|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) | |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
20.02.2010 08:29 | #631 |
Осон эмас
Менинг севгим, менинг ғуссам, Сендан қандай кўнгил узсам. Ишон сўзим ёлғон эмас, Кўнгил узмоқ осон эмас. Менинг Мажнун ҳолимга боқ - Кўзимнинг ёшлари ирмоқ. Қийин эмас кўнгил бермоқ, Кўнгил узмоқ осон эмас. Кеча биз шод эдик ҳай-ҳай, Гўё биздан бўлак йўқдай. Хайр дейман, сенга қандай? Кўнгил узмоқ осон эмас. Кеча бахтли эдик, жоним, Қумлардан уй курдик, жоним. Қандай уйни буздик, жоним, Кўнгил узмоқ осон эмас. Дегайлар бу бир кам дунё, Омонат гоҳ, мубҳам дунё. Узилса жон не ғам, аммо, Кўнгил узмоқ осон эмас!.. Муҳаммад Юсуф шеъри, Ғиёс Бойтоев мусиқаси. "Бекажон" газетасининг "Ўлмас тароналар" саҳифасидан |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
21.02.2010 19:55 | #632 |
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
|
Eng toza meva…
Gunoh mahsulidir balki jahondaBir kelinchak to’rt oylik xasta chaqalog’ini qaytib olmaslik sharti bilan kasalxonaga tashlab ketdi Dunyoga keltirmish ba’zi xatolar. Va lekin hamma vaqt, har qanday onda Go’daklar eng toza meva atalar. Mevam, qaysi bog’da bunyod bo’lding Sen, Qay noshud bog’bon u mevasin otgan. Qay bir qondan bino, zuryod bo’lding Sen, Onam deb har kimga jovdirab yotgan. Balki otang border tuyg’usi ko’lmak Ammo amali bor, berguvchi Farmon. Mushkulmas, onangning holini bilmoq, Uning Seni tashlab topgani armon. O’zi tashlab o’zi daraklab, so’rab Yurar tang’ib sutli ko’kraklarini. Ajab, seni oppoq choyshabga o’rab, Dazmollab ketibdi ko’ylaklaringni. Muhabbat, sevardim Seni jon qadar Sen bunda ishqmas, yo’q, so’qirsan, mastsan. Ona, Sen ham endi ketarsan badar, Qaytib bu ko’ylakni dazmollamassan. Bilmayman, kim bunda o’tar solib dod, Kimdan oz, yo kimdan ko’proq ayb o’tdi. Bilganim- ko’rnamak, nopok ikki zot Bir toza mevani poymollab o’tdi. Birovlar qarg’aydi kuyinib, bo’zlab, Birov ko’z yoshini artar panada. Har ko’krakdan ona isini izlab, Chaqaloq chirqirar kasalxonada. Halima Xudoyberdiyeva
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
22.02.2010 11:44 | #633 |
|
Jonimdan o'zga yori vafodor topmadim,
Ko'nglumdin o'zga maxrami asror topmadim Jonimdek o'zga jonni dilafgor ko'rmadim Ko'nglim kibi ko'ngulni giriftor topmadim. Usruk ko'ziga toki ko'ngul bo'ldi mubtalo Xargiz bu telbani yana hushyor topmadim Nochor furqati bila xo'y etmishisham, netay Chun vaslig'a o'zimni sozovor topmadim Bori boray eshigiga bu navbat, ey ko'ngul Nechaki borib eshigiga bor topmadim Bobur, o'zingni o'rgatako'r yorsizki, men, Istab jahonni, muncha qilib, yor topmadim. Z. M. Bobur ******************************** O'tinchim har besh vaqt nomozda, Xor qilma yot yurtda, yahshi-yomonga. Va kechir so'nggi dam yuzim o'girsam, Qiblamas ona-yurt Anjon tomonga... Последний раз редактировалось Kahramon Jalilov; 22.02.2010 в 11:47. |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
23.02.2010 11:38 | #634 |
|
Mansura
Tilak Parvona bo'ldingiz, devona do'ning, So'zlarni yamlamang, chala chaynamang. Biroz og'ir bo'ling, tuproqday og'ir, To'lqinday chorasiz bo'lmang! Bu-jabr! Nelarni yozdim men, neni yozmadim. Yozganlarim, yutganlarim-to'lqinlar... Yurtga muhabbatim, kattakon sabr. Adashib ketmaslik tilayman Sizga! Rauf Subhon Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 23.02.2010 в 12:00. |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
23.02.2010 11:52 | #635 | ||
|
Tanish iboralar
O'tmishda aytganlar bugunga to'g'ri kelmas. Bugunning gapi ham kechadan o'zgacharoq. Bunday xalq naqlidin uqib bo'lmas. Iqbolim deb yongan taqdirlar o'zi shundoq... fikrni uqsang-u, tiyilsang yaxshi odat. gapni chuvalatmoq ojiz odamning ishi. jasorat qilichin sindirgan jangchi nahot, maydonda surar ot, u o'zi qandoq kishi... O'zini qayerga qo'yarin bilmas kimsa, sahnada tomosha ko'rsatishi shart emas. tevarak nazarin xo'p o'rgangan bo'lsa ham, aqoidi to'g'ri-yu, amalda mard bo'lmas... Kundalik odam Kundalik yozmoqda kundalik Odam, Ko'rganlarin yozar, bilganin yozar. Bilmaganin taxmin-bashorat qilar, O'zini donolar safiga qo'shar. Ba'zan oshar, ba'zida jo'shar, Barmog'in uchida ko'rar u Xalqni. Bilmaydi, oyog'in tagida yer aylanishin, Yurganida zamin ortga og'ishin. Ko'pda u bashorat qilib yanglishar, Kundalik yozadi kundalik odam. Xuddi dorboz kabi yurar, tekis yo'llarda, Bir yuzida quvonch, bir yuzida g'am. Yuzida posangi buzilgan. Kunda... kundalik yozar. Kundalik odam... kunda... kundalik... Rauf Subhon |
||
|
Ответить |
3 "+" от:
|
23.02.2010 11:59 | #636 | ||
|
Ilm istagi
Yomonlik qo'lingdan kelmas, bu aniq. Yaxshilik tugundir, shunday yechilmas. Bilganing qulf ekan barcha eshiklar. Qo'l cho'zib borsang ham kunday ochilmas. Sen tikka yurmading, aylanib yurding. Neki aylanadir bari mukammal. oyog'ing yerdamas, asli osmonda, shu sabab chorlaydi ko'kka bor amal. Tong ottirgan xo'roz ucha bilmasa... Ot yetaklar odam... otga minmasa... Ichingda g'iybatlar bir zum tinmasa, ularni sirtingda oshkor qilmaysan... Uchar ko'ngil uchar, yana ruh uchar, uchgan odam qaytib yerga qo'nmaydi... Rauf Subhon |
||
|
Ответить |
4 "+" от:
|
23.02.2010 12:06 | #637 | ||
|
Qudratli yurtda
Ko'krak samolarni surar nariga... Bu qudrat ruhimni bezovta qilar. Qo'l siltab ketolmam rizqning bariga, har tongda ko'ksimni bir yulduz tilar... Bu rizqning barisi musofirniki. Musofirdan musofirga qolar omonat. ochunda mehmonman, neni qo'riyman?.. Ko'ksimga tuyog'in bosganday bir ot... Qahrabo to'lqinlar umidbaxh o'tday... Umrim o'tayapti xizmatchilikda. Mehnatim tunni-yu g'amni aritgay. Kibr bor aslida izzatchilikda. har doim shukrimni bildirib qo'yib, yashayapman pokiza yurtda, vatanda. takrorlayman har kun farzandligimni, bag'ishlab borimni O'zbekistonga! Rauf Subhon |
||
|
Ответить |
5 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
25.02.2010 03:35 | #638 |
Jur'atim yetmaydi qilgani izhor,
Yurak tubidagi birgina so'zni. Oshiqman bo'lgum yo'q oshkora iqror, Qalbim ardog'ida asrayman sizni Kuyib pinxona... Tilginam boylanur aylasangiz so'z, Dilga yod manzildan izlayman sizni. Ko'rinmay qolsangiz izlab tolar ko'z, Qalbim ardog'ida asrayman sizni Suyib pinxona... Sog'inchning eng shirin daldasi bo'lib, Olis nigohlarga so'zlayman sizni. Umrim varog'idan yod so'zni olib, Qalbim ardog'ida asrayman sizni Tuyib pinxona... Nigohning ibodek bir husni xaqqi, Sadosiz asrayman bu sof tuyg'umni. Meni to'xtatolmas hech kimning xaqqi, Qalbim armoniga bermayman sizni Bo'lib begona... (menga juda yoqadi bu she'r, biroq muallifi kimligini bilmayman)
__________________
:girl_sigh: |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
26.02.2010 19:59 | #639 |
Football team "Газмяс"
Coach
Сообщений: 111
+ 7
22/17
– 0
0/0
|
"Когда ваш друг открывает вам свои мысли, не бойтесь говорить ему "нет" лишь про себя и не отказывайте ему в "да". И когда он молчит, пусть ваше сердце не перестанет слушать сердце его, Потому что, если есть дружба, все мысли, все желания и все надежды рождаются и разделяются с радостью, которой не нужно признание и не нужны слова. Но не горюйте, когда вы расстаетесь с другом своим, Ведь то главное, что вы любите в нем, может быть виднее в разлуке, как путешественнику гора видится лучше с равнины. И пусть не будет в вашей дружбе целей других - только углубление духа. Потому что любовь, которая ищет не только открытия собственной тайны, - это уже не любовь, а лишь сеть, брошенная наугад, чтоб поймать, что попадется.
И пусть все лучшее в вас будет для друга. Раз уж он должен знать ваши отливы, пусть он знает и ваши приливы. Потому что зачем вам нужен друг, если вы ищете его, только чтоб скоротать свое время? Ищите встречи с другом всегда, когда у вас есть время Жить. Ведь друг существует, чтобы удовлетворить вашу нужду, а не заполнить в вас пустоту. И в сладости дружбы пусть будут смех и разделенные радости. Потому что сердце находит утро свое и набирает сил как раз в росе малых вещей." Халиль Джебран, "Пророк"
__________________
Не тот доктор - кто учил :127:, а тот доктор - кто переболел :143: ... :KidRock_04::buba: |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
01.03.2010 00:50 | #640 |
Жим туринг, шовқиланманг, уйқу ичида ул пари?
Юрма, тек тур, эй шамол, юрсанг-да, юр биздан нари. Кўкда бир тўп қиз-малак уйқу куйини бошлади, Илгари чалган тирик, жонли куйини ташлади. Бош учида айланар бир тўп фаришта жимгина, Кўк элининг тангриси – ой ҳам қарайди тинчгина. Ул олса кўзлар юмулган... куйини ёндирганча, Кўп гўзал кўзларни юмдиргач, уялдиргачгина... Чарчаган, толган, умидсиз кўзларим тўймай қарар, Ҳар қаршида кўнглима минг турли йўллар солар... Бу ётиш, бу уйқу, бу қандай ширин, қандай гўзал, Жонланар, бз кўрсатар синган ва ясанган амал. У ётиш, уйқу на ерда, на ҳаёлий кўкда бор, Бу гўзал, сирли тамоша менда, мен ўксукда бор. Жим туринг. Шовқиламанг, уйқу ичинда ул нари, Кўзларим тўймай қарар, борлиқ кўринма, тур нари... Чўлпон
|
|
|
Ответить |
5 "+" от:
|
|