Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 07.02.2009 12:20   #51  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Xalq ma’naviyati – bebaho ganjina
Qadim o’zbek xalqisan ,asl Odam avlodi,
Misr ehromlaridan tarixing qariroqdir.
Xorazmning har g’ishtida –bobolarning ijodi,
Anglo –saksonlardan ancha yuqoriroqdir.
Bizda logarifmaning mushkul muammolari,
Qo’ldagi barmoqlardan oddiy qilinganda hal,
“ Oliy irq” davogari .Cherchilning bobolari
Hatto sanay olmasdi o’n barmoqni mukammal…
(G’afur G’ulom )
Avvalambor “Xalq ma’naviyati –bebaho ganjina” ya’ni xazinamizga to’xtalib o’tsak. Biz mustaqillik farzandlari, yurtimizning arzandalari, qatag’onni va uning qurbonlarini ko’rmaganmiz .Shuning uchun bo’lsa kerak-da , aksariyat tengdoshlarimiz, xalqimiz fidoyilarining, shu kungacha yetib kelishimizga , “bir yo ikki jang qilib qo’ya qolishgan- u vatanparvar bo’lib ketishgan” degan fikrda to’xtalib ,qotib qolishadi! Bu fikr mutlaqo noto’g’ri .To’g’rirog’i buning o’ziga yarasha jiddiy hamda so’z bilan ifodalab bo’lmaydigan jihatlari ham bor. Shu jumladan, xalqimizning boy tarixida ma’shum iz qoldirgan “sovuq urishiga” to’xtalsak. Bu urushda qanchadan-qancha xalqimizning fidoiylari,botir o’g’lonlari halok bo’lishdi, bu urush millatimizdan,o’zligimizdan ayirmoqchi bo’lgan yovuz kuchlarning eng shavqatsiz urushi edi. Yo’q ,men faqat bu urushni sizlarni yodingizga solib qo’yish uchun emas aksincha, bobolarimi-u , momolarimizning o’sha ma’shum kunlardagi bahodirliklari-yu, bebaholiklarini yana bir karra aytib o’tmoqchiman halos. Albatta , bizning vatanparvar xalqimiz, mustaqillikka erishdi. U necha dovonlarni oshib o’tib shu kungacha keldi. Boy tarixini, oltin merosini, o’chmas qadriyatini, bebaho ganjinasini ham o’zi bilan birga olib keldi.Biz yoshlar mana shu bugungi kungacha kelgan xazinamizdan ,bahra olayapmiz. Foydalanayapmiz, ko’rayapmiz, deyapmiz-ku, lekin bu xazinani yana qancha asr bizdan keyingi yoshlarga xizmat qila olishi , saqlanib qolishi haqida hech o’ylab ko’ramizmi?. Ha,o’ylaymiz ,qachonki bizni chuqur havotirga solgandagina o’ylab ko’ramiz. Negaki “bu xususida bosh qotirish bizning vazifamiz emasda” , shunday demoqchimisiz?.
Aslo ,yosh tengdosh unday deya ko’rmang ,aks holda bu boy meros sizdan vos kechadi!...
Unda esa, juda kech bo’ladi, shunisidan qo’rqaylik, bu xazinamizning misqolchalik zarrasiga putur yetishidan qo’rqaylik negaki, bizning eng katta boyliklarimiz , yangi ,sof fikrli kelajakka yetmog’i darkor. Zero , bobokalonlarimiz ham bizga qoldirgan merosni shu niyatda , ya’ni bizni shu merosni asrashga qodir avlod sanashkan-ki ,biz ham ularning bu pok niyatlaning bardavomchisiga aylanmog’imiz lozim.
Bu borada asosiy ishlarimiz nimalardan iborat bo’lishi lozim? Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz ,xalq ma’naviy boyligining ildizlariga e’tibor berish zarur. I.A.Karimov.( Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch).
Bu ildizlar kimniki, uning davomchilari bo’lishlikka munosib farzandlarmizmi? Mulohaza qilishlikka ulgurdingizmi. Yo’q, albatta ulgurmadingiz chunki , juda qisqa vaqt –da shundaymi?!
Aziz tengdosh ,biz ham shunchalik qisqa vaqtimiz bor deb , xis qilaylikki , xalqimizning bu ganjinasiga zarracha putur , gard yuqmasin!
“O’zbek” so’zining asl ma’nosini bilmaydigan, tanimaydigan vatandoshimiz, xalqparvarimiz bo’lmasa kerak. Chunki o’zbekning ,bekligini anglatadigan ham uning shu nomidir.
O’zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik bilan bo’lgan suhbatlardan birida ,u kishi bir voqeani so’zlab bergan ekanlar. “ Yaqinda bir do’stimiznikiga bordik. Hovlisiga yerto’ladan qazilgan tuproqni uyub qo’ygan ekan .Hamrohimiz, Shvetsariyada yashaydigan vatandoshimiz doktor Usmon Jondonga qarab hazillashdim:
-Usmon aka buning tozaligini qarang ,bunaqa soz tuproq Shvetsariyada bo’lmaydi. Shunda doktor Usmon tuproq uyumiga bir oz qarab turdilar-da , keyin javob berdilar:
-Siz hazil ohangida gapirdingiz , men jiddiy javob berajakman. Siz dedingizki:
“bunaqasi Shvetsariyada yo’q”. Men deymanki: “ Bu tuproq dunyonig hech qayerida yo’q. Chunki bu Vatan tuprog’i. Biz mustaqillik kuniga yetishmay turib Vatanga kelish baxtidan bebahra edik va uning bir kaft tuprog’iga zor edik. Kim iloj qilib Vatanga borish baxtiga erishsa biz undan qimmatbaho sovg’a olib qaytishini so’ramasdik, bir hovuch tuproq olib kelishini iltimos qilardik so’ng bu tuproqni ko’zlarimizga surtardik,o’pardik ,to’yib-to’yib hidlardik…
Usmon akaning bu so’zlari barchamizni bir ajib tuyg’uga chulg’adi”
Bu voqeadan xulosa chiqarsak .Bizning xazinamiz boy tariximiz bo’lishi bilan birgalikda ,ona yerimiz va undan unib chiqqan har bir nihol ham bizning xazinamiz , ganjinamiz , bebaho merosimizning tutib turguvchilari ekan. Shu o’rinda bir jumlani aytib o’tsam. Bu Vatan ,bu ona yer bizsiz ham yashayveradi ammo,biz farzandlar Vatansiz, uning xush ifor tuprog’izis, bobolarmizning kerakli o’gitlarisiz yashay olmaymiz , to’g’rimi aziz yurtdosh?!
Ответить 
Старый 21.03.2009 22:40   #52  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Kecha bir o'qituvchimning avtobus bekatida pista chaqib, po'chog'ini yerga tashlab o'tirganlarini ko'rdim...Rosa g'alati bo'p ketdim. Bizaga ma'naviyatdan dars o'tib, o'zi o'ta ma'naviyatsizlikni namoyon qilayotgan ustozimning qilig'idan jahlim chiqdimi, yoki ertaga ham kimlargadir shu haqda dars o'tishlarini eslab, ertangi o'quvchilariga achindimmi... Yoki bilmadim, ma'naviyat, ma'naviyatli odam haqida yana o'yladim. Lekin yonlariga bora olmadim, chunki borsam nimanidir juda qo'pol tarzda gapirib yuborib, hafa qilgan bo'lardim.
Ответить 
Старый 28.03.2009 13:32   #53  
Pre Open ID Group
Аватар для Abduganiyev Murod
Оффлайн
академический лицей
Ученик
Сообщений: 73
+ 72  44/26
– 0  0/0

Uzbekistan
Ma'naviyat haqida o'ylar...

Millatni millat qiladigan ham ma'naviyat.
Jamiyatni jamiyat qiladigan ham ma'naviyat.
Insonni inson qiladigan ham ma'naviyat.
Xalqni xalq qiladigan ham ma'naviyat.


Bular haqida to'liqroq keyinroq.
Ответить 
Старый 11.08.2010 09:45   #54  
Аватар для odil
Оффлайн
Сообщений: 5
+ 0  1/1
– 0  0/0

Uzbekistan
Миллий маънавият хақида онлайн китоб бор экан.

Маънавият хақида таниқли олим, профессор Имомназаровнинг китобида қуйидагиларни ўқидим:
«Миллий маънавият десак, миллий биқиқликка йўл қўямиз, умуминсоний маънавият ҳақида фикр юритиш керак”, деган гапни на маънавият нималигини, на миллийлик ва умуминсонийлик орасидаги нисбат қандай бўлишини тўғри тасаввур эта олмайдиган, илмий саводи чала одамларгина айтиши мумкин. Бир инсонга ўз миллий маънавиятини тугал англаб етиш учун ҳам, Аллоҳ юз йил умр берса, камлик қилади. Ҳиндистон маданиятидан бир чимдим, Европа илмидан икки жумла, ислом дунёси маънавий меросидан икки чўқим олиб, «жаҳоншумул» маънавият назариясига даъво қилгандан кўра, ўзбек юртида яшаб ўтган буюк алломалар ижодини имкон даражасида изчил ўрганиб, шу билимлар асосида миллий маънавият ҳақида фикр юритган афзал эмасми? Биз «маънавият нима?» деган саволга немис ёҳуд инглиз, рус ёки поляк, ҳинд ёки япон қандай жавоб бериши мумкинлигини башорат қила олмаймиз. Умр бўйи миллий маънавиятини, узоқ асрлар давомида ўз миллати мансуб бўлган минтақа маданияти вакиллари ижодини асл манбалардан ўрганиб келган одам ҳам миллий маънавиятимизни мукаммал англаб етдим, деб даъво қилишга хижолат бўлади. Бу иш аслида кўпчиликнинг иши. Миллат маънавияти учун бутун миллат қайғуриши керак.(давоми)
Ответить 
"+" от:
Старый 11.08.2010 11:42   #55  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Ma'naviyat judayam yaxshi narsa, faqat unga erishish kerak.. So'zlarda ifodalash qiyin buni..
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy

Последний раз редактировалось Kavsar; 11.08.2010 в 12:10.
Ответить 
Старый 11.08.2010 14:29   #56  
Known ID Group uParty Member Ultimate
Аватар для Colorado
Оффлайн
Сообщений: 2,785
+ 4,426  3,679/1,480
– 82  66/51

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от odil Посмотреть сообщение
«Миллий маънавият десак, миллий биқиқликка йўл қўямиз, умуминсоний маънавият ҳақида фикр юритиш керак”, деган гапни на маънавият нималигини, на миллийлик ва умуминсонийлик орасидаги нисбат қандай бўлишини тўғри тасаввур эта олмайдиган, илмий саводи чала одамларгина айтиши мумкин.
Ола, демак мен саводи чала эканман де. Бундай "олимларни" узини саводини чикариш керак ИМХО.
Битта савол, нега кирилл харфда ёилган, узбекча харфлар хали кашф этилмадими?

Последний раз редактировалось Colorado; 11.08.2010 в 14:34.
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 11.08.2010 14:47   #57  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Colorado Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от odil Посмотреть сообщение
илмий саводи чала одамларгина айтиши мумкин.
Ола, демак мен саводи чала эканман де. Бундай "олимларни" узини саводини чикариш керак
Илмий савод диплом билан белгиланмайди-ку?
Ответить 
"+" от:
Старый 12.08.2010 23:49   #58  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Abduganiyev Murod Посмотреть сообщение
Biz ko’cha kuyda yoki ishda umuman hayotda “Ma’naviyat” degan tushunchaga ko’p to’xtalamiz. Lekin xech o’ylab ko’rganmisiz Ma’naviyat nima?, Ma’naviyatli odam deb kimni atash mumkin? Shu va shular haqida siz bilan fikr almashamiz!
Bu savolga beriladigan javoblarning adog'i yo'q nazarimda. Men ham ma'naviyat nimaligini izlab yurganlardanman. Hali hanuzgacha bir qarorga kela olmayman, ammo alloma olimlarimiz qoldirib ketgan o'gitlardan (ularning kitoblari) olgan saboqlarimni ma'lumot sifatida aytib o'tmoqchi edim.

Bilasizmi, ma'naviyatli-ma'naviyatsiz, olim kabi sifatlar insonga nisbatan hamisha nisbiy olinadi. Hech bir odamni ma'naviyatli yoki ma'naviyatsizga ajratishga bizning haqqimiz bo'lmasa kerak. Chunki mumtoz durdona asarlarda Ma'no egasi, Ma'naviyatning sultoni sifatida borliqning Yaratuvchisi nazarda tutiladi. Banda esa, bu mulkdan Uning xohishi miqdoricha (ma'lum bir zarra qadar) ulush olgan. Ya'ni kishiga aql, farosat, iymon, qalb berilgan. Bularning barisini ma'no ahliga kiritish mumkin. Shu sabab hech bir insonni u ma'naviyatsiz deyishga haqqimiz yo'qdir. Kishining ma'naviyati unga berilgan ma'naviy xazina bilan o'lchanadi. Kimdadir bu ozroq, kimdadir esa boshqalarga nisbatan yuqoriroq.

Bir kishi kelib sizni haqoratomuz so'zlar bilan ranjitmoqda, bunga sabrli bo'lib uni tinglay olish, unga javoban gunohi kechirilishini Xudodan chin dildan so'ray olish ham ma'naviyat belgisi.

Insonlarning zohiriga qarab emas, botiniga ko'ra muomala qilish, qalbiga qarab baho berish; dunyoga taammul qilish (ibrat nazari bilan qarash), barcha insonlarni Odam (a.s) farzandi ekanligini unutmaslik; dilozorlikdan tiyilish; mehr-muhabbatli, kechirimli va shukrli bo'la olish ham bir ma'naviyatdir.

Biz dunyoda ma'naviyat deya bong urganimiz bilan ma'naviyat kelib qolmaydi. Ma'naviyatga erishish uchun inson o'zini, qalbini taftish qilishdan, aybu-nuqsonlarini ko'ra olishdan va tan ola bilishdan, qalbiga insoniylik (haqiqiy odamgarchilik) tuyg'ularini kirita olishdan boshlamog'i kerak. Ma'naviyat yo'q qalb qattiq toshga o'xshaydi. Tosh kabi qalb esa nuqul jamiyatga, insoniyatga ozoru ziyonlar olib kelishi mumkin.

Rumi hazratlari aytgan ekanlar: "Insonning yuzi uning qalbiga oynadir" deb. Darhaqiqat, bizning fe'lu atvorimiz, gapu so'zlarimiz dilimizdagi olamni aks ettirib turadi.
Chiroyli insonning odatda, qalbi ham, ruhiyati ham chiroyli bo'ladi. Bu yerda chiroy faqat tashqi husnda ketmayapti, insonnig fe'lu atvoridadir hamma gap.
Inson azaldan shoshqaloq qilib yaratilgan, ayni damda tez havolanib ketib birovni ustidan kulishni yoqtiradi. Lekin fikr yuritsak, aslida u kimning ustidan kulmoqda? Haq taolo yaratib qo'ygan ne'matning ustidan kulmayaptimikan. O'zining qachalar tubanligi haqida hech o'ylab ko'rganmikan?
Mana shu narsalar haqda o'ylab ko'rishimiz uchun ham bizga aql berilgan. U aqlni miyyaga emas, avvalo qalbga joylamoq lozim. Shunda berilgan aql ham isrof bo'lmaydi deb o'ylayman.

Bu fikrlar menga tegishli deb da'vo qilmayman, hammasi o'zimizning ustoz allomalarimiz, Navoiy, G'azzoliy kabi donishmandlarimizning qaysidir kitoblaridan o'qib olgan fikrlar, o'gitlardir. Ma'naviyatni tushunishga intilgan ekansiz, bu juda quvonarli hol. Hech kim sizga ma'naviyat to'g'risida tugal fikrni aytolmaydi va bu haqdagi bahs ham tugamaydi. Lekin ma'lumot sifatida shu tomonlari ham borligini o'ylab ko'ring degan niyatda Ma'naviyat haqidagi qarashlarning dengiz tomchisining zarrasi qadar bo'lganiga ishora qildim, xolos.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy

Последний раз редактировалось Kavsar; 12.08.2010 в 23:53.
Ответить 
"+" от:
Старый 27.09.2010 15:46   #59  
Аватар для Abdulaziz Muhammad
Оффлайн
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98  119/64
– 0  1/1

United Nations
Цитата:
Сообщение от Abduganiyev Murod Посмотреть сообщение
Biz ko’cha kuyda yoki ishda umuman hayotda “Ma’naviyat” degan tushunchaga ko’p to’xtalamiz. Lekin xech o’ylab ko’rganmisiz Ma’naviyat nima?, Ma’naviyatli odam deb kimni atash mumkin? Shu va shular haqida siz bilan fikr almashamiz!

Mening fikrimcha ma'naviyat bu har bir inson ongida ro'y beradigan fikrlash, anglash kabi jarayonlar natijasidir. Inson ongi bilan uning tanasida va atrofida (ya'ni oilasida, mamlakatida, dunyoda va qolaversa koinotning inson zabt etgan va insoniyatga ma'lum bo'lgan hayotning barcha jabhalarida) ro'y berayotgan hodisalarni sezish, ko'rish, eshitish, anglash va shular asosida fikr yuritish orqali tushunchalar hosil qilish qobilyatiga egadir. Shu tushunchalar, xissiyotlar, ma'nolar va fikrlar yig'indisini ma'naviyat deb bilaman.

Aqlan, ruhan zaif insonning ma'naviyati uzlukli ma'naviyat deyishimiz mumkin. Ya'ni, bu ma'naviyat to'liq bo'la olishiga uning ruhiyatida to'sqinliklar bor. Bunday inson mustaqil fikrlay olmaydi.

Ruhan sog'lom inson qilayotgan xatti xarakatlarining natijasini oldindan tahminiy ko'ra olish, kutilmagan natija ro'y bergan vaqtda undan o'ziga fikrlash yo'li bilan kerakli dars chiqarish qobiliyatiga egadir. Bu jarayonda ma'naviyat muhim rol o'ynaydi.

Inson qiyoslash qobiliyatiga egadir. Qiyoslash qobiliyati bu ma'naviyatning natijasidir. Ma'naviyat qancha yuksak bo'lsa qiyoslash qobiliyati shuncha kengaytiriladi va mustahkamlanadi. Bu esa insoning yutug'idir.

Shu boiz har bir ruhiy sog'lom inson kichik yoshdanoq ma'naviyatini boyitishga intiladi. Albatta uning ma'naviyatiga atrofning bevosita ta'siri katta.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 27.09.2010 16:19   #60  
Аватар для Abdulaziz Muhammad
Оффлайн
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98  119/64
– 0  1/1

United Nations
Цитата:
Сообщение от Aziza Abdunabiyeva Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Umid A’lamov Посмотреть сообщение
инсоннинг таркиби тана (тело) ва рух (душа)дан ташкил топгани боис, инсон фақат танасини эмас, балки рухини илм, эътиқод, дин ва маданият хазинаси билан бойитишини маънавият деб тушунаман


Цитата:
Сообщение от Shohruh Rahmat Посмотреть сообщение
Бу саволингизга юртбошимизнинг иборалари билан жавоб берсам батафсил жавбоб берсам керак:
"Маънавият-инсонни рухан покланиш, калбан улгайишга чорлайдиган, одамнинг ички дунёси, иродасини баккуват, иймон-эътикодини бутун киладиган, виждонини уйготадиган бекиёс куч, унинг барча карашларининг мезонидир

Ma'naviyatli inson haqidachi? Nima deya olasiz?

Menimcha, ma'naviyatli inson deb mustaqil fikrlash qobilyatiga ega insonni aytishimiz mumkin. Agar savolni, 'Yuksak ma'naviyatli inson haqida nima deya olasiz?' deb qo'ysangiz, unda mening fikrim quyidagicha.

Yuksak ma'naviyatli inson deb boy dinyoqarashga ega, hayotda bo'ladigan xar xil sharoitlarda to'gri yo'lni tanlay oladigan, eshitib turgan gapini ongida mustaqil so'roqlash va qiyoslash orqali to'liq va to'gri fikr qaytara oladigan, muammoni bir tomonlama emas xar tomonlama ko'ra olidigan, qisqa muddat ichida yetti o'lchab, bir kesa oladigan insonni tushunaman.
Ответить 
"+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх