Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 06.08.2008 10:25   #1  
Аватар для Sher Mukhammad
Оффлайн
Toshkent viloyati Qibray tumani 11-maktab
O'qituvchi
Сообщений: 14
+ 5  7/3
– 0  0/0

Uzbekistan
Orol va ta'lim

So'ngi yillarda Orol dengiziga juda kam suv kelib quyilmoqda (Orol dengizining ekologik ahvoli) dengiz tobora kichrayib bormoqda.
Bundan chorak asr muqaddam Orol dengizida 30 xilga yaqin baliq yashagan. Tanga baliq, usach, ship, platva, leshch va laqqa. Baliqlar ko'plab ovlanar edi. Biroq keyingi yillarda insonning tabiatga nisbatan bo'lgan munosabati uning muvozanatining buzdi. 1960-yildan boshlab, Amudaryo bilan Sirdaryo suvi asosan sug'orishga sarflanayotganligi, suv omborlarining ko'plab qurilishi Orol dengiziga quyiladigan suv miqdorini keskin kamaytirdi, hatto Amudaryo bilan Sirdaryo suvi yilning ko'p qismida Orol dengiziga yetib bormay qoldi. O'rta Osiyoning ko'rki bo'lgan asosiy suv manbayimiz Orol quriy boshladi. So'ngi 30 yil mobaynida Orol dengizining sathi 14 metrga pasaydi, suvning umumiy hajmi esa 65% kamaydi. Ayni vaqtda dengiz suvi tarkibidagi tuzlar miqdori 2.5 barobar ortdi, sho'rligi uncha katta bo'lmagan suvda moslashgan qimmat baho baliqlar birin-ketin nobud bo'ldi. Orol dengizining qurib qolgan maydoni tuz ko'tariladigan joyga aylanib qoldi. Qurigan sobiq Orol dengizi ostidan yiliga 70 tonna tuz, chang-to'zon ko'tarilib, 500 kg gacha atrofga tarqalmoqda, bog'-rog'lar nobud bo'lmoqda, inson salomatligiga putr yetmoqda. Orol atrofidagi muhitning ichimlik suvlarining ifloslanishi natijasida bolalarda har xil og'ir kasalliklar va o'lim ko'paymoqda.
O'zbekistonda Orol dengizi atrofidagi falokatli ahvolni bartaraf etishga doir qator tadbirlar belgilandi, Orol va Orol bo'yni asrash mahsus qo'mitasi tashkil etildi.

Bugungi kunda Orol dengizining qurib borishi ta'lim jarayoniga qanday ta'sir ko'rsatmoqda va unga qanday choralar ko'rilmoqda.

Последний раз редактировалось Ibragim Yermatov; 06.08.2008 в 13:38.
Ответить 
 




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх