2012 yil - Mustahkam oila yili
|
|
Muhtaram forumdoshlar!
Barchangizni qomusimiz qabul qilinganligining 19 yilligi bilan muborakbod etamiz. davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan kelayotgan 2012-yil yurtimizda "Mustahkam oila yili" deb e'lon qilindi. Oila jamiyatimizning kichik bo'g'inidir. Oilalar tinch bo'lgan yurtda farovonlik, rivojlanish bo'ladi. Xalqimizda, "Bir kun janjal bo'lgan uydan qirq kun baraka ketadi" - degan dono gap bor.
Illo, ushbu yili barchamizning oilamizda har doimgidek tinchlik-xotirjamlik hukm sursin, fayzu-barokat tark etmasin.
|