|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. | |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
04.04.2008 13:35 | #71 |
|
Ildiz yer oralab ummonga yetdi,
Maysa o’sa-o’sa osmonga yetdi. Men senga yetmadim, Qazoga ko’ndim. Ildiz to’lg’og’idan tug’ildi nihol, Maysaning qonidan chashmayi zilol. Men esa jim ketdim. Sazoga ko’ndim. Sen nega ko’nmaysan, Nega ko’nmaysan. Maysaning qonida yugurgan sezgi? Daraxtga dard bergan, baxt bergan. Mening Yuragimni itga yedirgan sevgi?! Zebo Mirzo |
|
Ответить |
04.04.2008 14:16 | #72 |
Ismimni hech aytolmasdi, uyalardi,
U jilmaysa, kun chiqqanday tuyulardi. Ismin aytsam, olamga nur quyilardi, Endi uni unutayin qanday qilib? Ko‘zim yumib ochsam agar, sog‘inardim, Chekib dardlar, yozib xatlar sog‘inardim, Barmoqlarin o‘pib, battar sog‘inardim, Endi uni unutayin qanday qilib? Iqbol Mirzo, "Dilim xufton" she'ridan
__________________
Har doim ham haqligingga ishonaverma!:offtopic: |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
04.04.2008 14:40 | #73 |
|
Bizni yomon deb o’ylagan, ey yaxshilar,
Kechirsinlar bizni agar kuch topsalar. Kechirgaymiz gohi bilib, goh bilmasdan Mahzungina qalbimizga o’q otsalar. Kechirsinlar tun kechalar xoblarini Bizga kelgan omadu baxt quvlasalar. Kechirgaymiz uzun kunlar keng jahonga Ko’kdan tushgan “baxtimiz”dan so’zlasalar. Kechirsinlar peshonadan to’kkanimiz Sho’r ter emas durdonaga aylansalar, Kechirgaymiz sizdan ketib omonlikda Yaxshilarga yo’llarimiz boylansalar. Bizni yomon o’ylagan, ey yaxshilar, Kechirsinlar o’zlarida kuch topsalar, Sizning uchun bag’rimizdan joylar berdik, Kechirgaymiz yana ming bor o’q otsalar. Sizu bizning yaxshi, yomon amallarga, Ajr bergay yolg’izgina Yaratganim, Biz kechirdik qancha bo’lsa g’ayurlarni, Qolganini o’zing bilgin, Olloh Karim. Ra'no Yarasheva |
|
Ответить |
07.04.2008 09:34 | #76 |
|
Аё чарх эттинг ортиқ жабр бунёд,
Кўзим ёшлиғ тилимда қолди фарёд, Хаётим лолазоридин аюрдинг, Ёқиб жоним кулим кўкка совурдинг. "Ўтган кунлар" романидаги, Кумушнинг қабридаги битик. Оффтоп: Хатоси бўлса узр, ёддан ёздим.
__________________
ZiyoNET.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Публикации | Библиотека | Справочное | Форум Прими участие в развитии ZiyoNET: Создай сайт на ZiyoNET | Добавь книгу в Библиотеку |
|
Ответить |
"+" от:
|
07.04.2008 09:40 | #77 |
Xalq ta`limi vazirligi
Матбуот котиби
Сообщений: 32
+ 37
13/9
– 0
0/0
|
Garchi shuncha mag`rur tursa ham
Piyolaga egilar choynak Shunday ekan manmanlik nechun Kibru-havo nimaga kerak Kamtarin bo`l hatto bir qadam O`tma g`urur ostanasidan Piyolaning shuning chun inson O`par doim peshonasidan. E.Vohidov |
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
07.04.2008 12:37 | #79 |
"Tex samara servis"
Директор
Сообщений: 59
+ 18
23/14
– 0
0/0
|
Farishtamsan sen o`zing, ayol
Sen o`zingsan hayo bo`stoni Mushtdek jussang tebratar dunyo Bag’ring seni mehr makoni Qilay ko`zga izing to`tiyo Xaydlaring uchirar sabo Unmoq istar qalbingda hilol Bilgin doim jannatlar aro Qora tunda nurafshon ayol Guzal chehrang eritar muzni Ohing yetar uzoq falakka Gul jamoling oladi ko`zni Sadoqatga tengsan malakka Oshiqlarning sirli ohisan Muhabbatsan yurakda hamon Vafo bog’in tanho shohisan Nigohing–la bosh egar osmon Seni izlab Majnun sahroni Aylandi-ku devona bo`lib Tohir faqat sevib zuhroni Jonin berdi guldayin so`nib Sen onasan farzand chirogi Baxsh etasan unga mehringni Yorug’ bo`lsa bolang quchog’i Berding unga borliq sehrini Madh etmoqqa qalamim ojiz Tariflashga so`zim ham yetmas Muqaddassan sen faqat yolg’iz Bahor hidi seni tark etmas _________________________ Qarshi "Nuriston" akademik litseyi Sevinova Dilabza, talaba |
|
Ответить |
07.04.2008 14:19 | #80 |
Сени севмок гунох булса гар,
Осий булай майли бир умр Учмокларинг керакмас менга Ишксиз юрак топганим хузур Сени севмок гунох булса гар Дузахларинг ёккин багримда Совур майли кукка кулимни Узга кисмат йук такдиримда Сени севмок гунох булса гар Гам тош булиб ёгил бошимдан Билармисан кечалар мохим Воз кечмам ул куёшимдан Сени севмок гунох булса гар Жазолагин одил ва хакли Мен-ку севиб булсам гунохкор Сен севмасдан яшайвер бахтли. |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
|