Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 30.01.2010 15:00   #191  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Uyqu ko’zlarimni tark etib ketgan,
Seni o’ylayman-u, dilim xavotir.
Jimjitlik dardlarim domiga yutgan,
Ruhim bezovtaroq yugurar zir-zir.

Balki xotiring jam uxlaysan shu on,
Balki bedorlikdan qizargan ko’zing.
Yo javob topolmay qiynalib chunon,
So’roq qilmoqdasan o’zingni o’zing.

Siqilib xayolga cho’masan gohi,
Ba’zan shodligingdan ichga sig’maysan
Go’shakdan tuyaman yuraging ohin,
Kiprikda yoshing yo’q…
ammo yig’laysan.

Xushim obi havo -
buluti Sensan,
Tonggi duolardan yaralgan quyosh,
Ham yangi oydeksan, yomg’irlarimsan…
Sabrimsan, toqatim, chidam va bardosh…

Seni o’ylayman-u, dilim xavotir.
Jonsarak jonim-chi, titraydi dir-dir…


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Старый 31.01.2010 14:37   #192  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Seni o’ylayapman,
o’ylayveraman,
Yuragim sen tomon
talpinsa netay?
Kechalar she’rlarim
so’ylayveraman,
Dardim sendan o’zga,
kimlarga aytay?

Huzur-halovatim,

Allaqachonlar,
Meni tashlab ketgan,
Bilmam qay tomon.
Hijron azobida,
Halakdir jonlar,
Nech zamon o’zimga,
kelmayman hamon.

Sog’inchdan yorilib

ketmasligim chun,
Tunda qo’lga olgum
qog’oz qalamni.
Axir nimadandir
Qiynalgan mahzun
qalbim
Olish kerak
Tuygan alamni…

Sen taraf tinmayin

Oshiqadi dil,
Yana o’ylayman-u,
Ko’nglim havotir.
Shundan balki
Bedor o’tmoqda tunlar,
Bo’lib qolgandekman
Parishonxotir.

Orziqib, intiqib,

ko’zlarim tinib...
chuqur xo’rsinib,
Seni o’ylayapman…

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Старый 03.02.2010 13:56   #193  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Zim-ziyo kechaning bir chekkasida,
Mayus o’y suraman intiqqancha jim.
Qaydandir bir najot topish qasdida,
Tun qa’riga singib ketadi ruhim…

Xayolim ko’kdagi oy kabi xira,

Shabnam qo’nib olgan kipriklarimga.
Chirog’in yo’qotgan kasdek tentirab,
Hecham yetolmayman mo’ljal yerimga.

Manzil ko’zlarimda uzayib borar,

Garchand qalb kun sayin yaqin bo’lmoqda.
Ertam rejalarim tizginin so’rar,
Bugunim tashvishi ortda qolmoqda.

Yuragim kemirar firoq gardishi,

Tinmay aylanadi charxi kajraftor.
Umrimning o’tmoqda yana bir qishi,
Yana varaqlanar sarg’aygan daftar.

Tongni uzoqlarga xaydab yo’limdan –

Bir qarich bo’lsa-da, zulmat zaboni
Umid o’rab olgan tomirlarimda,
Gurillab oqadi subhidam qoni…

Zim-ziyo kechaning bir chekkasida,

Mayus o’y suraman intiqqancha jim.

(c)
__________________
Мой ЖЖ

Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 03.02.2010 в 14:11.
Ответить 
"–" от:
Старый 05.02.2010 15:19   #194  
Аватар для AZiza X
Оффлайн
КгБ
SmC
Сообщений: 82
+ 66  63/42
– 0  0/0

Uzbekistan
Masud Mahsudov,

sizning romantik qahramoningiz kayfiyati negadir tushkun, nimalardandir hafa bo'lgandek.. Ismingiz Mas'ud-Xursand, baxtli degani-ku! "Baxtliman" degan she'rlar ham yozib turing..
__________________
Sizga kulgu yarashadi:187:
Ответить 
"+" от:
Старый 05.02.2010 16:21   #195  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Оффтоп:
Цитата:
Сообщение от AZiza X Посмотреть сообщение
"Baxtliman" degan she'rlar ham yozib turing..
Одам хурсанд, кайфияти чоғ пайтида шеър ёзмаса керак (бу албатта ҳазил)
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
"+" от:
Старый 05.02.2010 17:29   #196  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
E'tiboringiz uchun rahmat, singlim...

Quvnoq ruhda yozilgan she'rlar, negadir yozganim yo'q oxirgi kunlarda... OmoN aka aytganlaridek, kishi xursand bo'lganda , kamdan-kam hollarda yozishga o'tiradi... Balki, menda shundaydir, lekin ko'proq shu ruhdagi she'rlar bilan ichimdagini chiqaraman shekilli... :-)

Siz aytgandek she'rlar ham yozilsa, albatta bu yerda o'rtoqlashaman, degan umiddaman... Ha, mana, esimga kelib qoldi, qachonlardir yozilgan she'r...

Dilni g'amga bermangiz, gulim,
Dilni dilga bog'lab qo'yayin.
Mehr to'la nigohingizni,
Yuragimga joylab qo'yayin.

Ezgulikka tashna vujudni,
O, qanchalar talpinib suyay.
Menga bering dardlaringizni,
Yuragimga yashirib qo'yay.

Men yasharman ko'zlaringizda.
Muhabbatga elitar yo'llar.
Qalbingizda ochilar bir kun,
Kaminaga atalgan gullar...


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Реклама и уведомления
Старый 07.02.2010 06:14   #197  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Mayus nigoh bilan oynaga boqib,
Xayol daryosida betinim oqib,
O’ychan bo’lsangiz-da, xabarim o’qib,
Shu onda men uchun bir kulasizmi?

Hijrondan gul kabi so’lgan yurakka,

Bir urib, bir urmay qo’ygan yurakka,
Orzu umidlarga to’lgan yurakka,
Mehmonga chaqirsam, Siz kelasizmi?

Aybga buyurmaysiz, so’rab keldim nur,

Va Sizga yagona iltimosimdur:
To tirik ekanman, qo’lingizga shu
Qalbim omonat bersam, olasizmi?

Issig’u sovuqda, quvonch qayg’uda,

Bedor tunimda-yu, shirin uyquda,
Foniy olamdami, yoki manguda
Umrbod birgalikda qolasizmi?

Siz birla monanddir o’zimga otim,

G’azalim, she’rlarim, bitmas bayotim,
Jumlai jahonim,
Go’zal hayotim
mazmunin ekaningiz billasizmi?


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Старый 09.02.2010 11:59   #198  
Аватар для pipicron
Оффлайн
"SDK Group And" FC LLC
Quality Manager
AKA:Ali Al Mehr
Сообщений: 455
+ 136  615/253
– 10  3/3

UzbekistanОтправить сообщение для pipicron с помощью Skype™Мой мирFacebook
Бу шеърга фикрингизни кутиб коламан.

Йигитлар ҳам айтар, ҳам қайтар деган,
Зўрни деб ғўрларни ошини еган,
Уйидан оч кетиб, қорни тўқ келган,
Йигитлар, хайф сизга, йигитман деманг.

Бўйнига тиллодан занжир осилган,
Кўкси ё билакка сурат босилган,
Танаю, эгнига тақинчоқ илган
Йигитлар, хайф сизга, йигитман деманг.

Ўлдим деб, куйдим деб белбоғин ечган,
Суйдим деб отаю, онадан кечган,
Севгани ёр билан май, шароб ичган
Йигитлар, хайф сизга, йигитман деманг.

Менман деб ўзини бозорга солган,
Сепи деб қизларнинг сарасин олган,
Бировнинг номидан ноғора чалган
Йигитлар, хайф сизга, йигитман деманг.

Рўзғорни хотиннинг бўйнига илган
Пул топиб келганин миннат ҳам қилган,
Улфатни уйидан улуғ деб билган
Йигитлар, хайф сизга, йигитман деманг.

Йилда бир чўнтаги рўзғорга эриб,
Тўрвани хотиннинг қўлига бериб,
Пул санар бозорда кўксини кериб
Йигитлар, хайф сизга, йигитман деманг.

Аёлин жамолин мактаниб юрган,
Аёллар тўрида даврини сурган,
Аёлар касбидан қандини урган,
Йигитлар, хайф сизга, йигитман деманг.

Ёрини уйида атаб ялмогиз,
Уйида сен деган, кўча-куйда сиз,
Уришган халоли туғиб берса қиз,
Йигитлар, хайф сизга, йигитман деманг.

Отаю, онаси йўлларига зор,
Болаю-чақаси, завжаси бедор,
Кўчанинг хандони, уйидан безор
Йигитлар, хайф сизга, йигитман деманг.

Йигитлик шаънини ўйламасангиз,
Бу каби йигитлик айб демасангиз,
Шундайлар бор экан, қайтармасангиз,
Йигитлар, хайф сизга, йигитман деманг.
__________________
Масофага хамрох, манзилга тинчлик керак...

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 09.02.2010 в 13:28.
Ответить 
Старый 15.02.2010 09:17   #199  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Salomimni Sizga so’ylagan,
Tong qo’shig’in suyib kuylagan,
Sochingizni asta o’ynagan,
Shabbodadan qizg’onaman men…

Ko’rsatmayin yulduzingizni,

Qizartirgan juft ko’zingizni,
Tunda bedor aylagan Sizni
Samolardan qizg’onaman men…

Bulutlardan qidirgan visol,

Sho’x, o’ynoqi, pok hamda zilol,
Tog’dan tushgan, sochingiz misol
Shaloladan qizg’onaman men…

Gulni kuylab sayrasa bulbul,

Behos tushar gulzorlarga yo’l.
Qo’lingizdan tushmas atirgul,
Ham loladan qizg’onaman men…

Qosh uchirib qilgan nozingiz,

Tabassum-la aytar rozingiz,
Sekin ovoz – mayin sozingiz,
Begonadan qizg’onaman men…


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"+" от:
"–" от:
Старый 17.02.2010 05:40   #200  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Ko’nglim ko’z yoshidek tinmaydi yomg’ir,
Quyoshga muhtojman…
bilmaydi yomg’ir
Tomchisi ko’zimga kirar yosh bo’lib,
Dardimga parvo ham qilmaydi yomg’ir…

Shivalab, to’xtamay, yog’ib o’tar u,
Dilimdek, saboni balki kutar u…
Zamin g’uborini yuvib ketar-u,
Qor kabi sochimga inmaydi yomg’ir…

Intiqqan kishilar g’amin yutsa-da,
Tomirda oqsa-da qon emas, zada.
Qalblar obi chashmga to’lib bitsa-da,
Chanqoqdan hech qachon qonmaydi yomg’ir.

Tunlar bedorligim bilarmikin yor?
Yo jonim havotir qilarmikin yor?
O’zining yog’ida o’zi qovrilib,
Yaxshiyam, men kabi yonmaydi yomg’ir.

Noma ilinjida titrar yuragim,
Allohdan o’zimga sabr so’ragum…
Ayvondan ko’z tikib, termulsam-da jim,
Sog’inchim zarra ham olmaydi yomg’ir.


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
2 "+" от:
"–" от:
Ответить

Метки
hero




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх