|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) | |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
30.12.2009 08:05 | #591 |
Вильям Шекспир, Сонетлар
12 Соат занг уради, санайман ана, Ҳадемай кундузни ямлар қаро тун. Бинафша ранги ҳам сўнар жимгина, Қора кокиллари оқарар бутун. Мағрур дарахтлар ҳам яланғоч бу дам, Япроқларни йўлда супурар шамол. Поҳол ғарамлари аравалардан Тобутга тушгандек боқар бемажол. Мен ўйлайман кўрку тароватингни, Анвойи чечаклар, гуллардек албат У сўлиб, сарғаяр, битар бир куни, Ўрнида юз очар янги латофат. Сен кетсанг, ўрнингда авлодинг ҳамон Ўлим билан жангни этдиргай давом... Жамол Камол таржимаси Последний раз редактировалось bekww; 30.12.2009 в 08:10. |
|
|
Ответить |
3 "+" от:
|
14.01.2010 10:58 | #592 |
|
Agar dardga to'lsang, do'stni izlama,
Endi so'zlar ketdi-so'zni izlama, Shafqat keltirguvchi ro'zni izlama- dardingni telbavor shamolga yashir. Maqomsan-dilni sho'x bayot tushunmas, Sen-saydsan, "oh"ingni sayyod tushunmas, hasratni gullagan hayot tushunmas- Ko'z yoshing ta'birin savolga yashir. Dunyo, chayqalmoqda-og'ib turibdi, Dunyoga shaytonlr yoqib turibdi, Qara, haq falakdan boqib turibdi- Rostni ildizdagi kamolga yashir. Hamdard bo'lmoqlikka bemorlar topgin, Vatanning kuyida zor-zorlar topgin, Yiqmoqqa daraxtmas, devorlar topgin- Erk so'zin qafasda beholga yashir. Bu go'zal bog' ichra bahor dengizi, Mavjlari- yam-yashil, ufqi-qirmizi, Bahor-payg'ambardir, sen ham-termiziy- Bir hadis topsang gar niholga yashir. Bahor yuragingga bir shirin sasdir, O'zligin sezmaydi-bu dunyo mastdir, Mastlik ham beshafqat hayotdan bahsdir- Hayotning ma'nosin zavolga yashir. Usmon Azim |
|
Ответить |
5 "+" от:
|
19.01.2010 12:58 | #593 |
|
Jondan o'tdi
Toqqa chiqay, desak, toshlar qo'ymasa, Ko'zga yoqay, desak, qoshlar qo'ymasa, yashashga mana bu boshlar qo'ymasa... Bizga ham atalgan dunyolar bormi?! *** Jilovlashdi, asov ot edim, Chidolmadim-yana dod dedim. Sindirishdi oyoqlarimni, Yuragimdan qattiq lat yedim. Kurashlardan charchamadim, toldim, Jim yashashni o'rganib oldim. O'sha jonning huzuri ekan, Bora-bora ko'nikib qoldim. Behzod Fazliddin |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
20.01.2010 07:10 | #594 |
SAL OLDINROQ
Qadam bossam titrardi zamin, Tovonimdan chaqnardi chaqin. Nahot shunday sho`x, bеbosh edim, Sal oldinroq balki yosh edim. Bo`lmasa ham pulim cho`ntakda, Orzuim mo`l edi yurakda. Endi go`yo hafsala yo`qday, Sal oldinroq dil edi cho`g`day. Ko`z dеgani tortarkan xira, Bosar ekan ovozni shira. Dеmak shunday kеlar qarilik, Sal oldinroq bilmagan edik. Kеcha shamol xush edi dilga, Bugun esa yoqmaydi bеlga. Bilarmikin sochimdagi qor - Sal oldinroq kеlganin bahor. Bahordan so`ng shoshib yoz kеtar, Kuzu qishning navbati yеtar. Umr shunday o`tishin ildam - Sal oldinroq o`ylamabman ham... Bobur Bobomurod |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
20.01.2010 09:42 | #595 |
Кўр бўлсун кўзларимким, ўзгаға солсам назар,
Жонга ўт тушсун агар сендан бўлак ёр айласам. Ҳам кўнгил юз пора бўлсун, майл қилса ўзгаға, Тил кесилсун ўзгаға бир ҳарф гуфтор айласам. Жондин айрилсун тану ё бир йўли синсун аёғ, Ғайр кўйин бир қадам ҳар сори рафтор айласам. Фурқат |
|
|
Ответить |
3 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
20.01.2010 09:47 | #596 | |
|
Цитата:
Bu she'riy parchami, davomi bormi? |
|
|
Ответить |
20.01.2010 17:35 | #597 |
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
|
So’nggi va’da
Yorug’ she’rlar yozaman endi, Sen ham faqat yaxshi tushlar ko’r. Men ikkinchi o’zimni yengdim, Men o’zimdan yana keldim zo’r. O’z izmiga tushar hammasi, Qor ostida qolib ketmas iz. Jinko’chada zulmat sharpasi – Osmon saqlar bizni Ishqimiz. Nima yo’ldan urar bandani? Aytganingdan chetga jilmayman. Tangrim, kechir men arzandani, Ortiq senga isyon qilmayman. O’z yurtiga haydayman g’amni, Yo’qotishdan tamom qo’rqmayman. Topolmasa agar kulbamni, Yorug’likni o’zim yo’qlayman… * * * Bardosh libosining iplari tig’dan, Amallab kiydingnmi, yechishdan ne naf? Ko’zingni yashirma ko’ngli munglig’dan, Seva olish sharaf, sevilish sharaf. Daqyonusdan eski bu dahri dunda Bir yangi zarraday ko’zga ilinsam. Murodim gullari ochilgan kunda Ne tong, yashashga ham mahkum qilinsam… So’nggi nafasgacha eshiklar ochiq, O’z holidan o’zi gumonda gumon. Nazdimda ko’rmagan bu qadar Oshiq Bir tomchi diydorga g’arq bo’ldi jahon… Behzod Fazliddin |
|
Ответить |
5 "+" от:
|
21.01.2010 08:29 | #598 |
Maryam Sattorovaning "QURBON O`LAM" qo`shig'i matni
Fuzuliy g`azali Kel-keley, mohiliqo, husningga qurbon o`lam, Xalqayi zulfi parishoningga qurbon o`lam, Chashmi masti labi xandoningga qurbon o`lam, Oftobi ruyi toboningga qurbon o`lam, Qadi navrastayi larzoningga qurbon o`lam, Man sana qurbon o`lam. Ikki qoshing qalamu, ikki ko`zing chashamai nur, Barq urib oyinadek siynayi sofing ko`rinur, Bu sani dardu firoqing mani jonimga huzur, Yo`q nazokat ichida sen kabi durdonayi dur, Qaddi shamshodi xiromoningga qurbon o`lam, Man sana qurbon o`lam. Tishlaring gavharu har bir suxaning obi hayot, G`unchadek ikki labingdin to`kilur qandu novot, Yozilur sahfayi devoningga yuz ming hasanot, Gul yuzingdan manga bir bo`sa berib ayla zakot, Man sani ro`yi gulistoningga qurbon o`lam, Man sana qurbon o`lam. Qo`llaring panjayi xurshid, beling g`unchamiyon, Ko`ylak ichra badaning sof erur obiravon, Rahm qil, kel, mani og`ushima ey, ofatijon... Qaddi bastingga tasadduq bu Fuzuliy dema jon, Siyayu sogfi shofobaxshingga qurbon o`lam, Man sana qurbon o`lam. Man sanga banda bo`lib, hatto g`uloming bo`loyin, Barq urib qoshingda parvonasifat o`rgiloyin, Manga zulm aylama, o`shal yuzing ko`royin, Kulbayi hokingga siynamni qo`yib jon beroyin, Qaddi bastingga tasadduq bu Fuzuliy demakim, Qaddi shamshodi xiromoningga qurbon o`lam, Man sana qurbon o`lam, Yor sana qurbon o`lam. |
|
|
Ответить |
3 "+" от:
|
21.01.2010 09:39 | #599 |
Сообщений: 589
+ 1,042
486/242
– 0
0/0
|
Тонг
Бугун эрта туриб тонгни кўрдим. Оқ шоҳи рўмоли бошида. Уфқ кийинтириб гўзал фалак, Сочини тарайди, қошида. Суқланиб қарадим, тонгнинг юзига. Бир қарашда оппоқ шоҳига ўхшар. Бир қарашда мармар, бир қарашда зар, Бир қарашда эса садафга ўхшар. Тонг ажойиб бир пайт, тенги йўқ ҳусн, Гўзал табиатнинг дилбар лавҳаси. Йил - китоб, ҳар кундуз ундан бир варақ, Тонг эса варақнинг гул сарлавҳаси. Табиат саҳарда мисли бир ғунча, Тонг эса ғунчанинг очилган чоғи. Ёки тахмин қилинг табиат бир қиз, Тонг эса у қизнинг мармар ёноғи. Тонгнинг тасвирига ранг бисотидан, Энг ёрқин, энг гўзал мато сайладим. Чунки тонг саодат ва нур келтирар, Унга илҳомимни ҳадя айладим... Уйғун |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
|