Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 05.11.2010 09:41   #501  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Oshiq cho’pon nayini chalib,
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Elchi yo’qdir vazn yurtidan,
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Teginma sabrimning piyolasiga.
She'ringiz chiroyli chiqibdi, ayniqsa yuqorida men iqtibos olgan misralar.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
"+" от:
Старый 10.11.2010 05:05   #502  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Yurtim,
Kengliklaring qo’msadi ko’nglim,
Jonim qolib ketgan kun chiqqan yoqda.
Qaniydi, shu damda to’yib kezsaydim,
Cheksiz dalalaring yalang oyoqda.

Sog’inchim dilimda o’sib-ulg’aygan,
Diydoring ko’rishga ko’zlarim giryon,
Jizzax olmasidek yuzim sarg’aygan,
Quva anoridek qalbim to’la qon.

Bu yerda yomg’irlar senikidekmas,
Quyosh ham yil bo’yi turmas charaqlab.
Tollarning sochlari suvlarga tegmas,
Sabo uyg’otgani kelmas so’roqlab.

Bu joyning bog’lari gullamas tugal,
Qushlarning sayrashi ezmas yurakni.
O’nlab o’rmonlardan bilaman afzal,
Yo’ling chetidagi mirzaterakni...

Bu yer...,
Yo’q gapirmay, so’yla o’zingdan,
Tog’laring halitdan qor qoplagandir?
Hozir mevalarga rosa boydirsan?
Obi nonlaringga to’lganmi tandir?

Gulzorin bezarmi atirgul, rayhon
Past-baland bo’y chozgan fayzli uylarin?
Butun qishloq ahlin to’plarmi hamon,
Gumburlab o’tajak xalqim to’ylari?

Ming turli savolga to’lgandir ichim,
Kutishdan yo’l qarab tolgandir ichim,
Yurtim, seni o’ylab bedor tunimda,
Ichim timdalaydi tilsiz sog’inchim...

Jizzax olmasidek yuzim sarg’aygan,
Quva anoridek qalbim to’la qon.

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 10.11.2010 12:35   #503  
uParty Member
Аватар для Gulnora Voisova
Оффлайн
Сообщений: 589
+ 1,042  486/242
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Yurtim, Kengliklaring qo’msadi ko’nglim...
Анчадан бери юрт соғинчи ҳақида ёзармикансиз деб кутган эдим
Ответить 
Старый 12.11.2010 04:05   #504  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Bag’rimda xarsangga aylangan sabr
(Noma’lum shoirdan)

Bag’rimda xarsangga aylangan sabr
Ko’nglimni tosh qilib qo’ymadi – shukr.
Yuragim - armonlar ko’milgan qabr –
Firoqda kul bo’lib kuymadi – shukr.

Hali umidlarim sonsiz, sanoqsiz
(Hazon faslida ham unib-o’smoqda).
Orzular oxirsiz, niyat adoqsiz,
Shukrona g’amlarning yuzin to’smoqda.

Hamon yaxshilarning yo’ldoshi bo’lib,
Umr karvonida ketayotirman.
Ba’zan ko’z yosh to’kib, ba’zida kulib,
Qiyomat kunini kutayotirman.

Hamon tunlarimda yog’du sochar oy,
Kunlari quyoshni quchgim keladi.
Ko’kda savoblardan qurilsa saroy,
Farishta misoli uchgim keladi.

Hamon bu olamda mehribonlik bor -
Insonlar ko’zida mehrning ashki.
Qayda imon bo’lsa, ezgulik bisyor -
Uning bir qismiga aylansam, koshki.

Hamon oq bor joyda qora in qurgan,
O’n besh zulmat mohning o’n beshi yorug’.
Abu Jahllarning avlodi yurgan
Yerda,
Hamzalarda hilpirigan tug’.

Hamon halovatdan boshimni tortib,
O’zimni olovdan cho’qqa uraman.
Yaxshimi, yomonmi – amalim ortib,
Hayot yo’lagidan shoshib yuraman.

Hamon qalbim nurga to’ymagan shisha,
Ijod bog’i hecham qolmasin so’lib.
Tirik ekanmanki, yashay hamisha,
Kimgadir, qaydadir kerakli bo’lib.

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 18.11.2010 03:56   #505  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan

Oy yuzini bulutlar to’sgan,
Tun...
sukunat...
Atrof osuda.
Chirmoviqdek dardlarim o’sgan
Shodligimning peshonasida.

Oy yuzini ko’rolmay kecha
Oydinlikdan ketsa voz kechib.
Urinsam ham chiransam necha
G’amlarimni bo’lmaydi yechib.

Oy yuzini yashirar zulmat –
Yorug’likning yopar yo’lini.
Yuzim kular – yig’laydi fitrat,
Yosh to’ldirar sabr ko’lini.

Oy yuzini qoplagan dog’ni,
Bo’lmaganday aslo o’chirib.
Alamlardan yaralgan tog’ni,
Ko’nglim tashlay olmas ko’chirib.

Oy yuziga nigohim to’ymas,
Sham yoqsayam yorishmas ichim.
Ko’zim ko’kda,
Uyquga qo’ymas,
Iztirobga to’la sog’inchim.

Oyga yetmas qo’lim uzatsam,
Qalbdagi dard unda mujassam.


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 18.11.2010 19:31   #506  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
"Do'stim seni aldashmaydi"
degan bir she'rdan ilhom olib...
(muallifi esimda yo'q, boshqa bir forumda o'qib qolgandim)

Aldashmaydi

Do'stim senga
Yolg'on-yashiq yarashmaydi.
Dono hecham
Nodon bilan talashmaydi.
Har savolga
Javob berish farz emas,
"Bilmadim" de,
Keyin sendan so'rashmaydi.
Oshiq mardi
Xatolarni sanashmaydi,
Junun ahli manzilida adashmaydi.
Kalta qilib sochni
Kavsar yaxshi qilding,
Endi senga
"Havas" ichra qarashmaydi.
Tark aylagin,
Soching kabi sayyorani,
Jahon netsin
Senday g'arib ovvorani?
Yiroq ayla,
O'zdan riyo, anzorani.
Zora nafsing
Tinch qo'ysa sen bechorani...
Yaxshi qilding, Kavsar
Jomni burda aylab,
Xazinaga oshkoralik yarashmaydi.
Borib tavof ayla
Hazrat ostonasin,
Senga hecham
Begona deb qarashmaydi...
Birodaring topib,
Uyin ziyorat et.
Ular seni
Bu dunyoga alishmaydi.
Jahon kuyib
Ketsa hamki, devonalar,
Ikki dunyo
Bir-birini aldashmaydi...

K (c) 2010
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 20.11.2010 12:31   #507  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Sen menga: "yolg'on so'ylama", deding.
Men shu dam haqiqat etagin tutdim.
Va lekin sen, bevafo amaling bilan,
Yolg'onning yuzini ko'rsatib o'tding...

K (c) 2010
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 27.11.2010 01:43   #508  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Bedorlikda yana bir tun,
Aylanmoqda umrimga.
Yulduzlarga to’la gardun
Joylanmoqda umrimga.
Vaqt imillab qadam tashlar,
Qalb zarbiga hamohang.
Xotirimni etolmay jam
Asab tortilar tarang.
Xayolimdan o’tar bir-bir,
Bosgan so’ngsiz yo’llarim.
Peshonamga yozgan taqdir
Qatordagi o’ylarim...
Ozib-to’zib ketgan imon,
Holi chindanam g’arib
Zulmatlarni kezgan giryon,
Ziyolarni axtarib.
Kurtaklari g’uncha tukkan,
Orzular bot –bot emas
Kechalarga dardin to’kkan
Xasta ko’nglim shod emas.
Yuragimning rangi xazon
fasliga xo’b mosmidi?
Maxzunlikka to’yingan jon,
Mengagina hosmidi?
Yaqin do’stim yo’qotgandek
kuzatgancha kuzimni,
Uzoqlarga termulib tek,
Yoshlayapman ko’zimni.
Alamlarga yo’ldosh umrim,
Shubhalarga yetaklar.
Necha yilki ko’klamimda,
Gullamaydi chechaklar.
Barg yozmaydi daraxtlarim
Tomir otmas savobim.
Ne sababdan baxtim yarim,
Topolmayman javobin.
Tun-chi, so’ngin ko’rsatmayin,
Hayotimga aylanar.
Soniyalar o’tgan sayin,
Ichda nedir qiynalar...

...Ojiz dilim ming tikilib,
Quyosh chiqar tomonga
Yorug’likdan umid qilib,
Chek qo’yadi gumonga.
E, voh, ruhim nurga siyla,
Savoblarga yo’limni.
Ziyolarga hamroh ayla,
G’arq qilmagin ko’nglimni.


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 27.11.2010 12:31   #509  
Аватар для Pfefferminze
Оффлайн
net
net
Сообщений: 497
+ 612  393/230
– 41  22/22

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Sen menga: "yolg'on so'ylama", deding.
Men shu dam haqiqat etagin tutdim.
Va lekin sen, bevafo amaling bilan,
Yolg'onning yuzini ko'rsatib o'tding...

K (c) 2010
Va lekin sen deb judayam alamzada tarzda yozilibdi...
Ответить 
"+" от:
Старый 28.11.2010 18:34   #510  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Ne sirlarning makonidirsiz?
Sizda qaysi farishta ko’ngli?
Ibolarga yashiringan qiz,
Ko’zlaringiz bunchalar mungli?

Kuz ta’sirin o’tkazmish yuzga,
Tunni tashlab, o’ting kunduzga,
Shudring tushmish kiprigingizga,
Ko’zlaringiz bunchalar mungli?

Og’ridimi ichingiz nogoh?
Ma’yuslikka burkangan nigoh,
Ne bo’lsayam qilingiz ogoh
Ko’zlaringiz bunchalar mungli?

Chehrangizda garchi tabassum,
Botingiz yig’larmi sim-sim?
Uzoqlarga termulgancha jim,
Ko’zlaringiz bunchalar mungli?

O’rin bormi ozgina arzga?
Malham aylang yuragi darzga,
Qarashingiz beringiz qarzga,
Ko’zlaringiz bunchalar mungli?

Chashmingizning ikki sohili,
Yomg’irlarning bo’lmish doxili.
Anduhingiz nedir oxiri?
Ko’zlaringiz bunchalar mungli?

O’yingizga tushib ketsaydim,
O’zim birla mehr eltsaydim
Jindek quvonch hadya etsaydim.
Ko’zlaringiz bunchalar mungli?

Boqishingiz bu qadar g’amgin,
Ko’zlaringiz bunchalar mungli?


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Ответить

Метки
hero




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх