Kecha behos Djeyms Barrini mashhur piesosini qanday yaralgani tarihiga ko'zim tushib qoldi, u asarni sahnalashtirayotganda faqat kattalarni taklif qilgan, lekin o'zi hayotida farzandlari bo'lmagani uchun juda bebaht o'tgan, u o'z asarini yanada jonli chiqishini yo'llarini rosa qidirgan va ohiri uni mashhur qilish yo'lini topgan, u sahnada har bir qatordan 1 tadan joy ajratib (o'rtalaridan) jami 25 ta joy ajratgan va bu joylarga Mehribonlik uyining bolalarini taklif qilgan (tekinga), bu asarni sahnasini ko'rgani boy-badavlat, savlatli odamlar tashrif buyurishgan asarni boshlanishidan oldin yetim bolalarning qatorlarga kirib kelishi hamma ajablantirgan (eski-tuski ahvolda, biri sochlari tajang...),hatto ba'zilari jerkinishgan, keyin pieso o'z namoishini boshladi. Shunday kichik sahna bo'lganki uni faqat 5-6 odamlarning namoishi bilan o'tkazilar edi, va bu sahnani bajarilayotganda shu kichik bolalarning kulishi, ularning shu ertakka kirib ketishi hammani dilini yayratgan, eng qariya odamlarning ham yoshliklarini eslatib yuborgan, hatto kattalar ham shu bolalarning kulgisini eshitib juda yayrab ketishgan va o'zlari ham shu asarni ichiga kirib ketishgan... Pieso ijrosi tugagandan keyin hamma odamlar o'rnidan turib rosa shu ijrochilar va bolalar ustidan qarsak cholishgan va ularga juda katta yordam qo'llarini cho'zishgan...
Hissadan-hissa shuki ba'zida biz ba'zi narsalarni ko'rmasdan turib ular haqida turlicha fikrga boramiz, ko'rganimizda esa naqadar fikrimiz noto'g'ri ekanligini anglab yetamiz, shunday ekan ming bor eshitgandan ko'ra bir bora ko'rgan yahshi. Savob ishni har kuni qilish kerak...
Последний раз редактировалось Kahramon Jalilov; 09.10.2009 в 22:43.
|