Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 26.06.2008 15:48   #1  
Known ID Group uParty Member
Аватар для Husen
Оффлайн
Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559  2,642/911
– 20  13/12

Uzbekistan
27 июнь - Матбуот ва ОАВ ходимлари куни

Журналистларимизни касб байрами билан кутлаймиз! Байрам бахона ушбу мавзуда бугунги журналистика билан боглик вазиятни, журналистларимизни уйлантираётган муаммоларни тахлил килсак.
Айни дамда, журналистлар дунёдаги энг хавфли касб эгалари булиб колмокдалар. Узбек журналистлари фаолиятига кандай бахо берасиз?
Сизнингча, хакикий журналист кандай талабларга жавоб бермоги лозим?
Ответить 
Старый 03.07.2008 17:12   #2  
Аватар для olimbek
Оффлайн
Тошкент Давлат юридик институти
Булим бошлиги
Сообщений: 196
+ 27  80/56
– 0  1/1

UzbekistanОтправить сообщение для olimbek с помощью ICQ
Цитата:
Сообщение от Husen Tangriyev Посмотреть сообщение
Айни дамда, журналистлар дунёдаги энг хавфли касб эгалари булиб колмокдалар. Узбек журналистлари фаолиятига кандай бахо берасиз?
Сизнингча, хакикий журналист кандай талабларга жавоб бермоги лозим?
Журналистлар дунёдаги энг хавфли касб эгалари булиб қолмоқда деган фикрингизга қисман қўшиламан. Бу ишлаётган журналистлар учун, редакциядан чиқмасдан, булар булмас мақолалар ёзаётганлар учун эмас.
Ответить 
Старый 14.07.2008 12:03   #3  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Цитата:
Сообщение от Husen Tangriyev Посмотреть сообщение
Журналистларимизни касб байрами билан кутлаймиз.

Men ham hamma jurnalistlarni kasb bayramlari bilan qutlayman.
Ответить 
"+" от:
Старый 14.07.2008 12:20   #4  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Цитата:
Сообщение от Husen Tangriyev Посмотреть сообщение
Узбек журналистлари фаолиятига кандай бахо берасиз?
Сизнингча, хакикий журналист кандай талабларга жавоб бермоги лозим?


Haqiqiy jurnalistga juda katta talablar qo'yiladi. Bir opam: " Bizni vaqtlarda diplom ishi qilayotgan talabalar jurnalistlarni eshitib xatolarini to'g'rilab, qaysi so'z qanday talaffuz qilinishini bilib olishardi",-deb aytgan edilar. Bugungi kunda esa o'zini jurnalist deb atashga uyalmayotgan ayrim OAV hodimlarining xatolarini hattoki men ham to'g'rilab o'tiraman, ayrim hollarda... Bu bugungi jurnalistikamizning darajasini bildirmayapti deb kim ayta oladi?

To'g'ri, men jurnalistlarimizning chet eldagi kasbdoshlariga o'xshab har bir mashxurroq shaxssi hayotiga burnini tiqaverishlariga qarshiman, albatta. Bu bilan insonni tinch yashashga qo'yishmaydi. Shuninhg uchun bizning jurnalistlarimizning bu sohadagi orqada qolishlarini qoralamayman. Lekin, Jurnalistikaning boshqa sohalaridachi????????
Ответить 
Старый 18.07.2008 22:46   #5  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Цитата:
Сообщение от Husen Tangriyev Посмотреть сообщение
Узбек журналистлари фаолиятига кандай бахо берасиз?

Nega hamma jim?! Ushbu savolga javob berishdan qochayotganimizning sababi nimada? Nima tanqid qilishdan qo’rqamizmi?
Ответить 
Старый 18.07.2008 22:47   #6  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Bugungi kunda OAV faoliyatiga oid deyarli barcha me’yoriy hujjatlar, qonunlar qabul qilingan. Senzura olib tashlanib, qonun doirasida istalgancha gazeta-jurnal, radio-televideniya ochish imkoni berildi. Go’yo OAV vositalari, bugungi jurnalistikaning faol bo’lishi uchun hech qanday to’siq yo’q… Ammo, matbuotning, umuman OAV ning ishidan hech kimning ko’ngli to’lmayapti.
Gazeta do’konlarini kuzatib turib, yoqa ushlaydi odam. Kim aytadi O’zbekistonda gazeta o’qishmaydi deb?! Bu son-sanog’i yo’q nashrlarga ketayotgan qog’oz, mehnat, mablag’ga achinasan kishi… Jurnalistikaning xalqqa aytadigan so’zi maydalashib ketmayaptimi? Topishmog’u latifalardan boshqa aytiladigan gap yo’qmi? Radio, televideniya, gazeta, jurnal ikkita yengil-yelpi qo’shiq aytgan san’atkorning oldi-qochdi suhbati-yu, intervyusi bilan ovora. Fan arboblari, olimlar, mehnat qahramonlarini ham gapirishga “o’rgatilsa “ bo’lmaydimi?
Ответить 
Старый 19.07.2008 11:30   #7  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Aziza Abdunabiyeva Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Husen Tangriyev Посмотреть сообщение
Узбек журналистлари фаолиятига кандай бахо берасиз?

Nega hamma jim?! Ushbu savolga javob berishdan qochayotganimizning sababi nimada? Nima tanqid qilishdan qo’rqamizmi?
Tanqid qilishdan hech kim qo'rqmaydi. Faqat insonlarda bugungi kunda jurnalistlarga nisbatan ishonchsizlik paydo bo'lganmi?!..
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 19.07.2008 11:33   #8  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Aziza Abdunabiyeva Посмотреть сообщение
Bugungi kunda OAV faoliyatiga oid deyarli barcha me’yoriy hujjatlar, qonunlar qabul qilingan. Senzura olib tashlanib, qonun doirasida istalgancha gazeta-jurnal, radio-televideniya ochish imkoni berildi. Go’yo OAV vositalari, bugungi jurnalistikaning faol bo’lishi uchun hech qanday to’siq yo’q… Ammo, matbuotning, umuman OAV ning ishidan hech kimning ko’ngli to’lmayapti.
Gazeta do’konlarini kuzatib turib, yoqa ushlaydi odam. Kim aytadi O’zbekistonda gazeta o’qishmaydi deb?! Bu son-sanog’i yo’q nashrlarga ketayotgan qog’oz, mehnat, mablag’ga achinasan kishi… Jurnalistikaning xalqqa aytadigan so’zi maydalashib ketmayaptimi? Topishmog’u latifalardan boshqa aytiladigan gap yo’qmi? Radio, televideniya, gazeta, jurnal ikkita yengil-yelpi qo’shiq aytgan san’atkorning oldi-qochdi suhbati-yu, intervyusi bilan ovora. Fan arboblari, olimlar, mehnat qahramonlarini ham gapirishga “o’rgatilsa “ bo’lmaydimi?

Fikrimcha, jurnalistika ham "MODA" ga qarab yursa kerak. To'g'ri-de jurnalistlar qaysidir san'atkorni faoliyatini yoritib bersa jurnalistning reytingi ko'tariladi.
Allаqanday olim yoki mehnat qahramonidan nima foyda? :-(

Bundan 25-30 yil oldin ishchi, olim, dehqon zamonamiz qahramoni edi...

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 19.07.2008 в 11:52.
Ответить 
"+" от:
Старый 19.07.2008 11:48   #9  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Husen Tangriyev Посмотреть сообщение
Ушбу мавзуда бугунги журналистика билан боглик вазиятни, журналистларимизни уйлантираётган муаммоларни тахлил килсак.
Сизнингча, хакикий журналист кандай талабларга жавоб бермоги лозим?
Бу саволга журналист сифатида узингиз кандай бахо берган булардингиз?

Касбий фаолиятингиз даврида нималарга эришдингизу нималарни амалга ошира олмадингиз?

Келажакда узбек журналистикасини ривожлантириш учун кандай хисса кушмокчисиз?

Хуршид Дустмухаммаднинг якинда химоя килган журналистикага оид докторлик илмий иши ва Интернет журналистикаси хакидаги китоби билан танишиб чикдингизми?

Бугунги кунда узбек журналистларини кандай муаммолар кийнамокда?

Бу саволлар нафакат Хусан Тангриевга, балки форумимизда катнашаётган барча журналистларга тегишли.
Чунки бахони четдан турган инсоннинг бериши нихоятда кийин. Касбнинг захмат ва машаккатларини шу ишни килаётган одамнинг узи билади.

Жавобингиз учун олдиндан рахмат.
Ответить 
"+" от:
Старый 25.07.2008 00:36   #10  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Jurnalistlarning o'z sohalari atrofidagi ayrim muammolar haqida turli nashrlarda chop etilgan ochiq baxslarini uchratib qoldim:
Оффтоп:

Tovlamachi “muxbir”ning tegirmoniga kim suv quyayapti?
Assalomu alaykum, hurmatli mushtariy! Avvalo sizni yaxshi niyat ila mustaqil yurtimizga qadam qo’ygan 2002-yil bilan muborakbod etamiz.
Rostini aytganda yil indallosida yuragimizni anchadan beri bezovta qilayotgan mulohazalarni Siz bilan baham ko’rmoqchimiz.
O’zbekiston-o’qimishli, ilmli, ziyoga ishtiyoqmand yurt. Ayniqsa, matbuotni xalqimiz o’zining eng yaxshi maslahatchisi deb biladi. Shu bois hamkasblarimiz hayotning oldingi safida turib, har qanday illatlarga qarshi kurashda jamoatchilikka yordam berishayotir.
Mamlakatimizda jurnalistning obro’si, nufuzi baland. Qolaversa, Prezidentimiz I.Karimov buni har tomonlama qo’llab-quvvatlamoqda. Bunday g’amxo’rlik iqtidorimizga dalda bo’layotir. Va biz hayotimizning yaxshi-yomon tomonlarini Sizga oshkor aytish harakatida bo’layapmiz.
Bunday faoliyati uchun yuzlab halol-pokiza hamkasblarimiz mushtariylar hurmat e’tiboriga sazovor bo’lishayotir.
Mustaqillik davrida matbuotimiz yangi bosqichga qadam qo’ydi.Vaqtli nashrlar ko’paydi, ular o’rtasida ijodiy raqobat yuzaga keldi. Lekin, shuni tushunishingizni istar edikki, har qanday nashr o’quvchisi, radio tinglovchisi, tomoshabinining munosabati, saviyasiga bog’liq. Shuning uchun biz sizga murojaat qilishni lozim topdik.
Guruch kurmaksiz bo’lmaydi, deganlaridek, joylardan ta’magirlik yo’liga kirgan muxbirlar paydo bo’lganligi haqida tez-tez eshitib turibmiz. Va bu bizni qattiq tashvishga solmoqda. Shuni unutmangki, “hamkasbimiz”ning nomaqbul ishi eng avvalo bizning obro’yimizga putur yetkazadi. Shu sabab bunday holatning oldini olishdan manfaatdormiz.
Keling, yaxshilab o’ylab ko’raylik, tovlamachi “muxbir”ning tegirmoniga kim suv quyayapti o’zi? Umuman, ular qayerdan paydo bo’lyapti?
To’g’ri, nashrlar ko’paygach unda ishlovchilar soni ham ortadi. Malakali jurnalistlar yetishmagach, safimizga qo’li maqola yozishga sal kelishgan yoki mikrofonni ushlab, to’rtta gapni eplab gapira oladigan kishilar ham kelib qo’shilayapti. Bu haqiqatdan ko’z yuma olmaymiz.
Lekin, yana bir gapni Sizga ming istihola bilan bo’lsa-da aytmoqchimiz. Ayrim rahbarlar, alamzada kishilar ham tovlamachi “muxbir”lar tegirmoniga suv quyishmayaptimi? Axir birovdan o’ch olish , arzimagan ishini ko’z-ko’z qilish maqsadida muxbirning yoqasidan kirib, etagidan tushayotgan kimsalarni ko’rib turibmiz-ku!
Maoshi ro’zg’origa zo’rg’a yetib turganda muxbirning bunaqa”inoyat”ga moyillik bildirmasligiga kim kafolat beradi? Shunday ekan, muxbirni yo’ldan urish o’rniga uni bu yo’ldan qaytarganimiz ma’qul emasmi?
Mabodo jamoangizga tashrif buyurgan jurnalist haddidan oshsa, mavqe’ini suiste’mol qilsa, uning og’zini yopishdan ko’ra avval bizga xabar qiling.
Shu o’rinda mushtariylarga bir ma’lumotni eslatib o’tmoqchimiz. Tumanlarga jurnalistlar ma’muriyatning yo’llanmasi bilan borishi shart. Xususan, uninh guvohnomasida guvohnomaning tartib raqami, berilgan va amal qilish muddati ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Aks holda u qalbaki hisoblanadi. Tijoratchi muxbirlar maqolani siz bilan faqat muzokara, shartnoma, kelishuv orqaligina tayyorlashi mumkin. Respublika gazeta jurnallari va “O’zteleradio” kompaniyasi muxbirlari guvohnomasiga “Samarqand viloyati bo’yicha maxsus muxbir” deb yozilgan bo’lsa, ulardan yo’llanma talab qilinmaydi.
Shahar va tumanlardagi rahbarlardan iltimos qilardikki, huzuringizga tashrif buyurgan muxbir bilan avval yaqindan tanishib oling. Guvohnomasini qo’lga olib ko’ring. Ismi-sharifi, ish joyi, telefon raqamini tyozib qo’ying.
Shundagina u hushyor tortadi.
Oxirgi gapimiz: faoliyatingizdan kamchilik topgan muxbirni “gapga olish” uchun o’rtaga odam qo’yib yurmang. Undan ko’ra o’sha muammo yechimini o’ylang. Shunday yo’l tutsangiz , o’sha ezgu ishingizni takror-takror yoritishdan tortinmaymiz.
Xullas, maqsad bitta. U ham bo’lsa Siz bilan yaqin hamkorlik o’rnatish. Keling, qo’lni bering, mushtariy, tomoshabin, tinglovchi.
Farmon Toshev
“Zarafshon” gazetasi bosh muharriri
To’lqin Qosimov
“Самаркандский вестник” gazetasi bosh muharriri vazifasini bajaruvchi
Shodiyor Hazrat
STR kompaniyasi raisi
G’afur Mahmudov
“Ovozi Samarqand” gazetasi bosh muharriri
Bahodir Sharopov
STV telekompaniyasi raisi
Izoh: Ushbu murojaatnoma matbuot nashrlari va televidenie rahbarlari yeg’ilishida ma’qullanib, bir vaqtning o’zida efirga berildi va gazeralarda bosildi.

Unga javoban esa:
Оффтоп:

Ehtiyot Bo’ling, Muxbir!
Maqolani boshlayapmanu, taasufdaman. Bu mavzu Servantesning qo’liga tushmadida. Tushganida “Don Kihot” ning ikkinchi qismi tayyor, deyavering edi. Chunki, syujet tap-tayyor. Faqat Servantes kerak. Lekin, Servantesning rahmatli bo’lganiga besh asr bo’lyapti-da.
Esingizdadir, Don Kihot shamol tegirmonlari bilan rosa “jang” qiladi. O’shanda hayol bilan haqiqatni aralashtirib qo’ygan sho’rlik ritsar , tegirmonlarni dev deb o’ylab, “jang” da anchagina talofat ko’radi. Esladingiz-a, esladingiz. Bizning syujetimizdagi qahramonlar ham ana shu Lamanshlik ritsarga o’xshaydi. Lekin ular shamol tegirmonlari bilan “jang” qilmoqchi emas. Ular “tovlamachi muxbirlar” bilan gaplashib qo’ymoqchi bo’ladi. Hech narsaga tushunmadingiz-a?
To’g’ri, keling, boshidan boshlaymiz.
Yaqinda Samarqanddagi “Zarafshon” ro’znomasida “Tovlamachi “muxbir”ning tegirmoniga kim suv quyayapti?” sarlavhasi ostida bir murojaatnoma e’lon qilindi. Besh jurnalistning imzosi ostida e’lon qilingan bu murojaatnomaga bir nazar tashlasangiz, men yuqorida nima uchun Don Kihotni eslaganimni tushunasiz.
Dastavval, murojaatnomaning mazmuni bilan tanishing. Emishki, Samarqand viloyatida ta’magirlik yo’liga kirgan muxbirlar paydo bo’layotgan emish. Bu holat shu murojaatnomani yozgan hamkasblarimizning obro’siga putur yetkazayotgan ekan. Shuning uchun viloyatdagi keng jamoatchilikka ma’lum qilinadiki,Mabodo jamoangizga tashrif buyurgan jurnalist haddidan oshsa (?) , mavqe’ini suiste’mol qilsa, uning og’zini yopishdan ko’ra avval bizga xabar qiling.
O, naqadar oliyjanoblik. Lekin shu iqtibosdagi bir jumlani bir oydan beri o’ylayman, hech tushunolmayapman-da. “jurnalist haddidan oshsa,bizga xabar qilingdeb yozishibdi. Jurnalist qachon haddidan oshgan hisoblanar ekan? Ya’ni, qancha so’raganida, yoki qanaqa axborotlarni so’raganida? Umuman, journalist rostdan ahm haddidan oshsa,(keeling, shu jumlani to’g’rilaylik) tegishli qonunlar doirasidan chiqsa, nega, Samarqandda huquq-tartibot idoralari yo’qmi? Yoki Samarqandda qonunbuzarni, xususan, ta’magirni jurnalistlar so’roq qilishadimi? Buyog’i qandoq bo’ldi?
Maqola mualliflari jamoatchilik oldiga jazava bilan savol qo’ydi:
“Tovlamachi “muxbir”ning(qo’shtirnoq nega qo’yilgan, tushunmadim) tegirmoniga kim suv quyayapti o’zi? Umuman ular qayerdan paydo bo’layaptilar?” Huddi shu jazava bilan savolning javobini ham o’zlari beradilar:Ayrim rahbarlar, alamzada kishilar ham tovlamachi “muxbir”lar tegirmoniga suv quyishmayaptimi? Axir birovdan o’ch olish , arzimagan ishini ko’z-ko’z qilish maqsadida muxbirning yoqasidan kirib, etagidan tushayotgan kimsalarni ko’rib turibmiz-ku!”
Birodarlar, shuncha ishni ko’rib turgan ekansiz, shuncha haddidan oshishlarning guvohi ekansiz, nega o’zingiz fosh qilib qo’ya qolmaysiz? Butun muxbir zotining axloqini, iymonini jamoatchilik oldida shubhaga qo’yib nima qilasiz?
O’zingiz o’ylang, Samarqanddagi “Zarafshon” gazetasining muxbirlaridab ehtiyot bo’ling, ular ta’magir bo’lishi mumkin, desam, shu yaxshi gap bo’ladimi? Bu axir bugun to’rtinchi hokimiyat degan yuksak maqomga ko’tarilayotgan jurnalistikamizga nisbatan hurmatsizlik emasmi? Shoshmang, o’zi sizga boshqalarning faoliyatini nazorat qilish huquqini kim berdi?
Darhaqiqat, maqola ana shunday og’riqli savollarga to’lib-toshib yotibdi. Bu savollar juhatidan kelib chiqayapti. Keeling, endi unga yuridik jihatdan yondashib ko’raylik.
Agar eshitgan bo’lsangiz, bizda “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida” Qonun bor. Ana shu qonunning 1-moddasida uning maqsadi yozilgan. Ya’ni, “Ushbu qonun har kimga axborotni erkin va mone’liksiz izlash, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.” Demak, jurnalistning faoliyat yuritishi tegishli qonun bilan himoyalangan. Ular biror bir jamoaga borish uchun hech kimdan ruxsat so’ramaydi. Jumladan, sizlardan ham. Chunki shu qonunning 8-moddasida ko’rsatiladiki: “ Jurnalist jurnalistik faoliyatini amalga oshirish chog’ida shaxs daxlsizligi kafolatidan foydalanadi.”
Qolaversa, Konstitutsiyaning 29-moddasida nafaqat journalist, balki… “ Har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega “ ekani aytiladi. Aytish mumkinki, axborot olish huquqi har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir. Davlat idoralari, har qanday mansabdor shaxs fuqarolar oldida mas’uldir. Demak, shuncha qonun-qoidalar bor ekan, endi boshqa nazoratchilar kimga kerak?
Maqola shu qadar kulgili tarzda yozilganki, nahotki shu fikrlar, biri biridan g’aliz jumlalar jamoatchilikni “tovlamachi muxbir”dan himoya qilmoqchi bo’lgan haloskor jurnalistarniki bo’lsa deb o’ylab qolasan. Undagi mana bu eslatmani o’qing: “Shahar va tumanlardagi rahbarlardan iltimos qilardikki, , huzuringizga tashrif buyurgan muxbir bilan avval yaqindan tanishib oling, guvohnomasini qo’lga olib ko’ring. ”
Voy-bo’, rahbar uchinchi sinf o’quvchisimidiki, huzuriga kelgan odam bilan siz o’rgatganchalik muomalani bilmasa. O’qishda davom etamiz:
“Oxirgi gapimiz: faoliyatingizdan kamchilik topgan muxbirnin “gapga olish” uchun o’rtaga odam qo’yib yurmang. Undan ko’ra o’sha muammo yechimini o’ylang.” Kaykovus bo’lib ket-ey. Lekin men Kaykovusning nasihatlarini o’qiganimda , bunaqa diltang bo’lmasdim. Chunki hamkasblarimning pandlaridagi ayrim birikmalarni butun boshli “O’zbek tilining izohli lig’ati” dan ham izlab topolmadim-da. Yo’q, siz meni xudbinlikda ayblashdan oldin mana bu so’zlarni bilsangiz tushuntirib bering: “muxbirni “gapga olish” uchun odam qo’yib yurmang”
Muxbirni “gapga olish” qanday bo’lar ekan? Ana sizga savod-u, ana sizga mantiq!
Bugun respublikamizda davriy nashrlar soni 700 dan oshib ketdi. “Ko’payish” jarayoni hamon davom etmoqda. Natijada, turli ro’znoma sahifalarida keraksiz gap-so’zlar ko’payib boryapti. Hatto bugun shu darajaga yetibmizki, yo’q joydan fojea yasab, keng jamoatchilikka murijaat qilishdan-da tortinmayapmiz. Nazarimda, bu jarayon yaxshilikka xizmat qilmaydi.
Alisher Nazar
“Mohiyat” gazetasi bosh muharrir o’rinbosari

Bu maqolaga esa O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist Sulaymon Husainov ushbu ochiq xatni yo'llagan:
Оффтоп:

Hayoliy emas, hayotiy!
“Mohiyat” gazetasi bosh muharriri
o’rinbosari Alisher Nazarga
Ochiq Xat
Ukam, Alisherjon!
Siz mendan bir necha ko’ylakni keyin yirtgan bo’lsangiz kerak. Shuning uchun “uka” deb murojaat qilsam ranjimang. Lekin hozir gap bu haqda emas, gap sizning imzoingizda “Hurriyat” gazetasining shu yil 13-fevral sonida bosilgan “Ehtiyot bo’ling, muxbir!” sarlavhali maqolangiz xususida.
Siz ushbu maqolani Samarqand viloyati “Zarafshon” gazetasining shu yil 3-yanvar sonida bosilgan “Tovlamachi “muxbir”ning tegirmoniga kim suv quyayapti?” sarlavhali murojaatnimaga munosib tarzda yogansiz. Endi kaminaning sizning ushbu munosabatingizga bo’lgan munosabatimni o’qib ko’ring.
Avvalo, siz ushbu murojaatnomani tahlil qilishga kirishar ekansiz, nega uning aynan “Zarafshon” gazetasida bosilgan nusxasidan foydalandingiz? Yoki kimlardir faqat “Zarafshon”da Don Kihotlar ishlashadi deb qulog’ingizga quyib qo’yishdimi? Axir murojaatnoma viloyatning rus tilida chiqadigan “Самаркандский вестник”(5-yanvar sonida), tojik tilida chop etiladigan “Ovozi Samarqand” (3-yanvar sonida) gazetalarida ham bosilib, viloyat televideniyasi orqali o’qib eshittirilgan-ku! Binonarin, ushbu mavzu faqat “Zarafshon”ning tashabbusi yoki murojaatnomasi emas. Lekin, nimagadir faqat “Zarafshon” gazetasi sizning ko’zingizga “shamol tegirmoni” bo’lib ko’rinibdi.
Ikkinchidan, ukam Alisherjon, o’sha murojaatnoma mualliflarini “besh jurnalist” debgina qo’ymasdan, masalaga yanada aniqlik kiritsangiz , yaxshiroq bo’lardi. Ya’ni, siz tilga olgan besh nafar muallif siz-u bizdek jurnalist bo’lish bilan bir qatorda, viloyatdagi beshta ommaviy axborot idoralarining rahbarlari hamdir.
Demak, viloyat ommaviy axborot vositalari rahbarlari o’z sohalari atrofida qandaydir qing’irliklar, tovlamachilik sodir etilayotganini sezgandirlar-ki, ahli jamoaga murojaat bilan chiqishga majbur bo’lganlar. Xo’sh, endi o’zingiz holisanillo aytingchi, bu yerda “Zarafshon”ning aybi qanchalik? Agar uning aybi qanchalik bo’lsa, shu murojaatnomani e’lon qilgan boshqa avriy nashrlar va televideniyaning ham aybi shunchalik bo’lamydimi?
Lein bir haqiqatni aytmasak bo’lmaydi. Siz viloyat ommaviy axborot idoralarining besh nafar rahbarini nega “odiy” jurnalistga aylantirib qo’yganinghizning sababi bo’lakcha: ya’ni, siz ularning nufuzlarini ma’lum qilganingizda edi, “Zarafshon”ni boshqa davriy nashrlardan ajratib olib, tahlil qilolmasdingiz. Lekin, “Zarafshon”ni ajratib olish sizga nima uchun kerak bo’lib qoldi, bunisi bizga qorong’u.
Uchinchidan, Alisherjon, o’z hamkasblaringiz yutug’i-yu, kamchiligi haqida yozayotganda istehzo-yu kinoyaga bunchalik erk berib yuborish odobdan bo’lmasa kerak. Nima bo’lsa ham hamkasblik hurmati bor, axir! Yoki sizda bu tuyg’u kamyobmi?
Lekin men sizning kinoya va istehzolaringizni boshqacha tushundim. Tajribadan ma’lumki, , ayrim hamkasblarimiz dalil yetarli bo’lmasa lirik chekinish-shoirona tasvirlar yoki kinoyalarga zo’r berishadi. Sizning urinishlaringiz ham shundan emasmikin, mabodo?
Endi gapning “indallosi”ga kelaylik.
Kaminani maqtanyapti, deb o’ylamang-u, jurnalistikaning qattiq nonini, mana, 30 yildirki , kemirib kelyapman. To’yib ketganim yo’q, lekin , yaratganga shukr, och ham qolmayapman. Shu 30 yil davomida siz hayoli Servantesning “shamol tegirmoni”ga mengzagan “tovlamachi muxbirlar”ni uncha-muncha uchratib turdim. Ularning biri to’g’risida “Mo’ylovli yigitcha” mavzusida fel’eton ham yozdim. Ishonasizmi, o’sha yigitcha hozir “muxbirlik”ni tashlagan. Halol va yaxshi yashayapti. Lekin, nazarimda mo’ylovli va mo’ylovsiz yigitchalar hamon borga o’xshaydi, Alisherjon.
Ehtimol, ular sizning shundoqqina yoningizdadir, ehtimol sizdan yiroqdadir-qayerdan bilasiz, lekin bor. “Ishlab” yurishibdi.
Fikrimning isboti uchun sizni Respublika Prokuraturasiga taklif qilaman. Yo’lini topib, bir so’rab ko’ringchi, o’z kasbini suiste’mol qilgan nechta jurnalist hozir jazoni o’tash joyida ekanlar?
Meni noto’g’ri tushunmang, uka, sizni prokuraturaga yo’llash bilan o’z hashagimni o’zim ochmoqchi yoki boshqa bir iddaoli maqsadda emasman. Faqat haqiqatni bilib qo’ying, deyman. Haqiqatni bilish esa hayotga to’g’ri ko’z bilan qarashni talab etadi.
Xullas, murojaatnomada tilga olingan xavf-hayoliy emas, hayotiy. Biz ulardan ehtiyot bo’lishimiz, iloji boricha ularni bu nopok yo’ldan qaytarishimiz shart. Gap birgina kasbimiz obro’si ustida ketmayapti, bu yo’lga kirgan kishi bugun bo’lmasa ertaga, erta bo’lmasa indin juvonmarg bo’lib ketadi, azir!
Viloyatimiz ommaviy axborot vositalari rahbarlari mendan qanchalik hafa bo’lishmasin, ochig’ini aytib qo’ya qolay: murojaatnoma, garchi yaxshi niyat yo’lida bo’lsa ham, lekin biroz no’noqlik bilan yozilgan. Nazarimda, sizni yozishga undagan asos ham ana shu no’noqlik bo’lgan. “Tovlamachi” sozini qo’rqmasdan “qallob”ga aylantiraverish kerak edi. “Haddan oshish”, “og’zini yopish” kabi iboralar ehtimol o’rinsizdir, ehtimol, o’rnida ishlatilmagandir.
Lekin, Alisherjon, “muxbirni gapga plish” iborasini o’zingiz ham yaxshi tushunsangiz kerak. Binobarin, bu iboraning ustidan kulmang, uni savodsizlikka, mantiqsizlikka yo’ymang. Har qanday o’tkir mavzu ustida ishlagan o’tkir muxbirni “gapga olish”ga harakat qilishadi. Na xo’l, na quruq, ya’ni ruscha aytganda “не рыба, не мясо” muxbirlarning esa bunga dahli yo’q.
Gapga ko’nish, yoki ko’nmaslik, sotish yoki sotilish esa o’sha muxbirning vijdoniga havola.
Yana bir gap. Murojaatnoma siz aytgandek, axborot olish huquqiga to’sqinlik qilmaydi. Shu joyda salgina oshirib yuboribsiz. Aksincha axborot ayni shu axborotni tarqatishga mas’ul, shu xizmatdan o’zga maqsadi, muddaosi bo’lmagan halol va beg’araz muxbirning qo’liga tushsin, deb istak bildirishadi murojaatnoma mualliflari.
Menimcha, “Hurriyat”, aynan “Hurriyat” Samarqandda tashvishli tarzda o’rtaga tashlangan ushbu muammoni izchil, odilona davom ettirib, uning yechimini topishga intilsa, yomon bo’lmasdi. Lekin, iltimos, g’arb adabiyoti klassiklarisiz, o’zimizning jaydari tilda, soda va tushunarli qilib.
So’nggi so’z-tinish belgilari xususida. Alisherjon, qo’lingizga xohlagan gazetangizni olib bir boqib ko’ring-chi, tinish belgilari har doim ham o’rnida ishlatilyaptimikin?
Bilasizmi, menimcha, hozir jurnalistikamizga ikkita xavf tahdid solib turibdi. Biri gazeta manfaati, ya’ni reklama uchun pul qidirish bo’lsa, ikkinchisi tinish belgilarining qo’llanishi bo’yicha savodimizning to’la yetishmayotganligidir. Birinchi xavfni bartaraf qilish bizning qo’limizdami, yo’qmi, bilmadimu, lekin ikkinchi xavfni tag-tomiri bilan yo’qotish o’z harakatimizdanku.!
Xayr, Alisherjon, ushbu bitigimda biror-bir noo’rin jumla bilan sizga tegib ketgan bo’lsam uzr so’rab, Servantesning Don Kihoti-yu, shamol tegirmonlarini hayolingizdan quvib yuborgan holda hayotga teran ko’z bilan qarshingizni tilab qolaman. Chunki siz-u bizning munozaramizga sabab bo’lgan “shamol tegirmonlari” hayoliy emas, hayotiy…

Sulaymon Husainov
Samarqand viloyati “Zarafshon” gazetasi
xatlar va ijtimoiy tadqiqtlartahririyatining muharriri,
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan journalist.

Izoh: ushbu maqola “Hurriyat” da chop etilmadi. O’sha davrda gazeta bosh muharriri bo’lgan A.Karimov buni ma’qul ko’rmadi.
Ответить 
"+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх