Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ИКТ и телеком > Веб-ресурсы и доменные имена > Новости с внешних веб-ресурсов
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Новости с внешних веб-ресурсов Кросспостинг интересных новостей с различных веб сайтов наших пользователей...


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 11.01.2009 14:30   #31  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Tulkin Yusupov
Оффлайн
AKA:iBlogger
Сообщений: 216
+ 263  97/49
– 12  6/3

UzbekistanОтправить сообщение для Tulkin Yusupov с помощью Skype™LiveJournalАккаунт на TwitterМой мирFacebook
GiiNii Movit Mini: ilk Android OTli TabletPC


CES 2009 konferensiyasida yana bir qurilma - GiiNii kompaniyasidan Android operatsion tizimli TabletPC - GiiNii Movit Mini rusumi taqdim etildi. To’g'ri, bu qurilma hali prototip bo’lsada, lekin GiiNii kompaniyasi tezda ishlab chiqarishni mo’ljallamoqda.
TabletPCning xususiyatlari quyidagicha:
4,3 dyumli LCD displey (480×272px)
WiFi
Bluetooth 2.0
256Mb hajmli ichki xotira
microSD xotira kartasini qo’llab-quvvatlaydi
video-qo’ng’iroqlar uchun old tomondagi kamera
3,5 o’lchamli naushnik ulangichi
mikrofon va dinamik ovoz qurilmalari o’rnatilgan
skype dasturi o’rnatilgan
facebook, twitter, myspace va boshqa ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash osonlashtirilgan






Дальше...
Ответить 
Старый 17.01.2009 03:40   #32  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Tulkin Yusupov
Оффлайн
AKA:iBlogger
Сообщений: 216
+ 263  97/49
– 12  6/3

UzbekistanОтправить сообщение для Tulkin Yusupov с помощью Skype™LiveJournalАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Gmail: yillik 43% o`sish


Google kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan Gmail pochta xizmati foydalanuvchilari soni comScore tashkilotining tadqiqotlariga ko’ra, o’tgan 2008 yilda avvalgi yilga nisbatan 43% oshgan. comScorening ma’lumotlariga ko’ra, 2008 yilda Gmail xizmatidan har oy 29,6 mln.ga yaqin kishi foydalangan.
Pochta xizmatlari ichida birinchi o’rinda turuvchi Yahoo Mail o’tgan 2008 yilda 11%ga, ya’ni oyiga 91,9 mln. tashrif buyuruvchilar soniga o’sgan. Keyingi o’rinlarda turuvchi AOL Mail (oyiga 46,6 mln. kishi) va Hotmail (oyiga 43,5 mln. kishi) pochta xizmatlarida ham o’sish juzatilgan.



Дальше...
Ответить 
Старый 20.01.2009 04:15   #33  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Tulkin Yusupov
Оффлайн
AKA:iBlogger
Сообщений: 216
+ 263  97/49
– 12  6/3

UzbekistanОтправить сообщение для Tulkin Yusupov с помощью Skype™LiveJournalАккаунт на TwitterМой мирFacebook
YouTube: Endi videoni yuklab olishingiz mumkin


Ma’lumki, Google kompaniyasining YouTube - onlayn video sayti videoni yuklash, onlayn ko’rish va boshqalarga tarqatish kabi xizmatlarini bajaradi. YouTubeda videolarning shakli .FLV kengaytmali bo’lib, video faylning sifatini buzmasdan, kichikroq hajmda onlayn ko’rish imkoniyatini beradi. Shu paytgacha, YouTubedagi video ma’lumotlarni faqatgina maxsus dasturlar orqaligina yuklab olish mumkin edi. Google kompaniyasi shu kunlarda bu muammodan ham foydalanuvchilarni forig’ etganga o’xshaydi. Hali barcha video fayllarda mavjud bo’lmasada, ko’pchiliklarida video pleyerining ostida “Click to download” (”Yublab olish uchun bosing”) yozuvi paydo bo’ldi. Bu albatta foydalanuvchilarni xursand qoldirmasdan qo’ymaydi. Faylni MPEG4 shaklida yuklab olishingiz mumkin.



Дальше...
Ответить 
Старый 21.01.2009 04:22   #34  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Tulkin Yusupov
Оффлайн
AKA:iBlogger
Сообщений: 216
+ 263  97/49
– 12  6/3

UzbekistanОтправить сообщение для Tulkin Yusupov с помощью Skype™LiveJournalАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Google: Bir nechta xizmatlari va ofislarini yopmoqda


Google kompaniyasi bir necha kunlar avval o’zining bir qancha xizmatlarini, shu jumladan, Google Catalogs, Google Notebook, Dodgeball, Google’s Mashup Editor, Google Video kabi xizmatlarni yopishni yoki to’xtatib qo’yishni ma’lum qilgan.
Google kompaniyasi 2006 yilda YouTube onlayn video xizmatini sotib olganidan keyin, o’zining Google Video xizmatini to’xtatishini e’lon qilgan bo’lsada, lekin bundan ko’pchilik foydalanib kelar edi. Bir necha oylarda to’liq yopilishi rejalashtirilgan Google Video xizmati video fayllarni yuklab olishni sekin asta to’xtatib boradi. Foydalanuvchilariga esa YouTube xizmatini o’zlashtirish taklif qilinmoqda.
Google Notebook xizmatidan esa endilikda avval ro’yxatdan o’tgan a’zolarigina foydalanishlari mumkin. Dodgeball ijtimoiy xizmati ham bir necha oylarga yopiq deb ma’lum qilingan. Bu ijtimoiy tarmoq xizmati* foydalanuvchilari tomonidan Twitter kabi xizmatlar darajasida baholangan edi. Google Catalog Search xizmati esa OCR texnologiyasini tajribaviy qo’llash uchun yo’lga qo’yilgan edi va o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni tugatgani uchun yopiq deb e’lon qilindi. Bu OCR texnologiya hozirda Google Book Search loyihasida ishlatilmoqda. Google’s Mashup Editor, Jaiku kabi xizmatlar esa yangi Google App Engine texnologiyasini yo’lga qo’yganligi tufayli to’xtatib qo’yildi.
Google kompaniyasi o’zining xizmatlarini to’xtatish bilan birgalikda Tronxeym(Norvegiya), Luleo(Shvetsiya) va Ostin(AQSh) hududlaridagi ofislarini ham yopib qo’ydi. Xodimlar va injener guruhlar esa boshqa loyihalarga yo’naltirilgan. Bu ofislarning to’xtatilishi moliyaviy inqiroz yoki omadsiz loyiha tufayli emas, balki yangi loyihalarning yo’lga qo’yila borilishi bilan izohlanmoqda.

via webplanet.ru


Дальше...
Ответить 
Старый 22.01.2009 04:32   #35  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Tulkin Yusupov
Оффлайн
AKA:iBlogger
Сообщений: 216
+ 263  97/49
– 12  6/3

UzbekistanОтправить сообщение для Tulkin Yusupov с помощью Skype™LiveJournalАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Android OTli T-Mobile G2


Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Android operatsion tizimi smartfon va cho’ntak kompyuterlarga mo’ljallangan bu OTni ilk bor HTC kompaniyasi o’zining T-Mobile G1 kommunikatorlarida qo’llagan. Mazkur kommunikatorning keyingi avlodi haqida HTC kompaniyasi* T-Mobile G2 nomi ostida sotuvga joriy yilning may oylarida chiqarilishini e’lon qilgan edi.
Android OTli keyingi avlod texnikasi norasmiy manbalar orqali suratga tushirilgan rasmlari taqdim etildi. Mazkur manbaga muvofiq, T-Mobile G2 QWERTY klavadan forig’ qilingan, avvalgi avlodiga nisbatan yupqaroq va 3,2 megapikselli kamera o’rnatilgan. Albatta, yangi avlod kommunikatorlariga xos sezgir oyna (sensorli ekran) bilan ta’minlangan. Ust qismi silliq qilib ishlangan.



Дальше...
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 29.01.2009 00:00   #36  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Tulkin Yusupov
Оффлайн
AKA:iBlogger
Сообщений: 216
+ 263  97/49
– 12  6/3

UzbekistanОтправить сообщение для Tulkin Yusupov с помощью Skype™LiveJournalАккаунт на TwitterМой мирFacebook
YouTube: endi izohlaringizni uchira ololasiz


YouTube video xizmati o’zining foydalanuvchilariga izohlarini uchirish imkoniyatini taqdim etdi. Izohingizni uchirish uchun Text Comments(’Matnli Izohlar’) bo’limiga kirib, Remove(’Uchirish’) tugmasini bosishingiz kifoya.
YouTubening rasmiy blogida:
Hurmatli n00b, agar siz, biron so’zni xato yozgan bo’lsangiz yoki keyinchalik yozgan gaplaringizdan afsuslanadigan bo’lsangiz, siz muammoni bemalol hal qila olasiz. Albatta, avval o’ylab, keyin yozishni tavsiya qilamiz, lekin izohingizda muammo yuzaga kelsa, bemalol uchirishingiz mumkin.
deya YouTube ma’muriyati xabar qiladi.


Дальше...
Ответить 
Старый 29.01.2009 00:00   #37  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Tulkin Yusupov
Оффлайн
AKA:iBlogger
Сообщений: 216
+ 263  97/49
– 12  6/3

UzbekistanОтправить сообщение для Tulkin Yusupov с помощью Skype™LiveJournalАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Offline Gmail

Google kompaniyasining pochta xizmati bo’lmish Gmail endilikda offline, ya’ni internetsiz ham ishlash imkoniyatiga ega bo’lmoqda. Mazkur pochta foydalanuvchilari internetga ulanmagan holda pochtasidan bemalol foydalanishlari mumkin. Pochtadagi barcha xatlar kompyuteringizga arxiv holatda yuklanadi, siz internetga ulanmasdan, bemalol pochtangizni tasarruf etasiz va internetga ulanganingizda pochtangiz o’zining serveri bilan sinxronlanadi, ya’ni uyg’unlashadi.


Дальше...
Ответить 
Старый 29.01.2009 00:00   #38  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Tulkin Yusupov
Оффлайн
AKA:iBlogger
Сообщений: 216
+ 263  97/49
– 12  6/3

UzbekistanОтправить сообщение для Tulkin Yusupov с помощью Skype™LiveJournalАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Yana bir Android OTli ?googlephone?


Endi nafaqat HTC kompaniyasi mahsuloti, balki General Mobile kompaniyasi mahsuloti ham Google kompaniyasining Android operatsion tizimidan foydalanadi. General Mobile kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan DSTL1 nomli smartfon o’zining ham texnik xususiyati bilan, ham ko’rinish jihatidan xaridorlarni jalb qilmasdan qolmaydi.
Mazkur “googlephone”ga 624 MHzli Marvell PXA 310 protsessor, 4Gbli ichki xotira va 8Gbgacha moslashgan microSD xotirasiga slot, 8 dyumli, 240×400 o’lchamli sensorli ekran, 5 Megapikselli kamera, 1200 mAh hajmli batareyka, Wi-Fi 802.11b/g hamda Bluetooth o’rnatilgan.


DSTL1 smartfoni bir yo’la ikki simkarta orqali aloqa qilish imkoniyatiga ega bo’lib, 900 / 1800 / 1900 MHz o’lchamlarga moslashgan.

Mazkur qurilma fevral oylarida bo’lib o’tadigan Mobile World Congress ko’rgazmasida batafsil taqdimoti bo’lib o’tilishi rejalashtirilgan. Sotuvga esa joriy yilning yoz oylarida chiqarilishi mo’ljallanmoqda.


Дальше...
Ответить 
"+" от:
Старый 31.01.2009 00:20   #39  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Tulkin Yusupov
Оффлайн
AKA:iBlogger
Сообщений: 216
+ 263  97/49
– 12  6/3

UzbekistanОтправить сообщение для Tulkin Yusupov с помощью Skype™LiveJournalАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Mail.Ru: web agent


Kecha Mail.Ru pochta xizmati web agentini ishga tushirdi. Siz endi maxsus Mail.Ru Agent dasturini o’rnatishingiz shart emas. Mail.Ru pochtasiga kirishingiz bilan brauzerning pastki o’ng tomonida joylashgan web agent orqali Mail.Ru Agentingizdagi insonlar bilan to’g'ridan to’g'ri muloqotga kirishishingiz mumkin. Pochta xizmati yaqin kunlarda boshqa sahifalariga ham web agentini joylashtirishni rejalashtirmoqda.



Дальше...
Ответить 
Старый 31.01.2009 00:20   #40  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Tulkin Yusupov
Оффлайн
AKA:iBlogger
Сообщений: 216
+ 263  97/49
– 12  6/3

UzbekistanОтправить сообщение для Tulkin Yusupov с помощью Skype™LiveJournalАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Google Chrome: brauzer reklamasi



Дальше...
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх