|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) | |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
07.12.2009 19:10 | #561 |
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
|
O'zga yurtda kechgan o'ylar...
"O'zga yurtda shoh bo'lguncha, o'z yurtingda gado bo'l" deb bejiz aytmagan xalqimiz... Ish, o'qish bilan yurtdan tashqarida bo'lishga to'gri keladi... Harakat qilamiz,intilamiz...o'qiymiz...ishlaymiz...lekin.. lekin baribir bir kun kelib ona yurtga qaytish kerakligini ich-ichimizdan xis qilsak-da, buni hammamiz ham tan olgimiz kelmaydi... Hayot esa...to'xtamaydi, o'tib boraveradi... Har o'tgan yil bizlarni tobora yurtga begonalashtirib, o'zga yurtga bog'lab boraveradi... Yaqinlarni, qon-qarindoshlarni, sinfdoshlarni, qadrdon do'stlarni eslab ich-ichimizdan g'alati sog'inch keladi-yu, kimga aytishni bilmaymiz... Yana o'zimizni ovutib yashayveramiz - "menga shu yerda yaxshi-ku.. Yaxshi o'qiyapman/ishlayapman..Yeganim oldimda, yemaganim ketimda" deb o'zimizni aldab yashayveramiz... soatlar, kunlar, haftalar esa o'tib boraveradi... Onajonimiz, buvijonimiz tizzalariga boshimizni qo'yib bir lahzaga bo'lsa-da, halovat topgimiz keladi... Ukamizga, akamizga yaqin bo'lib, yelkadosh bo'lib yashagimiz keladi... Onajonimiz, otajonimzga ertalab issiq non bilan qaymoq ko'tarib kirib, birga nonushta qilishdek orzuni, yetolmayotgan bo'lsak-da, qilaveramiz... oylar esa...o'taveradi, o'taveradi... Haftaning ma'lum kuni uyga, yaqinlarimizga telefon qilib, ko'ngillarini ovlagandek bo'lamiz... "Qachon kelasan?" degan savollariga o'qishni, ishni "bahona" qilib, "shularni tugatib olay, boraman" ,- deb va'dalar beramiz... Bilmaymiz-ki, onajonimiz deyarli har kuni, har soatda bizlarni kutib yashaydilar...yonlarida bo'lishimizni judayam-judayam xohlasalar-da, "Mayli, o'glim/qizim, qayerda bo'lsang ham, tinch bo'lsang bo'ldi", -deb (noiloj) javob qaytaradilar... Biz esa, bir qo'ng'iroq qilib ularni "ko'ngillarini olganimiz"dan xursand bo'lib yashashda davom etaveramiz... fasllar almashaveradi... Magazinda yoki ishxonada bizga g'alati ko'z bilan bilan "nonimni yarimta qilgan kelgindi" qabilida qaragan odamga yeb qo'ygudek bolib o'qrayib qaraymiz, lekin hech nima deyolmaymiz... O'zga yurtda baribir begonadek yashayotganimizni yana bir bor xis qilamiz... ertaga nasib qilsa, oilali bo'lsak, farzandimizni biz yashayotgan jamiyatda, o'zga yurt, o'zga xalq ichida katta bo'lib, tarbiya olishini umuman istamaymiz-u, lekin, nima ham qilardik, biz shu yerda yaxshi o'qiyapmiz/ishlayapmiz..." Shuning o'zi baxtli bo'lish uchun yetarli emasmi", - deb fikr qilamiz... Aslida esa, baxtning makoni ona yurtimizda, ona shahrimizda/qishlog'imizda, onajonimiz, buvijonimzning yonlarida ekani bilmaymiz... Ertalab nonushtaga olib kirilgan qaymoq uchun otamizning ko'ngli ko'tarilib, qilgan duolarida-yu, akamiz-ukamiz bilan yelkadosh bo'lib, kulib, yayrab yashashimizda, qarindoshlar, yaqin do'stlar, sinfdoshlar davrasida, oz bo'lsa-da, rizqimizni terib yurishimizda ekanini bilmaymiz... Umr esa... o'taveradi...o'taveradi...Shu kuyi yashab Olami Boqiyga safar vaqti yetganini ham bilmay qolamiz...Afsus... (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
5 "+" от:
|
08.12.2009 11:28 | #562 |
ШЕРАЛИ ЖЎРАЕВНИНГ «ТАРК АЙЛАМА» қўшиғидан:
Эй, азиз дўст, кўзларим гирён, мани тарк айлама, Кетма ой, мендан йироқ, осмон мани тарк айлама, Эй, замин, пойимда тур, даврон мани тарк айлама, Ўзга оламда юриб, карвон мани тарк айлама. Кўк аро сендан мунаввардур ул моҳи анвари, Қўлдаги қутлуғ асойинг йўлда жоним раҳбари, Мен-ку чавгонман нигоҳинг олмагил мандан нари, Қистама отингни, эй, армон, мани тарк айлама. Гоҳ у ёну, гоҳ бу ёна талпинар лов-лов ёниб, Титрагай ожиз бу танда эътиқод ҳам ўртаниб, Бўлди ким собит бу йўлда кимдир имондан тониб, Дуо этарман ёлвориб, имон мани тарк айлама. Эй, замин пойимда тур, даврон мани тарк айлама, Жисм аро жонсан ҳамиша, жон мани тарк айлама. Жалолиддин Румий. http://www.parvona.uz/news/articles/2198.html Последний раз редактировалось bekww; 08.12.2009 в 11:31. |
|
|
Ответить |
4 "+" от:
|
08.12.2009 20:13 | #563 |
НБУ
нач. отдела
Сообщений: 3
+ 1
7/3
– 0
0/0
|
койил, шунча шеър, бир бошдан укиб чиквомман. маза кивомман.Силани эътиборилага арзимас янги ижод намунасини такдим кимочиман. Бахолисила диган умиддаман...
Юракларим сиқилиб кетди, Йиғлаяпман кўрсатмасдан ёшимни. Соғиниб кетяпман Сизни – онажон! Бир бор силаб қўйинг бошимни. Бировни айблашга чидамас виждон, Не бўлса барига сабабчи ўзим. Фақат соғиняпман қайноқ бағрингиз Ва сўзингиз, келақол қўйнимга, қўзим. Ўйламай босилган залвор қадамлар, Тиканлар устига тушганкан бешак. Оғриқлар азоблар экан танамни, Бошим силаб туринг - ягона истак! Бошим силам туринг, кўтарай дароз, Қаддим тик тутишга мадор бу қўллар! Илло, ўғлин бошин силаса Она, Яратганнинг ўзи хамиша қўллар!!! Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 09.12.2009 в 10:54. |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
10.12.2009 05:26 | #564 |
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
|
Oy - ko'zim oldida sarg'aygan yaproq,
Kuzak - hayolimda mitti tugunchak. Jismim - oyog'ingda toptalgan tuproq, She'rim - anduhlardan yaralgan g'uncha. Tunlar qulog'imda qolib ketgan sas, Tonglar vujudimda esgan bir nasim. Jonim, boshqasini topmadim, hullas, Sening ko'zlaringga kelar havasim... (noma'lum shoirdan)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
10.12.2009 10:30 | #565 |
Сообщений: 589
+ 1,042
486/242
– 0
0/0
|
Тош шаҳрида уйим –
Болахона эди, Бир бурчаги ўрин, Бири китоб бари... Менга тинчлик Бермай қийнар Мана энди, Тушларимда Бухоронинг оҳулари. Айтматовга Хатлар ёздим, Жавоби йўқ. Шеърлар ёздим, Босишмади, Ҳисоби йўқ. Муҳаррирлар Борсам қоши Уюлади, Кўрамиз дер, Кўрмас, Ташлаб қўйилади. Менга – Ҳасад Қилишгандек туюлади... “Ўғлим шоир!..” Онам еру кўкка сиғмас, Тонгда ишга, Оқшом чопар Фолбин сари. Биров билар, Биров кулар, Биров уқмас – Тушларимда Бухоронинг оҳулари. Бир кун ахир, Рост сўзини Айтди биров, Бир бўғиндан Оз сўзини Айтди биров. Айтмай қилган Ноз сўзини Айтди биров… Тупроқ йўлдан Чўғлар босиб Қайтди биров. Бу дунёнинг Ширин дарди Шеърлар экан, Менга забон Берган - манов Ерлар экан. Қоним унинг Ҳаяжони, Туйғулари, Кулгулари, Қайғулари, Йиғилари, Тушларимда Бухоронинг оҳулари... Айтматовга Хатлар ёздим, Жавоб келди. Шеърлар ёздим Ҳисоби йўқ – Китоб бўлди. Муҳаррирлар Борсам қучоқ Очишади. Ўқиймиз дер, Ўқимасдан Босишади. Менга – Ҳавас Қилишгандек боқишади. Фолбин кампир Айтганлари Ёлғон бўлди, Ёмон бўлди, Бир қишлоққа Достон бўлди. Ҳузурига Ўша оқшом Онам шошиб, Қўли қуруқ Борган экан Армон бўлди… Армоним кўп Бу дунёда Ўзимнинг ҳам, Давоми кўп Сизга айтар Сўзимнинг ҳам. Дилни ёқиб, Тилга чиқмай Қолганларин, Қўшиғимга Бу кун сиғмай Қолганларин, Айтсин барин, Айтсин барин, Айтсин барин – Тушингизда Бухоронинг оҳулари!.. М. Юсуф Последний раз редактировалось Gulnora Voisova; 10.12.2009 в 10:33. |
|
Ответить |
10.12.2009 11:03 | #566 |
|
Ochgan o'tni yondirma qayta,
Yomon, yomon uning yonishi. U qizishib, gurlagan paytda, Mushkul uni o'chirmoq ishi. Iltimosim, qayta yozma xat, O'ynatmasin yurakni nido. Biz bir fursat bo'lganmiz гдафеб Va manguga aytganmiz vido. Aybdor senmu yo men gunohkor, Surishtirmoq paytimas, do'stim, Yoz-u, bizning dilga cho'kkan qor, Dil qorini kim ko'ribdi, kim?! Ko'nikkanman endi bariga, Endi men shod qo'shiq aytaman. E'tiqodim zanjirlariga Zarb tekkizma, endi qaytadan. Kech gullagan ekinlar sovuq- Izg'irinda bo'ladir nobud. Qayta yoqma sen ham o'tni, yo'q, Qul qiladir bizlarni г o't. Halima Xudoyberdiyeva |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
10.12.2009 19:19 | #567 |
КгБ
SmC
Сообщений: 82
+ 66
63/42
– 0
0/0
|
Senga kashtam haqida yozmoqchi edim-a?
Eshit: Dastro'moldan ozgina kattaroq, ayollar ro'molidan ozgina kichikroq, to'g'ri to'rtburchak shaklidagi mato. Chetiga jimjimali allambalo tikkanman(Uyimizga yaqinda parda tiktirganmiz, shuni ostatoklaridan), rostini aytsam o'zim ham ularni niam deb nomlanishini bilmayman. Bu mani birinchi tikuvchilik ishim, professional tikuvchidek choklarini tekis-aniq-tiniq tikolmayman. Mani qo'lim ko'proq ruchka ushlashga yoki klava shaqillatishga moslashgan-buni bilasan)) Davom etamiz... Mato ikki qavat, yupqa, ozgina yaltiroq mato. Uni nomi organza ekan. Ko'z oldingga keltir: pushti to'g'ri to'rtbuchak shaklida, atrofiga jimjima tikilgan sintetik dastro'mol. Uning bir chekkasiga pushti va oq rangdagi gul qadalgan. Gul bu yerda 2 xil vazifani bajaradi: Ham quyosh, ham gullik vazifasini. O'zi gulga o'xshaydi, lekin ostiga 4 ta tasma tikilgan. Bu xuddi quyosh nur sochyapti)))degandek. Bu tasmlar kumushrangdagi yaltiroq matodan tayyorlangan. Quyoshning oldida 4 ta uchli yulduz bor(Buni ma'nosini hozir etmayman). Bu yulduz ham kumushrang. Yonida esa OY. Yarimoy. Ammo oy ustiga parda tortilgandek xiraroq. Hozir tushuntiraman. O'zi oyni kumushrangdagi materialdan tikkanman. Keyin ustiga bir qavat organza tikdim. Shunda tikkan Oymomom hadeb yarqiravermay, xuddi yuziga parda tortib olgandek turadi(Buni ma'nosini esa o'lsam ham aytmayman). Endi Dastro'molimizning pastki qismiga tushamiz. Ro'molchaning ikkita chetiga bir juft-bir juft gul tikkanman. Ular ham kumushrang. Hammayog'i. tagida kichkina maysazori ham bor. Matoning o'rtasida esa o'rtacha kattalikda serdsa-yurak shakli bor. Ostida kumush mato, ustiga esa xuddi oymomoga o'xshab och pushti rangdagi mato qoplangan. Lekin atrofini tikmadim, atayin ochiq qoldirdim. Hozircha shular. Bitta harfni boshladim: Q harfining O qismini tugatyapman))) Ana endi azob boshlanadi. Harflarni Unchalik yaxshi tikolmayapman, buning ustiga birov ko'rib qolsa... Mana bo'ldi...To'g'ri, ko'z oldingga keltirish qiyin bo'lgandir,,, xm..bu mani aybimmas. Kelsang-ko'rasan! Boshqa ilojing yo'q. Uni rasmini yubormayman. so'rama))) Bo'ldi, endi ketdim. A imtihondan BESH oldim. Bye-bye, o'zingni ehtiyot qil. Azizangiz... Hozir o'sha kashtani ramkaga solib qo'yganmiz..
__________________
Sizga kulgu yarashadi:187: |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
11.12.2009 22:49 | #568 |
НБУ
нач. отдела
Сообщений: 3
+ 1
7/3
– 0
0/0
|
Оффтоп: рахматлар учун рахмат. бунисиям каминага тегишли...Усмон Азимнинг «Биз учрашмадик..» шеърини ўқиб.... Бир бор висолингга етмоқлик орзу. Майлига лабларнинг болин сўрмасак Осмонлар узилиб тушмас-ку ерга, Не бўларди биз хам бир бор учрашсак. Майли, индамагин, ҳеч нима дема, Розиман, тикилиб, кўз-ла сўзлашсак. Ортиқча гап-сўзлар ғамини емай, Не бўларди биз хам бир бор учрашсак. Кундузи қуёшни кўрдим ой билан, Бахтиёр иккиси нурланар, бешак! Майли, ўртамизда анҳор, йўл бўлсин, Не бўларди биз хам бир бор учрашсак Ялиниб тангридан сўрайман, илло – Зора, у дунёда висолни қучсак!! Зеро, бу дунёда кўришган куни, Қўлингда жон берсам керак учрашсак!!! Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 14.12.2009 в 18:11. Причина: Texnik xatolar borligi sifatli tahrirlandi. |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
12.12.2009 00:17 | #569 |
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
|
G’aflat
Tabiatga deylik tashakkur, Bosh egaylik unga, albatta, Noqisligi uchun tafakkur, Bo’lganimiz uchun g’aflatda. Sevinamiz borligimizdan, Do’stlar bilan qilamiz huzur, Ular uyi nihondir bizdan, Biz bilmaymiz… Shunga ham shukur. Muqaddasdir biz uchun vafo, Tabarrukdir ma’sum ahdimiz, Ne ekanin aldamchi dunyo Anglamaymiz – bu ham baxtimiz… Bu dunyodan ketarmiz bir kun, Bizga ayon, ammo qay soat? Bexabarmiz … Odamzod uchun G’aflat o’zi buyuk saodat. Erkin Vohidov |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
12.12.2009 09:58 | #570 |
Muhabbat chiroyli kapalak
Muhabbat chiroyli kapalak, qo'rqaman sho'rlikni tutgali. Kapalak quvganim yodimda, yodimda yo'q ammo tutganim. Yuragim ranjigan boladay na ermak,taskinga ko'nadi. Muhabbat chiroyli kapalak, hali ham gullarga qo'nadi. Ortidan halloslab chopaman, xijolat bo'laman g'o'rlikdan... Qanchalik yugirmay,baribir orqada qolardim sho'rlikdan... Shavkat Rahmon *** SHAVKAT RAHMON Uchib-qo‘nib, uchib-qo‘nib shom-saharlar Nafis san’at sahnasida poyga ketdi. Shavkat Rahmon qayga ketdi, birodarlar, Kapalaklar uchmaydigan joyga ketdi. Kim quyoshga soldi yerdan topib gavhar, Kim ko‘ngliga shu’la istab oyga ketdi. Shavkat Rahmon qayga ketdi, birodarlar, Cнiroq yonib o‘chmaydigan joyga ketdi. Chorbozorda so‘z axtarar xaridorlar, Birov katta ketsa, birov mayda ketdi. Shavkat Rahmon qayga ketdi, birodarlar, Yolg‘on qasam ichmaydigan joyga ketdi. Ayollarning bandi bo‘ldi qaysi mardlar, Qay darveshlar chog‘ir ila mayga ketdi. Shavkat Rahmon qayga ketdi, birodarlar, Tuhmat toshi tushmaydigan joyga ketdi. Nag‘malarni bas qilinglar, endi etar, Qo‘llaringiz bekor dutor-nayga ketdi. Shavkat Rahmon qayga ketdi, birodarlar, Osoyishta uxlaydigan joyga ketdi. Iqbol Mirzo, 1997 й. Последний раз редактировалось bekww; 12.12.2009 в 10:00. |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
|