Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 06.10.2009 10:55   #421  
uParty Member
Аватар для Gulnora Voisova
Оффлайн
Сообщений: 589
+ 1,042  486/242
– 0  0/0

Uzbekistan
Андижон, кунглимда кукарган далам,
Йулимга термулиб колган чорбоглар.
Мени согинади согинмасам хам.
Боги Бобурдаги момакаймоклар.

Узинг улгайтирган нихолингга бок
На буйинг етар, на кулинг етади.
Болангдан шох чикса - узга юртда шох,
Шоир чикса бари дайдиб кетади.

Гохи койимайсан гапга кирмаса,
Гохи бошин силаб йулга солмайсан.
Такдирдан нолийсан худо бермаса,
Худо берганини асрай олмайсан.

Бевафо дунёнинг ишларин курсанг.
Сен курган саройга хинд мехмон танлар.
Балки ахил булсанг, сал кенгрок булсанг.
Багрингда буларди Тожимахаллар.

Узр, гар огринсанг елкамга бош куй,
Шод кунинг кунглингни мен билан чогла.
Бобурга илинсанг, менга ковун суй,
Чулпонни согинсанг, мени кучокла.

М. Юсуф
Ответить 
Старый 06.10.2009 17:10   #422  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Kahramon Jalilov
Оффлайн
Аналитик
админ ДСИ
AKA:designer
Сообщений: 1,104
+ 781  680/330
– 24  11/7

UzbekistanОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью YahooОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мир
Muhammad Yusufning bir ajoyib she'rlari bo'r edi maktab chog'ida juda kelistirib kuyga solib aytardik mana o'sha she'r:

Mayli-da, kimgadir
Yoqsa,
Yoqmasa,
Ularga qo‘shilib
Yig‘lasharmidik.
Biz baxtli bo‘lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik…

Rayhon hidlaringni
Yo‘llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko‘kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig‘lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing –
Onang seni
Chiroyli tuqqan!..

Menga
Bir tabassum
Hadya et, ey yor,
Nur tomsin
Lablaring
Sohillaridan.
O‘zing ayt,
Senday qiz
Yana qayda bor,
Kipriklari uzun –
Kokillaridan?..

Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O‘rtanma g‘amda.
G‘iybatlarga chida,
Tuxmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug’ olamda.

Men esa
Oshig‘ing sening –
Eng g‘arib.
Tundan so‘z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yoningda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.

Ista,
Tiz cho‘kaman
Hozir oldingda,
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..

Biz baxtli bo‘lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik?!
Ответить 
Старый 06.10.2009 17:17   #423  
Аватар для olim
Оффлайн
Сообщений: 259
+ 557  160/82
– 0  3/3

UzbekistanОтправить сообщение для olim с помощью ICQОтправить сообщение для olim с помощью YahooLiveJournalМой мир
Цитата:
Сообщение от qaha111 Посмотреть сообщение
Muhammad Yusufning bir ajoyib she'rlari bo'r edi maktab chog'ida juda kelistirib kuyga solib aytardik mana o'sha she'r:

Mayli-da, kimgadir
Yoqsa,
Yoqmasa,
Ularga qo‘shilib
Yig‘lasharmidik.
Biz baxtli bo‘lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik…
Menga bu she'r juda yoqadi agar xotiram pand bermagan bo'lsa ushbu mavzuning sahifalaridan birida aynan ushbu misralarga ko'zim tushgandi. Balki qarab chiqarsiz?

Последний раз редактировалось olim; 06.10.2009 в 17:20.
Ответить 
Старый 06.10.2009 17:22   #424  
Аватар для Abror Qodirov
Оффлайн
"Stadion" gazetasi
Сообщений: 185
+ 226  143/68
– 4  0/0

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Цитата:
Сообщение от qaha111 Посмотреть сообщение
Muhammad Yusufning bir ajoyib she'rlari bo'r edi
Bu she'r mavzuda keltirilgandi adashmasam...
__________________
http://futbol-klub.uz
Ответить 
Старый 06.10.2009 17:40   #425  
Аватар для Abror Qodirov
Оффлайн
"Stadion" gazetasi
Сообщений: 185
+ 226  143/68
– 4  0/0

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Ortiq ko'rishmaymiz

Yo'q! Ko'rishmaymiz, xayr endi,
Ortiq ko'rishmaymiz yuzma-yuz.
Sahrolarda sevgimiz qoldi,
Qor ostida qoldi sevgimiz.

Ortiq ko'rishmaymiz yuzma-yuz,
Mehr to'la yoniq yuz bilan,
Yo'q, yo'q, endi hech qaramaymiz,
O'rtalikda mash'um bir tuman.

Sahrolarda sevgimiz qoldi,
Kuygan yantoq misol quyoshda.
Xato sevgi qo'shilib tomdi
Zahar-zaqqum bo'lib ko'z yoshdan.

Qor ostida qoldi sevgimiz,
Sho'rlik sevgi topmadi omon.
Yakka-yakka bo'ldi ismimiz,
Har xil yo'ldan ketdik har tomon...

Rauf Parfi
__________________
http://futbol-klub.uz
Ответить 
Старый 06.10.2009 17:52   #426  
Аватар для olim
Оффлайн
Сообщений: 259
+ 557  160/82
– 0  3/3

UzbekistanОтправить сообщение для olim с помощью ICQОтправить сообщение для olim с помощью YahooLiveJournalМой мир
Gapirsin qalbing, ko‘zing,
Zinhor yolg‘on so‘zlama!
Bo‘lsa ham ikki yuzing,
Bo‘lma ikki yuzlama!

Normurod Narzullayev (1934-2006)
Ответить 
"+" от:
Старый 06.10.2009 22:11   #427  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Seni eslayman

Men seni eslayman sokin saharda,
Qaro tun bag’rini yoritganda tong.
Bir yengil shamollar esgan nahorda,
Quyosh ufqlarga sochsa tilla rang.

Men seni eslayman dunyoga boqib,
Mo’jizali olam qilganida lol.
Hayratli hayollar domiga oqib,
Bir zumga chalg’imoq keladi malol.

Men seni eslayman, eslayman hamon,
Garchi ko’rolmasman yerda jamoling.
Ruhim intiladi mudom sen tomon,
Barcha go’zalliklar sening timsoling.

Men seni eslayman, eslayveraman,
O’y- fikrimda faqat vasling hukmron.
Hijron sahrosida gullar teraman,
Eng yaqin sirdoshim O’zingsan har on.

Umida Ismoilova
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 06.10.2009 22:13   #428  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Qalb qo’shig’i

Inson ilhaq bo’ldi…Avvaliga nimanidir orziqib, kutib yashadi… So’ng izlashga tushdi…Bir kun ilg’adi, qulog’iga chalindi… Topdi. Vujudi titrab ketdi: qalb qo’shig’i… Qalbning hazing nidosi… Oxangi, ohori o’zi bilan…

Asl erur qalb,
Saxiy erur qalb,
Zakiy erur qalb,
Erur boqiy qalb.

Hayot – hikmat.
Umr – sinov.
Sabr bu baxt.
Ezgulikdir taxt.

Harakat – odim.
Saxovat – in’om.
Qanoat –sihat.
Qalb esa abad.

Ibrat – saboq.
Hayrat – fikrat.
Hidoyat – ne’mat.
Manzil – saodat…

Ibtido – yaqin.
Intiho – uzoq.
Niyat – qutlug’.
Qalb esa ulug’.

Ulug’ erur qalb,
Buyuk erur qalb,
Tanho erur qalb,
Boqiy erur qalb…

Obiddin Mahmudov
Ответить 
2 "+" от:
Старый 09.10.2009 14:38   #429  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Endi kech,
Ufqida tunlar yig'laydir,
Xazon yo'llariga tutash yo'limning.
Endi kech...
Yulduzlar "Oh"lar urgaydir,
Qanoti kuyadi hur xayolimning...
Endi kech-
ko'zimning olgun shabnami
Labingda titramas... titramas...
Bildim, evoh, bildim,
eh, nega bildim,
Senga taskin kerak...
Men emas!
Endi kech...
Men-g'ayri, shunchaki g'ayri,
Ketdim. Xo'sh qol, moviy tunlar faslida.
Ishq-karamning osiy bandaga xayri,
Ishq-bu dorga o'zni osmoq, aslida!
Endi kech,
Bilarsan, meningday purg'am,
Uzun umring uchun behuda va hech.
Kechangdan kechmassan,
Xayolingdan ham,
Azobing, gunohing-
Mendan
Endi kech!
Endi, kech... Endi kech... Endi kech...

Zebo Mirzo
Ответить 
Старый 09.10.2009 14:50   #430  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Keting,
Sizga ehtiyojim yo'q,
Sevib bo'ldim Sizsiz o'limni.
Yana ming yil yashasangiz ham,
Tushunmaysiz mening ko'nglimni.

Kutmang,
Sizga bermayman ortiq,
Umrimning bir lahzasini ham,
Yuragimni yulib tashlayman,
Azoblarga topaman chidam!

Hechqisi yo'q,
Yashab ketaman!
Sizdan yorug', sizdan balandroq.
Nasib ekan so'ngsiz o'limni
Tirik мгогв bilan ko'tarmoq.

Qoldirmoqqa urinmang, illo,
Boqmang ilhaq, intiq, g'amangiz.
Menga behad yolg'on tuyular,
Ishqqa o'xshab ketgan ta'mangiz.

Nima qilay,
Shunday Ayolman,
Tabiatan va yoki dilan:
Sevsam juda qattiq sevaman,
Ruhim, jismim, hayotim bilan!

Nomingizga qo'shilib o'sdim,
Har kun,
har tun mahrum va badar.
Men sizniki bo'lib yashadim,
Bilsangiz, to shu kunga qadar!

Ammo bildim.
Siz butkul boshqa!
Buloqdirsiz-sokin va beg'am.
Anglamaysiz, bir kuni aytmay,
Poyingizda suvsab o'lsam ham.

Yo'q, bu ishqni ko'tarolmaysiz,
Sizni ezar tahqir va ta'qiq.
Bu dunyoda eng go'zal sevgi,
Hamisha xor, mahkum, mustahiq!

Keting,
Sizga ehtiyojim yo'q!
Sevsam endi sevgum O'limni.
Yana ming yil yashasangiz ham
Tushunmaysiz, afsus, ko'nglimni...

Zebo Mirzo
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх