Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 10.02.2009 15:24   #31  
Offline ID
Аватар для Tohir Malik
Оффлайн
народный писатель Узбекистана
Сообщений: 226
+ 163  774/218
– 0  0/0

Uzbekistan
Навоий Накшбандийликнинг "Сафар дар Ватан" коидасини достонда шундай ифодалайди:

Мусофир бул, аммо Ватан ичра бул,
Тила хилвату анжуман ичра бул...
Киши хар не истар узинда топар,
Жахонда кезарнинг не маъноси бор?

Бундан шундай фикр тугиладики, эхтимол "сафар дар Ватан" инсоннинг тафаккур, хаёл, фикрлаш, дунёсидаги сафари эмасми? Бундай сафар шахснинг тафаккурини бойитиб, унинг маънавий такомилига боис булажаги шубхасиз. Бу худди хеч кимга куринмай парвоз килиш кабидир. Чунки у фикр парвозидир. Хам сайёр, хам парвоз самоси эса ватан-инсон жисми.

Ватан таркини бир нафас айлама
Яна ранжу гурбат хавас айлама.
Ответить 
Старый 10.02.2009 17:20   #32  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Kecha soat 18-00 da Istiqlol san'at saroyida "Istiqlol oftobi" xususiy korxonasi homiyligida Toshkent shahar hokimiyati hamda "Mahalla" jamg'armasi tomonidan "Navoiy va ma'naviyatimiz" deb nomlangan ma'naviy-madaniy teatrlashtirilgan tadbir o'tkazildi. Tadbirga kelgan qariyalar "Bo'lar ekan-ku, ma'naviyatimizni targ'ib qiladigan konsert uyushtirishsa" deb tadbirdan nihoyatda mamnun qaytishdi.
Tadbirda Yunus Rajabiy nomidagi maqomchilar ansambli, O'zbekiston xalq artistlari-Yayraxonim Abdullayeva, Afzal Rafiqov, Zuhra Ashurova, aka-uka Isroiljon va Ismoiljon Vahobovlar, Mahmudjon Tojiboyev, Nasiba Sattorova, Zamira Suyunova, Zulayho Boyxonovalar ishtirok etishdi. Jonli ijro asosida Navoiy g'azallaridagi qo'shiqlarning kuylanishi, "O'zbekiston" Milliy raqs ansambli qizlarining jozibali raqslari konsertga alohida fayz bag'ishladi.
Ответить 
Старый 10.02.2009 17:34   #33  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Tadbirdan lavhalar





"Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq.
Bunda bor erur sheri jangi,
Gar sher o'lmasa, bordur palangi".



"Men xastaki, bu raqamni chekdim,
Tahriri uchun qalamni chekdim..."




Lolazor ermaski, olamdin jahong'a tushti o't,
Yo'q shafaqkim, bir qiroqdin osmong'a tushti o'q...
Ответить 
2 "+" от:
Старый 10.02.2009 17:44   #34  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook


O'zbekiston xalq artisti Yayra Abdullayeva Navoiyning ushbu she'rini rus tilida ajoyib tarzda o'qib berdilar:
So'zni gar tuz(to'g'ri) dedim va gar ozdim(adashdim),
Neki taqdir aylading - yozdim.
Kilk o'larda varaqnigor(qalamning o'zi mening o'rnimga yozuvchi bo'lib ketgandi) manga,
Qayda bor erdi ixtiyor manga?
Neki yozding ani raqam qildim,
Shak emasdurki, sahv(xato) ham qildim.
Deganimni ulusqa marg'ub(ma'qul, yoqimli) et!
Yozg'onimni ko'ngilga mahbub et!
Xalqqa zebi torak(bosh bezagi) ayla ani,
O'qig'ong'a muborak ayla ani!
Yetti aflokni anga yor et!
Yetti iqlim elin xaridor et!

Последний раз редактировалось Ozoda Umarova; 10.02.2009 в 18:36.
Ответить 
"+" от:
Старый 11.02.2009 14:57   #35  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Qorako'z kim?
Muhtaram forumdosh!
Navoiyning quyidagi g'azalini o'qiganmiz va ashulasini ko'p eshitganmiz:
Цитата:
Qorako'zim kelu mardumlig' emdi fan qilg'il,
Ko'zum qarosida mardum kibi vatan qilg'il!

Yuzung guliga ko'ngul ravzasin yasa gulshan,
Qadding niholig'a jon gulshanin chaman qilg'il!

Takovaringg'a bag'ir qonidin xino bog'la,
Itingg'a g'amzada jon rishtasin rasan qilg'il!

Firoq tog'ida topilsa turfog'im, ey charx,
Xamir etib yana ul tog'da ko'hkan qilg'il!

Yuzung visolig'a yetsun desang ko'ngullarni,
Sochingni boshdin ayog' chin ila shikan qilg'il!

Xazon sipohig'a, ey bog'bon, emas moni'
Bu bog' tomida gar ignadin tikan qilg'il.

Yuzida terni ko'rib o'lsam, ey rafiq meni,
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg'il!

Navoiy anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning bashag'lig' o'qin sham'i anjuman qilg'il!
Ushbu g'azalga turlicha sharhlar berilgan. Bularda ma'qul fikrlar bilan noma'qullari ham bayon etiladi. Shulardan biri Navoiyninh manzurini yigit emas, qiz deb tushuntirish, ikkinchisi, eng noma'quli-inson emas, xudo deb talqin qilish bo'ldi. Bu masalani hal qilish uchun mazkur g'azalni sharhlab berishni professor, navoiyshunos olim Alibek Rustamiydan iltimos qildik.
Ответить 
2 "+" от:
Реклама и уведомления
Старый 11.02.2009 15:14   #36  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Цитата:
Qorako'zim kelu mardumlig' emdi fan qilg'il,
Ko'zum qarosida mardum kibi vatan qilg'il!
Bayt "qorako'zum" degan murojaat bilan boshlanadi. Bu so'zning baytdagi "mardum", "mardumlig'" va "ko'zum qarosi" so'zlariga nisbati bor. Shuning uchun Navoiy o'z manzuriga, masalan, "dilo", "e jon" yoki biror so'z bilan murojaat qilmasdan, "qorako'zum" deb murojaat qilgan. "Mardum" deb aytiladigan ikkita so'z bor, biri "xalq" va "kishi" ma'nosida, ikkinchisi esa ko'z qorachig'i ma'nosida. Navoiy mazkur baytda shu ikki so'zning shakldoshligidan foydalanib, birlashtirib ishlatgan. Bu san'at hisoblanadi va "iyhom" deb ataladi. "Fan qilmoq" baytda "odat qilmoq ma'nosida ishlatilgan. "Fan" so'zining hunar, kasb ma'nosi bor, hunar doimiy mashg'ulot bo'lgani uchun bu so'zning "odat" ma'nodoshligi bor. "Vatan qilmoq" o'rnashib olmoq ma'nosida ishlatilgan.
Demak, Navoiy baytda ey mening qora ko'zligim, kel endi mardumlig'ni, ya'ni ko'z qorachig'i bo'lishni va kishilikni odat qil va mening ko'zimning qorasida mardum, ya'ni ko'z qorachig'i kabi va kishilar singari o'rnashib ol, degan fikrni bayon qilgan. Kishilikni odat qil, kishi kibi deyishdan murod pariy yoki farishtaga o'xshab ko'zdan g'oyib bo'lma deyishdir. Bunda manzurning nodirligiga ham ishora bor.
Ko'zimning qorachig'i bo'l deyishdan maqsad ko'z o'ngimdan ketma deyishdir. Kishining ko'z o'ngidan go'zal suratning ketmasligi uning ma'naviy kamolatiga sabab bo'ladi.

Ответить 
"+" от:
Старый 11.02.2009 15:27   #37  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Цитата:
Yuzung guliga ko'ngul ravzasin yasa gulshan,
Qadding niholig'a jon gulshanin chaman qilg'il!
Shoir manzurining yuzini gulga o'xshatgan. Gul so'zining birinchi ma'nosi atirguldir. Yuzning qizilligi va tarovati bilan gulga, ya'ni jaydari atirgulga o'xshatiladi. "Ravza" bog' degani. Shoir o'z ko'nglini, ya'ni ichki olamini ravzaga-bog'ga o'xshatgan. Ikkinchi misrada Navoiy manzurining qaddini nihol, ya'ni ko'chatga, o'z jonini gulshanga tashbih qilgan.
Bu baytda shoirning yuzing guli bilan ko'ngil bog'ini gulzor qil va qadding niholi bilan jon gulshanini chaman qilgin, deyishdan maqsadi shuki, kishining ko'zidan ketmaydigan go'zal surat ko'z qorachig'i orqali ko'ngulga o'tadi va uni bog'day obod qiladi. Agar buning aksi bo'lsa, ko'ngil fasod bilan to'ladi. Obod ko'ngil ham shu ko'ngil egasiga, ham o'zgalarga yaxshilik keltiradi. fasod ko'ngil esa turli balolarga giriftor qiladi.
Ответить 
"+" от:
Старый 11.02.2009 15:36   #38  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Цитата:
Takovaringg'a bag'ir qonidin xino bog'la,
Itingg'a g'amzada jon rishtasin rasan qilg'il!
"Takovar" deb otning chopqir turiga aytiladi, "bag'ir" jigar degani, "g'amzada" g'am urgan, ya'ni g'amda qolgandegan ma'noda, "rishta" ip, "rasan" arqon, bog' degani. Shoir bu baytda otni bo'yash uchun xino o'rniga bag'rim qonini berishga, itingni boylash uchun jonimning ipini bog' qilishga hozirman deydi. Bu xalqimizdagi "egasini siylagan itiga suyak tashlar" degan maqolga mos keladi. Do'st faqat o'zini emas, unga tegishli narsalarni ham do'st tutishi kerak. Albatta, yaxshining hamma narsasi ham yaxshi bo'lishi bor. "Mol egasiga o'xshar" yoki "mol egasiga o'xshamas, harom o'lar", degan maqol ham bor.
Ответить 
Старый 11.02.2009 15:48   #39  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Цитата:
Firoq tog'ida topilsa turfog'im, ey charx,
Xamir etib yana ul tog'da ko'hkan qilg'il!
Bu baytda firoq, ya'ni ayriliq tog' qazish mehnatiga o'xshatilgan.
"Ko'hkan" tog' qazuvchi degani, tog' qazuvchi deganda Farhod ham nazarda tutilishi mumkin. "Xamir etmak" qormoq ma'nosida ishlatilgan.
Agar kishining maqsadi Farhodnikidek tog'ni qazish natijasida hosil bo'ladigan bo'lsa, lekin Farhoddan farqli o'laroq bu tog'ni qazish umr yetmaydigan darajada qiyin bo'lsa, u maqsad yo'lida tuproqqa aylanishi mumkin.Navoiy mana shu holda ham maqsadga erishishga harakat qilaman, sodda qilib aytganda, o'lsam ham shu yo'ldan qaytmayman, deydi. Bunda menga yangi umr berilsa ham, mana shu ishimni davom ettirgan bo'lar edim degan fikr ham bor. Kishi maqsad yo'lida halok bo'lsa, umr bekorga ketmagan hisoblanadi. Shuning uchun shoir charxga, ya'ni aylanma harakatga ega bo'lgan olamga murojaat qilib, aylanib mening tufrog'imga yana odam bo'lish navbati kelsa, meni yana firoq tog'ining ko'hkani qilib tiriltir, yo'limda tog'day g'ovlar bo'lsa-yu, bu yo'lning azoblari tog' qazib yo'l ochishday qiyin bo'lsa ham, maqsaddan voz kechmayman, deydi.
Ответить 
"+" от:
Старый 11.02.2009 15:59   #40  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Цитата:
Yuzung visolig'a yetsun desang ko'ngullarni,
Sochingni boshdin ayog' chin ila shikan qilg'il!
Bu baytda "chin ila shikan" gajak va jingalak degan ma'noda. shoir manzurga murojaat qilib, ko'ngullar yuzungga yetishsin, yuzingdan ko'ngillar lazzatlansin desang sochingni boshdan oyoq jingalak qilib tashla demoqda. Nega shunday demoqda? Chunki oshiqning oxirgi maqsadi ma'shuqaning yuzini ko'rishdan iborat. Hech kim o'z do'stini ko'rgani borsa, uning bilan yuzlashmasdan orqasidan yoki yonidan ko'rib, bo'ldi ko'rdim, deb orqasiga qaytmaydi. Do'st do'stning yuzini ko'rgandagina uning ma'naviy tashnaligi qonib, ko'ngli taskin topadi. Soch yuz bilan tutash bo'lganligi uchun yuzni ko'rish umidida bo'lgan kishining ko'nglini iztirobga ham soladi va uni ko'rish umidini ham kuchaytiradi. Jingalak sochning oddiy sochga nisbatan mazkur xususiyati kuchliroq va jozibasi ortiqroq bo'ladi. Bunda jingalakka ilinish, osilish imkoniyati ko'pligi ham nazarda tutiladi. Buning yana bir ma'no jihati bor. Soch maqsadga erishish yo'llarini bildirar ekan, jingalaklik chigallik va qiyinlikni anglatadi. Yo'l azobi qancha ortiq bo'lsa, maqsadga erishish rohati shuncha lazzatliroq bo'ladi. Mehnatsiz muyassar bo'lgan narsa kishiga lazzat bag'ishlamaydi.
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх