|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. | |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
20.07.2009 12:54 | #131 |
O'zMU
Jurnalistika fakulteti
Сообщений: 2
+ 4
12/2
– 0
0/0
|
Ota duosi...
O'pgin ota poyini, Poyi jannat sanalur. Tavof qilgin joyini, Joyi jannat sanalur. Bolam deya ardoqlab, Bor mehrini bergan u. Olloh bergan cheki yo'q' Ota ne'mat sanalur. Otasi bor zotlarning, Qaddi bukilmagay hech. Ota tirgak, suyanchiq, Baxt-u omad sanalur. Yo'l oldidan har inson, Olar ota duosin. Bilsan ota duosin, Tole himmat sanalur. Bahodir, do'stim, sen ham, Otajoning e'zozla. Asli inson dunyoda, Bir g'animat sanalur... B. Bahrom |
|
Ответить |
20.07.2009 21:07 | #132 |
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
|
Майли, кулаверинг туйғуларимдан,
Мажнунга чиқаринг номим майлига. Мен эса ҳеч кимга билдирмай зимдан, Бош эгиб яшайман қалбим амрига. Олган нафасимда шукрона айтиб, Шу оппоқ кун учун ёд этиб Ҳақни. Ҳар тонг умид ила қайта ва қайта, Янгидан очаман оппоқ варақни. Тирикман, илинж-ла яшайвераман, Баҳор гулларига бўлиб маҳлиё. Кўрасиз, бу хислар гуллайди чаман, Туйғулар жўш урар мисоли дарё. Яратган берган нур – йўлимда маёқ, Бахш этган ғайрати – ёрқин машъалам. Кўнглимда имоним тутиб ки байроқ, Бир зумга бўлса-да тортмайман алам (Яна ҳайрон бўлманг, бошқалар шеърим Ғалати чиқди, - деб хандон кулсалар. Тўгри-да, ишқ нима қаёқдан билсин, Завқнинг нималигин билмас кимсалар.) Афсус надоматдан йўқ энди зарра, Изтироб, ғамларни кўмдим тупроққа. Дарду азобимнинг устидан чизиб, Қолган ҳаётимни кўчирдим оққа Энди ишонч билан, нафосат билан, Дилимда қуёшдек ҳарорат билан, Юракда эҳтирос, тароват билан, Олдинга қадамим ташлайвераман... Мен барибир шодон яшайвераман. Майли кулаверинг... (c) Mas'ud
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
5 "+" от:
|
"–" от:
|
22.07.2009 19:08 | #133 |
Sensiz
Vaqt qudratli kuchdir, jonim… Yana o’yga toldim bugun. Tugasa-da segi dostonim Sensiz yashay oldim bugun. Mayli, seni unutmasam, Mayli, visolni kutmasam. Mayli, senga she’r bitmasam Sensiz yashay oldim bugun Tushlarimga kirmagin, bas! Bo’ldi, azoblar kerakmas. Sen haqingda eshitmay sas, Sensiz yashay oldim bugun. Mahzun o’tsa o’tsin har tun, Mayli, ma’nosiz bo’lsin kun. Yaqinlarim baxti uchun Sensiz yashay oldim bugun. Tongni intiq kutmasam-da, Jamolingni ko’rmasam-da, Kunda holing so’rmasam-da, Sensiz yashay oldim bugun.
__________________
http://futbol-klub.uz |
|
|
Ответить |
3 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
24.07.2009 00:26 | #134 |
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
|
Дилимда тасвирлаб бўлмас бир сурур,
Ўзгача завқ берар олган нафасим. Зуҳро юлдуз мисол таратгувчи нур Табассум юзларга келар ҳавасим. Борлиқ гўзаллигин атрофга сочган, Ифорлар келтирибэсади насим. Хаёлим ўғирлаб ойларга қочган, Зулфинг торларига келар ҳавасим. Ўйланиб қоламан...Гоҳ ўйим рўё, Гоҳида нуқтага тикиламан жим. Ҳаётдан миннатдор, ҳам меҳридарё, Қалби бутунларга келар ҳавасим. Юрагим орзиқиб, ўртанар жоним, Қувончли кунларим ёдга солиб зум... Бу ёруғ оламда ҳеч йўқ армони, Бахтли инсонларга келар ҳавасим. Юзландим неча бор минг турли кўзга, Зор бўлдим бир оғиз дармонли сўзга, Ҳар эрдан изладим, топмадим ўзга, Сенинг кўзларингга келар ҳавасим... (c)
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
"–" от:
|
06.08.2009 04:04 | #136 |
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
|
Qalbga sig’may olam dardlari,
Ba’zan chuqur o’yga tolaman Juda xomush bo’lgan paytlarim, Bolalagim eslab qolaman… Eslayman-u, ichimda bir joy, Jiz etadi. O’rtanadi jon… “Oymoma” deb atalgan ey, oy - Qayerdasan, qayda, bolajon? Zumga bo’lsa ham o’sha damga, Bo’lar edim jon-jon deb qaytgan… Ba’zan ketsam edi quvilib, Quvlamachoq o’ynagan paytga… Arg’imchoqqa o’tirib olsam, G’ubor qolmas ruhda, ham tanda “Katta bo’lsam…” degan xayolni, Qilmay qo’yar edim o’shanda… Bekinmachoq istagan ko’ngil, Shamol kabi yeladi goho… O’tib ketgan yillar ortiga Yashiringim keladi goho… Bolaligim, oh, bolaligim, Shaloladan sho’x bolalagim Qaytib kelmas beg’ubor davrim - Gunohlari yo’q bolaligim… Ketib qolding… juda ham erta, Endi seni qaydan topaman? Sening bilan qilgan orzuni, Bugun g’amlar bilan yopaman… Kattalikni qilmagin tilak; Oxiri yo’q o’ylagan ishing… Biri tugab-tugamay yana, Boshlanadi boshqa tashvishing… Qalbga sig’mas bo’lsa dardlarim, Bolaligim eslab qolaman… London... 5 Avgust... 23:58
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
"–" от:
|
16.08.2009 13:59 | #137 |
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
|
G’alati she’r
Yuragimga qon kerak, tomirda g’am oqmoqda. Ruhimga-chi, jon kerak, tanam olov yoqmoqda. Dardlarimdan olam ham, tor ko’rinar ko’zimga Kundan kunga oxshamay, borayapman o’zimga. Gardanimga tap tortmay, gunohlarni ortyapman. Savob aravasini, zo’rg’a-zo’rga tortyapman. Borayapman, manzilim abadiydek - beparvo, O’zim totgan sharbatni, o’zgaga ko’rmay ravo. Boshqalar-la ishim yo’q, menday xudbin bormikin? Dushmanlar-ga oshno-yu, do’stga dilozormikin? O’tkazarman bugunim, qulluq qilib gadoga. Ertamni o’ylamayman - tavakkaldir Xudoga. Mana shunday bir kasman - hammadan ham osiyroq. Ko’nglimda mehr tanqis, ishqdan ketganman yiroq. Yuragimda qon yo’qdir, bu tanamda jon yo’qdir, barchasin tushunguvchi, bitta mehribon yo’qdir… Yolg’zioyoq yo’l uzoq, yalang bosib o’taman. Zulmat ichra quyoshni, faqat Haqdan kutaman Yorug’likka intilib, nurdan topgum panohim. Menga o’xshaganlarga to’zim bergin Allohim… (c) 14-16 Avgust… London
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
"–" от:
|
16.08.2009 14:03 | #138 |
"Sardorlar Maktabi" vs Ziyonet kurs
Sm&ZiyoNet
Сообщений: 235
+ 165
43/31
– 0
2/2
|
She'rlarga, ijodga oid yanada ko'proq mavzular bo'lishini istar edik.
__________________
sardorlar.zn.uz Ziyonet mahsus kursi bilan hamkorlikda ochilgan sayt. |
|
Ответить |
17.08.2009 11:36 | #139 |
Isming unitsam
Gulhanga yoqib agar unitib bo’lsa Ismingni yoqar edim birinchi bo’lib. Suvlarga oqizib unitib bo’lsa Isming oqizardim hoziroq borib. Unitib bo’lganda yashab uzoqda, Bu yerda bo’lmasdim ayni shu chog’da. Birgina ismingni unitmoq uchun, Bir umr yashardim sendan yiroqda. Yuragim tubiga yo’l topgan kunim, Boriboq u yerdan isming o’chirgum. Aytishsa bu uchun kech dunyodan deb Aniqki, o’shal kun dunyodan kechgum. Afsuski ilojisin topa olmadim… Abror
__________________
http://futbol-klub.uz |
|
|
Ответить |
4 "+" от:
|
22.08.2009 04:19 | #140 |
Maylimi?
Qo'limga qalam olib osuda tunda, Yodimga olibon o'shal Laylini Qog'ozlar qoralab bir nafas - zumda Xotiralarimga ketsam maylimi? Ba'zida ma'yus-u, ba'zida shodon, Goho kulib turgan, gohida hayron… Qorachig'i kabi bu qaro tunda Ko'zlaring qa'riga ketsam maylimi? Zulmatdek qarodir kamondek qoshlar Ummonga aylandi tomgan ko'zyoshlar. Mayli, hayot o'zi bir yo'lga boshlar. Ko'zyosh ummoningga ketsam maylimi? Husningni bezardi qilgan har nozing, Qulog'imda jaranglar hanuz ovozing. Unutolmay aytgan har bitta so'zing, Ovozingga qo'shilib ketsam maylimi? O'rtanar, qo'ymaydi endi bu ko'ngil, Ne qilarin bilmaydi - talvasada dil... Tinchlanmas, ko'nmaydi, tortmaydi yengil, Nolayu-fig'onga ketsam maylimi? ...Sh'erimdan mantiqni izlamang, do'stlar. Tushunmoq o'zimdan o'zgaga mushkul, Bu kecha hayolga kelgan bu so'zlar Faqat his-tuyg'ulardir, mantiqmas butkul. She'rim-la men yolg'iz qolsam maylimi? Abror
__________________
http://futbol-klub.uz |
|
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
|