Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 17.02.2009 08:39   #1  
Аватар для AbdulAziz
Оффлайн
www.ziyouz.com
Главный редактор
AKA:AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273  2,100/980
– 3  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью MSNОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью YahooОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью Skype™LiveJournalFacebook
Tariximizning qora dog'lari: Boshda qilich o‘ynatib qo‘shib olish siyosati


Jahon tarixida rus imperiyasi nisbatan ancha yosh imperiya hisoblanadi. Podsho Petr Birinchi 1721 yilda Rossiyani imperiya deb e'lon qilgan bo‘lsa, 1917 yilgi oktyabr to‘ntarishini amalga oshirishi bilan V. I. Lenin bu saltanatning vorisi, yanada dahshatliroq davomchisi bo‘lgan qizil imperiyaga asos soldi. Holbuki, paydo bo‘lgan kunidan boshlab (hatto hali g‘oya darajasida bo‘lganida ham) butun dunyoda to‘ntarish yasab, tanho hukmron bo‘lish niyati bilan insoniyatga dag‘dag‘a qilib kelgan o‘sha «qizil imperiya» egallab turgan behad katta hududda qadimda ko‘plab imperiyalar hukmronlik qilib yoki ta'sir o‘tkazib kelganlar: Rum, Yunon, Germaniya, Vizantiya imperiyalari, Polsha, Litva, Shved qirolliklari, qator Osiyo, ya'ni Fors, Xitoy, Turk imperiyalari shular jumlasidandir. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, turkiy xalqlarning ota-bobolari o‘tmishda o‘n olti buyuk imperiya ko‘rganlar: Buyuk Xun, Boti Xun, Ovrupo Xun (eramizning IV asrida Atoma Ovrupoda barpo etgan turkiy davlat), Ko‘kturk, Avar, Hazor, Uyg‘ur, Qoraxoniylar, G'aznaviylar, Buyuk Saljuqiylar, Xorazmiylar, Oltin O'rda, Buyuk Temur, Bobur, Usmoniylar imperiyalari. Bu o‘rinda rus xalqi uch yuz yilga yaqin davr mobaynida mo‘g‘ul-tatar xonliklari qaramligida bo‘lganligini ham unutmaslik kerak.

O'rta Osiyo va Qozog‘istonga yurish davrida Farg‘ona general-gubernatori: «Bir ming sart bir rus askari etigining poshnasiga arzimaydi». - deb yozgan bo‘lsa, ularning boshqa biri-Turkiston general-gubernatori Fon Kaufman: «Amir (Buxoro amri) isyonkorlaridan (1868 y.) birortasi ham asir olinmasin. Qo‘lga tushganlarning hammasi, hattoki yaradorlar ham otib tashlansin»,-deb farmon bergan edi.

Harbiy tarixchilar A. Terentev, M. Ivanin, 3. Kastelskaya Qozog‘istondagi shahar, qishloqlarni, O'rta Osiyoning madaniy markazi bo‘lmish Toshkent shahrini vayron etib, ming-minglab begunoh oddiy odamlar qonini daryo qilib oqizgan generallar Chernyaev, Skobelev, Ionov, Kuropatkin, Ivanovlarni qattiq qoralashgan. «Chernyaev ashaddiy shovinist edi. Uning nazarida, Qo‘qon xonligida yashagan o‘zbeklar, qirg‘izlar, qipchoqlar va boshqa xalqlar faqat to‘n (chopon) kiyganliklari uchungina qirib tashlashga loyiq»,- deb yozgan edi tarixchi zobit Kastelskaya.

«Skobelev Ivanovni zug‘umga olgach,- deb yozadi B. Nalivkin,- u qo‘l ostidagi askarlarini hujumga boshlab, emizikli bolalargacha chopib tashladi»...

davomi...
__________________
www.ziyouz.com | www.ziyouz.uz - Зиё истаган қалблар учун!
Ответить 
Старый 19.02.2009 07:18   #2  
Аватар для AbdulAziz
Оффлайн
www.ziyouz.com
Главный редактор
AKA:AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273  2,100/980
– 3  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью MSNОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью YahooОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью Skype™LiveJournalFacebook
Turkiston tarixining eng qonli sahifalari

Turkiston tarixining eng qonli sahifalari


Chor Rossiyasi istilochilari 1877-1878 yillari rus-turk urushi bilan band bo‘lishiga qaramay, 70-yillarda Xivani zabt etgach, asosiy kuchni Turkmanistonni, Akltaka vodiysida joylashgan Dinglitepa va Ko‘ktepa qal'alarini bosib olishga qaratdilar. Bosqinchi rus generallari Skobelev, Lomakin, Golovachev, Lazerev, Grodekov, Kuropatkin, Fon Kaufmandan iborat harbiy qo‘shin avval katta kuch bilan Dinglitepa qal'asiga hujum qiladi. Turkman himoyachilarining qattiq qarshiligiga uchragan rus bosqinchilari Kavkaz tomon chekinishga majbur bo‘ladilar. Lekin istilochilik rejalaridan voz kechmagan oq imperiyaning kallakesar generallari bir yil o‘tgach, 1879 yilning 28 avgustida katta harbiy kuch bilan yana Dinglitepa va Ko‘ktepaga hujumga o‘tadilar.

Chor generali Lomakin 16 yarim batareya, 20 ta yuzlik eskadron. 20 to‘p-zambarak qurilmasi bilan, ikkinchi bir rus generali Kuropatkin esa 540 piyoda rus, 318 kazak askarlari, 2 tog‘ to‘pi, 2 raketa qurilmasi bilan birlashadi. Har ikkala general qo‘l ostidagi askarlar, qurolli kuchlar general Skobelevning umumiy qo‘mondonligida 45 ta rota, 11 eskadron, 74 to‘p, 11 ta raketa qurilmasi, 8000 rus va kazak askarlari bilan 40 mingdan ziyod turkman himoyachilariga qarshi dahshatdi urush boshlaydilar. Bosqinchi dushman hujumiga qarshi yetti yashardan yetmish yoshgacha bo‘lgan jamiki turkman botirlari Vatan himoyasida turadilar. Aslida imperiya shunchalik katta harbiy kuchi bilan yarim Yevropani zabt etishi mumkin edi. Lekin Ko‘ktepa qal'asini 6 oygacha ololmagach, chor bosqinchilari hiyla ishlatishga o‘tadilar. Ular himoyachilar kuzini shamg‘alat qilib, qal'a devori ostiga lahm qazib borishadi va juda ko‘p miqdorda portlovchi modda joylab, yarim tunda portlatadilar. Dushman bilan qo‘rg‘on himoyachilari o‘rtasida misli ko‘rilmagan jang bo‘ladi. Rus bosqinchilariga qarshi turgan 40 mingdan ziyod botir himoyachining 20 mingdan ortig‘i jangda halok bo‘ladi, ko‘plari yaralanadi.

davomi...
__________________
www.ziyouz.com | www.ziyouz.uz - Зиё истаган қалблар учун!
Ответить 
Старый 19.02.2009 11:02   #3  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Abdulaziz xalqimiz tarixining qora dog'lari hamda qonli sahifalarini aks ettirgan mazmunli maqola joylashtiribsiz, rahmat!
Chor Rossiyasining istilosi haqida Evril Turonning "Bu tog'lar, ulug' toglar" hamda Ibrohim Karimovning "Madaminbek" haqidagi tarixiy kitoblarida ham yaxhi ma'lumotlar berilgan.
Qiziq, xalqimiz shunchalik ham omi va ishonuvchan bo'ladimi?
Ikkinchi maqolada keltirib o'tilgan miltiq ko'tarib kelgan askarlarga ketmon va panshaxa bilan jangga chiqqani, yoki Xudoyorxonning aldanib qolishi, yog'iy bostirib kelayotganda uch xonlik birlashishi o'rniga bir-biriga adovat ko'zi bilan qarashi...
Xatolar, xatolar... Ajdodlarimizning qilgan mash'um xatolari...

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 19.02.2009 в 11:07.
Ответить 
"+" от:
Старый 19.02.2009 11:06   #4  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Ikkinchi maqolada keltirib o'tilgan miltiq ko'tarib kelgan askarlarga ketmon va panshaxa bilan jangga chiqqani, yoki Xudoyorxonning aldanib qolishi, yog'iy bostirib kelayotganda uch xonlik birlashishi o'rniga bir-biriga adovat ko'zi bilan qarashi...
Бирлашишган кунмаган Бухоро Амири эмасми? Хоразм хонлигига хужум бошланганида ёрдам бермаган, Кукон хонлигига хужум бошланганида оркасидан хужумга утганмиди?
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
Старый 19.02.2009 11:10   #5  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от OmoN Посмотреть сообщение
Бирлашишган кунмаган Бухоро Амири эмасми? Хоразм хонлигига хужум бошланганида ёрдам бермаган, Кукон хонлигига хужум бошланганида оркасидан хужумга утганмиди?
Бекорга шоир Турди Фарогий,
Тор кунгиллик беклар манман деманг тенглик килинг,
Туксон икки бовли узбек юртидир кенглик килинг,

деб ёзмаган эди.
Хамма хонлар хам уз мавкейини йукотишни хохламай харакат килишган.
Ответить 
Старый 19.02.2009 11:24   #6  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Поезд тунда келди Когонга,
Тиллоларни ортдик вагонга.
Янгради паравоз наъраси:
Йулдан коч-а, сартнинг боласи!..

Поезд елиб борар Шимолга,
Етмокка йул булсин шамолга,
Атроф бийдек туркнинг даласи,
Йулдан коч-а, сартнинг боласи.

Осмон тулиб борар тутунга,
Ортда багри тулиб кукунга.
Бухоронинг учди кораси,
Йулдан коч-а, сартнинг боласи.

Поезд кириб келди Тошкентга,
Холи куриб келди Тошкентга.
Тамбур тула сокчи сараси,
Йулдан коч-а, сартнинг боласи.

Козокнинг хам дашти кенг экан,
Бепоён бир юртга тенг экан.
Уч кунлик йул экан йулнинг ораси,
Йулдан коч-а, сартнинг боласи.

Сокчибоши энди хотиржам,
Куйлар колди ортда, отлар хам.
Аммо хамон уша ялласи:
Йулдан коч-а, сартнинг боласи...

Мухаммад Юсуф
Ответить 
"+" от:
Старый 24.02.2009 19:05   #7  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Юрак кони билан битилган сатрлар

- Ватан мукаддасдир. Кадрин билмок керак. Сотмаска ва ўлгунча айрилмаска керакдур...
- Келар замон учун хозирланайлук, ўтган замон учун эмас.

Махмудхўжа Бехбудий


- Хуррият берилмас, олинур!
- Жаннат каби гўзал юртинг бугун сендан иш кутадур!

Мунавввар кори Абдурашидхон ўгли


- Темур Кўраган каби дохийларни, Мирзо Бобур каби фотихларнинг, Форобий, Улугбек ва Али Сино каби олимларнинг ўсиб-унган ва нашъу намо килганлар, бил, ўлкани халокат чукурига караб судрагувчи, албатта, Тангрининг кахрига сазовордир.

Абдулла Кодирий


- Ватан – у менинг жону таним, саждаго?имдур. У менинг тўлин ойим, тинч-омонлигим, иззатим, шарафим. Каъбам, Киблам хамда гулистонимдур...
- Юртим, Туроним, сендан айрилмок – менинг ўлимим.
Сенинг учун ўлмок – менинг тириклигимдур.

Абдурауф Фитрат


- Туркистонли – шонимиз, туронли – унвонимиз,
Ватан – бизим жонимиз, фидо ўлсун конимиз!
- Ер юзинда ўзга бир олам эрур бизнинг Ватан,
Бошка хар бир ўлкадан кенг, хар диёрдан каттакон.
Бу Ватанни жон билан саклашга, Чўлпон, хозир ўл,
Кимки касд килса анга, кийсин пушаймондин кафан!

Чўлпон
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 27.02.2009 09:10   #8  
Аватар для AbdulAziz
Оффлайн
www.ziyouz.com
Главный редактор
AKA:AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273  2,100/980
– 3  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью MSNОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью YahooОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью Skype™LiveJournalFacebook
Yurtimiz boyliklarining talon-toroji: madaniyatimizning dunyoga sochilgan durdonalari


Tarixdan ma'lumki, Turkiston inglizlar, olmonlar, Xitoy va boshqa imperialistik mamlakatlar uchun o‘lja manbai bo‘lib kelgan. O'rta Osiyoga yashirin yo‘l bilan turli maqsadlarni ko‘zlab kelib-ketgan ilmiy, harbiy ekspeditsiyalar, sayyohlar, tijorat vakillarini eng avvalo Osiyoning qimmatbaho, betakror boyliklari qiziqtirardi. 1931-1933 yillarda «Ost-Ind» kompaniyasining zobiti-leytenant Aleksandr Boris ma'lum vaqt Buxoroda yashab, 200 dan ziyod oltin, kumush tangalar, qimmatbaho taqinchoqlarni yig‘ib Britaniya muzeyiga taqdim etgan. Buxorodan olib ketilgan osori-atiqalar hozirda bebaho hisoblanib, bizning milliy boyligimiz Angliya mulki bo‘lib turibdi. Bu yaqin o‘tmishimizda diyorimizda ish olib borgan xususiy shaxs qilmishlaridan birgina misol. Qadim tariximizda va bizning davrimizda qilingan bunday o‘g‘riliklar va talonchiliklarni aytib ado qilish qiyin. Harholda shu hususda bir oz fikr yuritishga harakat qilib ko‘raylik.

O'rta Osiyo xonliklari xazinasi kirim-chiqimida, jumladan, Buxoro amirligi xazinasi haqida qayd etilgan hujjatlar ko‘rsatmasida xilma-xilliklar mavjud. Masalan, Buxoro amirining vaziri - qushbegi Mirzo Nasrulloning inqilobga qadar shaxsan o‘zi ro‘yxatga olgan boyligi quyidagilardan iborat bo‘lgan: Buxoro tillasi 114838 dona, rus tillasi 4365100 so‘m, yombi holidagi Gamburg tillasi-1108 pud (17 dona - 728 kg) kumush - 45 tonna, rus kumushi- 1385 pud (22 tonna- 160 kg) Buxoro tangasi - 62834780 dona, Buxoro mis tangasi - 731 pud (5 tonna 696 kg), tilla kukuni- 16 pud (1 tonna 56 kg), rus banki kumushi - 864 pud (13 tonna 724 kg), yirik brilliantlar - 3482 karat, buyumlarga tikilgan brilliantlar - 968 karat, kimmatbaho toshlar - 8617 karat bo‘lgan. Buxoro amiri Olimxon (1914-1920) qo‘lidagi rus sanoat banklari aktsiyalarining qiymati 33 million so‘m edi. Uning xazinasida 100 million Rossiya puli bo‘lgani ham qand etilgan.

davomi...
__________________
www.ziyouz.com | www.ziyouz.uz - Зиё истаган қалблар учун!
Ответить 
Старый 27.02.2009 09:11   #9  
Аватар для AbdulAziz
Оффлайн
www.ziyouz.com
Главный редактор
AKA:AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273  2,100/980
– 3  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью MSNОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью YahooОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью Skype™LiveJournalFacebook
Buxoro amirligining talangan oltinlari


O'z vaqtida yozib qoldirilgan hujjatlar va tarixiy manbalardan, tarixchi olimlarimiz keyingi paytlarda olib borgan jiddiy tadqiqotlardan ayonki, terrorchi qizil imleriya bolsheviklari Buxoro amiri xazinasidan tonnalab qo‘yma oltin va kumush, million-million so‘mlik oltin, kumush tangalar hamda oltin barobar boshqa qimmatbaho boyliklarni tashib ketganlar. Jumladan, olimlarimizdan I. Yo‘ldoshev va N. Haydarovning «Amir Olimxon xazinasi qaerda?» maqolasida («Fan va turmush» jurnali, 1991, 10- son) ta'kidlanishicha, 1914 yildan oldin amir xonadoniga tegishdi oltin, kumush pullar va boshqa qimmatbaho zeb-ziynatlar ro‘yxatini aks ettiruvchi daftarlarning o‘zi taxminan bir yarim olchin (bir olchin 70 sm ga teng) qalinlikda bo‘lgan.

«Buxoro amirining oltinlari» sarlavhali maqola mualliflari H. Uzoqov, S. Xolboev jiddiy tadqiqotlar natijasida amir qushbegi tomonidan ro‘yxatga olingan boyliklarni aniqladilar: «Buxoro tillasi- 1,148.380 dona, rus tillasi - 4,365.100 so‘m, yombi holidagi Gamburg tillasi- 1,108 pud (17 tonna 728 kg), yombi holidagi Gamburg kumushi - 2,844 pud (45 tonna 404 kg), rus kumush tangalari -1,385 pud (22 tonna 160 kg), Buxoro xazinasi - 62,834.780 dona, Buxoro mis tangasi - 731 pud (5 tonna 50 kg), rus banki kumushi - 864 pud (13 tonna 734 kg) va hokazo, jami 34 nomdagi qimmatbaho narsalar ro‘yxatga olingan.

Buxoro xalq inqilobi g‘alabasidan keyin Fayzulla Xo‘jaevning uyi amir Said Olimxon ma'murlari tomonidan talon-toroj qilinib, butun boyligi xazinaga o‘tkazilgan. Otameros boyliklardan 25 pud quyma oltin, 4,8 million tilla tanga (1914 yil pul hisobida), 5 pudga yaqin kumush tanga, 7 million atrofida qarz-kredit va boshqa qimmatbaho mol-mulkni Fayzulla Xo‘jaev Sovet huqumati ixtiyoriga topshirgan. Uning boyliklaridan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanib bo‘lgan bolsheviklar mulk egasi bo‘lgan Fayzulla Xo‘jaevning o‘zini 1938 yil 15 martda otib o‘ldirdilar.

davomi...
__________________
www.ziyouz.com | www.ziyouz.uz - Зиё истаган қалблар учун!
Ответить 
Старый 27.02.2009 09:56   #10  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от AbdulAziz Посмотреть сообщение
Otameros boyliklardan 25 pud quyma oltin, 4,8 million tilla tanga (1914 yil pul hisobida), 5 pudga yaqin kumush tanga, 7 million atrofida qarz-kredit va boshqa qimmatbaho mol-mulkni Fayzulla Xo‘jaev Sovet huqumati ixtiyoriga topshirgan. Uning boyliklaridan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanib bo‘lgan bolsheviklar mulk egasi bo‘lgan Fayzulla Xo‘jaevning o‘zini 1938 yil 15 martda otib o‘ldirdilar.
Цитата:
Fayzulloxon otasidan qolgan tillolarni hukumatga topshirdi. Bir kuni "xalqlar otasi" undan so'radi: Xo'sh otangizning tillolari bilan-ku safimizga qo'shildingiz. Ammo aytingchi, o'zingiz nima karomat ko'rsatdingiz Inqilobga?
Uni o'ldirishdi. Qanday o'ldirishganini ham hech kim bilmadi. Uning avlodi qolmadi. Uning avlodidan faqat ... Buxoro qoldi. Endi Buxoro ham keksaydi. Fayzulloxon inqilobga boshini tikdi. Shopmo'ylov Stalin esa qilich bilan chopib tashladi bu boshni!...
Uzilgan boshdan sachragan qon Buxoro minoralariga tegdi.
Balki, shuning uchun ham bitta-bitta qulayotgandir Buxoro minoralari?
Balki, shuning uchun ham sho'rdir bu qadim kent tuprog'i?
Balki, shuning uchun ham suvlari taxirdir Buxoroning?..

Muhammad Yusuf "Osmonning oxiri" dostonidan
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх