|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. | |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
19.12.2018 19:53 | #1 | ||
Хокимият Наманганской области
Директор
Сообщений: 64
+ 0
0/0
– 0
0/0
|
Ушбу бўлим орқали Наманган вилояти ҳокимлигига тўғридан тўғри ўзингизни қизиқтирган барча масалалар юзасидан ёки тадбиркорлик фаолиятини юритишдаги учраётган муаммолар, тўсқинликлар бўйича мурожаат этишингиз мумкин.
|
||
|
Ответить |
20.12.2018 10:39 | #2 |
Хокимият Наманганской области
Директор
Сообщений: 64
+ 0
0/0
– 0
0/0
|
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Сайлов жараёнига замонавий ахборот-коммуникация технологияларини жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида” 2018 йил 4 октябрдаги ПҚ–3961-сон Қарори ижроси тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Сайлов жараёнига замонавий ахборот-коммуникация технологияларини жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида” 2018 йил 4 октябрдаги ПҚ–3961-сон Қарорини вилоятда ижросини таъминлаш мақсадида, Ўзбекистон Республикасининг “Маҳаллий давлат ҳокимияти тўғрисида”ги Қонуни (Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси, 1993 й., 9-сон, 320-модда)нинг 6 ва 25-моддаларига мувофиқ, ҚАРОР ҚИЛАМАН: 1.Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Сайлов жараёнига замонавий ахборот-коммуникация технологияларини жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида” 2018 йил 4 октябрдаги ПҚ–3961-сон Қарори амалда ижросини таъминлаш учун қабул қилинсин. 2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг мазкур қарори билан: Марказийсайлов комиссияси, Ўзбекистон Республикаси Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги, Ички ишлар вазирлиги ва Ер ресурслари, геодезия, картография ва давлат кадастри давлат қўмитасининг мамлакатимизнинг бутун ҳудудида сайлов жараёнига Сайлов жараёнини бошқариш ахборот тизимини жорий этиш ва Сайловчиларнинг ягона электрон рўйхати (кейинги ўринларда СЯЭР)дан фойдаланиш тўғрисидаги таклифи қабул қилинганлиги; СЯЭРни шакллантиришда Ички ишлар вазирлигининг маълумотлар ахборот базасига, Кўчмас мулк объектлари ягона реестри ва Кўчмас мулк объектлари манзиллари ягона реестрига мувофиқ сайловчи-фуқаролар, уларнинг доимий ва вақтинча яшаш жойларининг манзиллари тўғрисидаги ягона ахборотдан фойдаланилиши белгилаб қўйилганлиги; Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссияси мамлакатнинг бутун ҳудудида Сайлов жараёнини бошқаришнинг ахборот тизимини жорий этиш ва СЯЭРдан фойдаланиш бўйича фаолиятга умумий раҳбарликни ва мувофиқлаштиришни амалга ошириши; Ўзбекистон Республикаси Ер ресурслари, геодезия, картография ва давлат кадастри давлат қўмитаси Кўчмас мулк объектлари манзилларининг ягона реестри ва Кўчмас мулк объектларининг ягона реестрини юритиш учун жавобгар орган ҳисобланиши; “UNICON.UZ” – “Фан-техника ва маркетинг тадқиқотлари” ДУК Сайлов жараёнини бошқариш ахборот тизимини яратиш, янада такомиллаштириш ва унга техник хизмат кўрсатиш ишларини амалга ошириши, шунингдек, унинг самарали ва узлуксиз ишлашини таъминлаши белгиланганлиги; Сайловчиларнинг ягона электрон рўйхатини шакллантириш ва ундан фойдаланиш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари дастури иловага мувофиқ тасдиқланганлиги; Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 11 апрелдаги “Давлат хизматлари кўрсатиш тизимини жадал ривожлантириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ–3662-сон қарорининг 8-банди ўз кучини йўқотган деб ҳисобланганлиги инобатга олинсин. 3. Вилоят Ички ишлар бошқармаси (Атаходжаев) вилоят прокуратураси (Тошев), Давлат солиқ бошқармаси (Тиллаволдиев), Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги вилоят ҳудудий бошқармаси (Ишанов), шаҳар ва туманлар ҳокимликлари билан биргаликда 2019 йил 25 мартга қадар муддатда: фуқароларни уйма-уй юриб ўрганиш орқали уларнинг паспорт маълумотларини кўчмас мулк объектининг кадастр рақамига боғлаган ҳолда Ички ишлар бошқармаси маълумотлар ахборот базасидаги фуқароларнинг доимий ва вақтинча яшаш жойлари манзиллари тўғрисидаги ахборотни тўлиқ долзарблаштиришни ўтказишни; туманлар (шаҳарлар) ва ҳудудларни комплекс ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш секторлари раҳбарларини уйма-уй юриб ўрганишни ташкил этишга жалб этишни; Вилоят Ер ресурслари ва давлат кадстри бошқармаси (Жўраев) билан биргаликда фуқароларнинг паспорт маълумотларини кўчмас мулк объектининг кадастр рақамига боғлаган ҳолда Ички ишлар бошқармаси маълумотлар ахборот базасини Кўчмас мулк объектларининг ягона реестрига ва Кўчмас мулк объектлари манзилларининг ягона реестрига мувофиқлаштирилишини таъминласин. 4. Вилоят Ер ресурслари ва давлат кадстри бошқармаси (Жўраев) Ички ишлар бошқармаси (Атаходжаев), Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги вилоят ҳудудий бошқармаси (Ишанов), шаҳар ва туманлар ҳокимликлари ва бошқа манфаатдор ташкилотлар билан биргаликда 2019 йил 25 мартга қадар муддатда кўчмас мулк объектларини хатловдан ўтказсин ва хатлов натижаларига кўра Кўчмас мулк объектларининг ягона реестри ва Кўчмас мулк объектлари манзилларининг ягона реестрини шакллантириш жараёнини якунига етказсин. |
|
Ответить |
20.12.2018 10:45 | #3 |
Хокимият Наманганской области
Директор
Сообщений: 64
+ 0
0/0
– 0
0/0
|
“E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi: Ishbilarmon investorlar uchun yanada qulaydir!
Joriy yilning 11 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 5552-son Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki obyektlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida aniqlangan koʻchmas mulk obyektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda - 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narxda sotilishi belgilandi. Shuningdek, boshqa koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha – qayta baholanmasdan, ularni oʻtkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga oʻtkaziladi va savdoga chiqariladi. Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion oʻtkazmasdan, investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tugʻildi. Unga koʻra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha eksperiment tartibi belgilandi. Eksperiment tartibi bilan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi. “Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 4633 ta boʻsh yer uchastkalari, 1 trl. 551 mlrd. 425 mln. soʻm investitsiya kiritish, 24237 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 81 mlrd. 284 mln. 700 ming soʻm miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi. Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 1945 ta boʻsh yer uchastkalari 596 mlrd. 145 mln. soʻm investitsiya kiritish, 7658 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 13 mlrd. 804 mln.300 ming soʻmga sotildi. Hozirda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 2688 ta boʻsh yer uchastkalari 77 mlrd. 859 mln. 600 ming soʻm miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi. Misol uchun, elektron onlayn-auksion savdolariga bugungi kunda birgina, Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 33 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 347 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 11 mlrd. 125 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarildi. Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 248 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari 2535 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 105 mlrd. 510 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan9 mlrd. 272 mln. 248 soʻm miqdorga sotildi. Bugungi kunda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida jami 155 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari 1848 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 123 mlrd. 500 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolarida mavjud. Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 6 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 91 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 2 mlrd. 900 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolarida mavjud. Tadbirkor va investorlar oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarini hamda boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud. |
|
Ответить |
20.12.2018 10:46 | #4 |
Хокимият Наманганской области
Директор
Сообщений: 64
+ 0
0/0
– 0
0/0
|
“E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi: Tadbirkor va investorlar uchun yangi imkoniyatlar taqdim etadi
Joriy yilning 11 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki ob’ektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik sub’ektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5552-son Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki ob’ektlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida aniqlangan ko‘chmas mulk ob’ektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda - 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda sotilishi belgilandi. Shuningdek, boshqa ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha – qayta baholanmasdan, ularni o‘tkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga o‘tkaziladi va savdoga chiqariladi. Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion o‘tkazmasdan, investor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda er uchastkalarini berish va bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tug‘ildi. Unga ko‘ra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki ob’ektlari va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha eksperiment tartibi belgilandi. Eksperiment tartibi bilan davlat mulki ob’ektlari va yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi. “Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 4389 ta bo‘sh er uchastkalari, 1 trl. 403 mlrd. 461 mln. so‘m investitsiya kiritish, 22443 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 70 mlrd. 192 mln. 600 ming so‘m miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi. Bugungi kunga qadar "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 1829 ta bo‘sh yer uchastkalari 573 mlrd. 202 mln. so‘m investitsiya kiritish, 7189 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 13 mlrd. 879 mln. 800 ming so‘mga sotildi. Hozirda "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 2560 ta bo‘sh er uchastkalari 67 mlrd. 136 mln. 100 ming so‘m miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi. Misol uchun, elektron onlayn-auksion savdolariga bugungi kunda birgina, Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 35 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 397 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 12 mlrd. 725 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarildi. Bugungi kunga qadar "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 228 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari 2519 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 97 mlrd. 158 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan 9 mlrd. 883 mln. 228 so‘m miqdorga sotildi. Bugungi kunda "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida jami 161 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari 1875 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 122 mlrd. 952 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolarida mavjud. Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 15 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 176 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 5 mlrd. 930 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolarida mavjud. Tadbirkor va investorlar o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yer uchastkalarini hamda bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud. |
|
Ответить |
23.06.2021 15:16 | #6 | |
Хокимият Наманганской области
Директор
Сообщений: 64
+ 0
0/0
– 0
0/0
|
Цитата:
“IT-Park Uzbekistan” дирекцияси бошқарувидаги “Коворкинг зона” ҳамда “IT-school” ўқув марказининг Давлатобод туман филиали фаолияти йўлга қўйилди Президентимиз томонидан илгари сурилган “5 ташаббус”нинг ёшларни ахборот технологиялари ва коммуникациялари соҳасидаги билим ва кўникмаларини шакллантириш йўналишида мамлакатимизда “Бир миллион дастурчи” лойиҳаси кенг кўламда амалий ишлар олиб борилмоқда. Бугунги кунда ёшларнинг IT соҳасига қизиқишларининг юқорилиги, эҳтиёжнинг тобора ошиб бораётгани бу борада ёшларга етарли шарт-шароит яратиб беришни тақозо этмоқда. Шу мақсадда, Наманган вилояти ҳокими ташаббуси билан вилоят ҳокимлиги ҳамда Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги ўртасида имзоланган қўшма қарорга асосан Давлатобод туманидаги “Янги Ўзбекистон – ёшлар зиё маскани” ахборот-кутубхона марказида “Коворкинг зона” ҳамда “IT-school” ўқув марказининг Давлатобод туман филиали очилиш маросими ўтказилди. Ёшларнинг таълим жараёнидан сўнг маблағ топишларини ташкил этиш мақсадида “Коворкинг зона” фаолиятини самарали олиб бориш учун “IT-Park Uzbekistan”нинг вилоятдаги 2 та резидент компаниялари жойлаштирилди. Хусусан, “Start-rise” ҳамда “United club” томонидан ёшларни фрилансерлик фаолияти билан шуғулланишларини ташкил этиш, лойиҳаларни амалиётга татбиқ этиш ва тайёр дастурий маҳсулотлар намойиш этилди. Тадбир қатнашчиларига, “IT-Park” вилоят филиали фрилансерлари томонидан тайёрланган онлайн мурожаатлар учун “Smart-qabulxona”, вилоятнинг инвестицион жозибадорлигини ошириш учун “Welcome to Namangan”, мактабгача таълим муассасалари учун “Биометрик электрон давомад” онлайн платформалари ҳамда “Start-rise” компаниясининг “FACE EMOTION RECOGNIZE” лойиҳалари тақдимоти ўтказилди. |
|
|
Ответить |
23.06.2021 15:17 | #7 |
Хокимият Наманганской области
Директор
Сообщений: 64
+ 0
0/0
– 0
0/0
|
Рады вам сообщить, что на данный момент ведутся переговоры по открытию международного университета в сфере информационных технологий «IDU: International Digital University» в городе Намангане, отличительной чертой которого будет являться гибридная система образования, которая внедрена во все самые лучшие ВУЗы мира.
Для обсуждения всех нюансов открытия и будущих перспектив, 20 мая 2021 года в Намангане сбыла проведена встреча, в которой приняли участие делегация IT Park во главе с директором организации Ф. Ибрагимовым, хоким Наманганской области Ш. Абдураззаков, учредитель «Silk stars education», инвестор будущего ВУЗа И. Хуррамов, а также представитель совета университета «Team», по совместительству проректор «Westminster University» Алан Франс. |
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
14.03.2023 11:09 | #8 |
Хокимият Наманганской области
Директор
Сообщений: 64
+ 0
0/0
– 0
0/0
|
O'zbekiston Respublikasida Davlat boshqaruvi uch turdagi hokimiyatlar tomonidan tashkil etiladi. Bular Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlaridan iborat. Qonun chiqaruvchi hokimiyat - Oliy Majlis bo'lib, u quyi va yuqori palatadan tashkil topgan. Quyi, ya'ni "Qonunchilik palatasi" 150 nafar doimiy ravishda faoliyat ko'rsatuvchi deputatlardan iborat bo'lib, asosan qonun hujjatlarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Yuqori palata esa "Senat" deyiladi va u 100 nafar senatorlardan shakllanadi. Senatorlar o'zlarining asosiy xizmat vazifalaridan ajralmagan xolda vaqti-vaqti bilan yig'ilib turadilar va Qonunchilik palatasi tomonidan yaratilgan yangi qonun hujjatlarini o'rganib chiqib, qabul qiladilar. Ijro xokimiyatiga Vazirlar Mahkamasi boshchiligida vazirliklar, idoralar, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari kiradi. Ijro hokimiyati bir so'z bilan aytganda joylarda qonunlarning ijrosini ta'minlash vazifasini bajaradi. Sud hokimiyatiga Respublika Oliy sudi boshchiligida turli soxalardagi barcha sudlar kiradi. Sudlar ijro hokimiyati xamda fuqarolar tomonidan qonunlarning buzilishiga yo'l qo'ymaslikni ta'minlaydi.
Viloyat hokimligi viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlarda O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi xamda viloyat hokimining qaror va farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlari ijrosini ta'minlaydi. Viloyat hokimligi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Maxkamasi xamda xalq deputatlari viloyat Kengashi oldida xisob beradi. Viloyat hokimligi vakolatlarining amalga oshirilishi viloyat hokimi, hokim o'rinbosarlari, mahalliy davlat boshqaruvi organlari raxbarlari, tuman va shahar hokimlari, viloyat hokimligining doimiy, muvaqqat komissiyalari, tegishli qarorlar bilan tashkil etilgan boshqa ishchi organlarning hamda viloyat hokimligi apparatining tashkiliy-amaliy ishi bilan ta'minlanadi. Viloyat hokimligi faoliyati viloyat hokimi tomonidan tashkil etiladi. Viloyat hokimi qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida xududdagi barcha organlar, korxonalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan qarorlar chiqaradi. Viloyat hokimining me'yoriy tusdagi yoki muhim axamiyatga ega bo'lgan hujjatlari qaror shaklida qabul qilinadi. Viloyat hokimining tezkor va boshqa joriy masalalar bo'yicha hujjatlari farmoyish shaklida qabul qilinadi. “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarinig investitsiyalarni keng jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etish borasidagi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida” 2017 yil 28 noybrdagi PQ–3407-son qaroriga muvofiq viloyat hokimligi boshqaruv apparatining vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilanadi. Boshqaruv apparati o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari Kengashining va hokimning hujjatlariga, shuningdek Namangan viloyati hokimligining boshqaruv apparati to’g’risidagi Nizomga amal qiladi. Boshqaruv apparati hokimlik faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy-texnik va moliyaviy-xo’jalik jihatidan ta’minlaydi, xalq deputatlari Kengashi majlislarini uning reglamentiga muvofiq tayyorlaydi, xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ijroni muntazam ravishda tekshiradi. Boshqaruv apparati xalq deputatlari Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnik va boshqa xizmatlar ko’rsatilishini ta’minlaydi Viloyat hokimligi apparati o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'isida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarinig investitsiyalarni keng jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etish borasidagi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida” 2017 yil 28 noybrdagi PQ–3407-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 mart 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O'zbekiston Respublikasi viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimliklari apparatlarida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilishni tashkil etish bo'yicha yo'riqnoma" hamda viloyat hokimligining reglamentiga amal qiladi. Fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari bo'yicha ish yuritish "Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni asosida amalga oshiriladi. |
|
Ответить |
14.03.2023 11:11 | #9 |
Хокимият Наманганской области
Директор
Сообщений: 64
+ 0
0/0
– 0
0/0
|
Mamlakatimizning ko'p asrlik tarixi va mustaqillik davridagi taraqqiyotida Namangan viloyati o'zining boy o'tmishi, madaniyati bilan muhim o'rin egallab kelgan. Namangan Farg'ona vodiysidagi qadimgi shaharlardan. Shahar ko'chmanchi chorvadorlar va dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi o'troq aholi yashaydigan chegarada vujudga kelgan. Namangan qishlog'i haqidagi dastlabki ma'lumot 14-asrlar oxiriga tegishli. Bobur o'zining "Boburnoma" asarida Namanganni qishloq sifatida eslatib o'tgan. Tarixchilarning xabar berishicha, bu yerga 1582 yilda asir olingan forslar keltirib joylashtirilgan. 1643 yilgi vaqf hujjatida ham shahar deyilgan. Shahar tuz koni yaqinida barpo bo'lganligi uchun nomi "namak kon" so'zlaridan deb taxmin qilinadi. 1620 yil Farg'ona vodiysining qadimgi poytaxti Axsi (Axsikant) zilziladan vayron bo'lgach, uning aholisi yaqinroq joylashgan Namanganga ko'chib o'tadi. 1813 yilda Qo'qon xonligida bo'lgan rus elchisi Filipp Nazarov Namangan shahar hokimining devor bilan o'ralgan saroyida ancha lashkar saqlanganligini yozgan.
1819-1822 yillarda Yangiariq kanali qazilib, shaharning suv ta'minoti ancha yaxshilanadi. 1842-45 yillarda shahar atrofi mustahkam devor bilan o'rab olindi. 1876 yil fevralda Qo'qon xonligi tugatilgach, Namangan uezd shaharlaridan biri bo'lib qoldi. 19-asr oxirlarida eski shahar yonida evropalik fotihlar o'zlari uchun muassasa va turar joy binolari qurdilar. Natijada "yangi shahar" vujudga keldi. Ayni vaqtda sanoat korxonalari xam barpo etila boshladi. 1914 yil shaharda 40 dan ortiq korxona (shundan 17 tasi paxta tozalash zavodi) bor edi. Keyingi o'n yilliklar ichida shaharda yengil, oziq ovqat va mashinasozlik sanoati korxonalari hamda Namangansoyda GES lar qurildi. Namangan shahrida otashnafas shoir va mutafakkir Boboraxim Mashrab (1657-1711), To'raqo'rg'onda shoir, tilshunos, ma'rifatparvar Isxoqxon Junaydullo o'g'li Ibrat (1862-1937), Chustda shoir Muhammmadsharif Egamberdi o'g'li So'fizoda (1869-1937) va boshqalar yashab ijod qilganlar. Namangan shahri va viloyatida saqlangan me'moriy yodgorliklar asosan 18-20 asr boshlarida bunyod etilgan. Namangandagi Mulla Qirg'iz madrasasi 20-asr boshlarida shahar markazida qurilgan. Madrasa uning qurilishiga rahbarlik qilgan shaxs-usta Qirg'iz nomi bilan atalgan. Ushbu madrasa yaqinida ayni vaqtda Ota Valixon to'ra masjidi ham qurilgan. Mavlon buva majmuoti mahaliy shoirga bag'ishlangan bo'lib, uning qurilgan sanasi (1806 yil) peshtoqiga bitilgan. Maqbara shoirlarning ziyorat xonasiga aylangan. Xo'ja Amin maqbarasi 18 asr o'rtasida barpo etilgan. Binoning bosh fasadini bezashda 12-14 asrlar bezak usuli (o'yma sopol taxtachalari) dan foydalanilgan. Viloyat 1967 yil 18 dekabrda qayta tashkil etilgan (avval 1941 yil 6 martdan 1960 yil 23 yanvargacha mavjud bo'lgan). Respublikaning sharqiy, Farg'ona vodiysining shimoliy qismida joylashgan. Viloyat Farg'ona vodiysining shimoliy qismida, asosan, Sirdaryoning o'ng sohilida joylashgan. Yer yuzasi balandligi 400-750 metr bo'lib, shimolga tomon balandlashib boradi. Shimoliy Chotqol va Qurama tog'lari bilan o'ralgan. Tog' oldilari balandligi 1000-1200 metr adirlardan iborat. Viloyat geologik faol xududda joylashgan. 8 ballgacha zilzilalar bo'lib turadi. Katta maydonni egallagan Qoraqalpoq cho'lida dehqonchilik qilinadi. Rangli metall konlari bor. Gips, oxaktosh va boshqa qurilish materiallari olinadi, Viloyatning qator hududlaridan shifobaxsh mineral suvlar (Chortoq, Chodaksoy, Shahand, Uchqo'rg'on) topilgan. Iqlimi kontinental. Yozi issiq, uzoq, qishi nisbatan yumshoq va qisqa. Havo xaroratining sutkalik tebranishi keskin, yog'in kam. Tekislikda yanvarning o'rtacha temperaturasi - 3,5 daraja s, iyulniki 25 s. Yillik yog'in tekislik va tog' oldilarida 100-200 mm., tog' etaklarida 600 mm. gacha. Namangan shahri atrofida vegetasiya davri (229 kun) bo'lib, Farg'ona vodiysining janubiy va sharqiy tomonlariga qaraganda eng uzoq davom etadi. |
|
Ответить |
15.09.2023 17:44 | #10 |
Хокимият Наманганской области
Директор
Сообщений: 64
+ 0
0/0
– 0
0/0
|
Ўзбек тилига давлат тили мақоми берилганидан сўнг, юртимизда Давлат тилини жорий этиш жараёни такомиллаштирилди – Давлат ҳокимияти ва бошқарув органларида, барча корхона ва ташкилотларда хизмат фаолияти ҳужжатлари Давлат тилида юритилмоқда.
Ўзбек тили лотин алифбосида иш юритувини олиб боришни бевосита амалиётга татбиқ этиш жараёни бошланган. Хусусан, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Лотин ёзувга асосланган ўзбек алифбосига босқичма-босқич тўлиқ ўтишни таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида” 2021 йил 10 февралдаги 61-сон қарори қабул қилинди. Шундан келиб чиқиб, мамлакатимиздаги ягона ўзбек тилида тузилган кирилл, лотин алифбосидаги матнни орфографик жиҳатдан текширишга мўлжалланган “YURIDA-ORFO” компьютер дастури ишлаб чиқилди. “YURIDA-ORFO” компьютер дастури кундалик иш фаолиятидаги ёзишмаларни ўзбек тилида амалга оширадиган фойдаланувчилар учун мўлжалланган бўлиб, юбориладиган хатлар, қабул қилинадиган қарор, фармойишлар, хизмат ва бошқа ҳужжатларни ўзбек тилида (кирилл ёки lotin алифбосида) ёзиладиган матнларни имловий (орфографик) жиҳатдан бехато ёзилиши учун кўмаклашиш, сўзларнинг изоҳини кўрсатиш, гапда маъно жиҳатдан ўз ўрнида қўлланилишида ёрдам бериш ва вақтни тежаш, бундан ташқари, кирилл алифбосида ёзилган матнни лотин алифбосига ва аксига ўзгартиради. Бугунги кунда дастур базасида 1 млрд 800 млндан ортиқ сўз шакллари мавжуд бўлиб, ўзбек тилига янги кириб келаётган сўзлар билан мунтазам бойитиб борилмоқда. Юқоридагиларга асосан, Сиз раҳбарлик қилаётган ташкилотингиз ҳамда қуйи тизимларда фаолият кўрсатаётган масъул ходимларнинг компьютерларига “YURIDA-ORFO” компьютер дастурини ўрнатилган тартибда шартнома асосида ўрнатишингиз тавсия этилади. |
|
Ответить |
|