Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 19.12.2009 17:36   #581  
Аватар для bekww
Оффлайн
Сообщений: 568
+ 1,307  476/245
– 9  11/6

UzbekistanLiveJournalМой мир
Bekor

Oyga ergashsagu, yerni ko'rmasak,
Peshonadan tomgan terni ko'rmasak.
Eldan olib tursa-gu, elga bermasak,
Yurtning bolasiman deganimiz bekor.

Ota obro'siga ko'ksimiz kerib,
Yursak yulduzlarni benarvon urib
Nogoh yiqilsagu, ketmasak turib,
Mardning bolasiman deganimiz bekor.

Bir chimdim alamga qaddimiz buksak,
Nomard poyin o'pib, unga tiz cho'ksak,
Qizg'aldoq misoli bargimiz to'ksak,
Tog'ning lolasiman deganimiz bekor.

Bolamiz yig'lab tursa, ko'zga ilmasak,
Ota-ona motamida yig'lay bilmasak,
Daryolar to'lsa-yu, biz bir to'lmasak,
Qalbning nolasiman deganimiz bekor.

Osmondagi har qanday bulut yomg'ir to'kolmas,
Mardning bolasini nomard bukolmas,
Do'stim, agar bizni elimiz tan olmas,
Elning bolasiman deganimiz bekor.


PS. Шерали Жўраев қўшиғининг матни, муалиф ўзларимикан?
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 21.12.2009 12:41   #582  
Аватар для Mubina
Оффлайн
O'quvchi
Сообщений: 48
+ 40  71/30
– 0  0/0

Uzbekistan
Toshkent
Osiyoda yakkasan
Halovatli pakkasan
Doningni yegan chumchuq
Qaytib kelar Makkadan

Anhoring ko'p, soying ko'p,
Masjidu saroying ko'p,
Uzilmaydi mehmoning
Qozoningda moying ko'p

Yigitlaring burgutdek
Yaratmasdan turmas tek
Hech bo'lishmas kambag'al
Asl zoti sayyid, bek

Qut baraka yuqqan yurt
Katta-kichik siqqan yurt
Elga kerak bo'lganda
Qodiriylar tuqqan yurt
Marhabo Karimova
Ответить 
Старый 25.12.2009 14:18   #583  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Qish chillasi

Janub bizdan olislab ketdi,
Shimol keldi surilib yaqin.
Qorlar bilan siyladi bizni,
Ruhimizni ko'tardi tag'in.

Ruhning qanotiga osildik,
Sho'rlik bizni ko'tarolmadi.
Dalalarda yer chopaverib,
Bellarida mador qolmabdi.

Turg'izmadik yiqilgan ruhni,
Qanotiga bosmadik malham...
Paydo bo'lar qaydandir shunda
Qon isini olgan bir kalxat.

Qanotlari qonga bo'yalgan
Ruh qorlarda o'rmalar endi.
Kattalar qartadan bo'shamas,
Bolakaylar o'ynaydi "Kinder".

Hech kimning u bilan ishi yo'q,
Qirchillaydi dalalarda qish.
Uxlab yotar bog'larda bahor,
Qor ostida uxlaydi yumush.

Gul unmagay, ko'karmas giyoh
Ruhning qoni to'kilgan yerdan.
Shu taqirda undirmoq uchun
Xudo bizga paxtani bergan.

Faxriyor
Ответить 
Старый 25.12.2009 14:24   #584  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Mayli, qahringizni siz sochavering,
Sizning shafqatlarga bir ahmoq yo'q zor.
Bahor, yoz, kuz sizga, qishni-chi bering,
Menga gulmas, kifoyadir sovuq qor.

Qahringiz qahraton, azizim, rahmat,
Bariga tayyorman muzlamoq uchun.
Meni buzilishdan saqlgay minba'd,
Mabodo, qahringiz ko'rsatsa kuchin.

Faxriyor
Ответить 
Старый 25.12.2009 15:18   #585  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Kimning jilmayishin oldim o'g'irlab,
Kimning tabassumin tortdim yuzimga?
Begona tabassum sig'madi, zo'rlab
Tortaverdim uni lekin o'zimcha.

Falokat ko'rgazdi shunda bo'y-enin:
Bir cheti yirtildi tabassumning "shart".
Siri fosh etilgan josusday meni
Bexos tanivb qoldi izlab yurgan dard.

Faxriyor
Ответить 
Старый 26.12.2009 13:19   #586  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Botartibdir hasratingiz ham-
Dard ichinda so'zingiz-qisqa.
Anduh ichra nigoh-xotirjam-
Turarkansiz farishta tusda.

Ozodadir vido oningiz,
Qafasdadir g'azab shiddati.
Og'rimagan go'yo joningiz-
Siz-mag'rursiz, poksiz, jannati.

Ezgulikka suyanchsiz-karam,
Sizda yo'qdir gina, adovat...
Hamma dunyo ketar siz bilan,
Mening bilan qolar falokat.

Usmon Azim
Ответить 
Старый 26.12.2009 13:26   #587  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Hali siz yo'qsizu
Sog'inchingiz bor...
Visolga chiqaman yuragim yonib,
Sizga tutqazaman
Yam-yashil bahor,
Yerga tushirasiz-qo'lingiz tolib.

Hali yonimdasiz.
Ammo bir savdo
Boshimda aylanar changalin yozib.
Men tortiq etaman yozni...
Beparvo
O'tasiz-
Avgustning ko'ksini bosib.

Hamon dil tolpinar
Sizday olamga.
Ishqning anduhiga hamon jon bog'liq.
Sizga kuz beraman...
Kuzgi olmadan
Olib qololmaysiz biror bir og'riq.

Endi fasllarimqolmadi manim-
Ufqda eng so'nggi kunduzim ado.
- Qishing qayda qoldi?- bo'zlaysiz...
Jonim!
Bilmaysiz,
Uch fasl berganin Alloh.

Usmon Azim
Ответить 
Старый 28.12.2009 23:19   #588  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Onajon

Ostonada kutarsiz, keb qolsaydi bolam, deb,
Men yuraman ro’zg’oru farzandlarim g’amin yeb,
Asli bir kam dunyoning bitiraman kamin, deb,
Sizni yo’qlab, kunda bir borolmayman, onajon.

Siz- chi Rayhon isini saqlab dimog’ingizda,
Keb qolar, deb, ob qo’ying oshni tovog’ingizda,
Yuragingiz ezilib, sog’ingan chog’ingizda,
Sizni yo’qlab, kunda bir borolmayman, onajon.

Siz bedor, men beparvo, uyqum, tushlarim qursin,
Sizsiz novvot chaynagan nodon tishlarim qursin,
Sizni kuttirib qo’yib, qilgan ishlarim qursin,
Sizni yo’qlab, kunda bir borolmayman, onajon.

Sizga oylab bormay, kuy-g’azallarni yo’qladim,
Yog’lik palov, choyxona, guzarlarni yo’qladim,
Mehri yolg’on jononu go’zallarni yo’qladim,
Sizni yo’qlab, kunda bir borolmayman, onajon.

So’ray endi Xudodan, ochsin sizga yo’limni,
Dunyo ishi to’smasin sizga cho’zgan qo’limni,
Bag’ringizga egildim, qabul aylang uzrimni,
Sizni yo’qlab, kunda bir borolmayman, onajon.

Marhabo Karimova
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 28.12.2009 23:21   #589  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Onasini berib qo’yganlar

Yuragida shamchirog’I yo’q,
Ishongani bo’gu rog’I yo’q,
Suyanayin desa tog’i yo’q,
Onasini berib qo’yganlar.

Cho’kib qolar baland bo’ylari,
Ko’z yoshisiz o’tmas to’ylari,
Huvillab qoladi uylari,
Onasini berib qo’yganlar.

Xumorlari tutgan pallada,
Zo’rg’a turar joni tanada,
Yig’lab yurar pana-panada,
Onasini berib qo’yganlar.

G’am yuziga inib ketadi,
“Ona” desang, tinib ketadi,
Bir zarb bilan sinib ketadi,
Onasini berib qo’yganlar.

Ilinadi oshu nonini,
Bir ko’rishga berar jonini,
Hidlab yurar to’n ro’molini,
Onasini berib qo’yganlar.

O’lmaydilar onalar atay,
Qismatimiz shu ekan, netay,
Sizni qanday qilib yupatay,
Onasini berib qo’yganlar?!

Marhabo Karimova
Ответить 
Старый 29.12.2009 07:01   #590  
Аватар для bekww
Оффлайн
Сообщений: 568
+ 1,307  476/245
– 9  11/6

UzbekistanLiveJournalМой мир
Вильям Шекспир, "Сонетлар"

85

Камтарин музамнинг тиллари тугик,
Ўзгалар сени мадҳ айлаб шу асно,
Шеърлар битишади манзур бўлгудек,
Олтин қаламларда этишиб иншо.

Уларда сўз эса, менда хаёл, ўй,
Бесавод муллага ўхшайман бироз.
Ҳар гал шеър ўқилса, янграб мисли куй,
"Омин!" дейиш келар қўлимдан, холос.

Хар гал "Балли!" дейман, "Айтганинг тўғри!"
Ва яна бир нима қўшаман баъзан.
Аммо қалбим тўла лиммо-лим туйғу,
Айтиб беролмасман уни сўз билан.

Уларни қадрла сўзлари учун,
Мени эса - сўзсиз туйғуларим-чун...


Жамол Камол таржимаси
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх