Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 17.11.2011 17:30   #1  
Заблокирован(а)
Аватар для Maryam
Оффлайн
Сообщений: 116
+ 121  118/71
– 1  2/2

Uzbekistan
Men- Majnunman, she'rim, Sen-Layli!

Uforumning 5 yilligiga bag'ishlanadigan ushbu tadbirga uforumning barcha zabardast shoir va shoiralarini chuqur hurmat bilan taklif etaman. Barcha akaxonu opalarimiz, uka-singillarimiz o'zlarining aynan yangi ijodlari bilan biz muxlis va muxlisalarini xursand qiladilar degan umiddaman. Ushbu tadbirning sharti shuki yangi, ya'ni kecha emas, o'tgan kuni emas, 1 yil oldin yozilgan she'rlarini emas, balki bugun yoki ertaga, indinga, xullas yanagi hafta davomida ham yozilgan she'rlarini, quyida qo'yib borishlarini kutib qolamiz. Albatta, uzun she'r bo'lishi shart emas, chunki ijodga shart qo'yib bo'lmaydi. 4 qator she'r bo'lsa ham mayli yoki 2 misrali masnaviy bo'lsa ham mayli, asosiysi, yangi ijod bo'lsin. Bu bilan ishtirokchilar o'zlarining uforumga bo'lgan hurmat va e'tiborlarini ko'rsatadilar degan umiddaman. Mavzuga chegara yo'q, erkin mavzu: dard, alam, muhabbat, ayriliq, firoq, visol, qish, kuz, bahor, umid, ishonch va h.k....She'rlar biz she'r shinavadalari tomonidan zo'r olqishlar bilan rahmatlar bilan qarshilanadilar...


Chuqur hurmat bilan....
Ответить 
3 "+" от:
Старый 17.11.2011 18:56   #2  
Аватар для мафтун
Оффлайн
ТВ
редактор
Сообщений: 522
+ 551  680/326
– 38  11/10

UzbekistanМой мир
Симсиёҳ сочларинг дорми, дилдорим,
Терилган киприклар, айтгил, найзами?
Сенда дил дегани борми, дилдорим,
Мени соғинмайсанми?
Ответить 
2 "+" от:
Старый 17.11.2011 19:08   #3  
Заблокирован(а)
Аватар для Maryam
Оффлайн
Сообщений: 116
+ 121  118/71
– 1  2/2

Uzbekistan
Gulchehra opa, Alisher aka Asror, Mahmud Jurat aka, albatros, Kavsar, Aliye BlackAngel, Nigora Sizlarning ham she'rlaringizni kutib qolamiz...Kimni ismini yozmagan bo'lsam uzr...hammani nazarga ilgan edim...yodimda qolgan ismlarni yozdim-da...men bilmagan shoirlarimz ko'pdir bu uforumda...

Последний раз редактировалось Maryam; 17.11.2011 в 19:10.
Ответить 
Старый 17.11.2011 20:05   #4  
Аватар для мафтун
Оффлайн
ТВ
редактор
Сообщений: 522
+ 551  680/326
– 38  11/10

UzbekistanМой мир
Ой деб булутларга ўт солди чақмоқ,
Ерга тушди ёмғир излаб майсани...
Термулиб осмонга (кўзларинг чақноқ)
Мени соғинмайсанми?...

Последний раз редактировалось мафтун; 17.11.2011 в 20:08.
Ответить 
3 "+" от:
Старый 18.11.2011 02:05   #5  
Аватар для Mahmud Jurat
Оффлайн
Сообщений: 624
+ 19  399/213
– 4  82/36

Uzbekistan
***
Ҳар баҳор шундайдир, такрор бу олам,
Ёмғирнинг йиғиси дилларга нажот.
Буни сен ҳам такрор қиласан болам,
Ҳар дилда шу сирдан барқ урар ҳаёт.

Токи дудоқларда ўйнар табассум,
Мажнунлар дунёга келаверади.
Бахт асли яшамоқ, бўлса ҳам бир зум,
Муҳаббат сирини Тангри беради.
(С)
Ответить 
3 "+" от:
Старый 18.11.2011 14:44   #6  
Аватар для Alisher Asror
Оффлайн
sport maktabi
trener
AKA:da
Сообщений: 494
+ 483  466/264
– 3  9/9

UzbekistanLiveJournalМой КругМой мир
Qish keladi sovug’ini suqqali,
Dard keladi mardumlarni yiqqali,
Qancha umr berganini bilmaymiz ,
Payt bo’lurmi, huuuv, cho’qqiga chiqqali!?

Последний раз редактировалось Alisher Asror; 18.11.2011 в 14:47.
Ответить 
Старый 18.11.2011 16:00   #7  
Аватар для Aliya
Оффлайн
AKA:Aliya
Сообщений: 385
+ 597  718/286
– 4  5/3

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Biz baxtli bo`lamiz.

Biz baxtli bo`lamiz Xudo xohlasa...

Muhammad Yusuf

Faqat sen...
Faqat men...
Faqat muhabbat,
Taqdir tortgan paykon nishonga yetdi...
Nogahon to`qnashdik Hayot bag`rida,
Birdan go`yo Dunyo yorishib ketdi...

Qalblarni bog`lagan rishta bo`lsa ham,
Bu ishqda ikki dil xato, dedilar…
Osmondek soyangni ko`rganlar meni
Sening sevgingga mos ko`rmas edilar…

Sen ketding…
Men qoldim…
Qoldi muhabbat,
Men-la yana g`amgin xotirang qoldi…
Sevgimiz baxtini istagan hislar
Ehtimol, qalbimga berkinib oldi…

Ming yillar qalbimni joynamoz bilgan
Muhabbat Ka`baga qilib ibodat
Bizni uchrashtirgan Parvardigordan
Yana bir diydorga so`rar ijozat…

Sen qaytding…
Men – shodon,
Muhabbat – shodon,
Umidim lolasi yana gulladi…
Bizni ajratmoqchi bo`lgan odamlar
Qalbimizda ne bor – qaydan biladi?!

Biz baxtli bo`lamiz bir kuni albat,
Yashaymiz – muhabbat sharobidan mast…
Gar Olloh bir qilsa qalblarimizni,
Bizlarni ajratish bandasigamas…

Biz baxtli bo`lamiz bir kuni albat,
Faqat Sen,
Faqat Men,
Faqat Muhabbat!
__________________
Olloh oqibatimizni xayrli qilsin...
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 18.11.2011 16:05   #8  
Заблокирован(а)
Аватар для Maryam
Оффлайн
Сообщений: 116
+ 121  118/71
– 1  2/2

Uzbekistan
Aliye BlackANGEL, barakallo, cheksiz qoyillar! Nima desam ekan, faqat va faqat yaxshilikni tilayman, duoga qo'l ochdim, iloyim ijodingiz bundan-da rivojlanib, takomillashib borsin, marhuma Zulfiya Aya ijodidek asrlar davomida ijodingiz qaddini hamisha shamshoddek tutib yashasin!

cheksiz hurmat ila....
Ответить 
3 "+" от:
Старый 18.11.2011 16:11   #9  
Аватар для Aliya
Оффлайн
AKA:Aliya
Сообщений: 385
+ 597  718/286
– 4  5/3

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Цитата:
Сообщение от Maryam Посмотреть сообщение
Aliye BlackANGEL, barakallo, cheksiz qoyillar! Nima desam ekan, faqat va faqat yaxshilikni tilayman, duoga qo'l ochdim, iloyim ijodingiz bundan-da rivojlanib, takomillashib borsin, marhuma Zulfiya Aya ijodidek asrlar davomida ijodingiz qaddini hamisha shamshoddek tutib yashasin!

cheksiz hurmat ila....

Tilaklaringiz uchun tashakkur, ilohim, aytganingiz kelsin!
__________________
Olloh oqibatimizni xayrli qilsin...
Ответить 
2 "+" от:
Старый 18.11.2011 16:28   #10  
Заблокирован(а)
Аватар для Maryam
Оффлайн
Сообщений: 116
+ 121  118/71
– 1  2/2

Uzbekistan
Yuqorida o'z she'rlarini quyib kelgan ijodkrolarimizga ham katta rahmatlar aytaman, bir og'iz gapimni yerda qoldirmaganingiz uchun tashakkur, kam bo'lmang hech qachon, oilaviy tinchlik-osudalik tilayman, farzandlaringiz boshida hamisha sog'-omon yuringlar. Qolgan ijodkorlardan ham ajoyib she'rlarini kutib qolamiz....
Ответить 
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх