Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 31.03.2008 15:23   #1  
Real ID Group
Аватар для Komil Eriev
Оффлайн
Сообщений: 67
+ 52  61/35
– 0  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Komil Eriev с помощью YahooОтправить сообщение для Komil Eriev с помощью Skype™
Суҳбатлашиш маданияти

Суҳбатлашиш маданияти атрофдагиларга нисбатан катта таассурот қолдириши мумкин бўлган инсоний зийнатлардан бири саналади. Кишининг камолоти, билим савияси, хулқ-атвори ҳам унинг чиройли ва ширин сўзларидан намоён бўлади.

Кексалар, тенгдошлар, дўстлар, болалар, ота-она кабилар билан суҳбат қуриш, қолаверса, телефон орқали суҳбатлашишда, ҳаттоки, форумдаги мулоқотларда ҳам ўзига хос маданият бор...


Суҳбатлашиш маданияти ҳақида сиз қандай фикрдасиз?
__________________
Har doim ham haqligingga ishonaverma!:offtopic:
Ответить 
Старый 01.04.2008 12:10   #2  
Pre Open ID Group
Аватар для Sobir Davlatov
Оффлайн
Сообщений: 48
+ 1  22/18
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Komil Eriev Посмотреть сообщение
Суҳбатлашиш маданияти ҳақида сиз қандай фикрдасиз?
Inson odobining va odamiyligini asosining ulug' qasri ustunlaridan biri bu suhbatlashishdir. Suhbatlashishning qimmatbaho gavhari esa muloyimlik va odobdir. Axloq arkining yuqorisida o'tiruvchilarning aytishicha, insoniyatning kamoloti va bilimining baland martabalaridan biri chiroyli gapirish va chiroyli so'zlash bo'lib, bu bog'ning guli aql bahoristonining nasimi bilan ochiladi va saodatning yorqin javohir dasturxonini aql savdogarlarigina yoza oladi. Til har bir aql sohibi fazilati xazinasi kalitidir va har kimsaning bilimi miqdori uning so'zlari orqali ma'lum bo'ladi.

Har kim kam so'zlasa yaxshidir so'zi,
Undayin kishida inson fazli bor.
Behuda so'zlovchi palid zabondir,
Ko'p so'zda ko'p ma'no bo'lmadi zinhor.

Последний раз редактировалось Sobir Davlatov; 01.04.2008 в 12:16.
Ответить 
"+" от:
Старый 02.04.2008 12:18   #3  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Men so'zlashish madaniyati haqida bu kabi chiroyli so'zlar bilan fikr bildira olmasam kerak. Yuqorida aytib o'tilgan ta'kidlar mutlaqo to'g'ri. Shu bilan birga inson so'zlayotganda uning madaniyati darajasini o'lchab beruvchi mezonlardan biri ( bugungi kundagi eng asosiysi )- bu kishining bir tilda so'zlay olishidir. Nutq jarayonida faqat bir tilni ishlatish, ishlata olish ham eng katta madaniyat hisoblanadi, menimcha.
Ответить 
Старый 02.04.2008 12:49   #4  
Аватар для G'ayratBEK
Оффлайн
Toshkent Kimyo-Texnologiya Instituti
Talaba
Сообщений: 3
+ 1  3/2
– 0  0/0

Uzbekistan
Аслида, баъзан инсон сукут сақлаб ҳам яхшигина "гапириши" мумкин. Кимдир қош чимириб, кимдир мийиғида кулиб, умуман юзидаги имо-ишора билан ҳам сўзлайди одам. Гоҳида бу ҳолат, яъни, инсон юзидаги ифода тинимсиз гапирган кимсанинг нутқидан таъсирли чиқади. Баъзида гапнинг эга-кесимини жойига қўйиб, сунъий бир куюнчаклик билан адабий тилда тарақлатиб гапирган кишининг гапидан кўра, шева сўзларини аралаштириб, юракдан сўзлашган кишининг гаплари кўпларга маъқул келади.
Машғулот жараёнида фикри чалғиган муаллим ўқувчини авраб бир амаллаб вақтни ўтказиши мумкин. Иложини топмаса, таълим жараёнини танбеҳга, миш-мишларга буриб қўяқолади...
Нутқ гўзал, тушунарли ва маъноли бўлиши керак. Айниқса, киши халқ оммаси олдида туриб гапирса, одамлар кўнглига яқин тилда сўзлашиши лозим. Шунда айтилган гап таъсирли чиқади, унга эшитувчи амал қилади. Manba
Ответить 
Старый 02.04.2008 13:26   #5  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Dono xalqimizda "So'zdan so'zning farqi bor, o'ttiz ikki narxi bor" degan purma'no maqol bor. Suhbatlashish madaniyati insonning dunyoqarashidan kelib chiqadi deb o'ylayman. Su o'rinda har bir so'zni kerakli o'rinda, kerakli joyda turli xil ishlatish kerak. Bu so'zlarni ishlatish ham eshituvching yoshiga , dunyoqarashiga, qabul qilishiga moslanmog'i darkor. So'zlashni bilgan inson tinglashni ham bilishi lozim.
Shu o'rinda xalqimizning ardoqli yozuvchisi , so'z zargari Abdulla Qahhorning "Nutq" degan felyetoni kishining yodiga keladi.
Оффтоп:
Nutq
“Keng eshituvchilar ommasiga mo’ljallangan” notiqlardan biri ishdan qaytib kelganida xotini bo’yniga osilib, ko’ziga yosh oldi.
- Siz meni yaxshi ko’rmaysiz… Turmushimizdan xursand emassiz… Shu soatgacha, shu minutgacha kutdim, bir og’iz aytmadingizki, bir yostiqqa bosh qo’yganimizga bir yil bo’ldi…
Notiq haqiqatdan buni unutgan edi, lekin gap topdi:
-Iye,-dedi, -hali to’yimizga bir yil bo’ldimi? Bir yil? Shunday rohat turmushimizdan, shunday shirin umrimizdan darrov bir yili ketdimi! Oh, dod deyman…
Xotin iljayib, turli noz-ne'mat, gullar bilan bezatilgan stolni ko’rsatdi. Er-xotin o’tirishdi. Xotin ryumkalarga vino quyib:
- Qani, dedi,-bir nima demaysizmi?
- Bir nima deyaymi?
- Voy, hali indamasdan ichmoqchimisiz?
Notiq ryumkani olib o’rnidan turdi,. Qoshlari chimirildi, rangi bir oz o’zgardi, avval ryumkaga, keyin uyining bir burchagiga qarab so’z boshladi:
-O’rtoq rafiqam! Ijozat berasiz, xushchaqachaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy burchimizni namunalik bajarib kelayotganimizga bir yil to’lgan kunda sizni bevosita tabrik qilishga!
Xotin bu muqaddimani hazil gumon qilganligi uchun qiyqirib chapak chaldi. Notiq yana ham jiddiyroq qiyofada davom etdi:
- Bundan 365 kun muqaddam siz bilan biz o’z hayotimizda qat’iy burilish yasab, zo’r sinovlar sharoitiga bevosita qadam qo’ydik. Ilgarigi vaqtda faqat erkak, endilikda ham erkak, ham xotin boshchilik qiladigan oila masalasi o’zingizga ma’lum bo’lganligi uchun bunga keng ravishda to’xtab o’tirishni lozim ko’rmayman.
Notiq oila to’g’risida o’z fikrini bayon qilganidan so’ng “Xotin va sotsializm” degan kitobning bir yeridan uch, yana bir yeridan ikki, yana bir yeridan bir yarim sahifa o’qib berdi. Xotin bu orada ikki marta og’zini ochmasdan esnadi, qo’lidagi ryumkani stolga qo’ydi. Notiq davom etdi:
- Siz bilan biz bir yillik oilaviy faoliyatimiz natijasida qanday yutuqlarga erishdik? Avvalo shuni ta’kidlab o’tish kerakki, biz u yoki bu masalada yuz beradigan prinsipial kelishmovchiliklarni chetdan kuch jalb qilmasdan o’z kuchimiz bilan, o’zaro keng muhokama qilish yo’li bilan bevosita bartaraf qiladigan bo’lib qoldik. Ikkinchidan, o’rtoq rafiqam, oilamizni tashkiliy xo’jalik jihatidan misli ko’rilmagan darajada mustahkamladik. Men bu bobda faktlarga murojaat qilib o’tirmayman, chunki ordenli onangiz o’zlarining har bir tarixiy kelishlarida bu narsani ayrim ravishda qayd qildilar.
Notiq suv bo’lmaganligi uchun vinodan bir ho’plab davom etdi:
- Xo’sh, bu yutuqlarimiz kamchiliklarimizni qoplab, bizni xotirjamlikka solishi mumkinmi? Agar biz kamchiliklarimizdan bevosita ko’z yumib, yashasinchilik kayfiyatlariga berilib ketadigan bo’lsak, xato qilgan bo’lamiz. Bizda kamchiliklar bormi? Bor, oz emas! Masalan iyul oyining birinchi yarmida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda yo’l qo’ygan jiddiy nuqsonlarimizni olaylik. Bu masalaga ikkovimizning ham jinoyatkorona sovuq qarashimiz orqasida qator chirishlar, buzilishlar, ko’karishlar yuz berdimi? Fakt! Buni nima bilan oqlash mumkin? Hech narsa bilan!
Notiq qizishib ketdi.
- Ikkinchi masala, ya’ni ichki imkoniyatlardan foydalanish masalasini olaylik. O’zingizga ma’lum, bizda yuqori sifatli mis choynak bor. Shu chynakning qopqog’I bugungi kunda yo’q. bu haqda biz bir-birimizga signal berdikmi? Yo’q! Agar biz o’zi bo’larchilikka uzil-kesil barham berib qopqoq masalasini kun tartibiga ko’ndalang qo’ysak, agar biz shu choynakni o’z vaqtida tegishli qopqoq bilan bevosita ta’min qilsak, samovarimiz safdan chiqqan kunlarda hal qiluvchi rol o’ynar edi. Afsuski, biz bu masalaga murasasozlik ko’zi bilan qaradik. Bugungi kunda choynagimiz qopqoqqa ega emas, mutlaqo ega emas.
Xotin sekin uh tortdi. Notiq buni payqab “to’satdan qattiqroq tanqid qildim, shekilli” degan andishaga borib, so’zini yo’qotib qo’ydi, shuning uchun so’zining oxirini yumshatishga tirishdi:
- Lekin bu kamchiliklarga qaramay, turmushimizni a’lo darajada olib borayotganligimizga hech qanday shak-shubha bo’lishi mumkin emas deb hisoblash mumkin. Shu bilan qisqacha so’zimizni tamom qilib, oilamiz bundan keyin ham sharaflar bilan qoplanajagiga to’la ishonch bildirishga ijozat bering! Bu ryumkani mana shuning uchun ko’tarishdan burun o’z muhabbatimni yana bir marta amaliy suratda izhor qilgani ruxsat berishingizni talab qilaman.
Xotin uning harakatidan “o’pich ber” degan ma’noni angladi-da,
- O’pichmi? Hech bo’lmasa shuni to’g’ri ayta qolsangiz nima bo’lar ekan!- dedi.
- Qanday,-dedi notiq hayron bo’lib,-bitta o’pichni deb nutqimni buzaymi?
Notiq o’tirdi. U o’tirganidan yana asliga qaytdi. Xotini uning har bir so’zidan zavqlanar, kular edi.

Ответить 
Старый 04.04.2008 13:11   #6  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Gapirish - bu shunchaki tilni qimirlatish, o'pkadan nafas chiqarish degani emas. So'zlash - inson o'zligini hammaning oldida oshkor namoyon qilishidir. Agar so'z xor qilinsa, bu so'z gapirgan odamning o'zini xor qiladi.
Ответить 
"+" от:
Старый 07.04.2008 11:03   #7  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Ra`noxon Xo`jaeva
Оффлайн
UZINFOCOM Сотрудник ZiyoNET при МНО
Сообщений: 201
+ 1,055  393/128
– 2  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Ra`noxon Xo`jaeva с помощью Skype™Facebook
Kishilar orasida shunday bir nakl bor : insonni tashki kurinishi uni kanday inson ekanligini aytib beradi , lekin bu naklga men salbiy karayman chunki tashki kurinish xamish aldab kelgan. Avvalo inson ma'navan barkamol va etuk salohiyatli bulish uchun u kuprok tinglay olishi va amaliyotda usha narsani tadbik kilishi dakor .

Buyuklar bejizga aytishmagan " Birni kurib kurib fikr kil birni kurib shukr kil"
Insonlarga baho berishdan oldin avval uni suxbatga chorlab uning kalb gavharini nakadar musaffo va guzal ekanligini aniklab olaylik!!!!
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 07.04.2008 18:38   #8  
Pre Open ID Group
Аватар для Abduganiyev Murod
Оффлайн
академический лицей
Ученик
Сообщений: 73
+ 72  44/26
– 0  0/0

Uzbekistan
Til suyaksiz bo'ladi. Zero suyaksiz narsani boshqarish qiyin bo'ladi. Uni aql-idrok, donolik, zukkolik, ila boshqarolgan odam eng dono insondir.
Fikrimiz so'ngida "Tashqi ko'rinishga qarab kutib olishadi, Muomalangga qarab jo'natishadi" dega hikmatli so'zni iqtibos ila keltirdik...
(Xatolari bo'lsa uzr.)
Ответить 
Старый 08.04.2008 12:52   #9  
Аватар для Anvar Latipov
Оффлайн
TDIU
Talaba
Сообщений: 46
+ 25  23/14
– 0  3/1

Uzbekistan
AKTning keskin taraqqiy etishi, globalashayotgan bugungi jamiyatda so`zning qadri yo`olganday. Balki pessimistlikda ayblarsiz, bir-ikkita misol bilan xulosa chiqarish xato albatta. Lekin baribir so`zning qiymati yo`qolayotganday. Sofistikaning zamonaviy ko`rinishlari urchigan.
Ответить 
"+" от:
Старый 08.04.2008 13:28   #10  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Цитата:
Сообщение от Ra`no Xo`jaeva Посмотреть сообщение
Kishilar orasida shunday bir nakl bor : insonni tashki kurinishi uni kanday inson ekanligini aytib beradi , lekin bu naklga men salbiy karayman chunki tashki kurinish xamish aldab kelgan. Avvalo inson ma'navan barkamol va etuk salohiyatli bulish uchun u kuprok tinglay olishi va amaliyotda usha narsani tadbik kilishi dakor .


Buyuklar bejizga aytishmagan " Birni kurib kurib fikr kil birni kurib shukr kil"
Insonlarga baho berishdan oldin avval uni suxbatga chorlab uning kalb gavharini nakadar musaffo va guzal ekanligini aniklab olaylik!!!!
Hurmatli Ra'no Xo'jayeva, siz balki haqdirsiz, lekin insonning tashqi ko'rinishi deganda faqat uning chiroyi, go'zalligi nazarda tutilmaydi. Insonning ma'naviy kamolotga erishgani, salohiyati yuksak ekani , ko'proq tinglay olishi uning tashqi ko'rinishida yaqqol namoyon bo'ladi. Axir ko'chada cho'ntakkesarlik bilan shug'ullanuvchi, urushqoq, og'zidan bodi kirib, shodi chiquvchi chiroyli odam bilan ishbilarmon, hammaning hurmatidagi, so'zlagan so'zining ma'nosi bilan hammani lol qila oladigan, yaxshi suhbatlarda ko'p ishtirok etadigan insonni farqi borku, to'g'rimi? Garchi uning husni ko'zni olmasa ham... Inson tashqi ko'rinishining asosini tashkil qiluvchi ko'zlar, yuzdagi salobat - bularga qarab, insonning ichki dunyosini ko'rish mumkin. Odam ma'naviyati uning tashqi dunyosida o'z ifodasini topishini inkor qilish xato bo'lsa kerak, menimcha...
Lekin, taklifingiz juda o'rinli. Chunki insonning tashqi ko'rinishiga men aytgan mezonlar asosida baho beruvchilar ko'p emas.

Последний раз редактировалось Aziza Abdunabiyeva; 08.04.2008 в 13:31.
Ответить 
"+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх