

Соғдек кўринсам-да, шу дилим хаста,
Фақат ташрифингиз жонимга малҳам.
Саҳарги шабнам ё ёмғирдек аста,
Келинг, кипригимга қўнинг, фариштам...


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 07.03.2012 06:57   #1472  
Аватар для Gulinoz
Оффлайн
Operator
AKA:Hayotim
Сообщений: 101
+ 191  112/60
– 0  0/0

United_States
Bahoriy hayollar...

Bu dunyoga nechun kelding desalar:
Sevmoq uchun kelganimni aytaman.
Sevgi haqda ne bilasan desalar:
Faqat sizni bilganimni aytaman.

Nigohingiz ko'zlarimda yashirib,
So'zlaringiz sabolarga so'zlayman.
Va yurakda qadringizni oshirib,
Diydoringiz kutib tunga bo'zlayman.

Lol qolsalar bu holimga do'stlarim,
Sevmoq bo'lsa shunchalikdir... desalar.
Mendek seva olsinlar-chi o'zlari,
Zora shunda dil dardimni bilsalar

Quyoshning rangiga aylansa dunyo,
Zarhal poyandozlar to'shasa bizga.
Qaniydi tushlarim bo'lsalar ro'yo,
Qaniydi yetsaydik o'z bahtimizga.

Muhabbat anlanib ko'zim nuriga,
Allalasa ikkimizni bag'rida.
Joy olgansiz yuragimning to'ridan,
Olib keting meni bahtning shahriga...
Ответить 
Старый 08.03.2012 08:53   #1473  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Rashk aylasam

Bilursanmi, soching o'psa sabolardin rashk aylasam?
Bilursanmi, yuzing quchsa havolardin rashk aylasam?

Anor olday labing uzra qo'yar bo'lsa yuzin ey voh,
Labing olin so'rab olgan gadolardin rashk aylasam.

Anormasdir bu ham balki, erur sharbat to'la xumcha,
Seni ul xumchadek ko'ngli yarolardin rashk aylasam.

Magar kelsang olov yoqib dilim vayrona etmakka,
Yana manga jafo tutsang, jafolardin rashk aylasam.

Kelib aytishsaki yoring, nigohidin tomar xo'b ashk,
Banogoh ashkini tutgan ridolardin rashk aylasam.

Sen ey firuz, bu Kavsarning yoqib bag'rin izo etma,
Seni rashk aylagan ko'ngli izolardin rashk aylasam.

(c)

ashk - ko'z yoshi
rido - ustki kiyim
firuz - iqboli kulgan kishi
izo - sitam, jabr

Оффтоп:
"Rashkim" she'rimni qayta ishlab vaznga solishga harakat qilgan edim. Aruzga o'xshadi deb umid qilaman,
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 09.03.2012 13:16   #1474  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Sensiz ruhim bu tanda g’arib,
Qaraniydek Yamanda g’arib.
Men Vatanni Sen bilan sevdim,
Sensiz qolgum Vatanda g’arib.

Sen Vatanning o’zisan ey yor,
Kamon qoshli ko’zisan ey yor.
Men Vatanni Sen bilan topdim,
Sen Vatanning o’zisan ey yor…

Ja’far Muhammad Termiziy.



(Ustozim she'rlaridan ilhom olib yozilgan...)

Sen bilan topdim

Kamalakdir dunyoning rangi,
Yuvilarkan qalblarning zangi.
Nayning dardi ekan judolik,
Shundan menga yoqar ohangi.

Seni bir bor ko’rgan dillar shod,
Sen tomonga shoshar ellar shod.
Sensiz kuyar jahonim mening,
Sen-la kechgan har bir yillar shod.

Bildimki sen hikmat erursan,
Boshdan oxir ibrat erursan.
Sen-la ko’rdim hayotni tugal,
Qilsang faqat himmat qilursan.

Kavsar dili har kecha bedor,
Kel, diliga rahm ayla ey yor.
“Men Vatanni sen bilan topdim”
Bildim boshqa barisi bekor…

Toshkent, Kavsar (c) 18.02.2012.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 09.03.2012 13:34   #1475  
Real ID Group
Аватар для Gulchehra Ibragimova
Оффлайн
UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162  2,935/1,026
– 31  24/20

Uzbekistan
ОНАЖОНИМГА


Айрилиқ зарбидан кўнгилларда доғ,
Дардларинг мен каби бўлмасми адоғ?
Сен менинг Онамга ўхшайсан бунча..
Тўкилиб кетмагин жоним ҚИЗҒАЛДОҚ..

Йўқ, Онам лолага ўхшарлар асли,
Тўкилиб битдилар айни гул фасли..
Минг битта азобга чидаган Онам
Бир дарддан тўкилиб кетгани баҳсли..

Яшаган эканлар билсак қон ютиб
Олисда фарзандлар меҳрини кутиб..
Мен эсам андармон ўз ишим билан
Қўйибман Онажон Сизни унутиб..

Энди ҳеч ўрнига тушмас пушаймон,
Борлиғим олиблар кетибди уммон
Дарахтман илдизлар отмоғим гумон
Юрибман ўзлигим йўқотгансимон..

Шеърим ҳам ўзимдек ночор ва ғариб
Дардларим кетмайди юракдан ариб
МЕН СИЗСИЗ ҲЕЧ КИММАН, СИНДИМ ОНАЖОН...,
Наҳотки бу ғамга кўнсам онажон..

Қизғалдоқ баргидек тўкилган Онам
(давоми)
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео
Ответить 
Старый 10.03.2012 01:26   #1476  
Аватар для Minglar
Оффлайн
Сообщений: 177
+ 129  243/106
– 2  2/2

Uzbekistan
Izimiz bosilib ketaveradi…
Bir kun bu yo’llarda yig’laydi yomg’ir,
Qorlar oqqa bo’yar xotiralarni.

Izimiz bosilib ketaveradi…
Yangidan kelganda xo’v o’sha bahor,
Yangidan chechaklar ochilganida,
Huddi ikkimizning ko’klamimizday.

Izimiz bosilib ketaveradi…
Toylar ot izidan chopishganida,
Ajib bir ohangni ilg’ab biz kabi,
Devona yuraklar topishganida…

Izimiz bosilib ketaveradi…
Qadamlar qo’ysak-da og’ir , salmoqli,
O’ylab yashasak-da abad qolmoqni,
Vaqt yangi ertagin bitaveradi.

Izimiz bosilib ketaveradi…
Bir kun bu yo’llarda yig’laydi yomg’ir,
Qorlar oqqa bo’yar xotiralarni.


(C)

Последний раз редактировалось Minglar; 10.03.2012 в 01:29.
Ответить 
"+" от:
Старый 10.03.2012 01:49   #1477  
Аватар для Gulinoz
Оффлайн
Operator
AKA:Hayotim
Сообщений: 101
+ 191  112/60
– 0  0/0

United_States
Mehribonimga

Gohida kulaman zavqlarga to'lib,
Siz bilan suhbatlashsam shirindan-shirin.
Faqat siz bilmaysiz, aslida mening,
Kulgularim ortida dardlar yashirin.

Hursand ko'rgim keladi sizni har damda,
Qalbingizni og'ritmoq eng og'ir gunoh.
Ko'z o'ngimda siyratingiz tavof qilaman,
Menga bo'lgan mehringizdir g'amlardan panoh.

Garchi qiynaldim men, gohida toldim,
Ammo har bir kunimga shukur qilaman.
Ba'zida osmonimni qoplar bo'lsa dard,
Siz yolg'iz qo'ymaysiz, buni bilaman.

Siz meni qanchalar aziz bilasiz,
Buni har nafasda sezib yashayman.
Tan olgim kelmaydi dunyo ishlarin,
Hali ulg'aymagan yosh bolaga o'hshayman...
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 10.03.2012 08:52   #1478  
Аватар для Aliya
Оффлайн
AKA:Aliya
Сообщений: 385
+ 597  718/286
– 4  5/3

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
O`ylar.

Tole`ning yo`llari yillardek olis,
Diydorning gul umri lahzaga payvand.
Lablarga ko`chmagan notanish bir his -
So`zlarda namoyon bo`lmagan bu dard...

Sabrning quchog'i samoday cheksiz,
G`ururning bo`yi ming tog`larga orzu.
Dil qulfin buzmoqqa jur`at yo`q, esiz...
(Qarog`im - ko`nglimga qo`yilgan ko`zgu!)

Armonning tiliga tushunmas yurak,
Vafoning shevasi, ming yillarkim, yod!
Sizning ko`zlaringiz - (bilsangiz kerak!)
Meni tiz cho`ktira olgan hayolot...

Hijronning nafasi cho`g` qadar qaynoq,
Sog`inchlar qanoti dunyo qadar keng...
Sizning hijroningiz o`tida yonmoq -
Toabad Jannatiy bo`lmoqlikka teng...
__________________
Olloh oqibatimizni xayrli qilsin...
Ответить 
Старый 10.03.2012 15:11   #1479  
Заблокирован(а)
Аватар для Mirzo Ulugbek
Оффлайн
uzbek
manager
Сообщений: 21
+ 80  26/18
– 0  8/7

South Korea
Sevdim

Men seni hech kimdan so'ramay sevdim,
Men sendan hech narsa qilmadim talab.
Seni qalbga bir orzu bilan joyladim,
Sevib qoldim bir bora ko'zingga qarab.

Ne borki senda meni o'ziga tortgan?
Ahir sen ham hamma kabi oddiy bir inson.
Qaysi aybimga shunday sevdirding meni,
Hech uzilmas rishta bilan bog'landim, ishon!

Yuragimga ismingni yozmish bu taqdir,
Ko'zlarim diydoringni izlaydi doim.
Bunchalar beparvosan hasta qalbimga?
Yo Rab! insof bersin senga hudoyim!!!


Hayotim ijodidan...
Ответить 
"+" от:
Старый 11.03.2012 22:48   #1480  
Аватар для Gulinoz
Оффлайн
Operator
AKA:Hayotim
Сообщений: 101
+ 191  112/60
– 0  0/0

United_States
Olisdagi baxtim

Har tong ko'zlarimni ochgan on,
Sening nigohingni izlayman.
Topolmayman...sog'inch dardida,
Yana yuragimga so'zlayman.

Yurak urar bezovta, bedor,
Anglaganday mening o'kinchim.
Topib ber! deb, yolvordim unga,
Sendan yolg'izgina o'tinchim.

O'z uyimda sharpa misoli,
Kun bo'yi yuraman tentirab.
Hayolning ming bir ko'chasida,
Ovvoraman vaslingni so'rab.

Qaylardasan ayni shu zamon..?
Salomatmi? Joning omonmi..?
Yoki sen ham huddi men kabi,
Sog'inchlardan ranging somonmi..?

Olislarda sarsona bahtim,
Mening uchun asra o'zingni.
Diydor kuni yetkizguncha to..,
Darig' tutma shirin so'zingni...
__________________
Ayollik baxtiga balki arzimam. Onalik baxtimdan etma benasib...
Ответить 
Ответить

Метки
hero




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх