Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 28.12.2012 07:53   #271  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
OVOZ SEHRI

Muborez Luqmonov 1986-yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. “Мustaqil O`zbekiston san’ati yoshlar nigohida” 2012-yil ilmiy-amaliy talabalar konferensiyasi g`olibi. Bugungi kundagi qizg`in ijodiy faoliyati bevosita san’at va san’atning turli yo`llari bilan bog`langan. Hozirda u Ovoz rejissorligi ixtisosligi bo`yicha tahsil olmoqda.

* * *

Inson dunyoga kelgach, unga beriladigan eng oily ma’naviy ne’mat ovoz sehri bo`ladi. Ya’ni, dastlab tinglaganimiz, quloqlarimiz orqali qalbimizga jo bo`ladigan ona allasi har bir insonning kelajak hayotiga nurli poydevor yasaydi. Shuningdek, ona kabi ardoqli insonlar, opajonlar, murabbiyalarning erkalovchi shirin so`zlari bo`ladi. Ma'naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonni uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarinning mezonidir. Ma'naviyat – insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo`q joyda hech qachon baxt-saodat bo`lmaydi. O`zbek xalqining paydo bo`lish tarixi qanchalik uzoqqa borib taqalsa, uning miliy an’analari, urf-odatlari, marosimlari ham shunchalik teran tarixiy ildizga ega. Ular xalqning ma’naviy ehtiyojlari zamirida paydo bo`lib, shakllanib, sayqallanib o`z mazmunida shu xalqning orzu-o`ylari, istaklari, turmush tarzi, axloq normalarini mujassam etadi. Prezidetimiz Islom Karimov “O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida aytganlaridek: “Inson ma’naviyatining yuksak axloq va madaniyatining, go`zal milliy ana’nalarini qayta tiklashning muazzam qatlamlari ochildi” deb yozadi. Xalqimiz mustaqillik sharofati bilan o`zligimizni namoyon qiladigan an’analarimiz, urf-odatlarimizni qaytadan tiklab, ularni mazmunan boyitish imkoniyatiga ega bo`ldi. Inson umri mobaynida oladigan ma’naviy ne’matlari durdona so`zlar, purma’no she’rlar va ular kuyga solinganda yaraladigan betakror qo`shiqlarga ulanib ketadi. Hamisha ruhimizni ko`taradigan vatan haqidagi sehrli, qalblarni larzaga soladigan ohanglar.
Sehrli ohang, sehrli ovoz dunyo yashar sen bilan,
Qalbdagi dardga bo`lguvchi malham, bordir seni keraging.
Sen bilan ulg`ayar yosh avlodlaring,
Ona Vatan uchun jondan kechar o`g`lonlaring!
Sehrli ovoz, ohang bor ekan, dunyo yashar biz bilan hamohang.

Muborez LUQMONOV
Ответить 
Старый 28.12.2012 07:55   #272  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от barlos Посмотреть сообщение
Ундов белгилари кўп-у, лекин бироз эркин фикр, фидойилик бор. Мақола аниқ факт билан ёритилган бўлса чиройли чиқади. Чамамда охирги вергул ўрнида нуқта қўйилгани маъқул эди. (ВА)
Мана шундай таҳлилий фикрларингиз учун талабаларимиз номидан миннатдорчилик билдираман.
Навбатдаги мақолалар ҳақидаги қимматли фикрларингизни кутиб қоламиз.
Ответить 
Старый 28.12.2012 07:56   #273  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
МАДАНИЯТЛИ БЎЛИШ ҚИЙИНМИ?!

Изланувчан ёш қаламкаш Латофат Чўллиева 1991 йилда Бухоро вилояти Олот туманида туғилган. Мақолалари “Ўзбекистон овози”, “ХХIаср”, “Миллий тикланиш”, “Жамият”, “Тошкент хақиқати” газеталарида ёритилган. “Бекажон” газетасида ёритилаётган ранг-баранг мавзудаги мақолалари мухлисларда катта қизиқиш уйғотмоқда. .

* * *

Жамиятимизда шундай бир иллат деймизми, қусурми борки буларга беъэтибор бўлган кимса бўлмаса керак, менимча. Бу жамоатчилик орасида ўзини тута билиш одобидир. Буни қусур деяётганимнинг боиси шуки, ушбу қонун қоидаларни ўта қўпол равишда бузилаётганидир. Бу кўпчилик наздида арзимасдек туюлиши мумкин, бироқ бу қонун қоидалар миллатнинг қалб кўзгуси ҳисобланади. Чунки аввалдан ҳам бутун дунё бизнинг миллатимизни яратган маданиятига қараб баҳо беришган-ку. Бу айни ҳақиқат эмасми? Ана шундай қусурлардан ҳоли бўлишнинг ягона йўли бу шахс маданиятини тарғиб қилувчи восита оммавий ахборот воситаларидир. Шу каби иллатларни радиода, телевидениеда ва матбуот саҳифаларида ёритилмоғи ва бартараф этилмоғи мақсадга мувофиқдир. Энди бошдан дўппини бир ёнга олиб қўйиб шу ҳолатларга четдан бир назар солсак. Гапни транспорт воситаларни кутишдан бошласак тўғрироқ бўлади деб ўйлайман.
Бекатда турган вақтингизда бир ҳолатни кўриб таъбингиз хира тортади: одамлар автобус ёки маршрутка келиб тўхтар-тўхтамас бирваракайига ўзларини унинг эшигига уришади. Бу манзара ширага тенгдан ёпишадиган пашшаларни эсга солади гўё. Ахир ҳамма ўз навбати билан чиқса бўлади-ку! Йўқ, айримларни бу нарса мутлақо қизиқтирмайди. “Каттага ҳурмат, кичикка иззат” деган иборани-ку ёдга тушиши эҳтимолдан анчайин йироқ. Ҳа майли, талашиб тортишиб автобусга ҳам чиқиб олишди, дейлик, томошанинг қизиғи энди бошланади: кимдир баланд овозда ёнидаги шериги билан, ёхуд қўл телефони билан йўл бўйи гап сотиб кетади. Булар телефонини кўз-кўз қилаяптимикан десангиз бу мобил телефон деганлари мардикордан тортиб, казо-казоларгача барчада бор. Яна ким билади дейсиз! Бу билан жамоат транспортида телефонда гаплашишни қоралашдан йироқман. Чунки, ҳар қандай ҳолат бўлиши мумкин: аллаким иш юзасидан зарур ишини, яна кимдир манзили тўғри ёки нотўғрилигини ҳал қилаётган бўлиши мумкин. Шунда ҳам қисқа савол-жавобни тушунса бўлади, лекин бекорчи гаплар билан атрофдаги кишиларнинг бошини оғритишдан нима фойда бор экан?
Ўзини ҳурмат қиладиган одам доимо иззатда бўлади ва манзилига ҳам аъло кайфиятда етиб боради, шундай эмасми? Сиз бунга нима дейсиз?

Латофат ЧЎЛЛИЕВА
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 28.12.2012 18:01   #274  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
SHU OZOD, HUR VATAN BARCHAMIZNIKI!

Jasurbek Umarjonov 1991 yilda Namangan viloyatining Yangiqo`rg`on tumanida tavallud topgan. Toshkent shahar Oliy o`quv yurtlari aro o`tkazilgan “Eng yaxshi ijrochi talaba” ko`rik tanlovining 2-darajali Laureatlik diplomi sovrindori bo`lgan. Hozirda u Qo`g`irchoq teatri aktyorligi ixtisosligi bo`yicha tahsil olmoqda.

* * *

Yurtimizning qaysi bir go`shasiga bormang, barcha joylarida biri-biridan go`zal, biri ikkinchisi bilan bemalol go`zallik bo`yicha bellasha oladigan so`lim go`shalari juda ham ko`p. Yurtimizning Namangan viloyatiga borganingizda, Yangiqo`rg`on tumaniga bir bor kirib o`tishni yoddan chiqarmang. Chunki bu tuman o`zining istirohat maskanlari, go`zal saylgohlari, mazali mevalari va albatta mehmondo`st, samimiy insonlari bilan viloyatda alohida ajralib turadi. Yangiqo`rg`on tumani haqida gap ketar ekan, eng avvalo bu maskanning o`ziga jalb qiladigan olmalari haqida bir oz to`xtalib o`tmasdan bo`lmaydi. Qo`shiqlarda kuylanib mashxur bo`lgan, Namanganni ko`klarga ko`targan o`sha totli, mazasi tilni yoruvchi olmalar ham shu tumanda pishib yetiladi. Bundan tashqari xalqimizning betakror, atoqli san’atkorlaridan Soraxonim Eshonto`rayeva, Akmal Nur, Rislig`oy Xotamova hamda Mashxura Ergashevalarga beshik bo`lgan mo`tabar go`shadir. Tumanning olis maskanlaridan biri Qirg`iziston Raspublikasi bilan chagaradosh bo`lgan Nanay qishlog`i esa, tumanning ko`rkiga-ko`rk, chiroyiga-chiroy bag`ishlab turadi. Bu qishloqning musaffo havosi, zilol va shifobaxsh suvlari, baland va mag`rur tog`lari, ajoyib dam olish maskanlari sizni be’etibor qoldirmaydi. Bu g`oshaga yurtimizning barcha shaharlaridan xordiq olish uchun juda ko`plab mehmonlar tashrif buyurishadi. Xulosa qilib aytganda, ming marta eshitgandan, bir marta borib ko`rgan afzal!
Soylarida suvlari toshqin,
Bozorlari hamisha gavjum.
Odamlarin bir ko`r-a do`stim,
Xushchaqchaq-u shodondir doim.
Sensan menga aziz hamisha.
Tinchlik bermay osuda tunga.
Mehnat qilib tolmas hech banda,
Shunday go`zal Yangiqo`rg`onda!

Jasurbek UMARJONOV
Ответить 
Старый 28.12.2012 18:02   #275  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
KO`Z O`NGINGIZDA NAMOYON

Umidli yosh ijodkor Muyassar Atavullaeva 1990- yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug`ilgan. “Hordiq”, “Sanduvoch”, “Qashqadaryo” gazetalari-da maqolalari yoritilmoqda.

* * *

Yurtimiz chiroyiga chiroy, ko`rkiga ko`rk qo`shilib, ona diyorimiz nomi dunyoga taralmoqda. Tengdoshlarimiz, sportchilarimiz, iqtidorli yoshlar va san’atkorlarimiz o`zbek degan nomni jahonga yoyilishiga o`z hissalarini qo`shmoqda. Jadal sur’atlarda rivojlanayotgan, go`zal, tarixiy mamlakatni bir bor ko`rishni istaydiganlar juda ko`p. Buyuk bobokalonlarimiz qurdirgan inshootlar, yodgorliklar ziyoratiga, afsonaviy shahar Samarqand, qadimiy Buxoro, Xiva shaharlariga tashrif buyurayotgan xorijiy mehmonlar talaygina. Ular yurtimizdan yaxshi taassurotlar va qiziqarli ma’lumotlar olib ketishi uchun tarjimonlar nihoyatda zarur. Tarjimonlarsiz yurtimiz mehmonlari ko`nglidagidek sayohat qila olmaydi, o`zini qiziqtirgan savollarga javob ololmaydi. Shu bois, hozirgi kunda til o`rganish juda muhim. Til bilgan inson barcha narsadan, har sohadan voqif bo`ladi. Qaysi sohada faoliyat yuritmang, biror xorijiy tilni bilsangiz, aslo yutqazmaysiz. Jurnalist, yozuvchi, tadbirkorlar, hattoki korxona xodimlari uchun ham bu zarur, deb o`ylayman.

Muyassar ATAVULLAEVA
Ответить 
Старый 30.12.2012 20:40   #276  
Аватар для Fahrulla
Оффлайн
РНЦЭМП
нейрохирург
Сообщений: 80
+ 25  41/23
– 0  2/2

UzbekistanМой мир
Фикрларингизга қўшиламизку, устоз, лекин гапни кучи қисқаликда деб биламан. Узр яна бир бор, тўғри тушунасиз деган умиддаман.
Ответить 
"+" от:
Старый 06.03.2013 12:46   #277  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
NAVRO'Z – nafosat bayrami

O'quv muassasalari uchun sahna asari senariysi.

Asosiy ishtirok etuvchilar:
Bahoroy – qiz.
Navro'zjon – yigit.
Dehqon bobo – yigit.
Keksa tol daraxti – yigit.
Boychechak – qiz.
Lolaxon – qiz.
Тurnaxon – qiz.
Laylakboy – yigit.
Qaldirg`och – qiz.
Тurli epizodlarda:
Qishni olib ketayotgan qarg`alar – bola va qiz.

Sahna bahor bayramiga mos ravishda bezatiladi. Devorlarga turfa gullar rasmi chiziladi. Navro'zga atalgan she'r, bitiklar ko'rinarli joylarga yozib qo'yiladi. Shiftga bahor qushlari hisoblanmish turna, qaldirg`och, laylak, bulbul timsolida qog`oz o'yinchoqlar ilinadi. Mehmonlar joylashgunlariga qadar bahor faslini tarannum etuvchi kuy (masalan “Bahor kelsa, alvon-alvon ochilsa gullar” qo'shig`i) yangrab turadi.
Boshlovchi sifatida sahnaga Bahoroy timsolida bir qiz kirib keladi. U uzun gulli ko'ylak kiyib, boshiga gulchambar taqqan. Qo'lini ko'ksiga qo'ygancha egilib salom beradi.

Bahoroy: – Assalomu alaykum aziz mehmonlar! Sizlarni Navro'z bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ulug` ayyom yurtimizga qut-baraka olib kelsin. Barchangizga uzoq umr, baxt-saodat va hamisha omonlik tilayman.

Bahordan boshlanar go'zallik fasli,
Yilning ilk tongidir olamda asli.
Navro'zni xush ko'rgan xush yashar abad,
Baxtga musharrafdir ul inson nasli!

Bugungi shodiyonamizni boshlab berish hamda tabrik uchun so'z hurmatli Rustam Usmonovga (har kim o'z jamoasi rahbari, oqsoqolining ismi-sharifini aytadi).

(Давоми келгуси саҳифаларда)
Ответить 
Старый 06.03.2013 12:47   #278  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Тabrik so'zi aytgan rahbar bayram tanlovi haqida quyidagi mazmunda ham gapirishi mumkin:

– Azaldan Navro'z bayramida turli ko'rik-tanlov hamda musobaqalar o'tkazilgani ma'lum. «Eng yaxshi Navro'z taomlari tayyorlash», «Eng mohir kashtachi», «Navro'z tasvirini chizgan eng yaxshi rassom» va hokazo. Bu bayram munosabati bilan kurash, arqon tortish, qo'l kuchini sinash, yugurish, shaxmat-shashka, tosh ko'tarish, dor o'yini va boshqa sport turlari bo'yicha ham musobaqalar o'tkazilgan. Biz ham mana shunday g`oliblarni bugun olqishlaymiz.
(Тashkilotchi tanlov shartlari, tashkiliy ishlar va boshqa fikr-mulohazalarini bayon etishi mumkin. g`oliblar badiiy qism so'nggida e'lon qilinadi.).

Bahoroy: – Qizlar gulli ro'mol o'rar,
O'zlarin qilib ko'z-ko'z.
Zamin yangi ko'ylak kiyar,
Kelsa Navro'z, bo'lsa Navro'z.
Dilbar qizlar, jo'rajonlar,
Erkin qanot yozing hargiz,
Hur elimga qutlug` ayyom
Kelsa Navro'z, bo'lsa Navro'z!

Endi davramizga eng aziz mehmon – Navro'zjonni taklif etamiz. Barchamiz: “Assalom, Navro'z! Davramizga marhabo!” deymiz. Qani boshladik, bir-ikki-uch...

Hamma jo'r ovozda:
– Assalom, Navro'z! Davramizga marhabo!

Sahnaga beqasam (yo boshqa matodan tikilgan) to'n va boshiga do'ppi kiygan Navro'z timsolidagi yigit qo'lini ko'ksiga qo'ygancha kirib keladi.

Navro'zjon: – Odamlaru odamlar,
Bog`da bitgan bodomlar!
Dildan qish g`ami ketdi,
Barcha Navro'zga yetdi!
Childirmani chalingiz,
Raqqosa, ayla xirom.
Bu bayram davramizda,
Barchangiz oling orom.
Olamni turfa gullarga burkab kelgan bahor ayyomi muborak bo'lsin, azizlar! Bu bahor shunchaki fasl emas, balki u har bir inson umrining bahori. Men barcha chehralarda bahor tarovatini ko'ryapman!

(Давоми келгуси саҳифаларда)
Ответить 
Старый 06.03.2013 12:48   #279  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Bahoroy: – Navro'zjon, sen kelishing hamono yeng shimarib ishga kirishadigan va bu kunni – mehnat bayrami sifatida nishonlaydigan ajoyib insonlarni bilasanmi?

Navro'zjon: – Eng birinchisi – Dehqon bobom-da! Ana, o'zlari tashrif buyurmoqdalar!

Bahoroy va Navro'zjon jo'r bo'lishib:

– Assalomu alaykum, bobo dehqonim!
Saxovati cheksiz nurli bo'stonim!
Mehnat bayrami deb, sochdingmi doning?
Senga ta'zimdadir jumla jahonim!

Davraga dehqon libosidagi yigit ketmon (yoki boshqa ish qurolini) ko'tarib kiradi va qo'lini ko'ksiga qo'ygancha mehmonlarga salom beradi.

Dehqon bobo: – Omoch haydar tinim bilmay,
Dehqon ila qo'sh ho'kiz,
Nasibamiz butun bo'lar,
Kelsa Navro'z, bo'lsa Navro'z.
Olloh, o'zing asragin-yey,
Тegmasin hech yomon ko'z.
Momolarim ruhlari shod,
Kelsa Navro'z, bo'lsa Navro'z.
Ha azizlar, Navro'z ezgulik bayrami.
Bu kun kim nimani niyat qilsa, albatta erishadi. Katta-yu kichikning duolariga quloq tutsangiz: «dehqonchilikka baraka bersin» deya yaratgandan so'rashadi. Axir, barchaning rizqi o'sha dehqonchilikning orqasidan-da.

Bahoroy: – Dehqonchilik nafaqat insonlar, balki, qushlar, jonivorlar uchun ham rizqu-ro'z manbaidir. Iya, ana, qaranglar, qushlar uchib kelishyapti, ur-re!

Navro'zjon: – Qushlar bilan birga gullar ham yelib kelishmoqda! Ular ortidan Тol buva hassasiga tayanib kelayotir. Endi haqiqiy bayram boshlanadi, ur-re!

Bahoroy: – Ular bahor elchilari hisoblanadilar! Har yili ro'yi zaminga, mana shu yurtga fayz-baraka olib kelishadi! Qani-qani, davramizga marhabo! Хush kelibsizlar! (Chapak chalib yuboradi).

Bahor faslini tarannum etuvchi musiqa sadolari ostida o'ziga xos liboslardagi Тol buva, Boychechak, Lolaxon, Laylakboy, Тurnaxon, Qaldirg`och davraga kirib kelishadi. Ular tomoshabinlar tomonga qarab egilib salom berishadi.

Bahoroy: – Хush kelibsiz, mehmonlar!
Men uchun aziz jonlar!

Mehmonlar jo'r ovozda:
– Тashakkur, senga bahor!
Barcha bo'lsin senga yor!

(Давоми келгуси саҳифаларда)
Ответить 
Старый 06.03.2013 12:48   #280  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Boychechak: – Bahoroyim, Bahoroy!
Yuzlaring muncha chiroy!
Yurtga sen kelgan chog`da –
Olam go'zallikka boy!
Men ham sening elchingman,
neni so'ylay – tilchingman!

Lolaxon: – Men Lolaman, Lolaman!
Bir go'zal qiz bolaman.
Chiroyimga mahliyo,
men-la yosharar dunyo!
Тog`-adirda lolalar,
ko'rib quvnang, bolalar!

Laylakboy: – Qanot qoqdim, yurt kezdim,
ko'kda ko'p narsa sezdim.
O'zi bo'lib bir jahon,
yashnabdi – O'zbekiston!

Тurnaxon: – Qur-ye, qur-ye, deb uchdim,
Go'yo osmonni quchdim.
Dunyoga qilib ko'z-ko'z,
Тantana qilmish Navro'z.

Qaldirg`och: – Mehrjon bayramida,
mehr ko'rib ketganman.
Ayni ko'klam chog`ida,
Murodimga yetganman.
Sog`inib keldim yana,
Navro'z bilan hamnafas.
Bizning do'stligimizga
Barcha qilishar havas.
Odamlarning uyida,
In qurishdir odatim.
Insonlarning baxti-la,
Mening ham saodatim.

Bahoroy: – Ko'pni ko'rgan chol buva,
Qani so'ylang, Тol buva,
Qandoq bayramdir Navro'z?
Bilib olurmiz so'zsiz!

Тol buva sallasini to'g`rilab qo'ygancha salmoq bilan so'zlaydi: – Meni derlar keksa tol,
misoli donishmand chol.
Haqiqatni ko'zlayman,
donolikdan so'zlayman.
Тanam bo'lsa-da qari,
Bilganim – bilmas pari!
Novdalarim har Navro'z,
Yaprog`in qilar ko'z-ko'z.
Ishga bo'lib payvasta,
Shoxlarim – ketmondasta!
Sirdoshim – bobodehqon,
Bizlar bir tanu, bir jon!

(Давоми келгуси саҳифаларда)
Ответить 
Реклама и уведомления
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх