Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Регистрация
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 27.11.2009 05:09   #151  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Yomgirli o’lkaning mahzun tunida,
Xazon faslini ham kuzatmoqdaman…
Ichimda hukmron dardni qo’sh qo’llab,
U bilan uzoqqa uzatmoqdaman…

Ko’nglim yaproq yanglig’ sarg’arib ketgan,
Shirin azoblarim to’kilar izsiz…
Kech kuz bilagimdan bemajol tutgan,
Fikrimni jamlolmay yuraman so’zsiz…

Parishon xayolim ummonlariga,
G’arq bo’lib ketaman.
Jovdirar ko’zim.
Goh tushib ketaman g’urbat qa’riga
Tanimay qolaman o’zimni o’zim…

Bahorda ochilgan ajib tuyg’ular
Yerdagi barg misol toptalib ketdi…
Ertaning qaygusi yuragim tirnar,
Garchi bugunimni qanchalar kutdim…

Bu kun umidlarim ko’z yoshi bo’ldi,
Avval orzularim so’ngda armondir.
Sabab xazon emas…
Adashgan o’zim…
Asli mening qadrim suvdan arzondir…

Unsiz peshonamga qo’limni tirab
Uyqu yo’q,
bo’zlyman telba singari
Yurakka g’ulg’ula solar tentirab,
Menga tinchlik bermas kuz xayollari...


00:10...26 noyabr... London
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Старый 02.12.2009 22:33   #152  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Uzoq bir nuqtaga termulgancha jim
Mo’ysafid nogahon ko’zlarin yoshlar…
“Zamon o’zgardimi, odamlar… balkim…
Ne uchun beboshroq hozirgi yoshlar?

Bilmaydi, oddiy bir “salom” so’zini,
Qo’llari ko’ksining visoliga zor.
Uyalish tark etgan chaqnoq ko’zini,
Ma’nisiz seriallar aylayapti xor.

Kitob dunyosidan yiroqdir ular,
Navoiydan bitta satr bilmaydi.
Qiziqib asarlar o’qishmas tunlar,
Nasihatga aslo quloq ilmaydi…

Vaqt bekor o’tgandan achinmaydi hech,
Aniq maqsadidan yo’qdir nishona.
Tushunar ekanmi bo’lganini kech,
Devorga urilgan chog’da peshona?

Uzoq bir nuqtaga termulgancha jim,
Mo’ysafid ko’zlari to’ladi yoshga
Chin dildan istaydi, imkonin topib,
Aylashni nasihat har bitta yoshga:

“Yoshsan…
Quvvating bor…
Shijoat bisyor…
Bilim ol!
Ilm o’rgan!
Ollohni tani!
Qalbingni pok ayla, bo’lmasin g’ubor,
Egam ham, haq yo’lda qo’llar bandani…

Jigarim!
Avlodim!
ertam, indinim!
Imonni but ayla,
E’tiqodni do’st!
Millatning sha’nini boshingga qo’yib,
Shu Yurtga munosib farzand bo’lib o’s!”

Mo’ysafid uzoqqa termular, besas…

(c)

P.S. Yuqorida, usbu she'rim qo'yilgan bo'lsa, uzr so'rayman... Shunchaki, bugun mana shu she'rni forumdoshlar bilan baham ko'rgim keldi...
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Старый 06.12.2009 15:35   #153  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan

E’tiqoding ziynating emas,
Qadring minba’d qiymating emas,
Mo’minga xos xislating emas,
Dilda agar ixlos bo’lmasa

Qalbda nurdan bo’lmaydi darak,
Zim-ziyodir quyoshli falak.
Kimga kerak undayin yurak -
Dilda agar ixlos bo’lmasa

Jannat hidin abad tuymaysan,
Farz-sunnatni, xatto suymaysan
Mol-dunyoga balki to’ymaysan -
Dilda agar ixlos bo’lmasa

Bandasi hech kelolmaydi bas,
Farzandlaring qilmaydi havas,
Sen nima-yu, nima yerda xas,
Dilda agar ixlos bo’lmasa

Ajrlarni kutmagin zimdan,
Uzoq bo’lgin Qur’on Karimdan.
Mehr kutma Payg’ambarimdan,
Dilda agar ixlos bo’lmasa

Rasulimning ummatimassan
Dilda borin tilda demassan,
Qalbda iymon bilan o’lmassan,
Dilda agar ixlos bo’lmasa

Hadis kirmas bo’lar quloqqa,
Pokizalik ketar yiroqqa,
Tinch ketmaysan qora tuproqqa
Dilda agar ixlos bo’lmasa

Amallaring qabul etmagay,
Daftaringga savob bitmagay,
Yaxshilikni hech kim kutmagay -
Dilda agar ixlos bo’lmasa

Riyo seni egallab olar,
Xush ishlaring dunyoda qolar.
Tavhid shamsi butkul yo’qolar
Dilda agar ixlos bo’lmasa

Duolaring ijobati yo’q,
Bu kasalning tabobati yo’q,
Ko’ngling sira bo’lolmaydi to’q -
Dilda agar ixlos bo’lmasa

Kirar yo’ling bo’lar jaholat,
Ichingda in qurar razolat
Zalolatdan erur dalolat -
Dilda agar ixlos bo’lmasa…

Munofiqsan – muhlis ermasang,
Imoningni qoplab olar zang
Yuzingdan ham qochib ketar rang
Dilda agar ixlos bo’lmasa

Vijdon tig’i ming bora tilsin,
Boshqalar ham eshitib bilsin,
Alloh senga kifoya qilsin,
Dilda agar ixlos bo’lmasa

Oqibatin o’ylagin biroz -
Tandan shayton bo’lmaydi xalos.
Namoz -tanga mashg’ulot xolos,
Dilda agar bo’lmasa ixlos…

Indalloni aytayin shu chog’,
Gap xullasi – ushbudir izoh:
Alloh Sendan bolmagay rizo,
Dilda agar ixlos bo’lmasa.


© 3 dekabr… London
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Старый 10.12.2009 06:19   #154  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Subhidam...
Tong asta yuzini ochib,
Qorong'ilik yorug' osmondan qochib
Quyosh ham nurlarin erinib sochib,
kun boshlanmoqda...

Kimga mukofot-u, kimgadir jazo
Allakim baxtli-u, kimdadir azob
Bir joyda tug'ilish, boshqada qazo...
kun boshanmoqda...

O’tgan kun yashnagan gul so’lgunicha,
Sekin ochilmoqda kechagi g’uncha
Har safar oq betni varaqlagancha
kun boshlanmoqda...

Tirikchilik, deya tinmaydi odam,
Dunyo abadiymas - bilmaydi odam
Har kunim oxirat sari bir qadam...
kun boshanmoqda...

Bu kunni kimlardir uyg’onish sanar
Boshqa dil bugun chun dilidan yonar,
Shu kundan har qalbda umid uyg’onar
Kun boshlanmoqda…

Bizni yetuklikka yetaklab asta,
Birov salomatu, boshqasi xasta…
Fanoni baqoga etib payvasta,
Kun boshlanmoqda…kun



(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Реклама и уведомления
Старый 11.12.2009 02:46   #155  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Qalb – Mendan yashirgan dil daftaringiz,
Ko’ngil - Siz qizg’angan sirli tuguncha…
Ko’z yosh – yuragingiz g’arq etgan dengiz,
Orzu – niyatlardan yaralgan g’uncha.

Jimlik – Sizni jumboq aylagan asr,

Tabassum – chehrangiz abad mehmoni
Sabr – malikasi siz bo’lgan qasr,
Sevgi – Siz tuymagan tuyg’u ummoni

Subhidam – sizni ilk o’ylaganim vaqt,
Oqshom – xiralashib qolgan bir xayol.
Uyqu – men bilmagan o’zga halovat,
Bedorlik – meni ko’p qiynagan savol…

Nur – Sizdan taralgan ajib, chin yog’du,
Shabboda – sochingiz o’ynagan nasim…
Mehr –so’zingizda yashirin jodu…
Tundek ko’zingizga kelar havasim…


(c)...
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Старый 12.12.2009 15:51   #156  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Сиқилиб, дардлардан бўлганда маҳзун,
Йўқолиб кетганда умид ҳисларим.
Бўлса тор йўлларим узундан-узун,
Мени ёлғиз қўйманг, азиз дўстларим.

Армонлар дилимни тирнаган онда,
Дунёлар эшитмас бўлса сўзларим.
Меҳрга ташна бу фоний жаҳонда,
Мени ёлғиз қўйманг, азиз дўстларим.

Ҳаётдан гўзаллик истайман холос,
Олтин тоғни ҳавас қилмас кўзларим.
Ҳар қачон, ҳар жойда Сиздан илтимос,
Мени ёлғиз қўйманг, азиз дўстларим.

Сиз сабаб ногаҳон омадим кулса,
Офтобдек чароғон этса юзларим.
Мўъжаз бу юрагим қувончга тўлса,
Мени ёлғиз қўйманг, азиз дўстларим.

Ҳаммамиз отлансак боқийлик томон,
Қалбларни безаса эзгулик иймон,
Жаннат гўзаллигин ҳис қилган замон,
Мени ёлғиз қўйманг, азиз дўстларим.


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Старый 14.12.2009 15:39   #157  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Siz uxlaysiz…
Qaydadir bir dil,
Tuni bo’yi
Sizni o’ylaydi.
Xayolida balki
U ko’ngil
Sirlarini
Sizga so’ylaydi…

Siz uxlaysiz,
Tinch ham osuda,
Tushingizda
xatto jilmayib.
Havasimni
keltirar juda…
Uyg’otmoqlik–
go’yo bir ayb…

Siz uxlaysiz,
Ma’sum, beg’ubor,
Osmonlarni,
Kezib ro’yoda
Ayni damda,
Qaydadir bedor,
Kimdir o’ylar
Sizni dunyoda…

Siz uxlaysiz…
Sezayapsizmi?
Oy ham so’nib,
Quyosh qaytmoqda…
O’sha kimdir,
Sizni topgan-chun,
Yaratganga
shukr aytmoqda…

Siz uxlaysiz…
kimdir uyqusiz…
Sizga alla aytar ichida…


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Старый 18.12.2009 20:54   #158  
Аватар для Iymandar
Оффлайн
Представитель компании
Сообщений: 198
+ 289  152/66
– 27  3/2

Uzbekistan
Шеърларим

Мен шоир эмасман, аммо бу дилдан чиққан сатрлар.

Мақсадим ҳаётда қувониб яшаш,
Чек қўйиб гумонга суюниб яшаш.
Дарёдай тошиб, ҳам ёниб яшаш,
Келгуси баҳорлар умидим сенда.

Кунларни сен билан қарши олишга,
Тунларни кўзингдан суюб чиқишга,
Имконла доимо сенла бўлишга,
Отмаган саҳарлар умидим сенда.

Хоҳишим доимо яхши сифатла
Ўзаро бўлсайдик иззат-ҳурматла,
Сўрасам Аллоҳдан яхши ниятла,
Келганда хабарлар умидим сенда. (Узоқ сафарларда хабарлар кутганман).

Иншоллоҳ яхши кун бўлиб қолганда,
Кўнглимиз баридан тўла бўлганда,
Чин қалбдан розилик билдириб шунда
Айтилса шукрлар, умидим сенда

Ушбу шеърим битдим чин қалбдан деб,
Армонлар қолмасин кўнгилларда деб,
Келгуси шеърларим ҳам ўқирсан деб,
Ёзилса сатрлар, умидим сенда
Ответить 
Старый 21.12.2009 23:16   #159  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Сен кимсан?
Ҳеч ҳисоб бердингми ўзинг
Ҳаққа - Яратганга...ё виждонингга?
Ё соқов бўлишга қилдингми қарор?
Тегдими олам ғамлари жонингга?

Сен Кимсан?
Туну кун тиним билмасдан,
Ишлайсан ўқийсан одамийликка.
Баъзида илож йўқ кўзни юммасдан,
Баъзан ҳақиқатга боқасан тикка...

Сен кимсан?
Тарихинг йиғлайди ортдан.
Чанг босган китоблар айланди гунгга.
"Зиё" каломи ҳам рангин йўқотган,
Оналар алласи айланди мунгга.

Сен кимсан?
Аёлни чиқариб бозор,
Орни ҳам бир йўла туҳфа этдингми?
Ёки даюсларга эгилиб xазор,
Номус дунёсидан чиқиб кетдингми?

Сен кимсан?
Тарбия аталмиш қонун,
Қўлланма бўлмайди ўғил-қизингга.
Шунчалар маккорми наҳотки, шайтон?
Хатто тик қарайди фарзанд кўзингга...

Сен кимсан?
Қўлингда қуръонинг борми?
Қалбингда бахт нури - имонинг борми?
Сени қийнамасми миллат тақдири?
Айт! Жавоб бер саволга!
Забонинг борми?


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Старый 22.12.2009 21:40   #160  
uParty Member
Аватар для Gulnora Voisova
Оффлайн
Сообщений: 589
+ 1,042  486/242
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Сен кимсан?
Узр, тўрт сатр Муҳаммад акадан кеп қолди.
Цитата:
Менинг кимлигимни билмайди ҳеч ким
Мен бир ғалатиман мен алоҳида.
Гоҳи кўз ёшимни келади ичгим,
Тилимни чайнагим келар гоҳида...
Ответить 
Ответить

Метки
hero
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2020, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх