Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 01.03.2012 21:55   #1461  
Аватар для Gulinoz
Оффлайн
Operator
AKA:Hayotim
Сообщений: 101
+ 191  112/60
– 0  0/0

United_States
Tilak

Bir kun tongda uyg'onaman uyqudan,
Deraza yoniga kelaman sekin,
Siz turgan bo'lasiz jilmayib, kulib.
Bahtliman, bahtimdan quvondim, lekin,
Siz o'shami meni, yomg'irlarda adashtirganim.
Mening hayollarim o'g'irlab olgan,
Tunlarni kunlarga almashtirganim.
Mening g'amlarimdan qalbi o'rtanib,
Tangridan quvonchim ko'rmoq tilangan.
Gar yig'lasam, ko'zim yoshlarin artib,
Tushlarimga kirib, sochlarimni silagan.
Ha, men faqat tushlarimda ko'raman sizni,
O'sha mehrli chehra, chiroyli ovoz.
Qo'llarimdan ushlab, borayapsiz yetaklab,
Qayga ketayapmiz, bilmayman o'zim.
Yosh bola singari orqangizdan ergashib,
Bariga qo'l siltab ketyapman, yuzda tabassum,
Chunki endi siz borsiz, qolmasman tanho.
Qaniydi tushlarim o'ngidan kelsa.
Sizni bahtim deganim, ataganim Hayotim,
Jondan ortiq ko'rishimni keng dunyo bilsa.
Bugun yana hayollarga berilib, o'ylanib qoldim,
Toparmikan ijobat qilgan tilagim.
Rosdanam kelsangiz-a, meni olib ketgani,
Buni sizdan qayta-qayta kelar so'ragim...
Ответить 
2 "+" от:
Старый 01.03.2012 22:37   #1462  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Derazangdan mo'ralab asta,
Gul yuzingdan bo'lib shikasta,
Uzun qishga siltab qo'lini,
Ham qalbingdan boshlab yo'lini,
To'qqiz oyki yelarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Qoru muzni suvga g'arq qilib,
Izg'irinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga o'rab olamni -
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Go'zallikni eltib jahonga,
Sano aytib har o'tgan onga,
Istarangdan olgancha ziyo,
Jamolingga bo'lib mahliyo -
Bizga iqbol tilarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

Hissiyotga to'ldirib dilni,
Kengaytirib kichik ko'ngilni,
Duolarga ijobat yetib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

(c) 29.02.12
__________________
Мой ЖЖ

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 02.03.2012 в 09:56.
Ответить 
Старый 04.03.2012 08:39   #1463  
Заблокирован(а)
Аватар для Mirzo Ulugbek
Оффлайн
uzbek
manager
Сообщений: 21
+ 80  26/18
– 0  8/7

South Korea
Yur ketamiz...

Yur ketamiz, bu yerlardan uzoq-uzoqqa,
Hech kim topa olmaydigan biror makonga.
Mayli keyin ortimizdan qilsinlar g'iybat,
Mayli jar solsinlar keyin butun jahonga.

Yur ketamiz, faqat ikkimizga intizor,
Lolazorlar quchog'iga, tog'lar bag'riga.
Shu yerlardan voz kechamiz, boshimiz olib,
Qo'l siltaymiz bu dunyoning bergan jabriga

Yur ketamiz, orzuimiz edi bir paytlar,
Bulutlar ortida qaddin rostlagan shahar.
Tunlaridir sokin, shivirlar yo'mg'ir,
Dilga orom bag'ishlab uyg'otar sahar.

Yur ketamiz, budir mening qat'iy qarorim,
Sen-chi nega indamaysan, boqasan g'amgin?
Butun dunyo quvonchini etayin tortiq,
Bahting bo'lay hayotingda, faqat ber izn.

Yoki havotirsan dilda muhabbatimga,
Shubhang bormi, tanho seni atadim bahtim,
Seni deya dunyodan ham kechishim mumkin,
Iltimos ketaylik, ahir oz qoldi vaqtim.

Yur ketamiz, mehribonim qolmadi sabr,
Ortiq kerak emas endi menga bu hijron.
Endi yana olis qilma meni o'zingdan,
Shu paytgacha firoqingda qiymalandi jon...

Hayotim ijodidan
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 04.03.2012 14:48   #1464  
Аватар для Minglar
Оффлайн
Сообщений: 177
+ 129  243/106
– 2  2/2

Uzbekistan
***
Қайрилма қошларинг, қаро қошларинг,
Мени соғинтирган бало қошларинг,
Раҳм-шафқат билмас дили тошларинг...
Бир бора кел букун, кел , кўнглимни оч,
Менинг айвонимда қўнгил қалдирғоч.

Қишу - совуғимдан безибми - кетдинг
Юрагим, юрагим эзибми кетдинг,
Менда бахт йўқлигин сезибми кетдинг
Бир бора кел букун, кел , кўнглимни оч,
Менинг айвонимда қўнгил қалдирғоч.


Жудолиқ жонимдан ўтди нарига,
Сингиб адо бўлдим ҳижрон қаърига.
Қандоқ чидаш мумкин заҳмларига!?
Бир бора кел букун, кел , кўнглимни оч,
Менинг айвонимда қўнгил қалдирғоч.

Сўзлайин озгина меҳринг билан боқ,
Озгина яқин тут, бўл дўсти-ўртоқ,
Майли ундан кейин қанотингни қоқ...
Бир бора кел букун, кел , кўнглимни оч,
Менинг айвонимда қўнгил қалдирғоч.


Чарҳ уриб осмонни кесиб учасан,
Гоҳ пастлаб, гоҳида кўкни қучасан...
Мен учун барибир ўша-ўшасан.
Бир бора кел букун, кел , кўнглимни оч,
Менинг айвонимда қўнгил қалдирғоч.

Келишнинг ҳамиша савоби бордир,
Келганга соғиниш тавоби бордир,
Кўнгилни ёритар офтоби бордир,
Бир бора кел букун, кел , кўнглимни оч,
Менинг айвонимда қўнгил қалдирғоч.


(C)
Ответить 
Старый 04.03.2012 20:21   #1465  
Аватар для Gulinoz
Оффлайн
Operator
AKA:Hayotim
Сообщений: 101
+ 191  112/60
– 0  0/0

United_States
Taqdir azalim

Agar ertak bo'lsa muhabbatimiz,
Mayli, shu ertak bilan yashay bir umr.
Qolay mayli, siz haqdagi xayol bilan,
Qismatim shu ekan, taqdirim shudir.

Agar gunoh bo'lsa, sizni sevganim,
Roziman tortishga har qanday jazo.
Mayli yog'sin boshim uzra malomat toshi,
Sizsiz yashamoqning o'zi eng katta azob.

Agar taqdir yo'limizni birlashtirmasa,
O'shanda ham aslo so'nmas umidim.
Aslida Allohdan o'zim uchun emas,
Sizning baxtingizni ko'moq ilindim.

Siz men uchun aslo g'amlarga botmang,
Hayotimda borligingiz o'zi bir ne'mat.
Mayli yashay sizdan qolgan xayol bilan,
Taqdirim shu ekan, ekan bu qismat...
Ответить 
"+" от:
Старый 05.03.2012 08:46   #1466  
Аватар для Minglar
Оффлайн
Сообщений: 177
+ 129  243/106
– 2  2/2

Uzbekistan
ESKI QO’SHIQ


Uchrashuvga chiqqan edim,
Qilich yigit , zo’r yigit.
Klyosh shimli, bakinbardli,
Lekin hali g’or yigit.

Hoy-hoy , yorim, joon yorim
Kelmaysanmi, kelaqol…
Senga atab gul keltirdim,
Dasta gulim olaqol.

Bunda turmoq noqulayroq,
O’tgan ketgan qararlar,
Qo’shni qizlarning barisi,
Past devordan mo’ralar.

Hoy-hoy , yorim, joon yorim
Kelmaysanmi, kelaqol…
Senga atab gul keltirdim,
Dasta gulim olaqol.

Chorbog’ingdan kiray dedim,
Eshigida ilgak bor,
Ilgagining orqasida
Katta yog’och tirgak bor.

Hoy-hoy , yorim, joon yorim
Kelmaysanmi, kelaqol…
Senga atab gul keltirdim,
Dasta gulim olaqol.

Oy tuynukka yetganida,
Yurakkinam xovuchlab,
Gulni tishlab tomga chiqdim,
Xushtak chalib , tovushlab.

Hoy-hoy , yorim, joon yorim
Turmaysanmi, bo’laqol…
Senga atab gul keltirdim,
Dasta gulim olaqol.

Derazangga angur otdim,
Tezroq , jonim , ko’zing och…
Sezib qoldi cho’loq otang ,
Bo’ldi oshiq , bo’ldi qoch.


Hoy-hoy , yorim, joon yorim,
Ahvol chatoq, bilmaysan
Shimim yamoq bo’lsa erta,
Masxaralab kulmaysan.


Tok bag’ridan sidirilib
Pastga tushib yiqildim,
Olaparning ovozidan
Yana battar siqildim.


Hoy-hoy , yorim, joon yorim,
Ahvol chatoq, bilmaysan,
Tomda ko’rib guldastani,
Erta turib kulmaysan.

Klyosh shim-u, bakinbardlar,
Loyqa bo’ldi, chang bo’ldi,
Shunday qilib sho’rlik oshiq
Harob bo’ldi, tang bo’ldi.


Hoy-hoy , yorim, joon yorim,
Qochib qolay vaqtida,
Omon bo’lsak ko’rishamiz,
Jon omonat taxtida.

Bir amallab o’sha kecha
Olapardan qutildim,
Ko’p o’tmasdan baribir ham
Dargohingda “tutildim”…

Hoy-hoy o’lan….joon o’lan,
O’lanchi - men,
Vadasini unutmagan
Kelinchak - sen…


(C)

Последний раз редактировалось Minglar; 05.03.2012 в 09:08.
Ответить 
Старый 06.03.2012 18:55   #1467  
Аватар для Gulinoz
Оффлайн
Operator
AKA:Hayotim
Сообщений: 101
+ 191  112/60
– 0  0/0

United_States
Ko'nglimda bir dona ginam bor bugun,
Bu dardni men bildim, birov bilmasin.
Yuragim tubida yechilmas tugun,
Alloh meni senga mushtoq qilmasin...

Ishonchim kun sayin bormoqda so'nib,
Mayli, menga chin ishq nasib qilmasin.
Balki sensizlikka ham qolarman ko'nib,
Alloh meni senga mushtoq qilmasin...

Poyingga yaproqdek to'kildim...afsus,
Bu dardlar senga ham jafo qilmasin.
Har on yuragimni o'rtar bitta so'z,
Alloh meni senga mushtoq qilmasin...

Atirgul yaprog'i mening sirdoshim,
Barglari to'kilib uvol bo'lmasin.
Bir paytlar dildoshim eding-ku...endi,
Alloh meni senga mushtoq qilmasin...

O'zidan o'zgaga egdirmasin bosh,
Ishq so'ndi, lek qalbda umid so'nmasin.
Ko'zimdan tomchilar halqa halqa yosh,
Alloh meni senga mushtoq qilmasin...
Ответить 
Старый 06.03.2012 23:56   #1468  
Аватар для Gulinoz
Оффлайн
Operator
AKA:Hayotim
Сообщений: 101
+ 191  112/60
– 0  0/0

United_States
Istaysizmi agar men..?

Hursand bo'lasizmi, ko'zlaringizga,
Bahtga to'la nigoh bilan qaraganimda.
Siz ham quvonasizmi, Tangridan tilab,
Sevgimizga umrlar so'raganimda.

Kulmaysizmi, ayting agar istasam,
Shamol bo'lib siz tomon uchib bormoqni.
Yomg'irga aylanib boshingiz uzra,
Mayin - mayin bo'lib yog'ib turmoqni.

Haydamaysizmi meni, kapalak bo'lib,
Ohista sochingizga qo'nsam.
Bardosh tilaysizmi, telba dunyoda,
Sizdan olislarda yonmoqqa ko'nsam..?
Ответить 
"+" от:
Старый 06.03.2012 23:57   #1469  
Аватар для Gulinoz
Оффлайн
Operator
AKA:Hayotim
Сообщений: 101
+ 191  112/60
– 0  0/0

United_States
Senga bo'lgan tuyg'ularim anglamoq bo'lsang,
Bahorning bu musaffo osmoniga boq.
Qalbim tinmas nolalarin eshitay desang,
Bir on yomg'ir kuyiga solib ko'r quloq.

Men qachon chorlasam seni bahtim bog'iga,
Barin unut, kel faqat, shamolday shoshib.
Guldasta ter men sevgan qizil gullardan,
Mayli, keyin poyingda egilsin boshim.

Men kutarman seni necha fasllar,
Necha kun, necha tun ko'zim yo'lingda.
Bugun boshim uzra ungan maysalar,
Tanam tuproq, qalbim esa sening qo'lingda.

Qara, bugun seni sevgan g'arib gulingdan,
Qoldi yuraklarda faqat g'amgin hotirot.
Yetib bo'lmas olisdaman, ammo hali ham,
Men seni sevaman, sevaman nahot...?

Последний раз редактировалось Gulinoz; 07.03.2012 в 00:20.
Ответить 
"+" от:
Старый 06.03.2012 23:59   #1470  
Аватар для Gulinoz
Оффлайн
Operator
AKA:Hayotim
Сообщений: 101
+ 191  112/60
– 0  0/0

United_States
Kirib turay tushlaringa

Dilim nolon, hayol sarson, qalbim pora,
Huddi yo'qday bu holimga biror chora.
Mayli, bo'lay hijroningda ming ovvora,
Ruhsat bergin kirib turay tushlaringga.

Seni dunyo quvonchidan tonib sevdim,
Toki kuyib kul bo'lguncha yonib sevdim.
Firoqingda ming azobga ko'nib sevdim,
Ijozat ber kirib turay tushlaringga.

Sen-ku meni tark etmading, o'zim ketdim,
Chidolmadim bundan ortiq, dardga yetdim.
Bu dunyodan yolg'iz seni sevib o'tdim,
Izn bergil kirib turay tushlaringga.

Endi sen-la yuzlashmayin o'tar bo'lsam,
Bu yerlardan boshim olib ketar bo'lsam.
Ajal istab kelsa agar, bir kun o'lsam,
Sen rozi bo'l, kirib turay tushlaringga...

Последний раз редактировалось Gulinoz; 07.03.2012 в 00:22.
Ответить 
Реклама и уведомления
Ответить

Метки
hero




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх