Ìî¸ ìåíþ Îáùåå ìåíþ Ïîëüçîâàòåëè Ïðàâèëà ôîðóìà Âñå ïðî÷èòàíî
Âåðíóòüñÿ   uForum.uz > ÒÅÌÀÒÈ×ÅÑÊÈÅ ÔÎÐÓÌÛ > Îáðàçîâàíèå > ZiyoNET
Çíàåòå ëè Âû, ÷òî ...
...äëÿ êàæäîé òåìû ñóùåñòâóåò ñâîé ðàçäåë. Èçó÷èòå ñòðóêòóðó ôîðóìà. Åñëè ñîîòâåòñòâóþùåãî ðàçäåëà íåò, òî âñåãäà åñòü ðàçäåë "Ðàçíîå" :)
<< Ïðåäûäóùèé ñîâåò - Ñëó÷àéíûé ñîâåò - Ñëåäóþùèé ñîâåò >>

ZiyoNET Îáùåñòâåííàÿ îáðàçîâàòåëüíàÿ ñåòü ZiyoNET


Îòâåòèòü

 
Îïöèè òåìû Îïöèè ïðîñìîòðà
Ñòàðûé 20.06.2014 23:11   #61  
Àâàòàð äëÿ Fayzbek
Îôôëàéí
Ñîîáùåíèé: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy al-Xorazmiy

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy al-Xorazmiy
Qadimgi Xorazm poytaxti bo’lmish Kat (Qiyot) shahri yonidagi qishloqda 973-yilning 5-sentyabrida tug’ilgan. Qomusiy olim Xayruddin Zerkariy ulamolar hayoti haqqida Bayrutda 1085-yili yozilgan “Al-alam” nomli sakkiz juzli asari V tomi 314-varag’ida bobomiz to’liq ismi Muhammad ibn Ahmad Abu Rayhon al-Beruniy al-Xorazmiy ko’rinishida keltirilib uni faylasuf, matematik va tarixchi deya tanishtiradi. O’tgan asrning 50-yillarida sobiq qizil imperiya davrida forschasiga Abu Rayhon al-Beruniy deya qisqartilib aytila boshlandi.
Buyuk mutafakkir erta etim qolgan bo’lsa ham yaxshi odamlarning qo’lida tarbiyalandi. Yoshligidanoq ilm-fanga juda qiziqdi. Ayniqsa Arab gammatikasi, Fikh, Aqoid, Matematika, Astronomiya, Geografiya, Meditsina va tabiiy fanlariga doir ko’p kitoblarni o’qib chiqdi. U Xorazm, Arab, Fors, Sanskrit, Turk tillaridan tashqari İsroil, Suriya va Grek tillarini ham bilgan.
Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o’rta sharq olimlari orasida birinchi bo’lib erning shar shaklida ekanligini isbotladi. Yer quyosh atrofida aylanadi degan to’g’ri fikrga keldi. U er shari o’lchamini aniqladi va eni besh metr keladigan globus yasadi. Olim o’z shogirdi bo’lmish shoh Masud (1030-1040) davrida Hindistonda bo’lganligi va Hajga borganligi haqida ham malumotlar bor.
U o’z do’sti İbn Sino bilan ilmiy yozishmalari hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 75 yil umr ko’rdi. Shu umri davomida 160 ga yaqin kitob va risolalar yozdi. Abu Rayxon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 1048-yilning 13-dekabrida G’azna shahrida vafot etgan. (Uning hoki mustaqillik yillarida O’zbekistonga aniqrog’I Qoraqolpog’iston respublikasi Beruniy shahriga olib kelingan) Uning bu asarlari asrlar davomida jahon xalqlari tomonidan ezozlab o’rganiladi.
Hozirgi kunga kelib olimni ismini dunyo ahli XIX-XX asrlarda shakllangan G’arb va Evropa olimlari o’z asarlariga kiritgan atamasi bo’yicha lotinchasiga Alberonius, inglizchasiga Al-Biruni deya qo’llanmoqda. Biz bunday nomlanishni yaqindagina History today (Tarix bugun) jurnalining 2013-yili dekabr oyidagi 63-sonida Frederix Star (S. Frederick Starr) ning “Ho’sh, Amerikani kim kashf qilgan? (So, Who Did Discover America?)” maqolasida ham uchratamiz. Bu maqolada Amerikaning kashf etilishiga doir barcha qarashlar ko’rib chiqilib, bevosita Muhammad al-Beruniyning tadqiqotlariga alohida urg’u bergan va Shimoliy Amerikani kashf etuvchilar ro’yhatiga kiritishni taklif qiladi.
Frederix Star shunday yozadi: “Beruniy o’z kuzatuv va tadqiqotlaridan tashqarida, yani o’z ko’zi bilan ko’rmagan joy haqida mantiq va o’rganganlari asosida aniq xulosa qiladi. u Evroosiyo mintaqasining joylashuvidan kelib chiqib, Atlantika va Tinch okeanlari havzasidagi nomalum erlar mavjudligi va bu erlar odamlar yashashi uchun qulay joy ekanligini qayd etadi, aslida ham shunday... Mana shu 15 ming milya masofadagi bo’shliqni Beruniygacha barcha olimlar o’sha paytgacha Evroosiyo mintaqasi “Dunyo okeani” o’ralgan deya izohlashga harakat qilgan... Kolumb Beruniyning munosib izdoshlari bo’lgan Ahmad Farg’oniyning “Samoviy harakatlar va umumiy ilmiy nujum kitobi” asarini o’ziga dasturilamal qilib oladi va unga tayanib o’zining tarixiy sayohatini amalga oshiradi”.
__________________
Nur bor joyda soya bor.

Ïîñëåäíèé ðàç ðåäàêòèðîâàëîñü Fayzbek; 20.06.2014 â 23:34.
Îòâåòèòü 
Ñòàðûé 20.06.2014 23:19   #62  
Àâàòàð äëÿ Fayzbek
Îôôëàéí
Ñîîáùåíèé: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow Sulton Uvays – Suhayl ibn Omir Qaraniy

Shayx Sulton Uvays Qaraniy
Manbalarda keltirilishicha melodiy 621 yili Yaman o’lkasining Qaran shahri pastrog’ida joylashgan Murodiy qabilasida Omir ibn Qaran ibn Rumon ibn Nohiya ibn Murod oilasida tug’ilgan. Ul zotning Sulton deyilishiga sabab, avliyolar sultoni, alosi bo’lganlar. Chunki, Payg’ambarimizning o’zlari “Tobeinlar yaxshisi” deb zikr qilganlar. Alisher Navoiy hazratlari o’zining “Nasoyimul muhabbat min shamiyimil futuvvat” tazkirasida shunday deydi: “Shayx Uvays Qaraniy q.r. [Ollohning payg’ambari aytgan: Uvays Qaraniy ehson va mehribonligi bilan tobiinlarning yaxshisidir] . Goh-goh Xojaiolam s.a.v. muborak yuzin Yaman sori qilib der erdikim, [Men xudoning nafasini Yaman tomonidan tuymoqdaman]. Birovning vasfikim, oning vassoffi Xojai koinot bo’lg’ay va nafasi nafasi rahmon bo’lg’ay, vasf qilmoq bag’oyat beodobliq bo’lg’ay. Ham Xojai Koinot s.a.v. buyurubdurkim, tongla qiyomat kuni Haq s.t. etmish ming farishta Uvays surati bila yaratqoy. To ul alarning orasida arosotg’a kirib, behishtga borg’ay. To hech kim malum qilmag’ay. Tengridin o’zgaki, ul qaysi biridurki, ul dunyoda barcha xalq ko’zidin yoshurun Tengri taolog’a qulluq qilur erdi. Qiyomatda dog’i Tengri taoloani barcha nomahram ko’zidin mahfuz tutqay.
Naqldurki, Hazrat Risolat s.a.v. olamdin o’tarda, ashob r.t.a. so’rubdurlar kim, sizning muraqqa kimga havoladur? Debdurlarki, Uvays Qaraniyg’a bersunlar va desunlarki, maning ummatimni duo qilsun! Hazratdin so’ngra Foruq va Murtazo r.t.a. Ko’fag’a borib, Yaman elidin
so’rub, Qaranda Uvaysni topdilarkim, teva kutub yurur erdi. Muraqqani topshurub, ummat uchun duo istido qildilar va bu manida so’z ko’pdur. Sharhi bila bilayin degan kishi «Tazkiratul-avliyo»ni o’qisun. Oning holotini tamom bitisa, yana bir boshqa kitob bitimak kerak. Uhud urushida Payg’ambar s.a.v. ning muborak tishi shahid bo’lg’onin eshitib, mutobaat uchun
o’ttizikki tishin ushotti. Har birinki, ushotur erdi, der erdiki, shoyad butish emas erdi ekin. Yana birin ushotur erdi. To mundoq qilib, barcha tishlarin ushotti. Va Hazrat Risolat s.a.v. ni ko’rmabdur erdi va ul Hazrat ham oni zohir ko’zi bila ko’rmabdur erdilar. Manoyu ruhoniyat yuzidin tarbiyat qilib erdilar.Bu jihatdin har kishiningki, bu toifadin zohir yuzidin piri malum bo’lmasa va mashoyixdin birining ruhi oni tarbiyat qilg’on bo’lsa, oni Uvaysiy derlar”.
Bir ulug’ zotni ko’rmasdan, undan ruhiy talim olgan buzrukni Uvays (xoksor, kamtar kimsa) deyiladi. Bu laqab ilk bora Payg’ambarimiz s.a.v. tomonlaridan mazkur zotga berilgan edi. Farididdin Attor o’zining “Tazkirat ul-avliyo” asarida: “U zot tobeinlarning qiblasi, chiltanlarning peshvosi, pinhoniy quyosh, Rahmon nafasidir” deya tarif bergan.
“Tazkirat ul-avliyo”ning Hindistonda chop qilingan forsiy nusxasida: “Payg’ambarimiz bazan muborak yuzlarini Yaman tarafga qaratib: “Men Parvardigorning rahmat nafasini Qaran tarafdan sezyapman”, - der ekanlar”, - zikr qilingan. İmom Muslim rivoyat qilgan sahih hadisda bunday deyilgan: “Umar ibn Xattobdan rivoyat qilinadiki, Rasululloh s.a.v: “Sizlarning oldingizga Yamandan bir kishi keladi, uning ismi Uvays. U onasisiz Yamanni tark qilmaydi. U kishining yuzlarida oq xollari bo’lib, ammo u kasallik alomat emas edi. Kimki unga yo’liqsa, undan o’ziga istig’for, mag’firat so’rashni (yani duo qilishni) iltimos qilsin”,–deya marhamat qilganlar”.
Yana bir rivoyatda Payg’ambarimiz s.a.v: “Albatta, tobeinlarning yaxshisi bir kishidurki, u Uvaysdir. Uning faqat onasi bor edi. Bas, undan iltimos qilingki, siz uchun istig’for so’rasin” –deganlar. Payg’ambarimiz ushbu tavsiyalariga ko’ra Hazrati Umar va Hazrati Ali Uvays Qaraniyni ziyorat qilganlari ko’pgina manbalarda keltirilgan. Bundan tashqari Hazrati Umar hammadan so’rab surushtiravergandan keyin va Hazrati Ali bilan kelib xirqayi sharifni topshirib ketganlaridan keyin mashhurlikdan qochib, o’z yurtidan chiqib ketganligini manbalar takidlaydi. Sulton Uvays Qaraniy 656 melodiy yilda Hazrati Ali bilan Hazrati Muoviya o’rtasida ixtilof sababli chiqqan jangda Hazrati Ali tarafda turib ishtirok etadi. Bu jang islom tarixida musulmonlar orasida chiqqan birinchi fitna edi. Ushbu jangda Sulton Uvays Qaraniy shahid bo’ladi. Hazrati Alini tushlarida Payg’ambarimiz s.a.v: “Sulton Uvaysning vatani Xorazmdur, uni shu erga dafn etinglar” –deya ko’rsatma berganlar. Hazrati Ali uyqudan turib, musulmon davlatlari podshohlariga, barchangiz tobut yasanglar deya buyuradi. Payg’ambarimiz s.a.v. mo’jizasi va Hazrati ali karomati tufayli ularning ko’ziga Sulton Uvays Qaraniy jasadlari ko’rinadi. U zotning haqiqiy jasadlari esa shu davrda zardo’sht dinida bo’lgan Xorazmga jo’natiladi.
Sulton Uvays Qaraniy Hazratlarining hayoti va vafoti haqida judayam ko’p malumotlar bor bo’lib, shu bilan birga ihtilofli hamdir. Fariddin Attor rivoyat qilishicha Payg’ambarimiz s.a.v: “Qiyomat kunida Xudoyi Taola Uvays suratida 70 ming farishta yaratadi. Uvays ularning orasida Arosatga kelib kelib jannatga kirgay, hech kimsa uni tanimas”. Chunki u zot dunyoda ibodatdaligi ko’z-ko’z qilmagan, kibrdan, shuhratdan qochgan. Shuning uchun ham oxiratda ham Parvardigor uni niyati va amaliga yarasha mashhurlikdan asrab, hech kimga bildirmasligi aytilmoqda.
Bundan ko’rinib turibdiki Sulton Uvays – Suhayl ibn Omir Qaraniy haqidagi turfa hil bir-birini rad qiluvchi malumotlar nafaqat bu dunyoda balki oxiratda ham bo’lib, mahfiyligicha qoladi.
Hozirgi kundagi Sulton Uvays Qaraniy maqbaralari ilk bora Sulton Muhammad Xorazmshoh buyrug’iga binoan qurilgan. Ammo, Chingizxon tomonidan Xorazmga qilingan bosqin tufayli bu maqbara vayron qilinadi. Graf Vorontsovning arxiv daftarida Chingizxon bosqinidan keyin ham yarim vayrona holatda saqlanib qolgani haqida malumotlar bor.
1800 yili Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohida bo’lib, uni xaritaga tushirgan injener Velichko maqbara-masjidning bor ekanini eslab yozadi. Bundan kelib chiqadiki XVIII-XIX asrlarda ham o’sha Xorazmshoh qurdirgan masjid-maqbara qoldiqlari saqlanib qolgan.
Oradan qariyb 600 yil o’tgandan keyin Xiva xoni Eltuzarxon tomonidan 1805-1806 yillarda mazkur maqbara qayta tiklandi. Ammo, Xoazmda bo’lgan qattiq zilzila va suv toshqinlari tufayli qulab tushadi.
Bu voqeadan 30 yil o’tgach, Muhammad Rahimxon I ning o’g’li olloqulixon 1836-1838 yillarda maqbarani qayta tiklaydi. Sulton Uvays Qaraniy maqbarasi juda chiroyli va mahobatli qilib, baland joyda bunyod qilingan. Sobiq mustabit tuzum davrida oltindan yasalgan qandil, oltin suvi yuritilgan panjara olib ketilgan. 1932 yilda gumbaz ustidagi oltin qubba ham o’sha dvr hukumatining nomalum kishilari tomonidan olib ketilgan.
Mustaqillik sharofati bilan Sulton Uvays Qaraniy ziyotatgohida juda katta ishlar qilinib, yangi katta chiroyli masjd qirildi. Maqbaraning o’zida yasa qadimgi holati o’rganilib qayta tiklash ishlari olib borilmoqda.
Biz maqola tayyorlash jarayonida Mir Alisher Navoiy Hazratlarining “Nasoyimul muhabbat min shamiyimil futuvvat” (Ulug’likning xushbo’yliklarni taratuvchi sevikli shabadalar) tazkirasida (Toshkent 2011y. “Movaraunnahr” ) gi “Shayx Uvays Qaraniy q. r. haqidagi malumotlarni tahlil qilib ularni boshqa qo’shimcha manbalardan va shuningdek H. Aminov va J. Yusupovning “Uvays Qaraniy” risolasi (Toshkent 2011 “Noshirlik yog’dusi”) dan foydalanib yoritishga harakat qildik.
__________________
Nur bor joyda soya bor.

Ïîñëåäíèé ðàç ðåäàêòèðîâàëîñü Fayzbek; 20.06.2014 â 23:36.
Îòâåòèòü 
Ñòàðûé 20.06.2014 23:25   #63  
Àâàòàð äëÿ Fayzbek
Îôôëàéí
Ñîîáùåíèé: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow Satiboldi o’g’li Asao’, Asao’ o’g’li Dovut (1750-1826)

DOVUT OTA
Jonajon diyorimiz azal-azaldan ilmu fan, madaniyat, ziyo va marifat maskani sifatida mashhur bo’lgan. Bu tabarruk zamindan etishib chiqqan allomalarning sanog’iga etish qiyin. Tasnifiy hamda qomusiy asarlarni varaqlar ekansiz al-Buxoriy, at-Termiziy, al-Xorazmiy, as-Samarqandiy, an-Nasafiy, ash-Shoshiy (at-Toshqandiy), al-Farg’oniy va boshqa katta-kichik shaharu qishloqlarimizga mansub taxallusli olimlarning nomlarini ko’p uchratasiz. Dunyoning hech bir mamlakatidan bunchalik ko’p ilm ahillari etishib chiqmagan bo’lsa kerak. Ayniqsa, o’rta (IX-XII) asrlarda o’lkamizda tom manoda haqiqiy madaniy yuksalish yuz berib, ilmu irfon juda yuksak pog’onalarga ko’tarilgan. Ayni shu davrlarda yurtimizda ilm-fanning turli sohalari bo’yicha olamshumul ahamiyatga molik asarlar yaratgan buyuk allomalar ijod qilganlar. Mustaqilligimiz keltirgan buyuk nematlar bois, biz endi mana shu allomalarimizning hayoti va ijodiy faoliyatini ilmiy nuqtai nazardan xolisona o’rganib, ular manaviy meroslaridan bahramand bo’la boshladik.
Mustaqilligimiz keltirgan buyuk nematlar bois, Dovut ota kabi xalq ezozlab asraydigan buyuk siymolarning yotgan manzillari obod va fayzli.
Dovut ota XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida yashab o’tgan ulug’ siymo. U kuchli va botir bo’lgan. Uning mozori yoniga o’rnatilgan (1984-yil) marmarga “Dovut ota uruvi tabın, qora qo’yli, toqal, Satiboldi o’g’li Asao’, Asao’ o’g’li Dovut (1750-1826) deb yozilgan”. Marmarning tepasida yarim oy, pastki qismida xanjar, noyza, qilich suratlarini aks ettiradigan belgilar bor. Dovut ota mozorining sharqiy tarafidagi qulpitosh va quytoshlarda arab harflari bilan mahalliy tilda yozuvlar bor. Mahalliy xalqlarning kelib chiqishlari ularning o’zaro munasabatlari, hunarlari va dunyoqarashlarini anglatuvchi tarixiy bebaho Dovut ota yodigorligini asrab-avaylash, uni o’rganish orqali xalqimizning o’tmishidagi muhim manbalarni bilish imkoniyatiga ega bo’lamiz.
Dovut ota yodgorligi Buyuk ipak yo’lining bo’yida, Ustyurt bag’rida joylashgan bo’lib, bu erda eski masjid, gumbaz, quytosh, qulpitosh singari esdaliklar mavjud. Uning mozori to’rtburchakli 1,5-2 metr tepalikda bo’lib, yoniga qulpitosh o’rnatilgan. Gumbaz ichida quytoshlar shaklida tosh plitalar qalangan, uning ustida toshga o’yilib ishlangan bosh kiyimning rasmi solingan. Shimoliy tarafida gumbazlar joylashgan bo’lib, mahalliy xalqlarning aytishicha, bu gumbazlarni aka-uka Mambetniyoz va Davletniyozlar qurgan. Bu gumbazning janubiy tarafida 1291-xijriy (melodiy 1874-1875) sana yozilgan.
Shu davr xalqlarning eski milliy hunarlarini anglatuvchi esdaliklarning biri quytosh, qulpitoshlar bo’lib hisoblanadi. Ularda odam ko’rinishi gavdalanadi. Qulpitoshda qumg’on, miltiq rasmlari solingan bo’lib, 1288-hijriy (1842-1843) sana yozilgan.
Quytoshga zargarlar yasagan digment belbog’ining rasmi solingan. Bu rasmlarning manbasi, qadim davrdagi mahalliy xalqlarning ota-bobolari o’z marhumlarini kiyim-kechak, qurol-yaroq va boshqa anjomlar bilan dafn qilish dasturining izi bo’lib hisoblanadi.
Yurtimizda İstiqlol sharofati bilan milliy qadriyatlarimiz tiklandi. Mustaqillik yillarida milliy manaviyatimiz sarchashmalarini qayta tiklash va rivojlantirish, ulug’ ajdodlarimizdan meros bebaho qadriyatlarimizni, tarixiy obidalarimizni ko’z qorachig’idek asrab-avaylashga katta ahamiyat berilmoqda.
Asrlar osha salobat to’kib turgan obidalar, tabarruk qadamjolar sari oshiqayotgan ziyoratchilarni ko’rib hamda yodigorlik atrofidagi obodonchilik ishlarini ko’rib, ko’ngil shukronalikka to’ladi.
__________________
Nur bor joyda soya bor.
Îòâåòèòü 
Ðåêëàìà è óâåäîìëåíèÿ
Ñòàðûé 21.06.2014 21:23   #64  
Àâàòàð äëÿ Fayzbek
Îôôëàéí
Ñîîáùåíèé: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow İkki ming to’rt yuz yildan oshiq tarixga ega bo’lgan Xo’jayli shahri

Qadimdan insoniyat tsivilizatsiyasi rivojida yo’llar bo’yida joylashgan davlat va shaharlar katta ahamiyatga ega bo’lgan. Buyuk ipak yo’li asrlar davomida Sharq va G’arbni bir biriga bog’lab kelgan. Huddi shu yo’l ilm fan taraqqiyotida, millatlararo va mintaqalararo munosabatlarda, madaniy aloqalarda muhim rol o’ynagan. Bazi bir malumotlarga qaraganda III asr ikkinchi yarmiga kelib Parfiya va Eron, Xitoy va Xindiston o’rtasida iqtisodiy aloqalar rivojlana bordi. Buning natijasida bir necha tarmoqdan iborat yo’llar orqali savdo-sotiq munosabatlari yo’lga quyildi, shulardan biri Amudaryo bo’ylab o’tuvchi yo’l Xo’jayli deb ataluvchi shahar hayotida o’z aksini topdi. 1874-yili Ho’jayliga kelib hatto rus rassomi, hayratlanib uni “Amudaryo bo’yidagi Venetsiya” deb atagan. O’sha davrdagi ko’rinishini tasvirlagan rasmini 1886 yili “Niva” jurnalida elon qilgan. Hozirgi kunda 2400 yildan oshiq tarixga ega bo’lgan, dastlab Antioxiya, undan keyin Mizdakxan, keyinchalik esa Govur qala deb atalgan shahar tarixi aniqrog’i undagi tarixiy joylar haqida so’z yuritmoqchimiz.
__________________
Nur bor joyda soya bor.
Îòâåòèòü 
Ñòàðûé 21.06.2014 21:27   #65  
Àâàòàð äëÿ Fayzbek
Îôôëàéí
Ñîîáùåíèé: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow İkki ming to’rt yuz yildan oshiq tarixga ega bo’lgan Xo’jayli shahri

ANTAKİYA – Eramizdan oldingi to’rtinchi asrlar ohirida, Aleksandr Makedonskiy vafot etishi bilan u asos solgan katta imperiya parchalanib ketti. Va bu erlar Salavkiylar davlati tarkibida qoldi va Salavk I Nikador o’z davlatini mustaxkamlash uchun 70 ga yaqin shaharlar qurdirdi. Salavkiylar dinastiyasida bir necha Antioxlarning o’tishi bilan birga ular ham ko’pgina shaharlarga o’z nomlarini bergan. Solishtirib ko’ring: Antioxiya-Antakiya.

MİZDAXKAN – Tarixiy-ilmiy manbalarda I ming yillik o’rtalaridan eramizning XV asrigacha shu nom bilan atalib kelingani haqida aytib o’tilgan. Bu nomning kelib chiqishi Zoroastrizm talimoti asoschisi Mazdak ibn Xamdodon eramizning 470 – 529 yillarida butun Eron bo’yicha bosh kohin bilan bog’liq. Agar shaharga qarata Mazdakxan atamasi VI – VII asrlardan boshlab qo’llanilgan desak asrlar osha Antioxia atamasinig ham yashab kelganini tushinish mumkin.

GOVUR QALA – arablar kelishi bilan shunday atala boshlangan. Ular dinsizlarni “kofur” deb atay boshlagan. Bu tushunchani islomni qabul qilgan boshqa xalqlar ham qo’llay boshlagan. Lekin arablar kelishi bilan Mazdakxan – Govur qalaga aylanib qolmagan.

JUMARD QASSOB – Mizdaxkan tarixiy kompleksi ichiga kiruvchi tepalik nomi. Xalq afsonalariga ko’ra bu erga qassoblar piri qo’yilgan. Bu er tarixini xisobga olsak bu atama ko’proq “Gaumard”- zoroastrizm talimotidagi ho’kkiz boshli, tanasi odam ko’rinishidagi simvoliga yaqin keladi. Solishtirib ko’ring: Gaumardixas – Jomardikas – Jumard qassob.

XALİFA RAJAB – Eski madrasa binosi bo’lib, Erejep xalfa, Erejep xalifa nomlari bilan malum. Xalq orasidagi afsonalar bo’yicha bu imoratdan bir g’isht qulab tushadi ekan va oxirgi g’isht qulab tushgan kuni oxirizamon bo’lar ekan. Maqbara old tarafidagi g’ishtlarda uchta arab harfi yozilgan. Bu harflar abjat hisobida 230 ni bildiradi. Bu IX asr o’rtalariga to’g’ri keladi.
__________________
Nur bor joyda soya bor.
Îòâåòèòü 
Ñòàðûé 21.06.2014 21:29   #66  
Àâàòàð äëÿ Fayzbek
Îôôëàéí
Ñîîáùåíèé: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow İkki ming to’rt yuz yildan oshiq tarixga ega bo’lgan Xo’jayli shahri

SHAMUN NABİY – Xalq orasidagi afsonalarga ko’ra Shamun degan musulmon payg’ambari boshqa dindagilarga elchi sifatida kelgan. Muhammad (s.a.v.)dan keyin payg’ambar bo’lmasligini hisobga olsak, İso alayhissalom davrida yoki undan oldingi davrda yashagan bo’lishi mumkin. Dastlab Shamun degan odam ismi XI asrning arab tarixchisi Usoma ibn Munqizning “İbratli Kitob” asarida Shimun degan odam ismi tilga olingan. Bazi bir diniy manbalarda ham Shamun payg’ambar tilga olinadi. ba’zi bir ma’lumotlarda Iso alayhissalom davrida yashagan Samuel isimli uning elchisi degan gipotezalar ham bor.
__________________
Nur bor joyda soya bor.
Îòâåòèòü 
Ñòàðûé 21.06.2014 21:31   #67  
Àâàòàð äëÿ Fayzbek
Îôôëàéí
Ñîîáùåíèé: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow İkki ming to’rt yuz yildan oshiq tarixga ega bo’lgan Xo’jayli shahri

MAZLUMXAN SULUV – IX – XII asrga tegishli tarixiy esdalik. Xalq orasida Qizning uyi nomi bilan mashhur. Afsonalarga ko’ra shoh qiziga oshiq bo’lgan yigit er tagida saroyni qurgan. Bir shummomo nayrangi bilan ikkalasi ham vafot etadi. Tekshirishlar natijasida haqiqatdan ham er tagida qurilgan xonalarda qiz, bir yigit va yana bir sarkarda qabri borligini tasdiqladi. Bu qiz bilan yigit ismlari nomalum. Qiz qabri ustiga forsiyda yozilgan so’zlarni hisobga olib uni aristokrat oilaga tegishli ekanligi malum bo’lgan. Sarkarda qabri esa qandayda bir Muzaffar shohga tegishli. Tarixiy arxitektura qurilishi joylashgan er ko’hi Antakiya (Antakiya tog’i) deb atalgan. Bu malumotlar va davrni hisobga olib va bu shahar Buyuk ipak yo’li bo’yida joylashgani sababli bu voqea og’izdan og’izga tarqalib har hil afsonalarga aylangan. Bu afsonalar tarqalib, Nizomiy, Dehlaviy va Navoiylar bayon qilgan Farxod, Shirin va Xusrav Parvez obrazlariga asos bo’lgan deya to’liq aytish mumkin. Bu erdagi qabrda memor usta va Shoh qizi va yana bir sarkarda, Usta yigit tarafidan qizga atab qurgan er osti qasriga dafn qilingan. Bu yigit bu yerlik emasligi saroy naqshlaridan ham bilsa bo’ladi.
__________________
Nur bor joyda soya bor.
Îòâåòèòü 
Ñòàðûé 21.06.2014 21:38   #68  
Àâàòàð äëÿ Fayzbek
Îôôëàéí
Ñîîáùåíèé: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow SULAYMAN XADADİY MUSEVİY – Yozma manbalarda, qibla Orol bo’yida, o’rta asrlarda yashab o’tgan valiylar qatoriga kiruvchi belgili shayh. XIV asrda yashagan Gurganj hokimi Qutlug’ Temur 1349-yilgi vaqfnomasida: Payg’ambar avlodi, sayyid, shay

SULAYMAN XADADİY MUSEVİY – Yozma manbalarda, qibla Orol bo’yida, o’rta asrlarda yashab o’tgan valiylar qatoriga kiruvchi belgili shayh. XIV asrda yashagan Gurganj hokimi Qutlug’ Temur 1349-yilgi vaqfnomasida: Payg’ambar avlodi, sayyid, shayhlar shayhi Sulayman Xadadiy Museviyga izzat va hurmat ila Mizdaxkan tepaligiga “oq xanoko” soldirib, Mizdaxkannan(Hojeli) Bag’datga(Qarao’zek), Quralpagacha erlarni, Tuli-Yatqanni va yana uchta kanalni unga bergan. Bu yorliq Ramazon oyi ikkinchi sanasi 1349-yili yozilgan. Tarixiy manbalarda ko’rsatilgan “Oq xonako” 1987 – 1990 –yillari Mizdaxkan kompleksida to’liq ochib ko’rildi. Shu bilan birga uning masjidi qoldiqlari ham o’rganildi. 5-rasm. Uning qabri ochilib o’rganish ishi tepalikka yangi qabrlar ko’plab qo’yilganligi sababli to’xtatildi. Bu Xo’jayli tarixidagi ikkinchi er osti inshoati.
Bu memoriy obidalar shuni ko’rsatadiki, hali o’rganish va izlanish orqali tariximizning ko’pgina qirralarini ochish zarurati borligi ayni haqiqatdir.
Bazi bir davrlarda har hil sabablar bilan to’xtab qolgan loihalar qayta ishga qo’shish va tariximizdagi yangi sahifalarni ochish davri keldi deb o’ylaymiz. Shu o’rinda davlat rahbarimizning “Yuksak manaviyat engilmas kuch” asaridagi quyidagi qatorlarini keltirmoqchiman: “- Ming afsuski, mana shunday tarixiy haqiqatni anglamaydigan yoki anglashni istamaydigan chet eldagi bazi siyosatchi va arboblar nafaqat siyosat yoki iqtisodiyot, balki manaviyat bobida ham bizga aql o’rgatishga, azaliy hayot tarzimiz, ruhiy dunyomizga yot bo’lgan qarashlarni majburan joriy etishga urinmoqda.
Bunday kuchlarning g’arazli munosabati avvalo boy va qadimiy manaviyatimizga qarshi qaratilgani, ular xalqimizni ana shu bebaho boylikdan judo qilish uchun har xil usul va vositalar bilan zo’r berib urinayotgani barchamizni tashvishlantirmasdan qolmaydi, albatta”.
Xulosa qilib aytganda bizni davlatimiz tarixiga qarasak, insoniyat tsivilizatsiyasi rivojlanishida, ilm fan, madaniyat va memorchilik bo’yicha o’z davridan bir qancha ilgarilab ketganligini bu tarixiy inshoatlar isbotlab turibdi.
__________________
Nur bor joyda soya bor.
Îòâåòèòü 
Ñòàðûé 23.06.2014 21:48   #69  
Àâàòàð äëÿ Fayzbek
Îôôëàéí
Ñîîáùåíèé: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow 5-rasm

__________________
Nur bor joyda soya bor.
Îòâåòèòü 
Ñòàðûé 23.06.2014 21:57   #70  
Àâàòàð äëÿ Fayzbek
Îôôëàéí
Ñîîáùåíèé: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow SHIBLIY OTA

Tarixiy manbalarda kelgan malumotlarga ko’ra, Abu Bakr ash-Shibiliy ota melodiy 858-yili tug’ilgan. Tug’ilgan manzillari to’g’risida malumotlarni uchratmadik.
Shayxning Qoraqalpog’iston diyoriga kelish sabablari - Shayxning zamonida sufiylik juda ham rivojlangan va Shibliy ota aynan sufiylikning namoyondalaridan biri. O’sha zamonlarda yashagan Mansur Xalloj 922-yili «Ana al-Haq», men Hudoman deganligi uchun Bag’dod xalifasi al-Muqtadir tomonidan o’lim jazosiga buyuriladi. Lekin uning tarafdorlari “Biz uning nima deyayotganini tushunmaymiz” deb, Mansur Xallojning o’ldirilishiga rozilik bermagan. Ammo, halifa farmoni bilan Mansur Xalloj dorga osiladi va uning tarafdorlari quvg’inga uchraydi. O’sha paytda Shayx Shibliy ham gumon ostida quvg’inga uchraganlardan.
Shu tariqa, Shibliy ota yoshi chamasi oltmishdan o’tgandan so’ng Bag’doddan quvilib, darveshona qoraqalpoq elatiga kelgan. O’z ilmlari natijasida erlik xalqqa xizmat qilgan va obru-etibor qazongan.
Xalqimiz o’zoq davrlardan buyon ulug’ insonlarga, marifatparvarlarga, xalqi, vatani uchun xizmat qilganlarga ularning hayotlik paytlarida ham vafot etganlaridan so’ng ham izzat hurmat ko’rsatib kelgan.
Shayx Shibliy qaysi sohada ijod qilmasinlar, har narsaning tub mohiyatiga, yashirin hikmatiga etib borishga intilar edilar. Zero, borliqdagi hech narsa behikmat emasligini barchamiz ham sezib turamiz, lekin ularni ko’p ham ko’ra olmaymiz. Shayx Shibliy esa har narsada xoh u ilm bo’lsin yoki Alloh taolo bandalari uchun yaratgan nematlari bo’lsin, ato etgan shariati bo’lsin ularning barchasida ilohiy hikmatni anglashga, tevarak-atrofda, bizni o’rab turgan dunyoning hikmatli jihatlarini o’zlari anglab etib, boshqalarni ham ularni ko’ra bilishga targ’ib etar edilar.
Tariqat namoyondalari qatorida Shayx Shibliy ota ham o’zining nasihatlarida yolg’on gapirmaslikka, o’g’irlik qilmaslikka, o’zgalarga aziyat bermaslikka, nafsni engishga, g’azabni aqilga bo’ysundirishga va Allohning diydoriga chinakam oshiq bo’lishga chaqirgan.
Erlik xalq uni sevgan, hurmat qilgan va vafotlaridan keyin u kishinining qabri tepasiga tosh qo’ygan. Lekin sobiq ittifoq davrida bu ziyoratgoh toptalib o’sha tosh olib tashlangan va yo’qotilgan.
Shayx Shibliy melodiy 945-yili 87 yoshida vafot etgan bo’lib, hozirgi Kegeyli tumani, Xalqobod elatida «Jalpaq jap» va «Qumshungul» ovul fuqorolar yig’ini hududida dafn etilgan.
Shayx Shibliyning shaxsiga va u zotning beqiyos manaviy merosiga Respublikamizda etibor yuqori darajada ko’tarilgan. Qoraqalpog’iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi u zot oxir qo’nim topgan joylari obod qilingan.
__________________
Nur bor joyda soya bor.
Îòâåòèòü 
Ðåêëàìà è óâåäîìëåíèÿ
Îòâåòèòü
Îïöèè òåìû
Îïöèè ïðîñìîòðà




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Ïåðåâîä: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Åäèíûé èíòåãðàòîð UZINFOCOM»


Íîâûå 24 ÷àñà Êòî íà ôîðóìå Íîâè÷êè Ïîèñê Êàáèíåò Âñå ïðî÷èòàíî Ââåðõ