uForum.uz > > > >
, ...
... . . , "" :)
<< - - >>

-




 
06.04.2009 14:20   #1  
  Aziza Abdunabiyeva
akademik litsey
o'quvchi
: 338
+ 760  368/178
0  0/0

Uzbekistan
Qaysi oliygoh???

Orta maxsus talim dargohlarida, ayniqsa akademik litseylarda tahsil olayotgan oquvchilarning asosiy qismi oqishni oliy oquv yurtlarida davom ettirish, oliy malumotli bolishni istaydilar. Ayrim oquvchilar talimning ilk bosqichlaridayoq qaysi oliygohga kirishi, qaysi kasb egasi bolishlarini aniq belgilab oladilar. Ammo litseyni yakunlash yilida turib ham bir qarorga kelolmayotgan, ota-onaning har tomonga tortqilashlari, ozining qiziqishi sustligi yoki xohish yetishmasligi, qolaversa, universtitetlar haqidagi malumotlarga ega emasliklari kabi sabablarga kora oliy talim yonalishini tanlolmayotgan oquvchilar ham kopchilikni tashkil etadi.

Demak, bu bolimda yurtimizda faoliyat olib borayotgan oliygohlar haqida gaplashamiz. Shu yol bilan esa bolajak talabalarga kelajakdagi sohalarini tanlashlariga komak beramiz!
 
06.04.2009 14:22   #2  
  Aziza Abdunabiyeva
akademik litsey
o'quvchi
: 338
+ 760  368/178
0  0/0

Uzbekistan
Toshkent axborot texnologiyalari universtiteti
Toshkent axborot texnologiyalari universtiteti 1955 yilda Toshkent Elektrotexnika aloqa instituti nomi bilan sobiq ittifoq aloqa vazirligiga qarashli yetti institutning biri sifatida tashkil etilib, tarmoq oliy oquv yurti hisoblangan. Institut Markaziy Osiyo va Qozogiston uchun radioaloqa injenerlarini tayyorlar edi. Mustaqillikka erishilgandan song institut Ozbekiston Respublikasi Aloqa Vazirligi tasarrufidagi tarmoq oliy oquv yurtiga aylandi. Prezidentimiz Islom Karimovning Farmoniga asosan institut 2002 yilda Toshkent Axborot texnologiyalari universtiteti maqomini oldi. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan universtitetning mamlakatimiz fani rivoji, milliy talim tizimi, axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va yoshlar tarbiyasidagi katta hissasini inobatga olib, 2004 yil 22-dekabrda 2005-yilda Universtitetning 50 yilligini nishonlash togrisidagi qaror qabul qilindi. Oz zimmasiga axborot texnologiyalari boyicha mutaxasislar tayyorlash vazifasini olgan universtitet faoliyati haqidagi bugungi malumotlar abiturientlarni qiziqtiradi, degan umiddaman.

Ilgari Aloqa instituti haqida soz ketsa, kishilar faqat pochta xizmatini tushunardilar. Tinimsiz taraqqiy etib borayotgan shiddatli davrda axborot almashinuvi imkoniyatlari goyatda kengaydi. Tezkor aloqa vositalarining har jihatdan qulayligi ularning aholi ortasida ommalashuvi bilan bir qatorda yoshlarning bu sohaga bolgan qiziqish va intilishlarining kuchayishiga ham sabab bolmoqda. Tabiiyki, bir paytlar asl mohiyati anglashilmagan Elektrotexnika aloqa instituti bugun Axborot texnologiyalari universtiteti sifatida oliy oquv yurtlaridan biriga aylandi.

Har yilgi qabul jarayonlaridan ham hulosa qilish mumkinki, yoshlarimiz universtitet hayotining eng zarur tarmoq va sohalarini qamrab olganini anglab yetdilar. Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari inson hayotida katta orin tutishi, ularsiz taraqqiy topib bolmasligiga ham amin bolmoqdalar.

Universtitetda Axborot texnologiyalari, Iqtisod va boshqaruv, Radiotexnika va radioeshittirishlar texnologiyalari, Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetlari ozlariga xos zarur yonalishlarga ega bolib, ular boyicha bakalavr va magistrlar tayyorlab beradi.

Ayni paytda universtitetni tamomlagan 8 nafar bakalavr, 8 nafar magistr va bir doktorant Janubiy Koreyaning Yaongam univertstitetida komputer va axborot texnologiyalari mutaxassisligi boyicha oqishni davom ettirmoqdalar.

2001 yilning 18-iyunida universtitetga AQShning Merilend universtiteti prezidenti doktor Daniel Mout tashrif buyurdi. Universtitet tarixida birinchi marta Daniel Moutga faxriy doktor diplomi va mantiyasi topshirili. TATU rektori va Daniel Mout ozaro hamkorlik togrisida shartnoma imzoladilar.

2005 yilning bahorida universtitetda xotin-qizlarni telekommunikatsiya sohasida ishlashga orgatish oquv markazi ish boshladi. Markazni jihozlashga AQSHning savdo va rivojlanish agentligi tomonidan 185 ming dollar mablag ajratildi. Universtitet negizida telekommunikatsiya qurilmalarini montaj qilish va texnik xizmat korsatish boyicha mutaxassislarni tayyorlovchi oquv markazi tashkil etish yuzasidan 2005 yil boshida OzAAA va Huawei kompaniyalari ortasida memorandum imzolandi.

Keyingi 5 yil davomida univetsritet kutubxonasi dasturlash, axborot xavfsizligi electron tijorat sohalariga oid ilmiy adabiyotlar bilan boyitildi. Bir qator fanlardan maruza matnlari yaratilib, universtitet electron kutubxonasi xotirasiga kiritildi.

Fakultetlar, mavjud kafedralar zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlandi. Abiturientlarimizni bu haqda batafsilroq tanishtirish maqsadida quyida fakultetlar faoliyatiga ham toxtalamiz.

Axborot texnologiyalari fakulteti 2003 yilda tashkil topgan. Unda faoliyat yuritayotgan jami 60 nafar professor oqituvchilarning 3 nafari akademik, 10 nafari fan doktorlari, 20 dan ortigi fan nomzodlari hisoblanadi.

Fakultetga dasturlash texnologiyalari va algoritmlash, axborot texnologiyalari, raqamli texnika va elektron boshqaruv tizimlari va texnologiyalari hamda falsafa kafedralari biriktirilgan. 2004 yilning dekabrida fakultet tarkibida elekron tijorat kafedrasi tashkil etilgan bolsa, 2005-2006 oquv yilida amaliy matematika va biofizik tizimlar talim yonalishi boyicha bakalavr tayyorlash boshlandi.

Radiotexnika va raioeshittirishlar texnologiyalari fakulteti 1957 yilda tashkil topgan. Dastlab bitta: Televideniye, radioaloqa va radioeshittirish yonalishi boyicha, 2001-2002 oquv yilidan boshlab esa Radiotexnika yonalishi boyicha ham bakalavrlar tayyorlaydi.

Ikkita mutaxassislik Mobil aloqa tizimlari va Radiotexnik qurilma va aloqa vositalari boyicha agistrlar tayyorlanadi. Televideniya, radioaloqa va radioeshitirrishlar yonalishi boyicha bakalavrlar sirtqi talim olishlari mumkin.

Iqtisod va boshqaruv fakulteti universtitet hozirgi maqomni olgach, muhandis-iqtisodchi fakulteti negizida qayta tashkil etildi. Bu yerda yoshlarga 7 nafar fan doktori, 3 nafar professor, 20 dan ortiq fan nomzodlari talim berishadi.

Tarmoq iqtisodiyoti va Menejment sohalari boyicha har yili 50 dan ortiq magistrlar, Pochta xizmati boyicha 100 dan ortiq bakalavrlar tayyorlandi.

Kafedralar qator Respublika oliy oquv yurtlari, OzRFA Iqtisodiyot instituti, Toshkent Davlat iqtisodiyot universtiteti, Toshkent moliya instituti va Jahon tillari universtiteti bilan yaqin aloqada. Fakultetda Manaviyat, Disput klublari, Qizlar klubi, Akmeologiya markazlari mavjud.

Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti TATUning dastlabki fakultetlaridan biri hisoblanib, 1955 yilda tashkil topgan. Oshanda telefon-telegraf fakulteti deya yuritilgan fakultet 1964-1965 oquv yilidan muassasa universtitet maqomini olguncha Avtomatik va kop kanalli elektr aloqa fakulteti deb nomlanib kelinayotgan edi.

Fakultetda 65 nafar professor-oqituvchilar bolib, shulardan 3 nafari professor, 15 nafari dotsent. Fakultet davlat standartlariga javob beradigan tegishli aloqa texnikasi va olchoq, boshqaruv qurilmalari bilan jihozlangan oquv labaratoriyalariga ega. Ularga Yaponiyaning NEC, Xitoyning Shanxay Bell, Janubiy Koreyaning Daewoo, Germaniyaning Siemens firmalari tomonidan oquv labatoriya aloqa texnikalari ornatilgan.

Aziza Abdunabiyeva; 06.04.2009 14:24.
 
06.04.2009 15:12   #3  
  Aziza Abdunabiyeva
akademik litsey
o'quvchi
: 338
+ 760  368/178
0  0/0

Uzbekistan
Ustozlar tugiluvchi maskan
Ilk bor qolimizga qalam tutqazib, oqish va yozishni orgatgan birinchi ustozimizni butun umrimiz davomida unutmaymiz, unutolmaymiz. Hatto ayrim yoshlarimiz aynan birinchi oqituvchilariga havas qilib ham, ularga oxshashni istaganlari uchun ham oqituvchi bolishni orzu qilishadi. Kelajagini aynan oqituvchilik kasbi bilan boglagan yoshlarni oz maqsadlariga yetaklovchi yol esa Toshkent Davlat pedagogika universtiteti orqali otadi.

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universtiteti 1935 yil 14 sentabrda Orta Osiyo Davlat universtiteti (hozirgi Ozbekiston Milliy universtiteti)ning pedagogika fakulteti negizida tashkil etilgan. Dastlab Toshkent pedagogika institute deb yuritilgan. 1998 yil 24 fevraldagi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq unga Universtitet maqomi berilgan. Ozarbayjon shoir Nizomiy Ganjaviy nomi oliy oquv yurtiga 1947 yilda berilgan.

Malakali pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlovchi ushbu universtitet nafaqat Ozbekiston, balki Markaziy Osiyodagi nufuzli oliy oquv yurtlaridan biridir. Oquv yurti tarkibida 11 ta fakultet, 1 ta chaqiriqqacha tayyorlov bolimi mavjud. 55 ta kafedra, oliy oquv yurtlari aro oqitish metodik bolimi, monitoring va ichki nazorat kabi 18 bolimi bor. Kutubxonasida esa 9000 ga yaqin asar saqlanadi. Universtitet mavjud yonalishlar boyicha magistrlar ham tayyorlaydi. Aspirantura va doktorantura hamda nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoyasi boyicha ixtisoslashgan ilmiy kengash faoliyat korsatadi. Respublikada pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy talim muassasalari uchun tayanch oliy maktabi hisoblanadigan universtitet qoshida 1999 yildan Pedagogik talim, 2002 yildan Axborot texnologiyalari jurnallari, Marifat yolida, Pedagog kabi kop tirajli nashrlar chop etiladi.

Ilm dargohida xorijiy mamlakatlardan Janubiy Koreya, MDH davlatlaridan Qozogiston, Qirgiziston, Turkmaniston davlatlaridan kelgan talabalar ham tahsil olishmoqda.

25 talim yonalishida 14 mingga yaqin talabaga, 28 ixtisoslik boyicha 500 dan ortiq magistrantga 66 nafar fan doktori, professor hamda akademiklar, 225 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 400 dan ortiq oqituvchi talim bermoqda.

Ozbek tili va adabiyoti fakulteti
Fakultet bu yil ozining 67 yoshini qarshiladi. U ilk tashkil etilgan fakultetlardan biridir. Uning ozbek mumtoz adabiyoti, hozirgi ozbek adabiyoti, ozbek tili tarixi va sharq tillari, qozoq filologiyasi kafedralari mavjud bolib, talabalarga tahsil berish bilan bir qatorda ozbek adabiyoti tarixi, rivojlanish bosqichlari, ozbek tili Grammatik qurilishi, badiiy yodnomalarni oqitishning ilgor zamonaviy usullari borasida ilmiy tadqiqot ishlarini ham olib bormoqda.

Boshlangich talim va defektologiya fakulteti
Fakultet 1935 yilda oliygoh ochilgan kunda tashkil etilgan. U dastlab pedagogika bilim yurtlari uchun pedagogika va psixologiya oqituvchilarini tayyorlagan bolsa, hozirda talim tizimi metodist va inspektorlarini, maktabgacha muassasa tarbiyachilarini tayyorlaydi. Fakultet tarixi taniqli psixolog, oquv-tarbiya jarayoning mohir tashkilotchisi P.Ivanof nomi bilan bogliq.

Respublikamizda maktabgacha tarbiya sohasida malakali, oliy malumotga ega mutaxassislar tayyorlashga katta etibor qaratilayotgani hisobga olgan holda songgi yillarda fakultetga talabalar qabul qilish bir necha barobarga kengaydi.

Sanat fakulteti
Sanat va badiiy grafika fakulteti tayyorlagan mutaxassislar respublikada mavjud sanat maktablari, bilim yurtlarida oquvchilarga rangtasvir, badiiy grafika, qalam tasvir yonalishlarida tahsil berishmoqda. Fakultet talabalari xalqaro miqyosda otadigan tanlovlarda, korgazmalarda muntazam qatnashib kelishmoqda. Fakultet 1955 yilda tashkil topgan bolib, uning shakllanib, rivoj topishida taniqli olimlar, rassom pedagoglardan A.Yurovskiy, A.Odilov, R.Ismatullayevlarning orni beqiyosdir.

Fizika-matematika fakulteti
Dastlab fakultet ikki bolim matematika va fizika bolimlaridan iborat bolgan bolsa, keyinchalik umumtexnika va mehnat ixtisosligi mutaxassislar tayyorlash maqsadida mashinasunoslik va metallar texnologiyasi kafedrasi tashkil qilindi. Fakultetda ilgor pedagogik texnologiyalar asosida oqitish yolga qoyilgan bolib, tajribalar almashish maqsadida jahonning yetakchi universtitetlari bilan ilmiy va pedagogic aloqalar yolga qoyilgan.

Chet tillari fakulteti
2000 yil sentabrda ingliz tili fakulteti ochildi va uning tarkibida uchta kafedra faoliyat korsata boshladi. Bular: ingliz tili nazariyasi va metodikasi, german filologiyasi, ingliz tili amaliy kursi kafedralaridir. Bundan tashqari fakultet rus tili va xorij filologiyasi, koreys tili va adabiyoti bolimlari ham chet el madaniyati, tili, urf-odatlariga qiziquvchi abiturinetlarni ham oz bagriga chorlaydi. Fakultetda oqiydigan iqtidorli talabalar imtihonlar asosida sinovlardan otib, bir qator rivojlangan davlatlarning nufuzli oliy oquv yurtlarida oz yonalishlari boyicha oqishlarini davom ettirmoqdalar.

Biologiya fakulteti
Biologiya fakulteti songgi yillarda biologiya sohasida ilmiy tadqiqot ishlari olib boorish, yangi navlar yaratish boyicha respublika Biologiya ilmiy tadqiqot institutiga yetuk mutaxassislar tayyorlab bermoqda. Fakultetda dastlab Darvinizm, Genetika va seleksiya asoslari, Tabiatshunoslik oquv fanlaridan mashgulotlar otkazilgan bolsa, endilikda Pedagogik texnologiya, Tabiatshunoslikning hozirgi zamon konsepsiyasi, Odam genetikasi, Favqulotda vaziyatlarda inson xavfsizligi va himoyasi kabi zamon talabi asosida yuzaga kelgan oquv fanlaridan ham mashgulotlar olib borilmoqda.
 
06.04.2009 15:36   #4  
  olim
: 259
+ 557  160/82
0  3/3

Uzbekistan   olim   ICQ   olim   YahooLiveJournal
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti haqida ma'lumotlar bilan universitetning rasmiy web- sayti www.nuu.uz, shuningdek www.uzmu.zn.uz orqali tanishingiz mumkin.

olim; 06.04.2009 16:04.
 
07.04.2009 12:20   #5  
  olim
: 259
+ 557  160/82
0  3/3

Uzbekistan   olim   ICQ   olim   YahooLiveJournal
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti fakultetlari haqidagi malumotlar va barcha bakalavriat yo'nalishlar ro'yxati keltirilgan. Bu ma'lumotlardan foydalanishingiz mumkin.

olim; 07.04.2009 12:26.
 
07.04.2009 20:51   #6  
  Ulugbek Aminjonov
SM & ZIYONET
Tinglovchi
: 39
+ 11  80/26
0  4/3

Uzbekistan
:
Aziza Abdunabiyeva
Orta maxsus talim dargohlarida, ayniqsa akademik litseylarda tahsil olayotgan oquvchilarning asosiy qismi oqishni oliy oquv yurtlarida davom ettirish, oliy malumotli bolishni istaydilar. Ayrim oquvchilar talimning ilk bosqichlaridayoq qaysi oliygohga kirishi, qaysi kasb egasi bolishlarini aniq belgilab oladilar. Ammo litseyni yakunlash yilida turib ham bir qarorga kelolmayotgan, ota-onaning har tomonga tortqilashlari, ozining qiziqishi sustligi yoki xohish yetishmasligi, qolaversa, universtitetlar haqidagi malumotlarga ega emasliklari kabi sabablarga kora oliy talim yonalishini tanlolmayotgan oquvchilar ham kopchilikni tashkil etadi. Demak, bu bolimda yurtimizda faoliyat olib borayotgan oliygohlar haqida gaplashamiz. Shu yol bilan esa bolajak talabalarga kelajakdagi sohalarini tanlashlariga komak beramiz!
Bu fkringizga qo'shilaman axir hatotimiz davomida kim bo'lishimizni o'zimiz belgilashimiz kerak,ammo bir narsa hech qaysi ota-ona o'z farzandi uchun yomonlik istamaydi,ammo o'zligisining hohshiligisi yo'lida bizning umidlarimmiz ko'p hollarda barbod qilishmoqda va yo'limizni belgilab berishmoqda!Shu vaqtda bir kinodagi gap esimga tushib ketdi:"Buvim professor bo'lasan deb aytdilarmi,professor bo'laman" aslida ham shunday bo'lishi kerakmi?
 
08.04.2009 13:23   #7  
  Aziza Abdunabiyeva
akademik litsey
o'quvchi
: 338
+ 760  368/178
0  0/0

Uzbekistan
:
Ulugbek Aminjonov
"Buvim professor bo'lasan deb aytdilarmi,professor bo'laman" aslida ham shunday bo'lishi kerakmi?
"Professor bo'lasan" deb aytgan odamning qaysi ma'noda aytgani va u qanday insonligidan kelib chiqib javob berish kerak bunga.

Masalan, hayotning past-balandini tushungan, hozirgi kundagi sharoit va imkoniyatlarni to'g'ri baholay oladigan, farzandining qobiliyat va qiziqishlari ko'ra oladigan insonning aytgani bo'lishi kerak. Chunki, agar u yuqoridagi talablarga javob bersa, noto'g'ri maslahat bermaydi va ko'rsatgan yo'li, tanlagin deb aytgan sohasi xato bo'lmaydi.

Ayrim yoshlarning o'z qobiliyatlarini to'g'ri baholay olmasliklari, qo'llaridan keladigan sohani tanlay bilmasliklari tufayli ularga ota-onalarining maslahati kerak.

Lekin, bu savolni berishga majbur qilgan holat, ya'ni bolaning o'z qiziqishi, o'ziga ishonchi va tanlagan yo'li bo'la turib, ota-onalari ularni boshqa sohaga tortishlari xato, albatta. Chunki, bu yoshlar, ota-ona xohishiga ko'ra tanlagan yo'nalishlarida yaxshi mutaxassis bo'lmaydilar (aksar hollarda).
 
09.04.2009 14:56   #8  
  olim
: 259
+ 557  160/82
0  3/3

Uzbekistan   olim   ICQ   olim   YahooLiveJournal
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetiga o'qishiga kirish niyatida bo'lgan abiturientlar uchun.
 
13.04.2009 21:33   #9  
  Maxmudov Bekzod
SM & ZIYONET guruhi
Tinglovchi
: 10
+ 21  34/7
0  0/0

Uzbekistan
Azizaxon siz hozirgi yoshlarni qiynayotgan muommolarni yahshi yorita olsiz,bunga tan bermasdan iloji yo'q.Shu bilan birga sizning keyingi faoliyatingizga omad tilagan holda mavzuingizga kelsak.Siz mavzularni juda yahshi yoritasiz,lekin afsuski har safar bir-biriga yaqin bo'lgan mavzular haqida yozasiz.O'zingizni boshqa yo'nalishda ham sinab ko'rishni vaqti keldi deb o'ylab ko'ring va harakat qiling .Bu shunchaki meni fikrim,yana o'zingiz bilasiz
 
14.04.2009 14:14   #10  
  Aziza Abdunabiyeva
akademik litsey
o'quvchi
: 338
+ 760  368/178
0  0/0

Uzbekistan
:
Maxmudov Bekzod
Azizaxon siz hozirgi yoshlarni qiynayotgan muommolarni yahshi yorita olsiz,bunga tan bermasdan iloji yo'q.Shu bilan birga sizning keyingi faoliyatingizga omad tilagan holda mavzuingizga kelsak.Siz mavzularni juda yahshi yoritasiz,lekin afsuski har safar bir-biriga yaqin bo'lgan mavzular haqida yozasiz.O'zingizni boshqa yo'nalishda ham sinab ko'rishni vaqti keldi deb o'ylab ko'ring va harakat qiling .Bu shunchaki meni fikrim,yana o'zingiz bilasiz
Haqsiz, lekin manimcha siz faqat "kollej, litsey" bo'limidagi faoliyatimmi kuzatib, shu xulosaga kelgansiz. Boshqa bo'limlaniyam yaxshilab ko'rib chiqishizzi maslahata berardim. Lekin, maslahatiz uchun rahmat. Inobatga olishga harakat qilaman.

Aziza Abdunabiyeva; 14.04.2009 14:17.
 



- - uForum.uz - - -

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2020, Jelsoft Enterprises Ltd. : zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO UZINFOCOM


24