Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 20.03.2010 05:35   #221  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Xayolsan – bir zumga tark etmaguvchi,
Savolsan – javobing izlayman hamon…
Bahorsan – qalbimdan hech ketmaguvchi,
Nahorsan – ko’zlarim ochganim zamon.

Nursan – sendan doim bahra olaman,

Hursan – faqat Xudo qanot bermagan.
Dunyosan – so’ng nafas senda qolaman,
Ro’yosan – ming uxlab tushga kirmagan.

Torimsan – dilimning kuyiga monand,

Zorimsan – quloqqa borib yetmagan.
Yo’limsan – baxtimga etilgan payvand,
Gulimsan – hech kimga bandin tutmagan.

Sadosan – xislarim turtib uyg’otgan,

Sabosan – sochimni tongda silaysan …
Ko’z yoshsan – sog’inchda kiprikda qotgan,
Quyoshsan – mehringni sochib, siylaysan…

Go’zallikning, asli, andozasi – sen,

Ko’klam bog’lar ichra ko’rkam borlig’im.
Yuragim shamining parvonasi – sen
Taqdirimga tuhfa – faxriy yorlig’im…

(c)
__________________
Мой ЖЖ

Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 20.03.2010 в 05:38.
Ответить 
Старый 22.03.2010 04:13   #222  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Yurtim bahoriga yetar fasl yo'q,
Olamda bunchalar ko'klam -asil yo'q...
Dunyo ishlaridan bo'shab qolsa qo'l,
Bizning o'lka tomon albat oling yo'l...
Duch kelib oqlikka burkangan boqqa,
Shukrona aytasiz Yaratgan Haqqa...
Qaldirg'ochlar ko'kda qilganda handa,
Ajib xis uyg'onar har bitta tanda.
Yalpiz hidlariga bo'lib qolib mast,
Musoffo havodan olganda nafas,
Tabiat ko'rsatsa o'zgacha husn,
Ko'ngilga to'ladi ajib bir fusun.
Sharros yomg'ir quyar, to'xtaydi zumda,
So'ngra kamalakni ko'rasiz shunda.
Tog'larni bezaydi go'zal shalola,
Na'matak guli-yu, binafsha, lola.
Boychechak gulini ko'zga surib shod,
Dillar beixtiyor bo'ladi obod.
Bolari zuvillab qo'nar gulma-gul,
Tonglari sayraydi qaydadir bulbul,
Sochpopuk taqishib qizchalar shodon,
To'ptosh o'ynasharlar, kulishib xandon.
Sumalak qaynaydi har xonadonda,
Hayot jo'sh uradi shundayin onda...
Betakror mo'jiza bergani uchun,
Allohga aytamiz beadad shukur...

Yurtim bahoriga yetar fasl yo'q,

Olamda bunchalar ko'klam -asil yo'q..


(c) 2009
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 23.03.2010 05:51   #223  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Yana uyqu kelmas – xayolim senda,
Jimliging o’ylasam buzilar tinchim.
Men kabi oy ko’kda bo’zlagan tunda,
Ichimni timdalar tilsiz sog’inchim…
Ovozing sog’inib, raqam teraman,
Keyin, o’chiraman - uyg’otolmayman…
U yoqdan bu yoqqa o’ychan yuraman,
Xijron daryosini hech kecholmayman.
Intiqib, ko’z tikib, orziqib yashash,
Menga odatga ham aylanib qoldi…
Umidim nurini berguvchi quyosh,
Bilmam, qayerlarga ketib yo’qoldi…
Kutaman…
Yutaman ming alamlarni,
Kutish onlari ham balki kerakdir…
Dardimga sababchi asli mana shu,
Ko’ksimda tinmagan xassos yurakdir.
Seni o’ylayversam, xotirim ham jam,
Seni o’ylamasam, og’riydi dilim.
Sen - bedor tunimda yagona hamdam,
Sen - qalbim quyoshi, nurimsan, gulim…

Yana uyqu kelmas – xayolim senda,

Ichimni timdalar tilsiz sog’inchim…



(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 25.03.2010 05:25   #224  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Qayerdadir notinch kezar xayolim,
Nimadir yo’qotib qo’ygandek bejo…
Tumanlardan boshi garang iqbolim,
Ziyoni qidirib, qilar iltijo…

Qayerdadir qismat yulduzim porlar,
Garchi ko’zlarimdan judayam yiroq.
Bilmadim, qachon u o’ziga chorlar…
Bilganim – oxiri ko’rinmas firoq…

Qayerdadir mayus kezar darbadar,
Mehrsirab qolgan oshufta ko’nglim.
Kimdandir kutgancha sog’inchli xabar,
Taqdir yo’llariga termulmoqda jim…

Qayerdadir bahor gullarin ochib,
Yo’limga poyondoz etmoqqa tayyor…
Minglab qahratondan necha yil qochib,
Umrim ko’klamlarga bo’lgan intizor.

Qayerdadir meni izlab, intiqib,
Ba’zan o’ychan,
baz’an parvoyi palak - .
Ba’zida siqmagan jonini siqib,
Hadik ham sog’inch-la urar bir yurak…

Qayerdadir, xayol iskanjasida,
Ruhim sog’inchlarga ko’milib ketdi…


(c)
__________________
Мой ЖЖ

Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 25.03.2010 в 05:29.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 27.03.2010 00:39   #225  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Бул кеча бўзлаб неча, соғиниб ёр изладим,
Топмайин кўз гавҳаримни, оҳ чекиб, зор изладим.

Хаста дил, пайваста дил бунча ҳам дийдорталаб,
Оразин кўрмоқ илинжда, қанча гулзор изладим

Қон ютиб, жондин ўтиб, юз тутиб ағёрима,
Бу фано дунёда кечмас дўсту вафодор изладим.

Бесадо, айтмай видо кетмагайман бенаво,
Изтиробим басталовчи най ила тор изладим.

Тонг қадар, азон қадар кўрмайин гул юзлигим,
Таркидунё этгали тор, кимсасиз ғор изладим.

Танг ҳолим, зангранг ҳолим англагувчи оз экан,
Мен каби қалбида дарз, умри афгор изладим.

Хўб безиб, дунё кезиб, боргали тақдир томон,
Йўлга ҳамроҳ, қўлга хасса, белга зуннор изладим

Уриб фарёд, бўлган барбод кўнглим ҳеч масъуд эмас,
Не ажаб, йўқ меҳрибоним, гарчи минг бор изладим.

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 28.03.2010 14:54   #226  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Sog’inch – men to’ymagan xushta’m musallas,
Hijron – yuragimni teshgan qora o’q.
Kutish – har on chuqur olganim nafas,
Umid – zulmat ichra miltiragan cho’g.

Alam – sochlaringni silolmagan qo’l,

Azob – do’st tutingan ichki dushmanim.
Iztirob – oxiri yo’q tuganmas tor yo’l
Dard – bedor tunlarda she’rlarim manim.

Ro’yo – sendan iborat ajib tasavvur,

Xayol – istaklarim oyna jahoni…
Orzu – duolardan yaralgan oq nur,
Havas – yaxshilarning qilgan ehsoni.

Soniya – yilga teng bo’lgan sabrlar,

Kunlar – kundalikda o’chmas sahifa.
Oylar – visolingga intiq jabrlar,
Umr – bizlar uchun tuhfa-sharifa…

Qalb – qo’lda tutganim – omonatingdir,

Quyosh – yuzlaringda porlagan nusrat.
Mehr – o’rtamizda rishtai taqdir,
Sevgi – tuyg’ularim jamlagan hilqat…

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 30.03.2010 04:30   #227  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Qalbimsiz,
Dardimsiz – ko’ksimda mezbon,
Qadrimsiz, Siz bilan fahr tuyaman…
Aybim, ko’nglingizni aylamoq osmon,
Ne qilay, o’zimdan ortiq suyaman…

Qalbimsiz,
Hech tinmay urib turasiz,
Mavjud ekaningiz eslatib onda.
Ayting, nimalarni yaxshi ko’rasiz,
Siz uchun eng aziz nedir jahonda?

Qalbmsiz,
Qonimni mehrga o’rab,
Tanamga behisob sochganim – sizsiz…
Bahor kabi ko’rkam, gul qadar nafis,
G’uborlardan yiroq beg’ubor qizsiz…

Qalbimsiz,
Holimni tushunmay qolsam,
Meni o’zimdanam yaxshi bilguvchi…
Hafasiz, nogahon o’ylarga tolsam,
Tabassum aylasam, birga kulguvchi…

Qalbimsiz,
Yuragim ko’rpa qatiga,
Buklab yashirganim – ajoyib sirim…
Bitmas xijronlarning otashi ichra,
Ne baxt, siz manglayga bitgan taqdirim…


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 02.04.2010 05:27   #228  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Kut meni…
Bahorni kutganing misol,
Qalbingdan nish urib chiqsin binafsha.
Sabrning sovg’asi bo’lganda visol,
Tabassum yuzingni etsin nurafshon.

Kut meni… qaytaman,

o‘zim-la birga,
Mehrdan qo’limga olib guldasta.
Behudud shukrona aytib taqdirga,
Kelaman bildirmay, yoninnga asta…

Kut meni…

Hech kimga darding so’ylamay,
Ko’z yoshing yashirib, jimib, intiqib,
Chekkan azoblaring hecham o’ylamay,
Parishon sochingdan ro’molcha to’qib…

Kut meni,

Xijronning tuganmas, uzun,
Uyquni quvlagan tunlari ichra…
Faqat… nigohingni aylama mahzun,
Sovuqda qolmasin nurli istara…

Kut meni,

Kun qadar – quyoshni kutgan,
Daraxt uyg’onishga ko’zin tikkandek…
Polapon uchishga azm etgandek…
Ko’klam bodom kurtaklarin tukkandek…
Kut meni…

Sog’inchim yo’limga sochib boryapman,

Orziqib, ko’nglimni ochib boryapman,
Ming yillik qiynoqdan qochib boryapman,
Sabr qanotida uchib boryapman,
Bor-budimni olib, ko’chib boryapman,
Qalbingga…
Kut meni…


(с)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 03.04.2010 04:59   #229  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Ko’klamlarni ko’p kutgan edim,
Chiqqan ekan siz bilan yo’lga…
Qo’sha-qo’sha yayradi ko’nglim,
Poylaringiz to’lganda gulga.

Yalpiz hidin tuyganda dunyo,

Tutdingizmi chaman baridan?
Go’zallikni oldingizmi yo,
Na’matakning chechaklaridan?

Libosiga rang berish uchun,

O’rik sizdan oqlik so’rabdi.
Mehringizdan qo’shib beribsiz,
Mahorat-la o’zga o’rabdi…

Quvonchingiz yoshini terib,

Yig’lab bersa ko’kdagi bulut,
Qahratonning zalvori ketdi,
Sovuq kunlar bo’ldilar unut…

Tongda qirning ajib kuyiga,

Nasib etsa, eshik ochingiz.
Barakali qalbim uyiga,
Inin qursin qaldirg’ochingiz…

Tog’da alvon bo’lganda lola,

Sho’x-u, o’ynoq oqqanida soy,
Ovozingiz uyg’unligi-la,
Suvda ko’rdim o’zgacha chiroy…

Ko'klam keldi…

Siz ham keldingiz…
Bo’lsin dillar hamisha so’lim.
Gullayotgan hayotimdagi
Ko'p kutganim - bahorsiz - , gulim…

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
2 "+" от:
Старый 05.04.2010 22:57   #230  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Неча замон кўрдинг,
неча хон кўрдинг,
Қанча инсонларга бердинг бошпана...
Ўзинг ҳоким юртда, ўзгадан сўрдинг
Қандай бўлишингни; секин, иймана...
Қанча заққум ютдинг,
индамай, чидаб,
Пайконлар танангни тилиб ташлади...
Соқов бўлдинг атай,
кар бўлдинг; ажаб,
Икки дарёнг кўзинг зўрға ёшлади...
...Бугунчи, турибсан...
яна хомушсан...
Яна дардинг айтмай, ичга ютасан...
Гўё қанотлари кесилган қушсан,
Эртани умидлар билан кутасан...
Ёшларинг зиёдан кетишди йироқ,
Имон зардафтари эмас қўлланма...
Қарони тап тортмай дейишади оқ,
Олдига қўймаган аниқ йўлланма...
Қалбида учқун йўқ,
буруқсар тутун,
Ватан туйғусидан йўқдир нишона
Афсус этмасмикин, ўшалар бир кун,
Деворга тақ тегиб кетса пешона...

Ватангадоликдан асрасин Худо,
Сенсиз қуёш хатто дилга татимас,
Севувчи авлодлар айлар жон фидо,
Сени севмаганлар сеники эмас...

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"+" от:
Ответить

Метки
hero




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх