Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Библиотеки
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Библиотеки ... в том числе электронные


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 16.12.2010 17:21   #11  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 183  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
Evernote asbobi haqida


Цитата:

Evernote tarqoq fikrlar va har yerda sochilib yotgan ma'lumotlarni bir joyda to'plab, boshqarishga mo'ljallangan veb-xizmatdir. Yoningizda olib yuradigan daftarchada telefon raqamlarni yozasiz, bozordan xarid qilishingiz lozim bo'lgan narsalarning ro'yxatini tuzasiz va kerakli ism-shariflarni ildirib qo'yasiz. O'sha ma'lumotlar ildirilgan sahifalar - sizning tashqi xotirangiz. Ammo, muammo shundaki, ushbu tashqi xotira juda nozik; yirtiladi yoki cho'ntakdan tushib qoladi. Oylar-yillar o'tisi bilan esa, xuddi menda bo'lgani kabi, bunday cho'ntak daftarchalaridan yigirmatasi to'planib qoladi va bir kun kelib, falonchi sinfdoshingizning telefon raqami qayerda yozilganini bilmay xunob bo'lasiz. Shunday ekan, hozirgi elektron taqir-tuqurlar zamonida, oz'imizga yangi, ishonarliroq, asosiysi, kompyuterlashgan "yon daftar" izlab qolamiz.

1-maqola: "Fillar unutmaydi" yoki Evernote haqida

2-maqola: "Evernote" imkoniyatlari kengaymoqda

3-maqola: “Evernote” biznes uchun


Teglar: asboblar, evernote, productivity
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
"+" от:
Старый 18.12.2010 15:40   #12  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 183  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
GTmetrix - saytingiz uchun texnik ko'rik



Saytlar borki, ochilishini kutib zerikib ketasiz. Saytlar borki, oddiy dial-up aloqasi bilan ham bir zumda monitoringizda paydo bo'ladi. Hisob-kitoblarga qaraganda, agarda sayt 4 soniya ichida to'liq yuklanmasa, foydalanuvchilar ushbu saytni tark etar ekanlar. GTmetrix onlayn xizmati tomonidan ishlab chiqilgan infografikada Internet saytlarining yuklanishi va sahifalarda mavjud ortiqcha ma'lumotlar masalasi tahlil qilinadi (bunda Googlening Page Speed va Yahooning YSlow texnologiyalaridan foydalanilgan). Infografika shunday nomlanadi:

Befoyda ma'lumotni yuklashga qancha vaqt sarflanadi? Keling bilib olamiz…


GTmetrix tomonidan Internetda eng ommabop 1000 ta sayt tahlil qilib chiqilgan. Ushbu hisobot muntazam ravishda Googlening "Internetdagi 1000 ta eng ommabop sayt" reytingi ushun yetkazib beriladi va har hafta yangilab turiladi. Bundan maqsad ushbu saytlarni ko'rishda foydalanuvchilar qancha ortiqcha ma'lumotni (ortiqcha kod, HTML/CSS orqali kichraytirilgan suratlar, noto'g'ri fayl formatlari va hokazo) tushirib olishlarini aniqlash, shu bilan birga, sayt egalarini o'z resurslarini samarali optimizatsiya qilishga chorlashdir.

Tadqiqotda 3 ta optimizatsiya usuli qo'llanilgan:
1) HTML/JS/CSS ni minimal ko'rinishga keltirish;
2) Compressiyani faollashtirish;
3) Suratlarni optimisatsiya qilish (juda kattalarini kichraytish, sifatini o'rta holga keltirish).
Ma'lum bo'lishicha, har oyda dunyo Internet foydalanuvchilari jami 23,000,000 gigabayt keraksiz ma'lumotni tushirib olar ekanlar.


Teglar: google, reyting, statistika, tadqiqot, tahlil, veb-saytlar, web, web-development, website, www, yahoo
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
"+" от:
Старый 20.12.2010 10:06   #13  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 183  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
Rossiyada birinchi gravyuralar virtual muzeyi ochildi


Endi uydan chiqmagan holda XX asr rassom-grafiklarining ishlari bilan tanishib chiqish imkoniyati paydo bo'ldi. Rossiya Davlat Kutubxonasining yopiq fondida saqlanib kelayotgan gravyuralar endi Internet-muzeyda namoyish etiladi va san'atshunoslar hamda havaskorlar e'tiboriga havola etiladi.

Rossiyaning katta kutubxonalari xazinalarida nafaqat qimmatli kitoblar, balki qo'lyozmalar, musiqa notalari, xaritalar, ovoz yozuvlari kabi materiallar saqlanib, ular Rossiya xalqlarining umumiy madaniy merosi hisoblanadi. Ammo, kutubxona yerto'lalarida saqlanib kelinadigan bu boyliklarga ommaga maxsus ruxastsiz kirish taqiqlanadi. Endi esa zamonaviy texnologiyalar bu xazinalarni raqamli shaklda, yuqori sifatli tasvirlar orqali ko'rishlari mumkin bo'ladi.


Teglar: gravyuralar, mdh, muzey, rossiya
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
"+" от:
Старый 22.12.2010 17:37   #14  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 183  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
Wikipedia, Britannica va Knol haqida

Uch og’a-ini botir haqida: Wikipedia, Britannica, Knol (I-qism)



Bundan bir yilcha muqaddam "Chaskor.Ru"da Ivan Moskalyovning "Три энциклопедии" maqolasi e'lon qilingan edi. Ushbu ikki qismdan iborat maqolada yirik va ommabop onlayn ensiklopediyalar - Wikipedia, Britannica va Google ning Knol ensiklopediyalari haqida so'z yuritiladi. Hozirgi kunda ham o'z dolzarbligini yo'qotmaganligi bois, ushbu materialni o'zbek tilida sizning e'tiboringizga havola etishga qaror qildik.

Hech kimga sir emaski, Wikipedia Internetdagi gumanitar sohada eng muhim bo'lgan loyihalardan biri sanaladi. O'n yildan kamroq muddat ichida bu sayt oddiygina "start-up"dan butun dunyo Internet foydalanuvchilari hayotining ajralmas qismiga aylanishga ulgurgan.

Ammo, shu qadar ommabop bo'lgan loyihaga monopoliyani o'z qo'lida ushlab turish qiyin kechmoqda. Chunki, Google va Britannica kabilarning mahsulotlari Wikipedianing yuziga oyna tutib, kamchiliklarini namoyish qilmoqda. Shunday bir sharoitda, Wikipedia o'zining eng yirik va eng ommabop bilimlar xazinasi mavqeini saqlab qola oladimi?

Wikipedia inqirozi? Rostdanmi?

Wikipedia hamjamiyatining inqirozi haqida uning a'zolari ham gapirishmoqda. Administratorlarning yangidan-yangi nag'malari chiqmoqda, axborotning haqqoniyligi va sifati esa pasaygan. Ichki nizolarning ko'paygan. Mualliflik va muharrirlik ishiga bog'liq byurokratizmning ortib borishi haqida ham gap-so'zlar avjiga chiqqan. Bularning hammasini assossiz deb bo'lmaydi. Tilga olingan muammolarning ayrimlari bor gap. Masala shundaki, bu inqiroz loyiha tarixining birgina sahifasi bo'lib qoladimi yoki kutilayotgan "Wikipedia tanazzuli"ga debochami?


Teglar: britannica, ensiklopediya, google, knol, kontent, wiki, wikipedia
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 28.12.2010 13:55   #15  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 183  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
Post Yana elektron kutubxonalar haqida (I-qism)

Yana elektron kutubxonalar haqida (I-qism)




Elektron yoki raqamli kutubxona keyingi yillar davomida eng ko'p qo'llaniladigan atamalar qatoridan joy oldi. Bu turdagi kutubxonalar faqatgina kompyuter tizimlari orqaligina foydalansa bo'ladigan resurslar (bosma, mikrofilm va boshqa tashuvchilardan farqli ravishda)ni o'z ichiga oladi. Ulardagi raqamli ma'umotlar lokal ravishda yoki kompyuter tarmoqlarida saqlab kelinadi. Raqamli kutubxona axborot qidiruv tizimining bir turidir.

Raqamli kutubxona (inglizcha digital library)atamasi bosma nashrlarda dastlab Corporation for National Research Initiatives ning 1988 yilgi hisobotida tilga olingan. Keyinchalik, 1994 yilda NSF/DARPA/NASA tomonidan keng muomalaga kiritilgan. G'oyaning o'zini esa amerikalik olim Vannevar Bushning 1945 yilda e'lon qilingan "As You May Think" maqolasida uchratishimiz mumkin. Ushbu maqolada Bush kelajakda barpo etilajak, minglab kutubxona kitoblari va tadqiqot natijalariga yo'l ochib beruvchi kompyuter konsepsiyasi - Memex haqida so'z yuritgan edi.

DAVOMI >>




Teglar: digital libraries, elektron kitoblar, elektron kutubxonalar

E-kutubxonalar blogiga RSS:

__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
Старый 28.12.2010 14:02   #16  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 183  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
Letter

Benjamin Franklinning aforizmlari (I-qism)





Bitta bugun ikkita ertangi kundan afzal.

***

Agar vaqtni eng qimmatli narsalardan biri desak, uni behuda sarflash eng katta isrofgarchilik bo'lishi kerak. Negaki, yo'qotilgan vaqt aslo qaytmaydi.

***

Uzoq umr mazmundor bo'lmasligi mumkin, ammo mazmundor umr shubhasiz uzoq umrdir.

***

Hayotni sevasizmi? Unda vaqtingizni zoye ketkizmang, chunki u hayotingizni tashkil qiladi.

***

Umrni uzaitirish uchun maishatingizni kamaytiring.

***

Istamas ekansiz unut bo'lmoqni,
Bu jism tuproqda qolgan zahoti;
O'qishga munosib narsalar yozing,
Yozishga munosib yo ishlar qiling.

***

Dam olishni ko'zlasangiz, vaqtdan oqilona foydalaning.


DAVOMI >>

Teglar: aforizmlar, hikmatlar
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
3 "+" от:
Старый 02.01.2011 11:30   #17  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 183  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
“Tarbiya” ensiklopediyasi nashrdan chiqdi

“Tarbiya” ensiklopediyasi nashrdan chiqdi


Yaqinda O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi nashriyoti tomonidan ilk bor "Tarbiya" ensiklopediyasi nashr qilindi. Bu kitobda ijtimoiy hayotda ancha-muncha tajriba ortirgan ota-onalarning endigina turmush qurgan yosh oilalarga bugungi kunda aytmoqchi bo'lgan fikr-mulohazalari pedagogikadagi nazariy qarashlar bilan asoslanib bir tizimga solingan. Undan yosh ota-onalardan tashqari ta'lim-tarbiya ishlari bilan shuqullanuvchi barcha murabbiilar ham foydalanishlari mumkin. Kitobda tarbiya va u bilan bog'liq 300 ga yaqin tushunchalar mohiyati ochib berilgan.

Kiyinish madaniyati, suhbatlashish odobi, kelinlik odobi, kasb odobi, mehmondorchilik odobi, muomala odobi kabi maqolalar kitobdan joy olgan. Shuningdek, kamtarlik, mardlik, jasorat, insonparvarlik, insof, do'stlik, vijdon, burch, baxt, ishchanlik, ko'ngilchanlik, mas'uliyat, rostgo'ilik, poklik kabi ahloqiy tushunchalar bayon etilgan.

"Tarbiya" kitobiga uslub, shakl nuqtai nazardan emas (bu jihatdan an'anaviy ensiklopediya talablaridan farqlanadi) balki mazmun-mundarizhasi jihatdan - tarbiya sohasida ko'p masalalarni qamrab olganligi bilan entsiklopediya deb atalgan. Undagi maqolalarni tayyorlashda asosan O'zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti olimlari ishtirok etganlar. Shuningdek, 12 jildli "O'zbekiston milliy ensikllpediyasi" maqolalaridan, ro'yxati kitobning oxirida berilgan adabiyotlardan foydalanildi.

"Tarbiya" ensiklopediyasi pedagogika fanlari doktori Qozoqboy Yo'ldoshevning "Tarbiya - barkamol avlodni shakllantirishning bosh omili" maqolasi bilan boshlanadi, so'ng alifbo tartibida asosiy maqolalar beriladi. Kitobning adadi 3000 nusha. Tuzuvchisi M.Aminov, mas'ul muharriri A.Majidov.


Teglar: kitob, o'zbekiston
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
Старый 04.01.2011 15:10   #18  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 183  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
PowerPointdan DARSLARDA foydalanish mumkinmi?



Ushbu taqdimot Zoho.Com saytida Power Point taqdimoti shaklida.



Teglar: o'qituvchilar uchun, power point, taqdimotlar
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
Старый 08.01.2011 11:13   #19  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 183  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
“A’lochilar uchun o’quv ko’nikmalari”



Fred Orrning "A'lochilar uchun o'quv ko'nikmalari" ("Study Skills for Successful Students") kitobi 1992 yilda Avstraliyada nashrdan chiqqan. Unda o'quv yurtlari talabalarining o'quv materiallarini yaxshi o'zlashtirishlari uchun muhim bo'lgan bir qator ko'nikmalar haqida so'z yuriltiladi va ushbu ko'nikmalarni rivojlantirsh borasida foydali maslahatlar beriladi. Kitobda berilgan maslahatlar yuqori sinf o'quvchilari, kollej va oily o'quv yurtlari talabalari uchun birdek mos keladi. Talabalar o'quv faoliyatidan keltirilgan misollar, yoki keyslar (case study) har bir talaba duch keladigan turli-tuman sharoitlarni tasvirlaydi. Ular asosida muallif o'z fikrlarini bildiradi va muammolarni bartaraf qilish borasidagi usullar bilan tanishtiradi. Keltirilgan keyslarning qahramonlarining ba'zilari ma'lum kurs bo'yicha mavjud qiyinchiliklarni mardona yengib o'tgan va a'lo natijalarga erishgan bo'lsalar, ayrimlari qiyin ahvolga tushib qolganlar. Bu yerda muallif yetkazmoqchi bo'lgan muhim ma'lumot shundaki, o'qish jarayonidagi har bir tajriba o'zida xos ijobiy potensialga ega. Hatto kurs ishi yomon baho bilan qaytarib berilsa ham. Masalaning "yorqin tarafi"ga qaraydigan bo'lsak, bu talabaning ma'lum ko'nikmalarini rivojlantirishiga bo'lgan bir chaqiruvdir.

Talabalardan tashqari, kitobning boshqa bir muhim auditoriyasini o'qituvchilar, ma'ruzachilar va ota-onalar tashkil qiladi.

Ta'lim shunchalik muhimmi? Axir, bir necha yil sinf partasida yoki auditoriyada o'tirib, keyin hayot tashvishlariga, kasbga aloqador faoliyatga shong'ib ketamiz-ku? Domlalar bizga beradigan bir olam materialga qo'shimcha qilib Fred Orrning kitobini o'qishimiz shartmi? Turgan gapki, 10 yildann keyin, masalan, hech kim bizdan Shekspirning "Makbet"idan biron sahnani yoddan ayytib berishimizni talab qilmaydi. Adabiyot muallimi yoki teatr aktyori bo'lib yetishmasak, albatta.. Samarali tahsil olishdan maqsad bu tonnalab aniq faktlarni yodlab olish emas, balki kishi o'zini va hayotda kerakli ko'nikmalarini rivojlantirib borishidir.


DAVOMI >>




0.Kirish ♦ 1.Shaxsiy menedjment usullari: ♦ Motivatsiya ♦ Ishni orgaga surish ♦ Xotirani yaxshilash

Teglar: darslik, motivatsiya, nazariya, productivity, ta'lim, time-management
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
Старый 12.01.2011 14:38   #20  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 183  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
Hikmatlar: mutolaa xususida

Hikmatlar: mutolaa xususida





⇒O'qirkansan, xuddi biror lug'atdagi kabi o'qiganlaring xotirangning bir chekkasida qolib ketmasliging lozim, ular vujuding va qoninggacha singib ketishi uchun chuqur o'ylab, mulohaza yuritib o'qishing kerak.

R.Emerson



⇒Agar biz bilim orttirish niyatida kitob o'qir ekanmiz, shoshmay o'qishimiz, kitoblarda uchraydigan jami bizga notanish, o'rganishni istagan narsalarimizni yozib borishimiz darkor.

E.Fage



⇒Agar nimanidir o'qib chiqqan bo'lsang, undagi asosiy fikrni uqib ol. Men ham shunday qilaman: o'qigan narsamdan albatta nimanidir yozib olaman.

Seneka


⇒Kitob odamni bilag'on, suhbat topqir qiladi; yozib olish odati esa uni aniqlikka o'rgatadi.

F.Bekon



Teglar: aforizmlar, hikmatlar
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
2 "+" от:
Ответить

Метки
библиотеки, kutubxonalar, texnologiyalar
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх