|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. | |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
14.11.2012 10:33 | #1882 |
bozor
sotuvchi
Сообщений: 80
+ 43
43/27
– 1
6/5
|
Eski qo’shiq
Sig’may qoldim zamonlarga, O’ngi-so’lga, tamonlarga, Bir do’st qani, bir roh qani? Mendek ranggi samonlarga. Dildan chiqib ketdimi qon, Yo yurakni bosdi tikon?! Qayondaman, qay ondaman? So’zim sarson, o’zim giryon. Hushliklarga to’ydimmi yo? Muz quchoqlab kuydimmi yo? Ishq - bemorlar vodiysida Bedavodek suydimmi yo? Qayga olib ketay boshim, Qay manzilda jon dildoshim?? Sig’may qoldim… (C) |
|
Ответить |
17.11.2012 17:23 | #1883 |
bozor
sotuvchi
Сообщений: 80
+ 43
43/27
– 1
6/5
|
Yuguradi jismimga ayoz,
Yuguradi sovuq bir qutqu. Kuz to’kilib, cho’kib bormoqda, Tabiatni bosmoqda uyqu… Qarg’alarning bazmi ichra bir Cho’ngchinordan yiqiladi barg, Voh, bilaman dardi ichida, Yiqiladi misoli yurak. Erkalaydi , o’ynaydi shamol, So’ng itqitib tashlar yo’lakka, Shohid osmon yuragi to’lib, Ko’z yoshini to’kadi tikka. Qizil tomirlari tortishgan Xo’l vujudi ko’chada sarson. Guldor etigingiz poyida - Poshnangizda bo’ladi vayron… Yuguradi jismimda ayoz, Sudrab borar umrimni hayol. Termulgancha ammo so’zsiz, jim, O’tib borar “begona” ayol. (C) Последний раз редактировалось Sodirjon; 17.11.2012 в 17:33. |
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
21.11.2012 03:04 | #1884 |
Сообщений: 624
+ 19
399/213
– 4
82/36
|
Сўз қудратин билдим бир куни,
У инсоннинг руҳида экан. Одамзодни молдан ажратиб, Сафни боғлаб турган бир кўкан. So'z qudratin bildim bir kuni, U insonnigh ruhida ekan. Odamzodni moldan ajratib, Safni bog'lab turgan bir ko'kan. (С) |
|
Ответить |
26.11.2012 23:49 | #1885 |
bozor
sotuvchi
Сообщений: 80
+ 43
43/27
– 1
6/5
|
O’G’LIMGA
Hayotning har zarbi kimni parchalar, Kimni kuchli qilar, kimdir yanchilar. Ne ko’cha-ko’ylarda sarson qanchalar, Kimlarning qo’lida arzon qanchalar. Ming yiqilib , ming bir turganga – davron, Turolmay chil-parchin bo’lgan – bag’ri qon. Umringda har qadam , har dami sinov, Qilgan xatolaring eng birinchi yov. Dilingni amridir gunoh , savob – u , Qo’lingdadir , demak, toshu-tarozu. Daraxtni tutguvchi mustahkam ildiz, Ildizi zaiflar yo’qolar izsiz. Avval tomir otib zamin qil, zamin, Shunda hotirjamlik bo’lar hamdaming. Nafsing ilinjida maydalashma xech, Nopok kimsalarning aqchasidan kech. To’g’ri so’z, poklikni kasbing qilib ol, Dushman ham bo’lolmas baxtingga zavol. (C) |
|
Ответить |
01.12.2012 09:09 | #1886 |
Kechikkan sevgi.
Za`faron chizgilar ko`ngilga cho`kdi, Xazon - dil ko`shkiga ming yillik panoh. Bahorlar... Bahorlar yildek kechikdi - Asrga cho`zilgan kuzlarda gunoh... Bu dunyo biri kam, degani yolg`on, Ming bir kemtigi bor - ming bitta armon... So`nggi lahzalarga ko`chmagan isyon, Siz-da aytolmagan so`zlarda gunoh... Ko`zdagi yoshlarga bitilgan yillar, Yurakka zardobdek to`kilgan sellar... O`sha, qirovlardan yaralgan dillar - Sizni ko`rolmagan ko`zlarda gunoh, Mendek sevolmagan qizlarda gunoh...
__________________
Olloh oqibatimizni xayrli qilsin... |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
01.12.2012 09:12 | #1887 |
Кетинг...
Кетинг... Айрилиқни шўр пешонамга – Раво кўролсангиз, Тортиқ қилсангиз. Сизсиз дунёларни тўлдириб ғамга, Жонимни суғуриб кета олсангиз... Кетинг! Кўрмасангиз ҳаётга ҳақли, Нафасим сиз учун азоб туйилса. Интиҳо онларим қилолса бахтли – Кўзингиздан шодлик ёши қуйилса... Кетинг. Ёруғ осмон юзини тўсган Булутдек кўнглингиз айласам хира. Ёдимни яшириб ўтсангиз ўздан, Қолдирмай бир зумлик ширин хотира – Кетинг... Дунёларни тўлдириб ғамга, Жонимни суғуриб кета олсангиз...
__________________
Olloh oqibatimizni xayrli qilsin... |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
01.12.2012 09:19 | #1888 |
**** Ko`nglim kecholmagan gunohlarimni Kechirib bo`lganda yetim tuyg`ular Hijron to`sib oldi qarog`larimni, Dunyo ko`zlarimga sog`inch tuyular... Ashkka asir bo`ldi qarochig`larim, Yig`ladim - yanog`im yolg`izlik o`pdi... Bo`g`zimga chang soldi alam tig`lari, Sensizlik quturgan dard bo`lib qopdi... Tun cho`kdi. Ayriliq qadar qora tun... Yulduzlar - ko`z yoshim, to`kilib bitgan. Men bir xotiraman. Bu ko`hna ochun O`ylari qa`rida sitilib ketgan... Bo`m-bo`sh xonam uzra uzayar kecha, Bilmam, saodatli tong otarmikin? "Sog`ingan shahzodam o`sha tonggacha Yetib kelarmikin?... Uyg`otarmikin?!" Hatto borligimni bilmaysan mening, Ism-u jismim unut bilgan o`lim-da... Milyon yil bo`ldiki kutaman Seni, Sen esa... Kelmaysan... Jonim qo`lingda...
__________________
Olloh oqibatimizni xayrli qilsin... |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
01.12.2012 09:23 | #1889 |
Араз
Чорламади ожиз қўнғироқ, Босилмади умид ранг тугма... Юрак инграр - "Зўр келди фироқ..." Ғурур ёнар - "Асло бош эгма!" Ҳижрон ёқдан эсган бир эпкин - Бошлаб келган айрилмоқ фаслин. Умид ипин боғлаши мумкин - Биттагина қўнғироқ асли... Имиллаган соатлар оғир, Йиллар қадар олис дақиқа. "Сизни жуда соғиндим ахир..." Шу сўзларга кўчган ҳақиқат... Хўрсинаман. Кипригимда нам, Кутилмоғи қадар қадрли... Менга ғурур қилади алам - Зоҳирингиз шунча сабрли?! Билмоқни ҳам истамайсиз Сиз - Соғинчларга боряпман чўкиб... Чорасизлик қошида ёлғиз - Умидсизлик ёшларин тўкиб... "Бўлди, етар! Келманг соғиниб! Сизни севиб, хато қилибман! Муҳаббатдан куйиб, оғриниб, Юрагимни адо қилибман..." Ва босганим - умид ранг тугма, Сизни кутган соғинч - қўнғироқ...
__________________
Olloh oqibatimizni xayrli qilsin... |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
|