Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Регистрация
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 12.01.2010 10:05   #181  
Known ID Group
Аватар для Bekmirzo
Оффлайн
Сообщений: 1,253
+ 1,042  1,526/636
– 63  80/43

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Husen Tangriyev Посмотреть сообщение

Фикри ожизимча, хаста, нотинч, безовта. бедор юрак дейиш мумкин. Аммо, абгор юрак дейиш сал ғалати туюлади. Абгор моддий веқеликка нисбатан қўлланилса табиийроқ чиқади - абгор аҳволдаман, абгор кўйдаман ва хоказо..

Ўзбек тилининг изоҳли луғатига кўра, абгор сўзи яраланган, мажруҳ, толиққан каби маъноларни беради. Фикримча, абгор юрак дейилганда, услубий хато ҳисобланмаса керак.

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 12.01.2010 в 10:20. Причина: harf hajmining kattaligi
Ответить 
Старый 13.01.2010 07:18   #182  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Oy kezadi yolg’iz samoda,
Shovullaydi daryo betinim.
Derazamni chertar shaboda,
O’tmoqdadir yana bir tunim.
Qora bulut osmonni kezib,
Yulduzlarga bermaganday tinch.
Xayollarim har yoqqa to’zib,
Yuragimdan qidirar ilinj.
Behol qalbim, qaltiroq qalbim,
Orziqadi seni o’ylasa.
To’lqin, shamol bo’lar edi jim,
Sabolardan salom yo’llasang.
Kiprik qoqmay mayli kutaman,
Tirqillagan oynaga qarab.
Nafasimni ichga yutaman,
Xudoyimdan baxtingni so’rab.
Qayerdadir omon bo’lsang bas,
Tinching bilsam menga yetadi.
Tabassuming ichda qilib his,
Xavotirim tarqab ketadi.

Oy kezadi yolg’iz samoda,
Shovullaydi daryo betinim.
O’yga cho’mgan xorg’in dunyoda,
Surmoqdasan sen ham xayol jim…

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Реклама и уведомления
Старый 15.01.2010 11:58   #183  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Оффтоп:
Afandining she'rini tanqid qilishibdi:
- Shu ham she'rmi, hech jahonda "Hindiston" so'ziga "tandir" so'zi ham qofiya bo'ladimi?
- Sizlar she'rni tushunmas ekansizlar,- debdi Afandi achchiqlanib.-Nega qofiya bo'lmasin, u ham issiq, bu ham! ;-)


She'r yozishdan maqsad nima? O'zni anglamoqmi yoki ko'ngilga safar? yoki shoirlik, avvalo, Vatanni tanish baxtimikan?
She'rda so'zlar tovlanishi, olovlanadishi kerak. Buning uchun esa shoirning lug'at boyligi keng bo'lishi kerak. Kundalik muomalada kamdan kam ishlatiladigan so'zlar, she'rda o'z o'rnida shunday qo'ndirilishi kerakki, ular ajib musiqaviylik, ma'no aniqligi, lo'ndalik va qudrat kashf etishi kerak. boladay beg'uborlik, o'ta ko'ngilchanlik, donishmandona tafakkur, tuyg'ular samimiyati har bir she'rda yaltillab turuvchi belgilardan biri bo'lishi kerak.
Ответить 
Старый 15.01.2010 14:21   #184  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Xavotirsan…
Ko’ksing to’la g’ash,
Bir g’ulg’ula tinchlik bermaydi…
Xayollaring boshingda uyqash
To tonggacha qalbing qiynaydi…

Ikkilanish…
Son’gsiz savollar,
Javobini topolmay halak.
Tilda aytmoq istagan so’zni,
Ne ajabki, xushlamas yurak…

Shubhalarga ko’milgan ko’ngling,
Ko’zing misol yumilgan ko’ngling,
Kelajakka ishonmas sira,
Yo’q to’siqqa urilgan ko’ngling.

Seni shuncha tashvishga solgan -
Ajratishga go’yo yo’q iloj,
Nam tufayli birlashib olgan,
Kokilmisol mujgonlarni och.

Uyg’on, Gulim,
Tushingga bugun,
Gumonlarni tashlab ketamiz,
Baxt atalmish ko’rkam zaminda
Orzularga birga yetamiz…

(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Старый 16.01.2010 17:39   #185  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Ketaman, osmonni xo'ngrab yig'latib,
Hech kimga aytmasdan og'riq sirlarim.
Ketaman... dardimga bo'g'zim tig'latib,
Manguga -
Qaqshatib yozgan she'rlarim....

Ketaman... oy birla tunning qa'riga,
Quyoshdan yashrininb, bildirmay, zimdan,
Osmonning eng olis, sovuq yeriga
Izlarim qoldirmay titroq zaminda

Ketaman... Kuzlarni menchalik endi,
Intiqib hech kimsa kutolmas, yo rab.
Sezdirmay uzilib, yo'q bo'lb ketsam,
Xazon barglaridan yurmanglar so'rab...

Ketaman... dengizdek to'ldirib yoshga,
Hayotdan umidvor mayus ko'zlarim.
Shod yashang...
endi Siz ko'rmaysiz boshqa,
Mungli satrlarim, maxzun so'zlarim...


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Старый 20.01.2010 12:19   #186  
Аватар для Hoshimberdi
Оффлайн
А. Авлоний номли Марказий малака ошириш институти
координатор
Сообщений: 3
+ 0  5/2
– 0  0/0

Uzbekistan
Рахмат!!! Мени хам тушунадиганлар бор экан! Мен бу сузни кучма маънода ишлатганман. Одатда шундай холларда ниманидир назарда тутган холда нимадир ёзишади. Шунда на шу нимадир уз урнига тушгачЮ\, уни бошкаси билан алмаштиришнинг хеч иложи булмай колади.
Ответить 
Старый 20.01.2010 16:24   #187  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Sen tomonga ketgan xayolim endi,
Qay zamon orqaga qaytar - bilmadim.
O’zimdan o’zga yo’q kimsasiz tunda,
Qalb dardin kimlarga aytar - bilmadim

Garchi ichlarimni kemirsa-da g’am,
Ustimga g’ussaning yukin olmadim.
Umrimda nech bahor mehmon bo’lsa ham,
Na gullab ketdim-u va na so’lmadim

Salga azob cheksang, ezilar dilim,
Hech kim chun bunchalar bag’rim tilmadim.
Hayot mazmuniga aylangan gulim,
Sen kulsang kuldim-u, sensiz kulmadim…

Gar xijron suv ersa, nimadir ummon…
Sog’inchdan lahzaga charchab, tolmadim.
Garchand xushim senda,
bilmayman hamon,
Men senga loyiqmi bo’ldim, bo’lmadim…

Sen tomonga ketgan xayolim endi,
Qay zamon orqaga qaytar - bilmadim.


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Старый 22.01.2010 19:33   #188  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Nega ko'nglingizga qo'nibdi g'ubor,
Yoki xomush bo'lish zamon zaylimi?
Sizga kichikkina iltimosim bor:
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?

Faromush o’y surib, o’rtanmay g’amda,

Yashamoq kerakkan yorug’ olamda.
Hech nima demang-u, faqat shu damda,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?

Sizni o’ylayman-u, ko’nglim havotir,

Qalbingiz ochmaysiz, etib yuz-xotir,
Dilim hotirjammas, shu sabab hozir,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?

Mayli zamin uzra bo’lmasin bahor,

Ko’klamga umrbod bo’lay intizor,
Mushtoq yuraklarni aylamay zor-zor,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?

Umid mash’aliga bag’ishlab uchqun,

Ufqdan subhidamda chiqqandayin kun,
Shu onda, xabarim oqib, men uchun,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Старый 26.01.2010 05:18   #189  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Bedor yana bir tun o’tib bormoqda,
Bir kunga qisqardi kutish onlari.
Yurak Yaratgandan to’zim so’rmoqda,
Tomirda umid-la oqar qonlarim…

Yillab yomg’irga zor qalb sahrosida,
Zo’rg’a qadam tashlar mehr karvonim.
Men najot istagan dil ma’vosida,
Manzilim – diydor-u, sabr – sarbonim.

Zulmat ham ziyoni pisand etmagan
Ko’zlar nigorondir fursat yo’lida.
Ko’zlagan maqsadga hali yetmagan,
Qancha armonlar bor xijron cholida…

Balki hikmatdir bu…
Shusiz visolning,
Qadri ham totsizdir,
Rangsizdir hayot.
Yashamoq - nimadir uning oldida,
Kutmoqlik azobdir, Kutmoqlik - mamot…

Eh kutish onlari, kutish onlari…


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Реклама и уведомления
Старый 28.01.2010 04:56   #190  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Kuz o’tdi…
Qish asta ketmoqda yiroq,
Ko’klam-u, saraton qoldirmadi iz…
Umrim karvoniga sarbondir firoq -
Hayot sahrosini kezaman yolg’iz…

Hijron kemalari bir-birin quvib,
Suv yo’lin to’lqinlar ketmoqda yuvib.
Gohi jadal bo’lib, goh joyda turib,
Cheki yo’q dengizda suzaman yolg’iz.

Dos’tlarning daldasi also yuqmaydi,
Yuragim siqaman - suvi chiqmaydi,
Qaniydi, sabr kosa sinib ketsaydi -
Qalbim anorini ezaman yolg’iz.

Ortimga ortgancha davrona yukin,
Bir zumga bo’lsa-da olmayapman tin,
Garchi qadamlarim bo’lsa-da sekin,
O'zimcha, o’zimdan o’zaman yolg’iz.

Dard sotib olaman, sotolmayman hech,
Yillar tizgini tutolmayman hech,
Balki erta-indin kech bo’ladi, kech –
Ba’zida hayotdan bezaman yolg’iz...


(c)
__________________
Мой ЖЖ

Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 28.01.2010 в 05:06.
Ответить 
"–" от:
Ответить

Метки
hero
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2020, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх