Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 07.12.2010 03:27   #511  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan

Yo’q,
Hali ketmading dilimdan o’chib,
Hamon so’ng so’zlaring qalbimni yoqar.
Oylarki huzurdan, oromdan kechib,
Sog’inch tomirimda qon bo’lib oqar.

Yo’q,
Boshqa gullarga boqmadim qiyo,
Garchi tikoningdan topdim ozorlar.
Achchiq istehzong-la etding dilsiyoh,
Hech kimsa menchalik qilmagan zorlar.

Yo’q,
Endi, hislarim-tuyg’ularim ham,
Sening ko’zlaringda bari jo edi.
So’zsiz nigohlarim bo’lib jamuljam,
Ketma, deb yolvorgan iltijo edi.

Yo’q,
Diydor ko’rishmoq.
Umidim – Mahshar,
O’shanda ko’rarman farishta yuzni.
Hech bir taft erita olmasga o’xshar,
Mening yuragimni qoplagan muzni.

Bir marom o’tmoqda fasllar, yillar,
Kunlarni sanashdan judayam toldim.
Ayro tushganida qo’shaloq yo’llar,
Sensiz yashashga ham o’rganib qoldim.


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 10.12.2010 01:59   #512  
Аватар для asrdosh
Оффлайн
Сообщений: 1
+ 0  0/0
– 0  1/1

Uzbekistan
Кушик излаётганлар ушбу почта кутичасига ёзишингиз мумкин: asrdosh@yandex.ru. Ёш композитор ва аранжировкачиларни хамкорлик учун кидирмокдаман.
Ответить 
Старый 10.12.2010 05:35   #513  
Аватар для Abdulaziz Muhammad
Оффлайн
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98  119/64
– 0  1/1

United Nations
Mavzudagi shoir shoira do'stlarimning she'rlarini o'qib juda ta'sirlandim. Ulardan ilhomlanib soddaroq bo'lsada she'r yozdim. Shuni ulashsamda mavzuga kichik bo'lsa ham hissamni qo'shsam:

Qismat

Kuni kelib ikki sayyora,
Til topishib, yashay boshladi.
Biri biriga girdi kapalak,
Biri biridan oshin oshadi.

Biri biriga tunida chiroq,
Biri biriga hayotla yo'ldosh,
Biri biridan ketolmas yiroq,
Biri birisiz berolmas bardosh.

Biri birining yukin ko'tarar,
Biri birini qiladi izzat,
Biri birini ko'rar mo'tabar,
Biri biridan ko'radi xizmat.

Sirin aytar biri biriga,
Berkitmaydi ichidagini,
Biri bilar uning siriga
Biri aytar dilidagini.

Kuni kelib ikki sayyora,
Tutash yo'lin yakunin ko'rdi,
Biri biriga aytolmay xayr,
Yolg'izlik g'amining ta'mini so'rdi.

Ey Muhammad, bilgil, bu dunyo,
Kelar ketarlardan ko'plab iborat,
Ba'zi bir narsalar boqiydir go'yo,
Sayyoralar qismati senga ishorat.

Ammo, bilgil, o'chmas hech qachon
Haqning xohishidur - abadul abad!
Ba'zi bir narsalar qolsa ham armon,
Sendanda so'ralar chiroyli toqat.

Sendanda so'ralar insof-diyonat,
Vijdoning poklikning oynasi bo'lsin.
Yaxshilar qatori sen bo'lgin ibrat,
Senmas avval, o'zga, - quvonchga to'lsin.

© Abdulaziz Muhammad 2010
Ответить 
Старый 10.12.2010 08:35   #514  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от asrdosh Посмотреть сообщение
Кушик излаётганлар ушбу почта кутичасига ёзишингиз мумкин: asrdosh@yandex.ru. Ёш композитор ва аранжировкачиларни хамкорлик учун кидирмокдаман.
[MOD]Forumda forumchilarning reklama qilish maqsadida xabar qoldirishlari forum qonun-qoidalariga to'g'ri kelmaydi.[/MOD]
Ответить 
Старый 11.12.2010 20:45   #515  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Yo’q, Hali ketmading dilimdan o’chib,
Hamon so’ng so’zlaring qalbimni yoqar.
Oylarki huzurdan, oromdan kechib,
Sog’inch tomirimda qon bo’lib oqar.
Ha, mana bu she'r ham yaxshi chiqibdi. Meni ham yaqinlarda yozgan bir she'rim yodimga tushdi. U qadar qalamim charxlanmagan bo'lsa-da... qabul qilasizlar yangi she'rimni.
http://fikr.uz/posts/199.html

Aytgancha, hurmatli forumdoshlar! Fikr.uzga ham kirib turinglar bunday... Qiziq-qiziq mavzular ketmoqda.

Оффтоп:
Nigora opa, uzr men bir marta reklama qildim bu forumda, jarima solmang faqat..
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
"+" от:
Старый 11.12.2010 23:28   #516  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Yo’q, Hali ketmading dilimdan o’chib,
Hamon so’ng so’zlaring qalbimni yoqar.
Oylarki huzurdan, oromdan kechib,
Sog’inch tomirimda qon bo’lib oqar.
Ha, mana bu she'r ham yaxshi chiqibdi. Meni ham yaqinlarda yozgan bir she'rim yodimga tushdi. U qadar qalamim charxlanmagan bo'lsa-da... qabul qilasizlar yangi she'rimni.
http://fikr.uz/posts/199.html

Aytgancha, hurmatli forumdoshlar! Fikr.uzga ham kirib turinglar bunday... Qiziq-qiziq mavzular ketmoqda.

Оффтоп:
Nigora opa, uzr men bir marta reklama qildim bu forumda, jarima solmang faqat..
Rahmat...

She'ringizni keltirib, keyin ostiga linkni bersangiz, qoidaga muvofiqroq bo'lardi, singlim

(chunki, biz taraflarda ochilmayapti u link... Hech bo'lmasa, she'ringizni o'qib qolardik )
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 11.12.2010 23:59   #517  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Юлдузга

Сен, эй, осмонларга асира юлдуз,
Улкан йўлларимдан йироқ тур йироқ.
Менинг масканларим кечамас – кундуз,
Шуъланг ишвалари қўёлмас тузоқ.

Сенда хира тортиб қолган бу кўзлар,
Қуёшнинг юзларин қаердан кўрсин?
Зоҳирни кўролмай толган бу кўзлар,
Ботиннинг изларин қаердан кўрсин?

Сен, наҳот билмадинг армонлигимни?
Қолди-ку, етолмай, неча ёронлар.
Сен наҳот билмадинг карвонлигимни?
Занжир-ла боғлаган эди сарбонлар.

Сен, эй, шубҳаларга йўрғалаган жон,
Менинг оламимдан йироқсен, йироқ.
Нигоҳим руҳингдан тозадир, инон,
Занг босган юрагинг кўролмас, бироқ.

Сен ҳамон бегона, бошқача йўлинг,
Мен эса кимлигинг билиб кетаман.
Сендан олисдаман, етмайди қўлинг,
Истасам, сочимга илиб кетаман.

Сен, эй, осмонларга асира юлдуз,
Ўтли йўлларимдан йироқ тур, йироқ.
Менинг масканларим кечамас – кундуз,
Шуълалар мен учун қўёлмас тузоқ.

Кавсар, 2010
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 12.12.2010 22:04   #518  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan

Tun o’tmoqda,
Bezovtadir ruh,
Halovatning ko’chasi qayda?
Aylamoqda sog’inchli anduh,
Chap ko’ksimni mayda va mayda.
Ko’zlar qizil, dilim sarga’rgan,
Sochlarimda qirovlar mezbon.
Orzularim rangi o’zgargan,
Umidim-chi uch kunlik mehmon.
Hayqiraman; bo’g’iq ovozim,
Tomog’imga nedir tiqilar.
Muvozanat bilmas tarozim,
Qalbim uyi nurab yiqilar.
Shafqati yo’q fursat choh qazir
Huzur bilmay qolgan jonimga.
Hislar aqlim olishgan asir,
Yurak tashna bo’lar qonimga.
Rutubatga g’arq bo’lgan kecha,
Guvohidir bedorligimning.
Ziyotalab ko’nglimda ko’cha,
Kutmoqdadir qadamin kimning?

... Mana shunday g’alat kayfiyat,
Uzoqlarga termulaman jim
Nurli tongni etgancha niyat.
...Tun o’tmoqda,
Bezovta ruhim...

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 17.12.2010 04:13   #519  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Meni holi qo’ying,
tinchimni buzmang,
Dardsiz hamsuhbatga ehtiyojim yo’q.
Shundoq ham yarador yuragim ezmang,
Sizni tinglamoqqa hech ilojim yo’q.

Bandman:
Hislar aqlim bilan tortishayapti;
Doim bir-biridan ular norozi.
Yolg’iz qolmoqligim istagan payti,
Mening tuyg’uimga kerakmas qozi.

Uzr,
Halovatni istayman shu on,
Ko’ngil sahrosiga bolib surgunlar.
U damda huzurni xohlar ekan jon,
Kiprigim qoqmasdan o’tadi tunlar.

Ma’zur tuting,
Endi keting yonimdan,
Xayolimni yig’ib, o’zni tinglayin.
Istehzo aralash boqmangiz zimdan,
Va so’ng hayronlikdan tikmangiz ko’zni.

Meni holi qo’ying, buzmang tinchimni,
Baribir bilmaysiz dil sog’inchimni...

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"+" от:
Старый 19.12.2010 15:20   #520  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Toshqin suvga o’xshaydi hayot –
Tez oqadi, fursat yeladi.
Oxirlaydi ichimda sabot,
Sizni juda ko’rgim keladi.

Varaqlayman umrim varog’in,
Qanday yoqay umid chirog’in?
Javobi yo’q qalbim so’rog’in –
Sizni juda ko’rgim keladi.

Masofada bilinar qadr,
Diydor – qiyos topmas tuhfadir.
Boshqalarni emas, negadir.
Sizni juda ko’rgim keladi.

Zulmatlardan bo’lganda bezor,
Subhidamni kutib intizor,
Kechalarim o’tganda bedor,
Sizni juda ko’rgim keladi.

Yolg’izlikdan huvillar xonam,
Qachon yetar falakka nolam.
Rozidirman, aytmangiz kalom –
Sizni juda ko’rgim keladi.

Sog’inchlarim shashqator daryo,
Sassizlikka singigan faryod,
Sig’mas bo’lsa ko’nglimga dunyo
Sizni juda ko’rgim keladi.

Sanang meni, mayli begona,
Atang “darvesh”, nomlang “devona”,
Ko’zlarimda siymo yagona –
Sizni juda ko’rgim keladi.

Holingizni so’rgim keladi,
Sizni juda ko’rgim keladi...

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Ответить

Метки
hero
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх