Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Закрыто

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 28.10.2009 06:42   #41  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

Odamzod yaralib, tili chiqqanidan buyon aytilgan gaplarni to`plashning imkoni bo`lganida galaktikamiz torlik qilib qolarmidi?!
Ba’zilar sergap odamni nega yoqtirishmaydi? Chunki uzundan-uzun gapi ado bo`lguncha o`zining ichi gapga to`lib ketadi-da. Biror narsada navbat tegmasa asabiylashamiz-ku, hangoma bobida ham shu-da.

AYIRADIGAN GAP
Raxna solib oraga,
Qancha do`stni ayirar.
Ayiradigan gaplar,
Mehr gulin qayirar.

AYIRMAChI GAP
Ayirmachi gap yaxshimas,
Quloq tutsang vayron dil.
Ayrilganni ayiq erkan,
Shu maqolga amal qil.
Старый 28.10.2009 10:56   #42  
Аватар для olim
Оффлайн
Сообщений: 259
+ 557  160/82
– 0  3/3

UzbekistanОтправить сообщение для olim с помощью ICQОтправить сообщение для olim с помощью YahooLiveJournalМой мир
Цитата:
Сообщение от Tulqin Eshbekov Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от olim Посмотреть сообщение
Anjuman to'g'risida bu yerda tanishishlaringiz mumkin. __________________ www.uzmu.zn.uz
Салом азиз Олимжон! Сиз ушбу хабарни берганингиздан мамнунмиз. Келгусида бундай хайрли ишларни УзМУ ахборот хизмати билан бамаслахат амалга оширсангиз нур устига аъло нур буларди.
УзМУ ахборот хизмати университет бош биноси 61-хонасида жойлашган. Хар куни соат 15.00 да мени шу ердан топасиз.
Сизга ижодий зафарлар ёр булсин.
Taklifingizdan juda hursand bo'ldim. Albatta siz bilan birgalikda ish olib boramiz.
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 29.10.2009 05:54   #43  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

Goho ustozini kutayotgan ba’zi talabalar shu qadar chug`urlashadiki, qay biri tinglayotganini anglay olmay, kulging qistaydi. Bu gaplar nechog`li ma’no-mazmun kasb etishi esa ularning salmog`iga bog`liq. Til – dil kaliti, degan gapni izohlashga hojat yo`q.

AYLANTIRADIGAN GAP
Aylantiradigan gap-la,
Ko`plarni aylantirdi.
Kimni engil torttirib,
Kimlarni o`ylantirdi…

AYNIGAN GAP
Savlatingga bir qara,
Etib qolgan-ku bo`ying!
Aynigan gap aytma-da,
To`kiladi obro`ying...
Старый 30.10.2009 06:51   #44  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

O`ta kamgapni pismiqqa chiqarishadi... Ilondan seskangandek hamma undan o`zini olib qochadi. Indamasdan qo`rq, deganlari shu bo`lsa kerak.Goho gap ko`tara olmay qiynalamiz. Shunda ham ko`p gap ichimizda qolib ketadi...
Nursiz joyda yashash mushkul, biroq qorong`ida ham gaplashamiz. Uxlaganda esa uyqusirab gapiramiz.
Yurakni ezadigan narsa – sukut, sukunat...

AYNITADIGAN GAP
Aynitadigan gaplar,
Aynitadi do`stni ham.
Yiroq yursang shu gapdan,
Bo`lmagaysan aslo kam.

AYRIM GAP
Lol qolasan ayrim gapga,
Dilingdagin topgandek.
Ayrim gapni eshitsang gar,
Bo`lar kuchuk qopgandek.
Старый 30.10.2009 06:53   #45  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Ижод богимизда мухаббат гуллари унаверсин! Унинг асл богбонлари кулига калам тутган ижодкор дустларим булаверсин. Барчангизга ижодий парвозлар тилайман.
Старый 01.11.2009 08:47   #46  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
“OShIQ” DOMLA

yoxud “talaba”ning ishqiy maktubi

1. Dushanba
Jurnalistika fakultetida “talabchan” domla ekanligimni namoyish etdim:
– Muntazam qalam tebratmasangiz jurnalist bo`la olmaysiz,– dedim talabalarga.– Sizlarga vazifa: kuniga kamida bir qog`oz, demak, har haftada etti varaqdan ijodiy ish yozishingiz shart! Kimki yozmasa, bu mo`’tabar dargohda “adashib” yurganini o`zi fosh etgan hisoblanadi!..
Maqsadim – iste’dodning to`qson to`qqiz foizi mehnat degan fikrni isbotlash edi!.. Baraka topgurlar kelgusi mashg`ulotga sakkiz-o`n varaqdan yozib kelishibdi! Sakson besh nafar talabaning jami etti yuz betdan ortiq “ijodiy ish”ini ko`rib hayratga tushdim. Ana senga olam-olam gul misol ijod mahsuli! Endi to`yguningcha o`qiyver, “talabchan” domla!
Olaxurjun ko`targan pochtachidek bir quchoq qo`lyozmalar olib kelganimni ko`rgan xotinim burunchasini jiyirgancha savolini do`ldek yog`dirdi:
– Eh-he, shuncha qog`ozni qaerdan oldingiz? Nima qilasiz ularni? Yoki, maklaturaga topshiramizmi, a?
– Qog`oz emas, talabalarimning ijodiy ishlari,– dedim ijodxonadagi stolim ustiga qo`yarkanman.– Kelgusi mashg`ulotgacha o`qib, baholamoqchiman!
– Qandoq ulgurasiz?
– Ulgurishim shart! Kelgusi dushanba kuni talabalarim kutishadi!..
Xonim peshonasini tirishtirgancha dilidagini aytdi-qo`ydi:
– Sizga nima zaril?!
– Bo`lg`usi jurnalistlarga ijod sirlarini o`rgatmoqchiman!
Asl muddaom esa – saragini sarakka, puchagini puchakka ajratib, shunga yarasha mashg`ulot o`tish ekanligini ayolimga aytib o`tirishni ep ko`rmadim.
Bo`lg`usi aktyorlarning muallimasi bo`lgan xotinim daftar tekshirishdan bezganini yashira olmadi, shekilli, peshonasini tirishtirgan ko`yi atay uf tortdi. Erinmagan banda, degandek, elkalarini uchirib qo`yarkan, dilidagi tiliga ko`chdi:
– O`zingizga javr qipsiz...
U haq ekan. Barcha ishlarimni yig`ishtirib qo`yib, har kuni yuz o`n betdan o`qisam, kelgusi mashg`ulotgacha arang ulgurarkanman. Bay-bay-bay. O`zimni adabiyot olamidagi odam hisoblasam-da shunchalik ko`p adabiy-badiiy kitob o`qishga imkon topa olmasdim...
Endi o`qisang ham o`qiysan, o`qimasang ham o`qiysan, “donish” domla!
Xayrli ishni boshladingmi, bas, chekinma! Atay yozdirganga yarasha sabot bilan o`qi! Ertaga har bir talaba sendan javob, ta’bir joiz bo`lsa – baho kutadi!.. Turob Toshbekovich, deyman o`zimga o`zim, talabalar oldida chuv tushishdan yomoni yo`q. Qo`lyozmalarni hafsala bilan o`qib, adog`iga baho qo`ya boshladim. Bo`lg`usi jurnalistlarning ko`pchili chakki emaskan. Biroq, guruch orasida uchraydigan kurmak misol ayrim g`o`rroq talabalarning aji-buji yozuvlari ko`zni, g`aliz jumlalar, imloviy xatolari asabni ishdan chiqarayozdi. Ularni ham “yo`lga” solish kerak. Shuning uchun domlamiz-da!..
Xonim uch-to`rt marta yonimga kelib, jimgina qaytib ketdi. Ahvolimni tushunib, non-choyimni ham ish stolimga keltirdi... Shu kuni qachon ko`zim ilinganini bilmayman. Partaga bosh qo`yib uxlaydigan talabalar “safiga” qo`shilib qolayozibman... Yaxshiyam, xonim uyg`otib, joyimizga taklif etdi...

2. Seshanba
Tag`in tunni tongga ulashga jazm etdim. Qo`lyozmalar ustida javlon uryapman. Navbatdagi “ijodiy ish”ni o`qir ekanman, ko`zimdan olov chiqib ketdi! Ana, xolos. Jim-jimador xatga qayta-qayta tikilaman. Kimga atab yozilgan? Nahot bu menga bo`lsa?! Ol-a. Ikkinchi kurs talabasidan shunaqa gaplar chiqibdimi? Nahot?! Mana o`sha xat:
“Aziz domlajon!
Ushbu nomamni o`qib, meni jinni deb o`ylarsiz? Nima qilay, o`zingiz jinni qilib qo`yayotgan bo`lsangiz... Shu kungacha sevgi degan sirli so`zning ma’nosini tushunmasdim. Sevish qanaqa bo`lishini tasavvur ham eta olmasdim. Endi sevgisiz yashashni tasavvur eta olmayapman. Sizni ko`rsam, hatto o`ylasam, yuragim hapqirib ketayotganini qay til bilan aytay? Darsingizda ko`zingizga ko`zim tushsa, tamomila o`zimni yo`qotib qo`yaman. Siz asl “idealim”siz! Afsus, bugun sizga shunday deyishga (hatto xat yozishga!) haqqim yo`q. Siz allaqachon hayotda o`rningizni topgansiz va qaysidir malikadek malakka baxt ato etgan baxtiyor insonsiz. Meni sevish u yoqda tursin, hatto yuragingizga sig`dira olmasligingizni tushunaman. Mayli, xafa bo`lmayman. Biroq, shuni bilingki, mening yuragimda yongan alanga ikkimizga ham etardi!.. Mana, men umrimda qo`limga qalam tutgan emasdim. Endi sizga atalgan kalomimni yozmasam chiday olmayapman. Faqat to`g`ri tushunasiz, degan umiddaman.
Sizning xayolingiz bilan yashash qanchalik baxt ekanligini angladim! Siz “Mehrobdan chayon” asaridagi Anvarga juda o`xshaysiz? Men Ra’nomanmi-yo`qmi, buni hayot ko`rsatadi. To`g`ri, ancha kech qolganman. Ming afsus dunyoga kechroq keldim-da... (Yoki, siz shoshib, vaqtliroq kelgansiz...) Qismat esa bugun bizni uchrashtirdi!..
Sizni hammadan qizg`anaman. Afsuski, quyoshga o`xshab barcha-barchaga mehr nuringizni beayov sochaverasiz. Qaniydi, butun mehringizni jamlab faqat o`zimga baxshida etsangiz! Eh, mening telba domlam!
Sevgisiz hayotda topmaysiz ma’no,
Gar Anvar emassiz, xazondir Ra’no...
...bonu”.
Kularimni ham, kuyarimniyam bilolmay qoldim. Xo`sh, aziz o`quvchim, shu tobda mening o`rnimda bo`lganingizda siz nima qilardingiz? Dunyoni boshingizga ko`tararmidingiz yo hammasini ichingizga yutarmidingiz?
Domla bo`lmaganimda o`zim nima qilishimni aytaymi?
Bir huriliqo yozgan xatdan hapqirib ketmagan yurak yurakmi, deyishim aniq edi! Keyin, menga shunchalik ko`ngil qo`ygan go`zalni uvol qilmasdim... Minglab mushkul tugunni echgan aqlim bu masalani ham muqaddas kitobda fatvo berilgan yo`sinda bo`lsa-da hal etish yo`lini topardi!..
Modomiki, bugun domla – murabbiymanmi, bas, shunga yarasha qadamimni bilib bosishim shart! Shogirdasiga ko`zola qilgan domlaning ko`ziga ziyon...
Qaydam, sevgining ko`zi ko`r deganlari shudir? Ustozini sevib qolgan ojizada gunoh yo`q... Uning ko`ziga mirzo Anvar bo`lib ko`ringan bo`lsam, menda ne gunoh? Kim ekan o`sha Ra’no? Ob-bo, xayolparast-ey. Ra’no emish-a! Ikkinchi kursda shunaqa qiz bor ekanmi? O`ylab, o`yimga etmagach, guruh jurnalini varaqladim. Hech qanaqa Ra’no ismli qiz yo`q. A-ha, ramziy ma’noda yozgan! Ismi Ra’no bo`lganida aslo yozmasdi. Unda o`zini Kumush dermidi! U holda kamina Otabekmi?..
Nahot, qirchillama yoshimda ham muhabbat bog`ida yurishga haqli bo`lsam!.. Axir, qirq yoshingda quyulasan, deyishgandi-ku...
Beixtiyor xatga ko`z tashladim; “telba domla” debdimi? Ob-bo qizalog`i tushmagur. Hozir shu erda bo`lganida ta’zirini berardim-a. O`zi domlasini telba qilib qo`ymasa bo`lgani...
Xatni qayta-qayta o`qirkanman, oshxona tomon qarab qo`yardim. Ishqilib, xonim kuzatib turgani yo`qmikin? Bu xatni ko`rib qolsa nima bo`lardi? O`h, keyin ko`ring tomoshani. O`sha ...ni topib berasiz, deb turib olsa-ya?! Rashk eng muloyim xotinni ham urushqoq qilib qo`yishi bor gap. Xayriyat, u hozir o`z ishi bilan band. Oshni damlab qo`ygach, o`g`limizga kalkulyatorda hisoblashni o`rgatyapti. Xudoga shukr, shundoq “ovunchog`imiz” bor!..
Xatni qo`lyozmalarga solishtirib ko`ra boshladim. Shu harakatim xuddi iztopar yo qo`lyozmalar instituti xodiminikiga o`xshayotgan bo`lsa ajabmas. Yo`q, topolmadim. Balki, sho`xroq bola hazillashdimikin? Erinmasdan yigitlarning yozuviga solishtirdim. Yo`q, unaqa husnixat yagonaga o`xshaydi. Yo, atay yozuvini o`zgartirdimikin? Bunisi haqiqatga yaqinroq... U holda kim bo`lishi mumkin? Mashg`ulotimda gulgun yashnab o`tiradigan qizlarni birma-bir ko`z oldimga keltirishga harakat qildim. Shunda daf’atan seskanib tushdim. Beg`ubor chehralarni bo`lmag`ur hissiyot ila eslash bema’nilik edi men uchun...
– Uxlamaysizmi?– Xonimning tovushi harqancha mayin bo`lmasin shu tobda momaguldirakdek dahshatli eshitildi. Ilkis yotoqxonamizga qaradim. Xayriyat, ortimdan pusib kelmabdi. U mehribonchiligini yana namoyish etayotgandi.– Charchab qolmang!..
– Bemalol uxlayver, jonim,– dedim o`zimni bamaylixotir ko`rsatishga tirishib.– Biroz ishlamasam bo`lmaydi.
Bu gapga javoban jufti halolim nimalar deganini anglolmay qoldim.
Ming aqlli, donishmand bo`lma, bir jonon sevaman deb tursa aqling ham shoshib qolarkan. Yuragim muncha qinidan chiqqudek bo`lmasa. Muncha yonmasa. Tovba, Otabek o`qigan she’r nechun shu tobda yodimga tushdi:
Yangi yorni topqanda, do`stlar, eskisi nechun kerak,
Eskini o`lgan sanab, latta kafan bichmoq kerak...

3. Chorshanba
Xotinimdan birinchi marta sir bekitdim...
U to`g`ri tushunishi mumkin, baribir, er-xotinning orasiga sovuqlik soladigan birinchi sabab – begona haqidagi gap bo`ladi... Qolaversa, ertaga payshanba! Oilaviy tadbir oldidan oshga pashsha tushmasin...
Bu xat yurak o`ynog`i qilib qo`ydi... Ob-bo zumrasha-ey. Qaysi oshiq, yo`g`-e, ma’shuqayu beqaror yozdiykin bu “noma”ni...
Kelgusi haftagacha yuragim dosh berishi amri mahol. O`sha sirli maktub egasini topmaguncha tinchiy olmayman. Oyoqlarim beixtiyor fakultet tomon ketdi. Tovba, deyman o`zimga o`zim. Menga nima bo`lyapti o`zi? O`sha qiz uchun ketyapmanmi? Voy-voy-voy, tez yurishimni qarang. Xuddi bir narsadan quruq qolayotgandek yuguryapmanmi? Xo`sh, innaykeyin-chi?.. Shu payt bir seskanib tushdim. Bir savol vijdonimni beayov eza boshladi: men kimman o`zi? Murabbiymanmi yo telba oshiq?.. Oh-vohli oshiqlik davrim allaqachon ortda qolmadimi? Esingni eb qo`yma, Turob, aqlingni yig`! Beixtiyor ko`krak cho`ntagimga qo`l tiqdim. Meni majnunga aylantirayozgan xatni qo`lga olgancha yo`l-yo`lakay jim-jimador yozuvga ko`z tashladim-u... vujudim alangalanib ketdi!..
Fakultet eshigi oldida bezovta bo`lib turgan dekan muovinining yuzi yorishdi:
– Xizrni yo`qlasak bo`larkan-da, Turob Toshbekovich,– dedi u salom-alik asnosida.– Uyingizga qo`ng`iroq qilsak, sizni qatgadir chiqib ketgan, deb aytishdi.
– Tinchlikmi?
– “Badiiy publististik janrlar”dan dars berayotgan domlamizning tobi qochib qolibdi. Amaliyotini siz o`tishingiz kerak-a? Ey-y, yashang! Hozir shu mashg`ulotni o`tsangiz. Talabalar kutishyapti...
Ayni muddao! Sichqon ovlayotgan mushukdek timirskilanib yurmasdan, shu mashg`ulot paytidayoq orani ochiq qilaman, vassalom.
Dekan muovini bo`lsa, “so`zini ikki qilmaganimga” shukr qilib qolgani ko`zlaridan ayon sezildi.
Nazariy bilimdan ko`ra amaliyotga – ijod osmonida parvoz qilishga tashna talabalar meni sevinch bilan kutib oldilar. Mashg`ulot o`tar ekanman, ko`zlarim beixtiyor o`sha qizni axtarardi. Cho`g`dek porlab turgan ko`zlarning qay biri ekan?
Dangal savol tashlasammikin? “Biringiz menga xat yozibsiz...” desam, xo`sh, undan keyin-chi? Talabalar guv-v etib qalqib ketishmaydimi? Nima deb yozibdi, nima haqda ekan, deb turib olishmaydimi? Innaykeyin-chi? Xatni oshkora o`qib beramanmi? Keyin ko`ring duv-duv gapni...
Shu gaplar xayolimdan kechayotib, talabalarning ko`zlariga boqqandim, yuragim allanechuk bo`lib ketdi. Axir, hammasi o`z farzandlarimdek-ku! Ular haqida bema’ni xayolga borishdan bema’nilik bormi?! Talaba yoshlik qilgan bo`lsa, sen aqlli bo`l, donish domla! Bo`lmag`ur xayollar bilan yursang, u seni tubsiz jarga qulatadi...
Baribir, xat egasini topishim kerak-ku!..
Qo`ng`iroq chalinganda talabalar bilan xayrlashayotib, dilimdagini sal-pal tilimga chiqarishga urindim:
– Kimning menda shaxsiy gapi bo`lsa, kafedramizga kirsin. O`n-o`n besh daqiqacha shu erda bo`laman.
Xuddi shuni kutib turgandek guruh sardori – Gulnoza shunday dedi:
– Ustoz! Hozir man kiraman...
Boshimdan yashin urgandek bo`ldi. O`z qizimdek – Gulnoza aytdimi shu gapni? Nima demoqchi?! Nahotki... Eh, shoshma, sardor sifatida biror narsa demoqchidir? Sal bo`lmasa, esingni eb qo`yayozding-a, Turob?! Balki, xatdan xabari bordir? Biror dugonasi yozgan, ehtimol dardini doston qilgan bo`lsa ne ajab? Bo`lishi mumkin! U holda hammasi silliq ko`chadi. Ustozlarga xos salobat bilan masalani (guruh sardori guvohligida!) ijobiy hal etaman...
Besh daqiqa o`tmay bir quchoq qog`oz ko`targancha Gulnoza kirib keldi.
– Ustoz, bizni amaliyotga zo`r o`rgatyapsiz-da!– Quvnoqlik bilan gapirdi u qo`lidagilarni oldimga qo`yarkan.– Hammamiz beto`xtov yozyapmiz! Mana ming betcha bo`pti!..
O`tgan kuni topshirganlaringni hali o`qib ulgurmagan edim-ku, deyishga tilim bormadi.
Ana senga olam-olam ijod gullari! To`yguningcha o`qiyver, Turobbek!
Uyda tag`in shu ahvol; turfa qo`lyozmalardan bosh ko`tara olmay qoldim.
Xonim peshonasini tirishtirgancha iddaoli ohangda so`radi:
– Ovqatingizni yana shu erga keltiraymi?
Bunaqa o`tirish o`zimga malol keldi. Jimgina o`rnimdan turib, oshxona tomon yurdim. Shavla eyayotganda ham xayolim qo`lyozmalarda edi. Yoshlarning gulgun chehralarini ko`z oldimga keltirib, g`ayratim jo`shardi. Biroq, barcha o`ylarimni birgina xat talqondek maydalab yuborardi.
Vujudimda ikki to`lqin – Yurak va Aql beayov kurashardi.
Talaba – o`z nomi bilan talabchan bo`ladi. U domlasidan ko`p narsa talab qilishga haqli! Biroq, domlaning talabi cheklangan! Bilim va tarbiyadan boshqa narsa talab qila olmaydi...
Bu – aqlimdan chiqqan gaplar!
Yurak amri esa boshqacharoq; dunyoga keldingmi, yashab qol, armonsiz sev! Fikri ojizimcha, dunyoda haqiqiy oshiq bitta bo`lsa – o`zimman! Sinfdosh qizni sevgan holda unga havas qilardim; shu qadar sevilish beqiyos baxt emasmi? Deylik, kaminani biror qiz shunchalik sevganida o`zimni qandoq his etardim? (Afsus, “Turobni sevaman” degan gap shu paytgacha qulog`imga chalinmagan). Oilaviy sirim bo`lsa ham aytay: “Meni sevasanmi?” degan savolimga o`z rafiqamdan “Sev, desangiz, sevaveraman...” degan o`ta mujmal javobdan boshqasini eshitmaganman.
Shuyam sevgi bo`ldi-yu...
Aslida “yigitni sevgan qiz” haqida eshitsam, g`ashim kelardi. Go`yo, dunyo teskari aylanayotgandek, hayot mezoniga darz ketgandek tuyulaverardi. Qizlar faqat sevilish uchun yaralgan, deb hisoblardim.
O`zim ham bir qiz sevgisini qozonganim haqidagi xushxabardan voqif bo`lgach, bu boradagi fikrlarim tamomila o`zgarib ketdi...
Darvoqe, uni qandoq atash kerak – oshiqmi yo ma’shuqa? Bilganim shu ediki, sevgan – oshiq, sevilgan – ma’shuqa. Bu gal men qiz tomonidan sevilgan ma’shuq(a)manmi? Shuncha kitob o`qib, bu oddiy jumboq echimiga ko`zim tushmagan ekan. Dunyo teskari aylanmayaptimi, ishqilib?

4. Payshanba
Eh, kallam qursin, qo`lyozmalar ummonida “payshanba tadbiri”ni unutib qo`yibman-ku. Endi dam olish kerak! Pishillab yotgan xonim uyqusirasa-da haq gapni aytdi:
– Soatga qarang, juma boshlanganiga ikki yarim soat bo`ldi, to`g`rimi, bas, turing, ishingizni qiling! Sizga xotin emas, xat kerak!
Chayon chaqqandek sabchib tushdim:
– Qanaqa xat?!
Xonim xumor ko`zlarini ochmasdan ming`irladi:
– Ana, stolingiz usti to`la xat-ku? Shulardan bosh ko`tara olmayapsiz-ku?
– To`g`ri,– dedim salgina o`zimga kelib.
Xotinim tomdan tarasha tushgandek so`radi:
– Yo, boshqacha xat ham bormidi?
– Yo`g`-e, nimalar deyapsan? Boshqacha xat bo`lsa, sendan yashirarmidim? Doim aytaman-ku, dunyoda xotiniga vafodor bitta er bo`lsa – o`zimman!.. Sal suril endi...

5. Juma
Muhabbat gulshani yoshlik bog`larida ajib xotira bo`lib qolgan deb yurar edim... O`g`lingning bo`yi bo`yingga tenglashib, mo`ylabi sabza urganida bu haqda o`ylash o`zi kulgili...
Aql otiga mindim, deganda muhabbat osmonida yana bir yashin chaqnab, meni telba qilib qo`ysa-ya. Bu haqda o`ylamayman, desam ham yurak qurg`ur... Majnun bo`lib qolishimga bir bahya qolyapti. Nahot shu yoshimda talaba qizning “yuragidan urganim” rost bo`lsa!..
Yurak nidosini qarang: “...ilgariroq qaerda eding, Laylim!..”
O`t-olovdan qolishmaydigan yosh qiz sevgining sirli olamini qandoq tasavvur etishini yaxshi bilaman! Muhabbat bog`ida g`unchadek ochilgan ojiza otashdek yuragini aqliga bo`ysundirishga ojizlik qiladi. Tuyg`ular toqida u o`zini qay darajada his etishi aniq. Uning yuragini zabt etgan domla uchun bu baxtmi yo baxtsizlik?
Ishqilib, oxiri baxayr bo`lsin...
Xatni ko`ylagimning ko`krak cho`ntagida saqlab yuribman. Yurakka malham bo`lsin, deganim emas bu. Boshqa cho`ntaklarimga xonimning ham qo`li kirib turadi...
Tizginsiz xayollarim o`zimni tizginlab tashladi...
Bu nozik ishda Aql harqancha g`olib bo`lmasin, tuyg`ular ham o`z ishini qilardi; demak, bu dunyoda men ham loaqal bir bora (garchi samarasiz bo`lsa ham!) sevilish baxtiga musharraf bo`lyapman! Hozir hammasidan ko`ra xuddi shu haqda xayol surish maroqli edi! Demak, men uchun muhabbat yaproqlari xazonga aylanmagan! Sevgi kurtaklari barq urishi, qalbimdagi g`uncha gul yanglig` ochilishi mumkin! Sevilishga arzigulik yigit ekanman-a! Menga ko`ngil qo`ygan qiz (garchi xomxayol bo`lsa-da!) kimsan – talaba! Demak, hali talabadek sevib-seviladigan davrim! Ishq osmonida parvoz qilaversam bo`larkan!..
Shunday tuyg`ular og`ushida xatni qayta-qayta o`qirdim...
Ajib tuyg`ular xotinimdan vaqtincha sir saqlashga (aslo xiyonat qilish maqsadida emas!) majbur qildi. Unga bildirsam nima bo`lishi aniq; xatni burda-burda qiladi, vassalom.
Domlalik faoliyatimga ham nuqta qo`yilib qolishi hech gapmas...
Mayli, bu yog`i bir gap bo`lar. Endi xat muallifini aniqlashim kerak. “Bonu”si kim bo`ldiykin?.. Qaysi talaba qizning yurakchasidan uribman? Nahot, bir qalbni zabt etganman! Beixtiyor toshoynaga qaradim. Qomatim chakkimas! Alpomishkelbat deganlari, ana, ko`zguda savlat to`kib turibdi! Ko`ngil qo`ygan qizning ham didiga qoyil. Barchinning o`zi qanaqa ekan?..
Endigina butlangan aql qo`rg`onimni telba tuyg`ular parchalab tashladi. Shu qadar parchaladiki, o`sha on qo`limdagi antiqa xatni parchalab tashlashga kuchim etmasdi. Muhabbat otashida yongan qiz yuragidagi harorat vujudimni chulg`ab, alangasida meni kuydirayotgan edi...
Xayolimda kechgan o`ylardan seskanib ketaman. Hay-hay, o`zingni bos!..
Sevib, sevgidan adoyi tamom bo`lgan Majnun sevilish lazzatini endi his etyapman!.. Eh, munchalar totli bo`lmasa bu ruhiy lazzat! Vujudim muncha yonmasa? Muhabbat yosh tanlamas, otashi istalgan vaqtda kuydirib kul qilarkan-da...
Hov, aqlingdan adashma, deyman o`zimga o`zim. “Qirchillama yoshdasan” deb ko`nglingni ming ko`tarmasin, hayot qarilik qo`rg`oni sari etaklayotgani o`zingga ayon-ku. Nahot, aql cho`qqisida sobit tura olmaysan?! Shu savlating bilan qandaydir hislar girdobidan chiqa olmaysanmi? O`ylab ish tutishga nahot bardoshing etmasa?! Men domlaligimni qilay, sen talaba ekaningni unutma, deya xatni yirtib tashlasang olamguliston-ku!
Afsus, qaysidir nozanin yozgan xatni parchalashdan ko`ra hozir yuragimni parcha-parcha qilib tashlash osonroq edi...

6. Shanba
Tuyg`uga erk bermay, Aql mash’alin balandroq ko`tar, donish domla!.. Ichimda shundoq deyman, aslida-chi? Koshki mudom aql ila ish tuta olsam!..
Tuyg`ular baribir tentiratib qo`yaveradi. Bo`lmasa, muallifi noma’lum xatni shuncha kundan beri qo`ynimda saqlarmidim?..
Oilaga sadoqat qayoqda qoldi?
Bor gapdan xotinimni ham boxabar qilsam, ish boshqacha bo`larmidi! U holda haqiqiy “ideal er” hisoblanishim muqarrar! Telbalarcha yozilgan xat shunchalik telba qilmasin, Turob Toshbekovich! Birov suydim, desa, unga javoban, kuydim, deyish shartmi? Yostiqdoshingdan necha kun sir saqlay olasan?..
Bu aqlli gaplar “g`isht qolipidan ko`chganidan so`ng” xayolga keldi...
Meni “jinni” qilayotgan qiz shu dargohda-ku! Uni topib, orani ochiq qilmasam bo`lmaydi! Fakultetga yaqinlasharkanman, yana vujudim titrardi. Inidan chiqayotgan asalarilardek eshik bo`sag`asida turgan qizlar salomiga vazminlik ila alik olarkanman, bir qur nigoh tashladim. Balki shular orasidadir?
Yo`q, hech kim menga sirli yo ayricha boqmadi...
Kafedra tomon yurdim. Kuzatib turgan bo`lsa, balki ortimdan kelar? Bu umid ham puchga chiqdi. Katta tanaffus tugadi hamki hech kim “qadam ranjida” qilmadi.
Talabalarning chehralariga boqqancha iyib ketdim. Ularga begona ko`z bilan qaragan kunim o`lib qolsam kerak... Talabalarini o`z farzandidek seva olmagan odam ustoz bo`la olmaydi! Bu – men kashf etgan falsafa!
O`sha falsafamga avvalo o`zim amal qilmog`im lozim!
Shunday aql bilan uyga qaytgach, cho`ntakka qo`l solamanu...
Tashna tuyg`ular tentiratib qo`yadi.
Axir, sevgi degan ilohiy ne’matni Aql tarozisida o`lchab bo`larkanmi?

7. Yakshanba
Xotinimning gapi tomdan tarasha tushgandek bo`ldi:
– Dadasi, muncha xayolparast bo`lib qoldingiz?..
– A, labbay?– Go`yo ayb ustida qo`lga tushgandek ichimda nimadir chirt uzildi. Boshimda qaqqayib turgan xonimga hurkib qaradim.– Bir narsa dedingmi?
– Muncha uh tortasiz? Tinchlikmi?
Tilim zo`rg`a aylandi:
– Tinchlik...
Ko`zimni olib qochganimni sezdi, shekilli, ilmoqli savol tashladi:
– Namuncha o`zgarib qoldingiz?..
– Qaytib o`zgaribman?
– O`zingizga bilinmayaptimi?
Kattalarning gapiga aralashma, deb ming pand-nasihat qilsam-da o`rni kelganda shartta qo`yivoradigan o`g`lim luqma tashladi:
– Oyimga ja-a mehribon bo`lib qoldingiz!
– Buning nimasi yomon?– Boshqa gap topa olmagach, o`g`limga yovqarash qildim.– Sen qachondan buyon otang bilan onangning o`zaro munosabatiga baho beradigan bo`lib qolding?
– Bir kinoda ko`ruvdim!– Tap tortmay bidirladi o`g`lim.– Qilg`iliqni qilib qo`ygan erkak hadeb xotiniga xushomad uraveradi...
Bunaqa bema’ni gaplarni o`z o`g`lingdan eshitganda jinni bo`lib qolar ekansan. O`zimni tuta olmay, o`shqirib yubordim:
– Shunaqa bo`lmag`ur kinolar ko`rishni senga kim qo`yibdi!..
Bir imo bilan o`g`limizni narigi xonaga chiqarib yuborgan xonim meni tinchlantirish uchun asta boshimni siladi:
– Shungayam shunchami? Asabingizni asrang, dadajonisi!.. Axir, domla degan nomingiz bor! To`g`rimi, domlajon!
Hovurimdan tushgach, ming`irladim:
– Mishiqingga aytib qo`y, otasining betiga buytib baqraymasin!
Vaziyatni yumshatish uchun xonim yana boshimni quchdi. Sochlarimni ohista silarkan, murosaga chaqirgan bo`ldi:
– U hali bola-da, domlajon!
Xonimning “domla”lab gapirishi kulgimni qistadi:
– O`g`limiz – bola! Sen-chi? Talabamisan? Namuncha “domla”laysan?!
Xonim antiqaroq qaradi:
– Talabaga o`xshamaymanmi, domlajon?
U shu tobda xuddi “Mehrobdan chayon” filmidagi Ra’noga o`xshardi. Uni ko`rib o`zim ham Anvarga o`xshagim keldi. Yuragim ajib tuyg`ulardan sarmast bo`lib, so`zlarim hayajonli chiqdi:
– Talaba qizlar oldingda ep esholmaydi!.. Sen haqiqiy Ra’nosan!
– Chindanmi?
– Bo`lmasam-chi!
Hozir undan: “Siz Anvarga o`xshaysiz” qabilida gap kutgandim, afsuski, gapning nishabi boshqa yoqqa burildi:
– Bir narsa so`rasam maylimi?
– Xo`sh?– Hushyor tortib qaradim xotinimning yuziga.– So`rayver.
– Men ham “ijodiy ish” yozsam qandoq bo`larkin?
– Mayli!– Dilimdan, shu etmay turuvdi, degan o`y kechsa-da, tilimdan boshqa so`zlar chiqdi.– Yozish qo`lingdan keladimi o`zi?
– Kelganda qandoq!– Qah-qah otdi xonim.– Shunday yozayki, domlamiz telba bo`lib qolsin!..
– Qanaqa telba?!
– Xuddi shunaqa!
– Tushunmadim?
– Mana, telba bo`lib yuribsiz-ku!!
– ...
– Ishonmaysizmi?– Xonim qandaydir sirdan voqifga o`xshardi. Meni sinamoqchidek o`smoqchilab gapirdi. – Nahotki... Axir, men yozgan xatni bir haftadan beri qo`yningizga solib yuribsiz-ku, domlajon!.. Xuddi mushuk bir narsasini bekitgandek...
– Nima?!
Tuyg`ular janggida mag`lub bo`lgan Anvar kinoda mag`rur turgandi. “Sen engding, Ra’no!” deya tan bergandi. Mening esa majolim etmadi. Divanga cho`kayotib, xonimning so`zlarini elas-elas eshitdim:
– Sizni Majnun qilgan “...bonu” – o`zimman!..
Hikoyam tuga...madi.
Navbatdagi mashg`ulotni odatdagidan boshqacharoq boshladim. Yangilik va axborotga tashna talabalarimga bu voqeaning yarmini aytib bergandim, hayajondan auditoriya larzaga keldi. Ularni qiziqtirgan savol bitta edi: xatni kim yozgan ekan?
Hikoyam davom etishini istab, atay shunday dedim:
– Mashg`ulotdan so`ng o`sha “bonu”ni kafedrada kutaman...
Ikkinchi qavatdan bir emas, to`rtta qiz izma-iz tushib keldi.
– Domla, sizni hammamiz yaxshi ko`ramiz,– dedi ulardan biri dangal maqsadga ko`chib.– Ba’zi kursdoshlarimiz suratingizni yotoqxonagayam ilib qo`yishgan!..
Xat “muallifi”ni topolmaganimda bu gapdan esankirab qolishim aniq edi. Endi talabamning beg`ubor chehrasiga bafurja boqdim:
– Xo`sh, kimlar ekan?
U o`n ikki nafar dugonasining ismini aytib tashladi.
Ikkinchi qizning ham gapi qiziq bo`ldi:
– Ustoz, sizga atab she’r yozib yurganlar ham bor.
– Xo`sh, qaysi shoiralar?
Tag`in bir talay qizlarning ismlarini bilib oldim.
Ba’zi qizlar yangi kitobimga taqriz yozishayotgani ham oshkor bo`ldi.
Bu gaplardan sarmast bo`lib, savol tashladim:
– Xo`-o`sh, sizlar-chi? Yaxshi ko`rmaysizlarmi?
Qo`ng`ir sochli talaba mehr ila boqqancha shunday dedi:
– Ustoz otangdek ulug`, degan maqol mag`zini endi chaqayapmiz! Haqiqiy ustoz – mehrga kon bo`lar ekan. Uni sevmay bo`ladimi!
Tilim bazo`r aylandi:
– Men ham sizlarni o`z farzandlarimdek sevaman.
Qo`lidan qalami tushmaydigan qiz har qanday domla uchun orzu bo`lgan gapni aytdi:
– Mashg`ulotingizga sog`inib kelishimizning boisi shunda!
Shu payt eshik qoqib kelgan yigit suhbatga qo`shildi:
– Sizga xat yozgan odamni topdim!
– Xo`sh, kim ekan?
Jingalaksoch yigit taxminini aytdi:
– O`g`il bolalardan biri husnixatini o`zgartirib yozgan bo`lsa kerak!
– Nega shunday deb o`ylaysiz?
– Har qanday hodisadan zo`r hangoma chiqarishingizni hamma biladi,– dedi uning o`zi ham umidvor boqib.– O`sha bola “kulguli mavzu” yaratmoqchi bo`lgandir!
Qirq kokilli qiz o`zicha “nishon”ga urdi:
– Mabodo, o`sha bola o`zingiz emasmi!
Gur-r kulgidan xonamiz yorishib ketgandek bo`ldi!..
Shu tobda mehr to`la ko`zlarga boqib, ko`nglim allanechuk bo`lib ketdi. Axir, ularni o`z farzandlarimdek sevishim aniq-ku! Bu buyuk muhabbat oldida haligidaqa gaplarga mutlaqo o`rin yo`q! Endi abadul-abad har bir talabamning maftuniman!..
Bu hangomadan yutganim – navbatdagi mashg`ulotga quruq bormaydigan bo`ldim! “Ijodiy ish”imga esa qahramonlarimning o`zlari baho qo`yishar...
Старый 01.11.2009 08:52   #47  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
QUVNOQ GAPLAR (Davomi. Boshi oldingi sahifalarda)

Dunyodagi jamiki boyliklar moddiy va ma’naviy ne’matlardan iborat. Ba’zi davlatlar o`zaro oldi-berdi qilmasligi mumkin, ammo ma’qul topsa, ajoyib gap-so`zlarini indamay o`zlashtirib olaveradilar.

AYTADIGAN GAP
Ko`nglini bir bo`shatib,
Niyatiga etdi-da.
Aytadigan gapini,
Aytib-aytib ketdi-da.

AYTGAN GAP
Aytgan gapini qarang,
Ne hammaga aytadi?
Isbot talab qilsang gar,
U so`zidan qaytadi.
"+" от:
Старый 01.11.2009 09:15   #48  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Хамкорликда хикмат куп, деган маколнинг мохиятини азиз форумдошларимиз билан кизгин давом этаётган бахслару фикр алмашишларда яна бир бора куриб турибман. Ижодингизга барака азиз сафдошлар!
"+" от:
Старый 01.11.2009 11:35   #49  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Behzod Saidov
Оффлайн
Сообщений: 1,088
+ 739  628/355
– 11  3/3

UzbekistanОтправить сообщение для Behzod Saidov с помощью Skype™Аккаунт на Twitter
Цитата:
Сообщение от Tulqin Eshbekov Посмотреть сообщение
“OShIQ” DOMLA

yoxud “talaba”ning ishqiy maktubi
Оффтоп:

Ҳажвияни ўқиш давомида катта йўлдаги бетон деворларга лотин алифбосида катта ҳарфлар билан ёзилган "Эрни боқсанг, эр сени боқади" деган "халқ мақоли" эсга тушиб кетди.
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 02.11.2009 01:44   #50  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Behzod Saidov Посмотреть сообщение
Ҳажвияни ўқиш давомида катта йўлдаги бетон деворларга лотин алифбосида катта ҳарфлар билан ёзилган "Эрни боқсанг, эр сени боқади" деган "халқ мақоли" эсга тушиб кетди.
Эътиборингиз учун ташаккур! Яхши нарсани ёдга солган булса, демак, узингиз яхши фикрлаб юрадиган олижаноб инсон экансиз!
Закрыто
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх