Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ЎЗБЕКОНА > Маърифат
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Маърифат Адабиёт, тарих, таълим, маданият, санъат ва ҳоказо


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 17.02.2013 09:36   #1  
Аватар для Аброр Шокиров
Оффлайн
YTT
Сообщений: 141
+ 62  125/57
– 2  1/1

Uzbekistan
Alixonto`ra Sog`uniyning hayoti va faoliyati

Hurmatli forumdoshlar. Ko'pchilikka ma'lum bo'lgan shaxs Alihonto'ra Sog'uniy haqida, u kishining ko'pchilikka noma'lum hayot va ijodi haqida fikr yuritiladigan mavzuga hush kelibsizlar.
Kiril harflarida ushbu mavzuni olib borsam qiziqadiganlarni soni ancha oshishi mumkunligini bilgan holda baribir o'z ona tilimizni lotin alifbosidagi ko'rinishda olib bormoqchiman. Chunki o'sib kelayotgan avlod kiril alifbosini deyarli tushunmaydi i shunisiyam yaxshidir, balkim.

Mavzu avvalidan o'zimni shu kishiga nisbatimni aytib qo'yay. men Alihonto'ramning abiralari bo'laman.(yani nevaradan keyingisi). Faqat bu kisini ijodi va hayot yo'lini izlanishida aqrabolik mutaassibligiga yo'l qo'ymayman, yani harakat qilaman. Chunki bu kishini hayot maqsadi, huddi Amur Temur bobomiz aytganlaridak "Kuch - adolatdadir" shiori ostida bo'lib o'tgandir. Mutaassiblikka berilish, nafaqat u kishiga balki Adolatga hiyonat qilgan bo'laman. Chunki adolatni na dini va na millati bor. Adolat oldida hamma barabardir.
Ответить 
Старый 17.02.2013 09:45   #2  
Аватар для Аброр Шокиров
Оффлайн
YTT
Сообщений: 141
+ 62  125/57
– 2  1/1

Uzbekistan
Nimagadur O'zbekiston - Vatan tarihida o'z izini va nomini qoldirib ketgan ushbu shaxs haqida deyarli ma'lumotlar yetarlik emas. Nima uchun degan savol tug'iladi?
Nima uchun jadidchilar va Jadidchilik harakati a'zolarini shunchalik nomini ulug'laymizki, lekin Alihonto'ra Sog'uniyni hech bir yerda nomini tilga olmaymiz? Nima uchun? Yoki u kishini Jadidchilik harakatini hushlamaganliklaridanmi yoki u kishini judayam dindor bo'lganliklaridanmi yoki u kishi nomini boshqa diyorda nom qozongani uchunmi bilmaymanu, lekin nima bo'ganda ham u kishini hayot va ijodini o'rganib chiqishimiz kerak.
Kelinglar hamma fikr qarashlarni u kishi haqidagi maqoladan keyin olib borsak.

Turkiyalik bir tadqiqotchi Yilmaz Polat degan olimning Alihonto'ra So'guniy hayoti va Turkiston mujodalasi ilmiy tadqiqot maqolasini o'zbekchacga tarjima qildim. Ba'zi ba'zi joyida qavus ichida izohlarimni kiritdim.
Marhamat tanishing:
Ответить 
Старый 17.02.2013 10:00   #3  
Аватар для Аброр Шокиров
Оффлайн
YTT
Сообщений: 141
+ 62  125/57
– 2  1/1

Uzbekistan
Alixon To`ra Sog`uniyning hayoti va Turkiston mujodalasi.


Yilmaz POLAT


Kirish:
Alixon To`ra Sog`uniy 1944 yilda Sharqiy Turkistonda Xitoy Hukumatiga qarshi kurashib, mustaqil davlat tuzgan sarkarda, tashkilotchi,(tabib) hukmdor O`zbek din olimidir.
Turkiston Milliy Ozodlik Harakatining faollaridan biri bo`lgan Sog`uniy hayotini Rus Imperializmiga qarshi kurash bilan o’tkazgan, oz muddat bo`lsa-da, katta muvoffaqiyatga erishgan, hayoti va harakatlari kam o`rganilgan mumtoz shaxsiyatlardandir.
(Turkiyalik bir tadqiqotchi) Yilmaz O`ztunaning “Islom Davlatlari” kitobida mavzuga aloqador qiziqarli va to`liq bo`lmagan quyidagi ma’lumot keltirilgan:
“1944 yilning iyun oyida Alixon To`ra G`uljada xitoy( imperialist)larga qarshi bosh ko`tarib, Qozog`iston chagaralaridagi ILI viloyatini egallaydi. 1944 yil 7 avgustda “Sharqiy Turkiston jumhuriyati’ e’lon qilinib, Alihonto’ra Jumhuriyat Prezidenti etib saylanadi. Davlat poytaxti etib G`ulja shahri tayinlandi. Usmon Botir Alixon To`raning hokimiyatini qabul etdi. 1945 yilning martida Ali Bey Rahim Manasni qo`lga kiritti. 1946 yilning yozida Alixon To`ra g`oyib bo`ldi. Kommunistlar tarafidan o`ldirilgani taxmin etilmoqdadir. Yana bir taxminga ko`ra bu suyiqast Xitoy Bosh Voliysi U Jung Shin tomonidan tashkillashtirilgandir…..”
Olim Yilmaz O`ztuna o’z asarini “Madaniyat Vazirligi Nashriyoti” tomonidan 1989 yil nashr etilganini e’tiborga olsak, bu ma’lumotning to`liq emasligi oshkor bo’ladi. Chunki Alixon To`ra 1946 yil kommunistlar tomonidan o`ldirilmaganligi, Sovet Ittifoqining G`ulja konsullligi Dabashin (konsol yordamchisi Aleksandr Vasilovich) tomonidan 1946 yil Iyun oyida Qozog`iston va Xitoy chegarasida joylashgan Qo`rg`os shahrida o`tkaziladigan muzokara baxonasida tuzoqqa tushilgani va xarbiy samolyot bilan Toshkentga olib kelingan edi. Ikki yil xalqdan uzoq, Toshkent shahar tashqarisida ushlab turilgan. Keyinchalik uy qamog`ida umr o`tkazib, 1976 yilda vafot etganini bilamiz.
Ajablanarlisi shundaki, hayotini ikki kommunist davlat bilan mujodalada o`tkazgan Alixon To`ra Sharqiy Turkistond Prezidenti bo`lishiga qaramay, Usmon Botir va Yusuf Alptekin qadar mashxur emas Tarix kitoblarimizda u zot haqida oz ma’lumot berilgan. Buning sababi nimada?..
Sharqiy Turkiston istiqlol harakati faollarining o`z xotiralarida Alixon To`ra haqida juda oz so`zlaganlari, hatto hech eslamaganliklari bu zotning tanilmaganligi, yoki juda oz tanilishida rol o`ynagan. Fikrimcha, Alixon To`raning mashxurlashtirilmaganligining asosiy sababi harakatlarining Islomiy tarafidir…
1991 yil Avgust oyida Sovet Ittifoqining tarqab ketishi bilan O`zbekiston o`z mustaqilligini e’lon qildi.Mustaqil bo`lgan davlatlar o`z milliy qahramonlarini qidirib topib, ularning shaxsiyatlarida istiqlol g`oyalarini ko`rsatishga harakat qilishadi. Alixon To`ra ham kommunizm davrida xoin kabi ko`rsatilsa-da, bugunga kelib, mustaqillik timsoli, milliy qahramonlar qatoridan joy oldi. Poytaxt Toshkent shahrida bir qancha maktab va ko`chalarga uning nomi berildi. Shaxsiy ashyolari uy muzeyiga qo’yildi.
Boshqa tarafdan Alixonto`rani noto`g`ri tanigan va tanitgan shaxs va kitoblar ham mavjud. Masalan, Vinsent Monteilning “Sovet Musulmonlari” kitobida mamba ko`rsatilmagan xolda Sharqiy Turkiston Islom Jumhuriyati Sovetlar tomonidan qurilganligi aytilgan, jumhuriyatni qurganlar esa “kommunist va Turk tarafdorlari”deb ta’riflangan. Ya’ni kitobga boshdan oxiriga qadar beparvolarcha yondashilgan bo`lib, qarama-qarshiliklarga yuz tutilgandir. Masalan, Alixon To`ra ham kommunist, ham Turk tarafdori o`laroq tanitilgandir. Vaholanki Alixon To`ra aslo kommunist emas, kuchli din olimi edi. Maqolamizni o`qish jarayonida u zot haqida yaxshiroq tasavvur xosil qilasiz....

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 18.02.2013 в 15:52.
Ответить 
Старый 17.02.2013 16:13   #4  
Аватар для Fayzbek
Оффлайн
Сообщений: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow Xmm...

Men uning general bo'lganini, va boshqa masalalar haqida bir talabaning diplom ishida birinchi marta tanishganman.
__________________
Nur bor joyda soya bor.
Ответить 
Старый 17.02.2013 22:07   #5  
Аватар для Аброр Шокиров
Оффлайн
YTT
Сообщений: 141
+ 62  125/57
– 2  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Fayzbek Посмотреть сообщение
Men uning general bo'lganini, va boshqa masalalar haqida bir talabaning diplom ishida birinchi marta tanishganman.
U kishi general emas, marshal unvoniga sohib bo'lganlar. Agar yana ozgina sabr qip turseyz u kishi haqida ancha narsa bilib olasiz.
Ответить 
Старый 17.02.2013 22:13   #6  
Аватар для Аброр Шокиров
Оффлайн
YTT
Сообщений: 141
+ 62  125/57
– 2  1/1

Uzbekistan
Davomi....


Tug`ilishi va taxsil hayoti:

Alixon To`ra bugungi Qirg`iziston Jumhuriyatining eski nomi Bolasog`un bo`lgan To`qmoq shaxrida (Issiq ko`lga yaqin joyda)1885 yil tug`ildi. Otasi "Shokir Xoja Eshon" deb tanilgan Shokirxon To`ra bo`lib, din olimlaridan bo`lgan. Ayni paytda Naqshbandiya tariqati shayxlaridan biri bo`lgan.
Ilk taxsilini buvasi Muhammad Hojadan oldi. 13 yoshida akasi Olimxon To`ra bilan Makkaga amakisining yonida taxsilini davom ettirmoq uchun yuborildi. 17 yoshgacha Makkada Arab, Fors, Turk tili, tafsir, hadis, fiqh, mantiq, siyosat va xarb darslarini oldi. O`z hoxishi bilan Makkadagi Turk zobitlaridan xarbiy taxsil oldi. Madrasada o`qirkan, hech ta’tilga chiqmadi. 1902 yil oilasining yoniga qaytdi. Akasi bilan birgalikda Buxorodagi Amir Olimxon madrasasida taxsilini davom ettirdi. Alixon To`ra Buxoroga o`qishga ketgan yillarda Buxoro Amirligi Tashqi siyosatda Rossiyaga bog’liq edi. Bu madrasada musiqa, adabiyot, geografiya, muhandislik, falakiyot, tarix, tabobat sohalarini o`rgandi.
Bundan tashqari, xotiralarida o`sha paytlar madrasadagi taxsildan qoniqmay, mudarrislarning uylarida bekitikcha maosh to`lab, dars olganini, Turkiyadan keltirilgan gazetalar ta’qiqlangan bo`lishiga qaramay, o`qib borganini aytdi. Buxoroda boshlangan mazhab tortishuvlariga qarshi faol talaba o`laroq mujodala qildi. Birinchi Jaxon Urushidan 1 yil oldin akasi bilan Bolasog`unga, oilasining yoniga qaytdi....

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 18.02.2013 в 15:52.
Ответить 
"+" от:
Старый 17.02.2013 22:26   #7  
Аватар для Аброр Шокиров
Оффлайн
YTT
Сообщений: 141
+ 62  125/57
– 2  1/1

Uzbekistan
G`arbiy Turkistondagi mujodalasi:

Alixon To`ra Chor Rossiya hukumatining Turkistonda I - Jaxon Urushi uchun askar yig`ishiga qarshi chiqib: ”Halifa askarlariga qurol ko`targan murtad bo`ladi” degan fatvo chiqargan va Ruslarning bu yerlardan askar yig`ishlariga mone bo`lgan. Bu orada Alixon To`rani qol`ga olish haqida qaror chiqarildi, lekin tutilmadi. U davrda Rus hukumati xalqning bosh ko`tarishidan qo`rqib, din olimlariga ortiqcha bosim o`tkazmas edi. Bu sababdan, unga o`lim jazosi berilmadi, ammo qora ro`yxatga olindi.
1916 yil G`arbiy Turkistonda bo`lib o`tgan Chor Rossiyasiga qarshi ommaviy qo`zg`olonlarda Alixon To`ra vatani Bolasog’unda qurolli isyonda faol ishtirok etdi. Chor Rossiyasining zayiflashgan va axoli orasida ommaviy norozilik ruhining yoyilgan o`sha paytda mamlakatining mustaqillikni qo`lga kiritishini orzu etardi. Qo`zg`olonlar ruslar tarafidan qonli yo`l bilan bostirildi. Alixon To`ra Qashg`arga qochdi.
1917 yilda Bolsheviklar Chot Rusiyadan hukmronliki o’z qo’liga olganidan so’ng “Ozodlik uchun kurashganlar o’z yurtlariga qayta oladi”, degan e’lonlariga ishonib, mamlakatiga qaytdi. 1919 yilda esa Bolsheviklarning zulmiga uchragan (jabr diyda) insonlarga yordam bergani uchun yana mamlakatini tark etishga majbur bo`ldi. Xalq hokimiyatini o’z qo’liga olgan kommunistlarning asl niyatlarini anglab yetib, ularga qarshi chiqqanligi uchun takroran qora ro`yxatga olindi va chorani qochqinlikda topdi. Bir yil Qashg`arda yashadi. “Qashg`arda meni tushunadigan birorta ham inson topmadim va Vatanimni dushman qo`llarida qoldirib, qochish menga juda og`ir tuyuldi. Boshimga nima kelsa ham Vatanimga qaytishim kerak”, deb yana o’z ona yurtiga qaystib keldi
O’sha paytda Sovet Ittifoqining kuchga kirib, mustamlaka siyosatini ochiqchasiga yoya boshlagan mahal, xalq ahvolining yomonlashishini ko`rgach, takroran mujodalaga kirishdi. Ushbu boshlagan kurashi yo`lida:
1- So’ro siyosati hisoblangan ateizmga qarshi vijdon hurriyatidan istifoda etib, Islom Dini va madaniyatini hayotga tatbiq qilish uchun, xalqning hoxishi bilan Bolasog`un shahar jome’ masjidida imomlik vazifasini boshladi. Vaaz va nasihatlari xalqda musbat ta’sir uyg`otdi.
2- Turkistonda o`rtaga chiqqan Qosimovchilar Harakatining (vatanparvarlarning kadrlashuv harakati) vakili bo`ldi.
Alixon To`ra 1930 yilgacha olti marta xibsga olindi. Oxirgisida 10 yillik Sibir surguni jazosiga mahkum etildi.

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 18.02.2013 в 15:52.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 18.02.2013 16:40   #8  
Аватар для Аброр Шокиров
Оффлайн
YTT
Сообщений: 141
+ 62  125/57
– 2  1/1

Uzbekistan
Sharqiy Turkistonga qochishi va mujodalasi

Alixon To`ra Bishkek Shahar Qamoqxonasidan Sibirga yuborilishi rejalashtirilgan vaqtdan ikki-uch kun oldin mahkumlar atrofi tikanli similar bilan o`ralgan inshoatlarda ishlatish uchun tashqariga olib chiqishganda vaqtdan foydalanib qochdi va Sharqiy Turkistondagi G`ulja shahriga o`tdi.
G`uljada bir yil mobaynida ishlab, yig`gan pullarini qochoqchilarga berib, ayoli va farzandlarini yashirincha yoniga keltirdi. Oilasi bilan birgalikda Arabistonga, qarindoshlarining yoniga ketishni niyat qilgandi. Lekin Rossiyaning Sharqiy Turkiston chegarasini qattiq tekshirib turishi sababli mintaqadan chiqa olmadi. O`sha paytlarda Sovet Ittifoqining Sharqiy Turkistondagi kommunizm propagandasi haqida Alixon To`raning o`gli Dr. Qutluqxon Shokirov shunday deydi: “Uyg`ur o’lkasida Davlat tepasida turganlar, SSSR da o`qigan yoki komunizm g`oyalari bilan miyalari yuvilgan insonlar edi. Shuning uchun “Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan mollar arzon va sifatli, Sovet ittifoqi gulu-guliston o`lkasidir” va shunga o`xshash gaplar bilan musulmon xitoylilar(Tungan) va uyg`urlar bilan kommunizmdan qochgan ruslarning oralariga fitna solishga harakat qilishar edi. Va bu bilan Uyg’uristonda kommunizm uchun maydon ochish harakatida edilar. ”
Uyg`ur xalqi Alixon To`rani ilmi va diniy qarashlari tufayli o`z olimlaridek qabul etib, hurmat ko`rsatdi. O`ziga ko`rsatilgan bu qiziqish sababli Alixon To`ra Sharqiy Turkistonda olilasi bilan birgalikda yashay boshladi va kommunizm propagandasiga qarshi birlik-birdamlik g`oyalarini xalq orasida yoyishga harakat qildi. Bu da’vosida muvaffaqiyat ham qozondi. Xalqning rag`bati bilan hurriyat uchun kurarshish lozimligini ochiqchasiga da’vat eta boshladi. Shunday qilib, Sovet Imperializmi va kommunizmiga qarshi ochiqchasiga mujodalaga kirishdi....

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 18.02.2013 в 16:51.
Ответить 
"+" от:
Старый 18.02.2013 16:49   #9  
Аватар для Аброр Шокиров
Оффлайн
YTT
Сообщений: 141
+ 62  125/57
– 2  1/1

Uzbekistan
Bu harakatlarning natijasida Moskva qo`lida qo`g`irchoq bol`gan Sharqiy Turkiston Voliysi General Shen Shi Seyga (Shin Du Ben) kommunizmga qarshi bol`gan, Sovet Ittifoqidan qochgan insonlarning ro`yxatini MXK (KGB) orqali yetkazdi va ularni xibsga oldirdi. O`sha paytda Sharqiy Turkistonda Sovet Ittifoqidan qochgan ikki yuzga yaqin inson mavjud bo`lib, ularni bir kechada xibsga olindi. Faqat Alixon To`ra o`g`li Asilxon To`raning xabar berishi sababi ila tunda yotoq kiyimlarida uydan qochdi. O`n oy bekinib yurgandan so`ng, 1937 yil Sharqiy Turkistonning chegarasida joylashgan Asuk shahrining bozorida qo`lga olindi va umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi. Mol-mulki musodara etilib, oilasi ko`chada qoldi.
1941 yil esa Markaziy Xitoy Hukumati biroz kuchlanib, Xitoy qamoqxonalarini taftish qildirdi. Taftishlarda Sharqiy Turkiston qamoqxonalarida ayblari faqatgina Sovet Ittifoqidan qochish bo`lgan insonlarning mavjudligi o`rtaga chiqdi. Xitoy qonunlariga binoan Sovet Ittifoqidan qochish ayblov bo`la olmasligi qanoati bilan bunday mahbuslar ozod etildi. Bu qaror bir qancha insonlar qatorida Alixon To`rani ham ozodlikka chiqishiga sabab bo`ldi.
Bu qarorga Sovet Ittifoqining Turkistondagi elchixonasi qarshi chiqdi va “Alixon To`ra sizning boshingizga hali balo bo`ladi”, dedi. Ammo Markaziy Xitoy Hukumati “Bu yer SSSR emas, Xitoy Cumhuriyatidir”,deb elchixona talabini rad etdi.
Qamoqxonadan sog’-salomat chiqqan Alixon To`ra xalq tarafidan buyuk sevgi ila qarshilandi, uyi bir necha kun ziyoratchilar bilan to`lib-toshdi. Ikkinchi Dunyo Urushi boshlangan o`sha kunlarda Sovet Ittifoqi o`z dardi bilan ovora edi. Alixon To`ra qamoqxonadan chiqariladigan paytda Sharqiy Turkiston Voliysi ancha kuchini yo`qotib, har tarafda xalq asta-sekin qo`zg`ala boshlagandi. Xibsdan ozod bo`lgan Sog`uniy bu fursatdan foydalanib, qo`zg`olonlarni bir yoqaga jam qilish va xalqni tashkillashtirish maqsadida “Ozodlik Jamiyati”ni qurdi. Jamiyatning ilk a’zolari Alixon To`ra Sog`uniy, Abdulkarim Abbos (keyinchalik Sharqiy Turkiston Ichki Ishlar Vaziri ), Qosimjon Qambariy (Xarbiy Sud Raisi), va boshqalar bol`di. 1944 yilga qadar tashkillanmoq va kuchlanmoq uchun harakat qildi va hurriyatga erishmoq uchun qulay fursatdan foydalandi.

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 18.02.2013 в 16:51.
Ответить 
"+" от:
Старый 19.02.2013 06:40   #10  
Аватар для Аброр Шокиров
Оффлайн
YTT
Сообщений: 141
+ 62  125/57
– 2  1/1

Uzbekistan
Sharqiy Turkiston Jumhuriyatining tashkil topishi va e’lon etilishi

Istiqlol mujodalasi va jumhuriyatning e’lon qilinishligi G’ulja shaxridan boshlandi. Hitoy askarlari bilan 3 kunlik urush oqibatida ILI viloyati to’laligicha egallandi. Ili viloyati ozod bo’lganini eshitgan Oltoy viloyatidagi mahalliy uyg’ur, qozoq, tunganlar ham mujodalani boshlashdi. Shu bilan 3 viloyatda boshlangan mujodala harakati Sharqiy Turkiston halqlarini ozodlikka erishtirdi. 7-avgust kuni Sharqiy Turkiston Jumhuriyati e’lon qilindi.

Alixon To`ra Viloyat Saroyidagi Xitoy bayrog’ini tushirib, yirtdi va oyog’inign ostiga olib: “Mana bu bizning bayrog`imiz” deb oldindan xozirlagan oy-yulduzli oq bayroqni yuqoriga tikdi va o`n ikki vazirlikdan tashkil topgan hukumatni e’lon qildi. Bundan tashqari to`qqiz moddadan iborat bo`lgan bayonot ishlab chiqardi.
Alixon To`ra bu Jumhuriyatning Prezidenti deb qabul etildi. Hukumat a’zoligiga quyidagi insonlarni tanlab oldi:
Hakimboy Hoja ve Abul Hayri To`ra (Qozoq): Prezident yordamchilari,
Rahimjon Sabiri: Ichki Ishlar Vaziri, Xarb Ishlari Vaziri Muovini,
Anvar Musaboyev: Moliya Vaziri,
Habib Yunisiy (Tatar): Maorif Vaziri,
Muhammadjon Mahsun: Oliy Sud (Yarg`itoy)Raisi,
Abdurrauf Mahzum: Hukumat Bosh Kotibi,
Solihjon Boy: Tuproq, Yer ve Suv Vaziri,
Joni Yo`ldosh: Davlat Mufattish Vaziri,
Zunnun Tabib : Xarbiy Muovin,
Palinov ( Rus ) : Xarbiy Vazir,
Umarjon : Zaxira Vaziri,
Karim Hoji : Milli Bank Raisi,
Sayfiddin Aziz : Tashviqot Vaziri ( Keyinchalik maorif raisi bo`ldi),
Abdulkarim Abbos : Matbuot Vaziri,
Qosimjon Qambariy: Xarbiy Sud Raisi,
Ahmad Afandi Qosimiy : Alixon To`raning Tarjimoni.

Hokimiyat qurilgan paytda G`ulja shahrida 4 xarbiy samolyot, 618 miltiq, 56 to`pponcha, 12 minomyot, bir necha tonna o`q-dori va bomba qo`lga kiritildi. Bu orada Sovet Ittifoqi Yaponiya va Markaziy Xitoy Hukumatiga qarshi tampon davlat sifatida Sharqiy Turkiston Jumhuriyatini yashirincha dastaklashga majbur qoldi. Masalan, 30 qo’y uchun Birinchi Jaxon urushidan qolgan bir dona miltiq berilardi. Turkiy elatlardan bo’lmish (O`zbek, Qozoq va boshqalardan) xarbiy mutaxassislar yuborildi. Qisqa vaqt ichida quyidagi ishlar bajarildi: soliqlar 50%ga kamaytirildi, saylash, ish soatlari borasida demokratik hurriyat berildi. Din va tilda erkinlik berildi. Xitoy amaldorlarining qo`llaridagi molar musodara qilindi.

Последний раз редактировалось Аброр Шокиров; 19.02.2013 в 06:43.
Ответить 
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх