|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. | |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Результаты опроса: Teatrga borib turasizmi? | |||
Ha, yangi chiqqan spektakllarni qoldirmay korgani boraman. | 9 | 8.26% | |
Ba'zan-ba'zan borib turaman. | 64 | 58.72% | |
Televizorda ko'rsatilayotgan yoki video lavhalarga yozilganini ko'raman. | 21 | 19.27% | |
Teatr ko'rishni yoqtirmayman. | 15 | 13.76% | |
Голосовавшие: 109. Вы ещё не голосовали в этом опросе |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
22.03.2010 11:37 | #191 |
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743
5,086/2,116
– 69
99/68
|
Кеча Муқимий театрига бордим. "Суперқайнона-2"ни қўйишаётган экан. Актёр ва актрисаларининг ижро маҳоратига, овозига тан берсанг арзийди. Лекин баъзи бир эшшакмия, аҳмоқ, бефаросат томошабинларни деб актёрлар ижро этган қўшиқлар ўрнига бировнинг телефондаги суҳбатини эшитишга мажбур бўлдим. Театрда ўтириб Фалончихоннинг ўғлини кимга унаштирилганини сўрашга бало борми? Телефонни ўчириш эсингдан чиққан экан биринчи жиринглаши билан ўчириб қўйса бўлади-ку. Йўқ, гаплашиш шарт. Биринчи пардадан кейин назоратчи опаларга шикоят қилишга мажбур бўлдим. Хуллас, спектакл давомида телефон ишлатганларга қарши жиддийроқ чора кўрилмаса бўлмайди.
Фоторепортаж: Театр гумбази. Уруш вақтида қурилганига қарамасдан чиройли чиққан. Қолгани спектаклдан лавҳалар (аниқроғи нўноқ бир фотографнинг ўйинчоқ фотоаппаратда олган суратлари):
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер. Последний раз редактировалось Eldar Ishimbaev; 23.03.2010 в 10:31. |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
24.03.2010 03:00 | #192 | |
Цитата:
Spektakl boshida Lola Eltoyevani tanimadim xatto, rus aktrisasi deb o'yladim, juda mahorat bilan ijro etilgan... qoyil qoldim
__________________
:girl_sigh: |
||
|
Ответить |
29.03.2010 12:32 | #193 | ||
Ha, haqiqatan ham juda ajoib spektakl ekan. O`zbek teatri haqidagi tasavvurlarim juda ham kengayti. Ijrochilar mahorati meni juda lol qoldirdi, ayniqsa, asar falsafasi, sahna dekoratsiyasi. Kursdoshlarimga tavfsiya etgandim ular ham bu spektaklni ko`rish ishdiyoqidalar.
|
|||
|
Ответить |
"+" от:
|
14.10.2010 10:13 | #194 | |
|
"Тафаккур" журналининг жорий йил №-3 сонида адабиётшунос олим Шуҳрат Ризаевнинг театрга оид қуйидаги долзарб фикрлари берилган экан:
Цитата:
|
|
|
Ответить |
14.10.2010 11:28 | #195 | |
Офис
Офисный планктон
Сообщений: 129
+ 123
44/21
– 10
9/8
|
Mana shu teatr, spektakllarning nimasi qiziq hech tushunmayman. Bog'cha, maktabda majburlab oborishgan. O'zim chiptani tekinga berishsa ham bormayman. Undan ko'ra qiziqarli filmlar yaxshimasmi?
Opera, balet, sirkning ham nimasi qiziqligini hech tushunmayman. Bitta men emas, hatto Turkmanboshi ham shu fikrda bo'lgan ekan. Цитата:
|
|
|
Ответить |
14.10.2010 12:15 | #196 |
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743
5,086/2,116
– 69
99/68
|
Опера ва балетни мен ҳам тушунмайман (тушунганларга ҳеч қандай даъвоим йўқ). Лекин театр билан фильмларнинг фарқи осмон билан ердай.
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер. |
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
14.10.2010 12:57 | #197 |
Офис
Офисный планктон
Сообщений: 129
+ 123
44/21
– 10
9/8
|
Albatta. Teatr ko'pchilik uchun juda zerikarli, qiziqarli bo'lmagan narsa. Filmlarda qiziqarli syujet, lavhalar bo'ladi. Teatrda esa sarguzasht, jangari syujetdagi spektakllarni qo'yishning iloji yo'q. Qanaqadir qahramonlarning ichki kechinmalarini ifoda etishmiyey, yana allambalo shunga o'xshash narsalar bo'ladi. Kimga qiziq bunaqa narsalar tushunmayman.
Ikkinchi masala bu tarixiy davrlarga oid spektakllar. O'sha "Otello", "Qirol Lir", "Shoh Edip" va yana boshqa spektakllarni faqat o'sha davrda yashagan odamlar tushunadi. O'zim bu spektaklllarni ko'rmaganmanu (zerikib o'lib qolishdan qo'rqaman), lekin retsenziyalarga tayanadigan bo'lsak, bu spektakllar ham "Война и мир" yoki "Master i Margarita" kabi asarlarga o'xshab faqat o'z davri uchun mo'ljallangan va ularni faqat o'sha davr va o'sha mamlakat odamlari tushunadi. Hozirgi davr odamlari uchun qiziqarli emas demoqchiman. Misol uchun ko'pchilik L. Tolstoyning "Война и мир" degan asari borligini biladi. Asar dunyo adabiyotining klassik durdonalaridan biri hisoblanadi. Zerikib o'lishdan qo'rqib bu asarni o'qimaganman. Ko'pchilik odamlarning yozishicha bu asar juda zerikarli, mijg'ov asar, ko'pchilik bu asarni oxirigacha hech qachon o'qishning iloji yo'q deb yozadi. Masalan deylik men bu asarni o'qimoqchi bo'lsam Rossiyaning o'sha davrga oid tarixini ozroq o'rganishim kerak bo'ladi, rus xalqining turmush tarzi, madaniyati haqida ham ma'lumot olishim kerak bo'ladi (bo'lmasa asar men uchun tushunarsiz bo'ladi). Va eng asosiysi asarda tasvirlangan urush men uchun mutlaqo qiziq emas. Bu asar sun'iy ravishda buyuklik darajasiga chiqarilgan degan fikrlar ham yo'q emas. Demoqchimanki o'sha Otello-Potellolar ham o'zbek tomoshabini uchun qiziqarli bo'lishi gumon ostida. Buning uchun Angliya tarixini sal bo'lsayam bilish, saroy tartiblarini bilish, ingliz xalqining turmush tarzi, madaniyatini tushuna bilish kerak bo'ladi. Lekin menga va boshqa ko'pchilikka bu narsalarning aslo qizig'i yo'q. Boshimga uramanmi Angliya tarixini, urf-odatlarini, madaniyatini? Koshki biror foydasi yoki qiziqarli joyi bo'lsa. Tushunmayman, shu nimaga teatrga borishadi odamlar. |
|
Ответить |
14.10.2010 13:56 | #198 | |
Цитата:
|
||
|
Ответить |
"+" от:
|
14.10.2010 14:30 | #199 | |
|
Цитата:
Qaysi asrni sevib o'qiysiz yoki umuman badiiy asar o'qimaysizmi? |
|
|
Ответить |
14.10.2010 15:01 | #200 |
Офис
Офисный планктон
Сообщений: 129
+ 123
44/21
– 10
9/8
|
Tog'risi oxirigacha o'qiy olmadim. Boshini sal, o'rtasidan ozgina, oxiridan ozgina o'qib, ushbu asarni "zerikarli, ezma" asar deb yozganlar to'g'ri gapirgan degan xulosaga keldim.
Asarni o'qimaganimdan keyin albatta asos yo'q. Men ushbu fikrni internetda o'qib qoldim. Ko'pchilik ruhiy sog'lom, aqli noqis bo'lmagan odamlar shunday hisoblar ekan. Aytishlaricha, Tolstoy "Война и мир" asarini aslida 8-12 tom qilib yozmoqchi bo'lgan. Lekin bir kuni tushida Moskva shahrining 231-sonli o'rta maktabi o'quvchilari unga bunday qilmaslikni qo'pol ohangda maslahat berishadi. Rostmi yolg'onmi bilmadimu, aytishlaricha Tolstoy yoshi bir joyga borib qolganida buyog'iga "Война и мир" kabi ahmoqona asarni boshqa yozmasligidan hursand bo'lgan ekan. Bolalik va o'smirlik paytimda uyda bor kitoblarni o'qib tugatib, kutubxonadagi kitoblarni ham o'qib chiqqan edim. Keyin badiiy kitob o'qimay qo'ydim. Bir tomondan vaqt yo'q, ikkinchi tomondan ehtiyoj ham yo'q. Menga yoqqan asarlar ko'p. Shuning uchun aniq aytishim qiyin menga qaysi asarlar yoqqanligini. Asosan sarguzasht, detektiv, fantastika va boshqa qiziqarli asarlarni yoqtirar edim. Asarlardan ma'naviy ozuqa olish hech qachon xayolimning ko'chasidan o'tmagan. Men tarbiya va ma'naviy ozuqani faqat dindan olaman. Kitoblarda esa shunchaki qiziqarli fikrlar, g'oyalar qidiraman xolos. |
|
Ответить |
|