Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Учебные заведения > Колледжи и лицеи
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Колледжи и лицеи Средне-специальное образование


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 06.04.2009 14:20   #1  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Qaysi oliygoh???

O’rta maxsus ta’lim dargohlarida, ayniqsa akademik litseylarda tahsil olayotgan o’quvchilarning asosiy qismi o’qishni oliy o’quv yurtlarida davom ettirish, oliy ma’lumotli bo’lishni istaydilar. Ayrim o’quvchilar ta’limning ilk bosqichlaridayoq qaysi oliygohga kirishi, qaysi kasb egasi bo’lishlarini aniq belgilab oladilar. Ammo litseyni yakunlash yilida turib ham bir qarorga kelolmayotgan, ota-onaning har tomonga tortqilashlari, o’zining qiziqishi sustligi yoki xohish yetishmasligi, qolaversa, universtitetlar haqidagi ma’lumotlarga ega emasliklari kabi sabablarga ko’ra oliy ta’lim yo’nalishini tanlolmayotgan o’quvchilar ham ko’pchilikni tashkil etadi.

Demak, bu bo’limda yurtimizda faoliyat olib borayotgan oliygohlar haqida gaplashamiz. Shu yo’l bilan esa bo’lajak talabalarga kelajakdagi sohalarini tanlashlariga ko’mak beramiz!
Ответить 
Старый 06.04.2009 14:22   #2  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Toshkent axborot texnologiyalari universtiteti
Toshkent axborot texnologiyalari universtiteti 1955 yilda Toshkent Elektrotexnika aloqa instituti nomi bilan sobiq ittifoq aloqa vazirligiga qarashli yetti institutning biri sifatida tashkil etilib, tarmoq oliy o’quv yurti hisoblangan. Institut Markaziy Osiyo va Qozog’iston uchun radioaloqa injenerlarini tayyorlar edi. Mustaqillikka erishilgandan so’ng institut O’zbekiston Respublikasi Aloqa Vazirligi tasarrufidagi tarmoq oliy o’quv yurtiga aylandi. Prezidentimiz Islom Karimovning Farmoniga asosan institut 2002 yilda Toshkent Axborot texnologiyalari universtiteti maqomini oldi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan universtitetning mamlakatimiz fani rivoji, milliy ta’lim tizimi, axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va yoshlar tarbiyasidagi katta hissasini inobatga olib, 2004 yil 22-dekabrda “2005-yilda Universtitetning 50 yilligini nishonlash to’g’risida”gi qaror qabul qilindi. O’z zimmasiga axborot texnologiyalari bo’yicha mutaxasislar tayyorlash vazifasini olgan universtitet faoliyati haqidagi bugungi ma’lumotlar abiturientlarni qiziqtiradi, degan umiddaman.

Ilgari Aloqa instituti haqida so’z ketsa, kishilar faqat pochta xizmatini tushunardilar. Tinimsiz taraqqiy etib borayotgan shiddatli davrda axborot almashinuvi imkoniyatlari g’oyatda kengaydi. Tezkor aloqa vositalarining har jihatdan qulayligi ularning aholi o’rtasida ommalashuvi bilan bir qatorda yoshlarning bu sohaga bo’lgan qiziqish va intilishlarining kuchayishiga ham sabab bo’lmoqda. Tabiiyki, bir paytlar asl mohiyati anglashilmagan Elektrotexnika aloqa instituti bugun Axborot texnologiyalari universtiteti sifatida oliy o’quv yurtlaridan biriga aylandi.

Har yilgi qabul jarayonlaridan ham hulosa qilish mumkinki, yoshlarimiz universtitet hayotining eng zarur tarmoq va sohalarini qamrab olganini anglab yetdilar. Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari inson hayotida katta o’rin tutishi, ularsiz taraqqiy topib bo’lmasligiga ham amin bo’lmoqdalar.

Universtitetda “Axborot texnologiyalari”, “Iqtisod va boshqaruv”, “Radiotexnika va radioeshittirishlar texnologiyalari”, “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakultetlari o’zlariga xos zarur yo’nalishlarga ega bo’lib, ular bo’yicha bakalavr va magistrlar tayyorlab beradi.

Ayni paytda universtitetni tamomlagan 8 nafar bakalavr, 8 nafar magistr va bir doktorant Janubiy Koreyaning Yaongam univertstitetida komputer va axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo’yicha o’qishni davom ettirmoqdalar.

2001 yilning 18-iyunida universtitetga AQShning Merilend universtiteti prezidenti doktor Daniel Mout tashrif buyurdi. Universtitet tarixida birinchi marta Daniel Moutga faxriy doktor diplomi va mantiyasi topshirili. TATU rektori va Daniel Mout o’zaro hamkorlik to’g’risida shartnoma imzoladilar.

2005 yilning bahorida universtitetda xotin-qizlarni telekommunikatsiya sohasida ishlashga o’rgatish o’quv markazi ish boshladi. Markazni jihozlashga AQSHning savdo va rivojlanish agentligi tomonidan 185 ming dollar mablag’ ajratildi. Universtitet negizida telekommunikatsiya qurilmalarini montaj qilish va texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha mutaxassislarni tayyorlovchi o’quv markazi tashkil etish yuzasidan 2005 yil boshida O’zAAA va Huawei kompaniyalari o’rtasida memorandum imzolandi.

Keyingi 5 yil davomida univetsritet kutubxonasi dasturlash, axborot xavfsizligi electron tijorat sohalariga oid ilmiy adabiyotlar bilan boyitildi. Bir qator fanlardan ma’ruza matnlari yaratilib, universtitet electron kutubxonasi xotirasiga kiritildi.

Fakultetlar, mavjud kafedralar zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlandi. Abiturientlarimizni bu haqda batafsilroq tanishtirish maqsadida quyida fakultetlar faoliyatiga ham to’xtalamiz.

Axborot texnologiyalari fakulteti 2003 yilda tashkil topgan. Unda faoliyat yuritayotgan jami 60 nafar professor o’qituvchilarning 3 nafari akademik, 10 nafari fan doktorlari, 20 dan ortig’i fan nomzodlari hisoblanadi.

Fakultetga dasturlash texnologiyalari va algoritmlash, axborot texnologiyalari, raqamli texnika va elektron boshqaruv tizimlari va texnologiyalari hamda falsafa kafedralari biriktirilgan. 2004 yilning dekabrida fakultet tarkibida elekron tijorat kafedrasi tashkil etilgan bo’lsa, 2005-2006 o’quv yilida amaliy matematika va biofizik tizimlar ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr tayyorlash boshlandi.

Radiotexnika va raioeshittirishlar texnologiyalari fakulteti 1957 yilda tashkil topgan. Dastlab bitta: “Televideniye, radioaloqa va radioeshittirish yo’nalishi” bo’yicha, 2001-2002 o’quv yilidan boshlab esa “Radiotexnika” yo’nalishi bo’yicha ham bakalavrlar tayyorlaydi.

Ikkita mutaxassislik – “Mobil aloqa tizimlari” va “Radiotexnik qurilma va aloqa vositalari” bo’yicha agistrlar tayyorlanadi. “Televideniya, radioaloqa va radioeshitirrishlar” yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar sirtqi ta’lim olishlari mumkin.

Iqtisod va boshqaruv fakulteti universtitet hozirgi maqomni olgach, muhandis-iqtisodchi fakulteti negizida qayta tashkil etildi. Bu yerda yoshlarga 7 nafar fan doktori, 3 nafar professor, 20 dan ortiq fan nomzodlari ta’lim berishadi.

“Tarmoq iqtisodiyoti” va “Menejment” sohalari bo’yicha har yili 50 dan ortiq magistrlar, “Pochta xizmati” bo’yicha 100 dan ortiq bakalavrlar tayyorlandi.

Kafedralar qator Respublika oliy o’quv yurtlari, O’zRFA Iqtisodiyot instituti, Toshkent Davlat iqtisodiyot universtiteti, Toshkent moliya instituti va Jahon tillari universtiteti bilan yaqin aloqada. Fakultetda “Ma’naviyat”, “Disput” klublari, “Qizlar klubi”, “Akmeologiya” markazlari mavjud.

Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti TATUning dastlabki fakultetlaridan biri hisoblanib, 1955 yilda tashkil topgan. O’shanda telefon-telegraf fakulteti deya yuritilgan fakultet 1964-1965 o’quv yilidan muassasa universtitet maqomini olguncha Avtomatik va ko’p kanalli elektr aloqa fakulteti deb nomlanib kelinayotgan edi.

Fakultetda 65 nafar professor-o’qituvchilar bo’lib, shulardan 3 nafari professor, 15 nafari dotsent. Fakultet davlat standartlariga javob beradigan tegishli aloqa texnikasi va o’lchoq, boshqaruv qurilmalari bilan jihozlangan o’quv labaratoriyalariga ega. Ularga Yaponiyaning NEC, Xitoyning “Shanxay Bell”, Janubiy Koreyaning “Daewoo”, Germaniyaning “Siemens” firmalari tomonidan o’quv labatoriya aloqa texnikalari o’rnatilgan.

Последний раз редактировалось Aziza Abdunabiyeva; 06.04.2009 в 14:24.
Ответить 
Старый 06.04.2009 15:12   #3  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Ustozlar “tug’iluvchi” maskan
Ilk bor qo’limizga qalam tutqazib, o’qish va yozishni o’rgatgan birinchi ustozimizni butun umrimiz davomida unutmaymiz, unutolmaymiz. Hatto ayrim yoshlarimiz aynan birinchi o’qituvchilariga havas qilib ham, ularga o’xshashni istaganlari uchun ham o’qituvchi bo’lishni orzu qilishadi. Kelajagini aynan o’qituvchilik kasbi bilan bog’lagan yoshlarni o’z maqsadlariga yetaklovchi yo’l esa Toshkent Davlat pedagogika universtiteti orqali o’tadi.

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universtiteti 1935 yil 14 sentabrda O’rta Osiyo Davlat universtiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy universtiteti)ning pedagogika fakulteti negizida tashkil etilgan. Dastlab Toshkent pedagogika institute deb yuritilgan. 1998 yil 24 fevraldagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq unga Universtitet maqomi berilgan. Ozarbayjon shoir Nizomiy Ganjaviy nomi oliy o’quv yurtiga 1947 yilda berilgan.

Malakali pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlovchi ushbu universtitet nafaqat O’zbekiston, balki Markaziy Osiyodagi nufuzli oliy o’quv yurtlaridan biridir. O’quv yurti tarkibida 11 ta fakultet, 1 ta chaqiriqqacha tayyorlov bo’limi mavjud. 55 ta kafedra, oliy o’quv yurtlari aro o’qitish metodik bo’limi, monitoring va ichki nazorat kabi 18 bo’limi bor. Kutubxonasida esa 9000 ga yaqin asar saqlanadi. Universtitet mavjud yo’nalishlar bo’yicha magistrlar ham tayyorlaydi. Aspirantura va doktorantura hamda nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoyasi bo’yicha ixtisoslashgan ilmiy kengash faoliyat ko’rsatadi. Respublikada pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari uchun tayanch oliy maktabi hisoblanadigan universtitet qoshida 1999 yildan “Pedagogik ta’lim”, 2002 yildan “Axborot texnologiyalari” jurnallari, “Ma’rifat yo’lida”, “Pedagog” kabi ko’p tirajli nashrlar chop etiladi.

Ilm dargohida xorijiy mamlakatlardan Janubiy Koreya, MDH davlatlaridan Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston davlatlaridan kelgan talabalar ham tahsil olishmoqda.

25 ta’lim yo’nalishida 14 mingga yaqin talabaga, 28 ixtisoslik bo’yicha 500 dan ortiq magistrantga 66 nafar fan doktori, professor hamda akademiklar, 225 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 400 dan ortiq o’qituvchi ta’lim bermoqda.

O’zbek tili va adabiyoti fakulteti
Fakultet bu yil o’zining 67 yoshini qarshiladi. U ilk tashkil etilgan fakultetlardan biridir. Uning o’zbek mumtoz adabiyoti, hozirgi o’zbek adabiyoti, o’zbek tili tarixi va sharq tillari, qozoq filologiyasi kafedralari mavjud bo’lib, talabalarga tahsil berish bilan bir qatorda o’zbek adabiyoti tarixi, rivojlanish bosqichlari, o’zbek tili Grammatik qurilishi, badiiy yodnomalarni o’qitishning ilg’or zamonaviy usullari borasida ilmiy tadqiqot ishlarini ham olib bormoqda.

Boshlang’ich ta’lim va defektologiya fakulteti
Fakultet 1935 yilda – oliygoh ochilgan kunda tashkil etilgan. U dastlab pedagogika bilim yurtlari uchun pedagogika va psixologiya o’qituvchilarini tayyorlagan bo’lsa, hozirda ta’lim tizimi metodist va inspektorlarini, maktabgacha muassasa tarbiyachilarini tayyorlaydi. Fakultet tarixi taniqli psixolog, o’quv-tarbiya jarayoning mohir tashkilotchisi P.Ivanof nomi bilan bog’liq.

Respublikamizda maktabgacha tarbiya sohasida malakali, oliy ma’lumotga ega mutaxassislar tayyorlashga katta e’tibor qaratilayotgani hisobga olgan holda so’nggi yillarda fakultetga talabalar qabul qilish bir necha barobarga kengaydi.

San’at fakulteti
San’at va badiiy grafika fakulteti tayyorlagan mutaxassislar respublikada mavjud san’at maktablari, bilim yurtlarida o’quvchilarga rangtasvir, badiiy grafika, qalam tasvir yo’nalishlarida tahsil berishmoqda. Fakultet talabalari xalqaro miqyosda o’tadigan tanlovlarda, ko’rgazmalarda muntazam qatnashib kelishmoqda. Fakultet 1955 yilda tashkil topgan bo’lib, uning shakllanib, rivoj topishida taniqli olimlar, rassom pedagoglardan A.Yurovskiy, A.Odilov, R.Ismatullayevlarning o’rni beqiyosdir.

Fizika-matematika fakulteti
Dastlab fakultet ikki bo’lim – matematika va fizika bo’limlaridan iborat bo’lgan bo’lsa, keyinchalik “umumtexnika va mehnat” ixtisosligi mutaxassislar tayyorlash maqsadida mashinasunoslik va metallar texnologiyasi kafedrasi tashkil qilindi. Fakultetda ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida o’qitish yo’lga qo’yilgan bo’lib, tajribalar almashish maqsadida jahonning yetakchi universtitetlari bilan ilmiy va pedagogic aloqalar yo’lga qo’yilgan.

Chet tillari fakulteti
2000 yil sentabrda ingliz tili fakulteti ochildi va uning tarkibida uchta kafedra faoliyat ko’rsata boshladi. Bular: ingliz tili nazariyasi va metodikasi, german filologiyasi, ingliz tili amaliy kursi kafedralaridir. Bundan tashqari fakultet rus tili va xorij filologiyasi, koreys tili va adabiyoti bo’limlari ham chet el madaniyati, tili, urf-odatlariga qiziquvchi abiturinetlarni ham o’z bag’riga chorlaydi. Fakultetda o’qiydigan iqtidorli talabalar imtihonlar asosida sinovlardan o’tib, bir qator rivojlangan davlatlarning nufuzli oliy o’quv yurtlarida o’z yo’nalishlari bo’yicha o’qishlarini davom ettirmoqdalar.

Biologiya fakulteti
Biologiya fakulteti so’nggi yillarda biologiya sohasida ilmiy tadqiqot ishlari olib boorish, yangi navlar yaratish bo’yicha respublika Biologiya ilmiy tadqiqot institutiga yetuk mutaxassislar tayyorlab bermoqda. Fakultetda dastlab “Darvinizm”, “Genetika va seleksiya asoslari”, “Tabiatshunoslik” o’quv fanlaridan mashg’ulotlar o’tkazilgan bo’lsa, endilikda “Pedagogik texnologiya”, “Tabiatshunoslikning hozirgi zamon konsepsiyasi”, “Odam genetikasi”, “Favqulotda vaziyatlarda inson xavfsizligi va himoyasi’ kabi zamon talabi asosida yuzaga kelgan o’quv fanlaridan ham mashg’ulotlar olib borilmoqda.
Ответить 
Старый 06.04.2009 15:36   #4  
Аватар для olim
Оффлайн
Сообщений: 259
+ 557  160/82
– 0  3/3

UzbekistanОтправить сообщение для olim с помощью ICQОтправить сообщение для olim с помощью YahooLiveJournalМой мир
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti haqida ma'lumotlar bilan universitetning rasmiy web- sayti www.nuu.uz, shuningdek www.uzmu.zn.uz orqali tanishingiz mumkin.

Последний раз редактировалось olim; 06.04.2009 в 16:04.
Ответить 
Старый 07.04.2009 12:20   #5  
Аватар для olim
Оффлайн
Сообщений: 259
+ 557  160/82
– 0  3/3

UzbekistanОтправить сообщение для olim с помощью ICQОтправить сообщение для olim с помощью YahooLiveJournalМой мир
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti fakultetlari haqidagi malumotlar va barcha bakalavriat yo'nalishlar ro'yxati keltirilgan. Bu ma'lumotlardan foydalanishingiz mumkin.

Последний раз редактировалось olim; 07.04.2009 в 12:26.
Ответить 
"+" от:
Старый 07.04.2009 20:51   #6  
Аватар для Ulugbek Aminjonov
Оффлайн
SM & ZIYONET
Tinglovchi
Сообщений: 39
+ 11  80/26
– 0  4/3

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Aziza Abdunabiyeva Посмотреть сообщение
O’rta maxsus ta’lim dargohlarida, ayniqsa akademik litseylarda tahsil olayotgan o’quvchilarning asosiy qismi o’qishni oliy o’quv yurtlarida davom ettirish, oliy ma’lumotli bo’lishni istaydilar. Ayrim o’quvchilar ta’limning ilk bosqichlaridayoq qaysi oliygohga kirishi, qaysi kasb egasi bo’lishlarini aniq belgilab oladilar. Ammo litseyni yakunlash yilida turib ham bir qarorga kelolmayotgan, ota-onaning har tomonga tortqilashlari, o’zining qiziqishi sustligi yoki xohish yetishmasligi, qolaversa, universtitetlar haqidagi ma’lumotlarga ega emasliklari kabi sabablarga ko’ra oliy ta’lim yo’nalishini tanlolmayotgan o’quvchilar ham ko’pchilikni tashkil etadi. Demak, bu bo’limda yurtimizda faoliyat olib borayotgan oliygohlar haqida gaplashamiz. Shu yo’l bilan esa bo’lajak talabalarga kelajakdagi sohalarini tanlashlariga ko’mak beramiz!
Bu fkringizga qo'shilaman axir hatotimiz davomida kim bo'lishimizni o'zimiz belgilashimiz kerak,ammo bir narsa hech qaysi ota-ona o'z farzandi uchun yomonlik istamaydi,ammo o'zligisining hohshiligisi yo'lida bizning umidlarimmiz ko'p hollarda barbod qilishmoqda va yo'limizni belgilab berishmoqda!Shu vaqtda bir kinodagi gap esimga tushib ketdi:"Buvim professor bo'lasan deb aytdilarmi,professor bo'laman" aslida ham shunday bo'lishi kerakmi?
Ответить 
"+" от:
Старый 08.04.2009 13:23   #7  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Цитата:
Сообщение от Ulugbek Aminjonov Посмотреть сообщение
"Buvim professor bo'lasan deb aytdilarmi,professor bo'laman" aslida ham shunday bo'lishi kerakmi?
"Professor bo'lasan" deb aytgan odamning qaysi ma'noda aytgani va u qanday insonligidan kelib chiqib javob berish kerak bunga.

Masalan, hayotning past-balandini tushungan, hozirgi kundagi sharoit va imkoniyatlarni to'g'ri baholay oladigan, farzandining qobiliyat va qiziqishlari ko'ra oladigan insonning aytgani bo'lishi kerak. Chunki, agar u yuqoridagi talablarga javob bersa, noto'g'ri maslahat bermaydi va ko'rsatgan yo'li, tanlagin deb aytgan sohasi xato bo'lmaydi.

Ayrim yoshlarning o'z qobiliyatlarini to'g'ri baholay olmasliklari, qo'llaridan keladigan sohani tanlay bilmasliklari tufayli ularga ota-onalarining maslahati kerak.

Lekin, bu savolni berishga majbur qilgan holat, ya'ni bolaning o'z qiziqishi, o'ziga ishonchi va tanlagan yo'li bo'la turib, ota-onalari ularni boshqa sohaga tortishlari xato, albatta. Chunki, bu yoshlar, ota-ona xohishiga ko'ra tanlagan yo'nalishlarida yaxshi mutaxassis bo'lmaydilar (aksar hollarda).
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 09.04.2009 14:56   #8  
Аватар для olim
Оффлайн
Сообщений: 259
+ 557  160/82
– 0  3/3

UzbekistanОтправить сообщение для olim с помощью ICQОтправить сообщение для olim с помощью YahooLiveJournalМой мир
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetiga o'qishiga kirish niyatida bo'lgan abiturientlar uchun.
Ответить 
Старый 13.04.2009 21:33   #9  
Аватар для Maxmudov Bekzod
Оффлайн
SM & ZIYONET guruhi
Tinglovchi
Сообщений: 10
+ 21  34/7
– 0  0/0

Uzbekistan
Azizaxon siz hozirgi yoshlarni qiynayotgan muommolarni yahshi yorita olsiz,bunga tan bermasdan iloji yo'q.Shu bilan birga sizning keyingi faoliyatingizga omad tilagan holda mavzuingizga kelsak.Siz mavzularni juda yahshi yoritasiz,lekin afsuski har safar bir-biriga yaqin bo'lgan mavzular haqida yozasiz.O'zingizni boshqa yo'nalishda ham sinab ko'rishni vaqti keldi deb o'ylab ko'ring va harakat qiling .Bu shunchaki meni fikrim,yana o'zingiz bilasiz
Ответить 
Старый 14.04.2009 14:14   #10  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Цитата:
Сообщение от Maxmudov Bekzod Посмотреть сообщение
Azizaxon siz hozirgi yoshlarni qiynayotgan muommolarni yahshi yorita olsiz,bunga tan bermasdan iloji yo'q.Shu bilan birga sizning keyingi faoliyatingizga omad tilagan holda mavzuingizga kelsak.Siz mavzularni juda yahshi yoritasiz,lekin afsuski har safar bir-biriga yaqin bo'lgan mavzular haqida yozasiz.O'zingizni boshqa yo'nalishda ham sinab ko'rishni vaqti keldi deb o'ylab ko'ring va harakat qiling .Bu shunchaki meni fikrim,yana o'zingiz bilasiz
Haqsiz, lekin manimcha siz faqat "kollej, litsey" bo'limidagi faoliyatimmi kuzatib, shu xulosaga kelgansiz. Boshqa bo'limlaniyam yaxshilab ko'rib chiqishizzi maslahata berardim. Lekin, maslahatiz uchun rahmat. Inobatga olishga harakat qilaman.

Последний раз редактировалось Aziza Abdunabiyeva; 14.04.2009 в 14:17.
Ответить 
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх