Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Регистрация
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 20.07.2009 12:54   #131  
Аватар для Bahodir Bahrom
Оффлайн
O'zMU
Jurnalistika fakulteti
Сообщений: 2
+ 4  12/2
– 0  0/0

Uzbekistan
Ota duosi...

O'pgin ota poyini,
Poyi jannat sanalur.
Tavof qilgin joyini,
Joyi jannat sanalur.

Bolam deya ardoqlab,
Bor mehrini bergan u.
Olloh bergan cheki yo'q'
Ota ne'mat sanalur.

Otasi bor zotlarning,
Qaddi bukilmagay hech.
Ota tirgak, suyanchiq,
Baxt-u omad sanalur.

Yo'l oldidan har inson,
Olar ota duosin.
Bilsan ota duosin,
Tole himmat sanalur.

Bahodir, do'stim, sen ham,
Otajoning e'zozla.
Asli inson dunyoda,
Bir g'animat sanalur...

B. Bahrom
Ответить 
Старый 20.07.2009 21:07   #132  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Майли, кулаверинг туйғуларимдан,
Мажнунга чиқаринг номим майлига.
Мен эса ҳеч кимга билдирмай зимдан,
Бош эгиб яшайман қалбим амрига.

Олган нафасимда шукрона айтиб,
Шу оппоқ кун учун ёд этиб Ҳақни.
Ҳар тонг умид ила қайта ва қайта,
Янгидан очаман оппоқ варақни.

Тирикман, илинж-ла яшайвераман,
Баҳор гулларига бўлиб маҳлиё.
Кўрасиз, бу хислар гуллайди чаман,
Туйғулар жўш урар мисоли дарё.

Яратган берган нур – йўлимда маёқ,
Бахш этган ғайрати – ёрқин машъалам.
Кўнглимда имоним тутиб ки байроқ,
Бир зумга бўлса-да тортмайман алам

(Яна ҳайрон бўлманг, бошқалар шеърим
Ғалати чиқди, - деб хандон кулсалар.
Тўгри-да, ишқ нима қаёқдан билсин,
Завқнинг нималигин билмас кимсалар.)

Афсус надоматдан йўқ энди зарра,
Изтироб, ғамларни кўмдим тупроққа.
Дарду азобимнинг устидан чизиб,
Қолган ҳаётимни кўчирдим оққа

Энди ишонч билан, нафосат билан,
Дилимда қуёшдек ҳарорат билан,
Юракда эҳтирос, тароват билан,
Олдинга қадамим ташлайвераман...
Мен барибир шодон яшайвераман.

Майли кулаверинг...



(c) Mas'ud
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Старый 22.07.2009 19:08   #133  
Аватар для Abror Qodirov
Оффлайн
"Stadion" gazetasi
Сообщений: 185
+ 226  143/68
– 4  0/0

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Sensiz

Vaqt qudratli kuchdir, jonim…
Yana o’yga toldim bugun.
Tugasa-da segi dostonim
Sensiz yashay oldim bugun.

Mayli, seni unutmasam,
Mayli, visolni kutmasam.
Mayli, senga she’r bitmasam
Sensiz yashay oldim bugun

Tushlarimga kirmagin, bas!
Bo’ldi, azoblar kerakmas.
Sen haqingda eshitmay sas,
Sensiz yashay oldim bugun.

Mahzun o’tsa o’tsin har tun,
Mayli, ma’nosiz bo’lsin kun.
Yaqinlarim baxti uchun
Sensiz yashay oldim bugun.

Tongni intiq kutmasam-da,
Jamolingni ko’rmasam-da,
Kunda holing so’rmasam-da,
Sensiz yashay oldim bugun.
__________________
http://futbol-klub.uz
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 24.07.2009 00:26   #134  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Дилимда тасвирлаб бўлмас бир сурур,
Ўзг
ача завқ берар олган нафасим.
Зуҳро юлдуз мисол таратгувчи нур
Та
бассум юзларга келар ҳавасим.

Борлиқ гўзаллигин атрофга сочган,
И
форлар келтирибэсади насим.
Хаёли
м ўғирлаб ойларга қочган,
Зул
финг торларига келар ҳавасим.

Ўйлани
б қоламан...Гоҳ ўйим рўё,
Гоҳида нуқтага тикиламан жим.
Ҳаёт
дан миннатдор, ҳам меҳридарё,
Қал
би бутунларга келар ҳавасим.

Юра
гим орзиқиб, ўртанар жоним,
Қувон
чли кунларим ёдга солиб зум...
Бу ёруғ оламда ҳеч йўқ армони,
Бахтли инсонларга келар ҳавасим.

Юзлан
дим неча бор минг турли кўзга,
Зор
бўлдим бир оғиз дармонли сўзга,
Ҳар эр
дан изладим, топмадим ўзга,
Сенин
г кўзларингга келар ҳавасим...


(c)
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Старый 29.07.2009 19:31   #135  
uParty Member
Аватар для Gulnora Voisova
Оффлайн
Сообщений: 589
+ 1,042  486/242
– 0  0/0

Uzbekistan
Ризк насибам териб тангрим кулидан
Нечун шайтонларга хизмат киламан.
Ожиз иймоним ла,аросатни йулидан,
Токай юраман.
Качон одам буламан?!

Последний раз редактировалось Gulnora Voisova; 29.07.2009 в 19:33.
Ответить 
"+" от:
Старый 06.08.2009 04:04   #136  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Qalbga sig’may olam dardlari,
Ba’zan chuqur o’yga tolaman
Juda xomush bo’lgan paytlarim,
Bolalagim eslab qolaman…

Eslayman-u, ichimda bir joy,
Jiz etadi.
O’rtanadi jon…
“Oymoma” deb atalgan ey, oy -
Qayerdasan, qayda, bolajon?

Zumga bo’lsa ham o’sha damga,
Bo’lar edim jon-jon deb qaytgan…
Ba’zan ketsam edi quvilib,
Quvlamachoq o’ynagan paytga…

Arg’imchoqqa o’tirib olsam,
G’ubor qolmas ruhda, ham tanda
“Katta bo’lsam…” degan xayolni,
Qilmay qo’yar edim o’shanda…

Bekinmachoq istagan ko’ngil,
Shamol kabi yeladi goho…
O’tib ketgan yillar ortiga
Yashiringim keladi goho…

Bolaligim, oh, bolaligim,
Shaloladan sho’x bolalagim
Qaytib kelmas beg’ubor davrim -
Gunohlari yo’q bolaligim…

Ketib qolding… juda ham erta,
Endi seni qaydan topaman?
Sening bilan qilgan orzuni,
Bugun g’amlar bilan yopaman…

Kattalikni qilmagin tilak;
Oxiri yo’q o’ylagan ishing…
Biri tugab-tugamay yana,
Boshlanadi boshqa tashvishing…

Qalbga sig’mas bo’lsa dardlarim,
Bolaligim eslab qolaman…


London... 5 Avgust... 23:58
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Старый 16.08.2009 13:59   #137  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
G’alati she’r

Yuragimga qon kerak,
tomirda g’am oqmoqda.
Ruhimga-chi, jon kerak,
tanam olov yoqmoqda.

Dardlarimdan olam ham,
tor ko’rinar ko’zimga
Kundan kunga oxshamay,
borayapman o’zimga.

Gardanimga tap tortmay,
gunohlarni ortyapman.
Savob aravasini,
zo’rg’a-zo’rga tortyapman.

Borayapman, manzilim
abadiydek - beparvo,
O’zim totgan sharbatni,
o’zgaga ko’rmay ravo.

Boshqalar-la ishim yo’q,
menday xudbin bormikin?
Dushmanlar-ga oshno-yu,
do’stga dilozormikin?

O’tkazarman bugunim,
qulluq qilib gadoga.
Ertamni o’ylamayman -
tavakkaldir Xudoga.

Mana shunday bir kasman -
hammadan ham osiyroq.
Ko’nglimda mehr tanqis,
ishqdan ketganman yiroq.

Yuragimda qon yo’qdir,
bu tanamda jon yo’qdir,
barchasin tushunguvchi,
bitta mehribon yo’qdir…

Yolg’zioyoq yo’l uzoq,
yalang bosib o’taman.
Zulmat ichra quyoshni,
faqat Haqdan kutaman

Yorug’likka intilib,
nurdan topgum panohim.
Menga o’xshaganlarga
to’zim bergin Allohim…



(c) 14-16 Avgust… London
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Старый 16.08.2009 14:03   #138  
Аватар для Javohir Mahmudjonov
Оффлайн
"Sardorlar Maktabi" vs Ziyonet kurs
Sm&ZiyoNet
Сообщений: 235
+ 165  43/31
– 0  2/2

Uzbekistan
She'rlarga, ijodga oid yanada ko'proq mavzular bo'lishini istar edik.
__________________
sardorlar.zn.uz Ziyonet mahsus kursi bilan hamkorlikda ochilgan sayt.
Ответить 
Старый 17.08.2009 11:36   #139  
Аватар для Abror Qodirov
Оффлайн
"Stadion" gazetasi
Сообщений: 185
+ 226  143/68
– 4  0/0

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Isming unitsam

Gulhanga yoqib agar unitib bo’lsa
Ismingni yoqar edim birinchi bo’lib.
Suvlarga oqizib unitib bo’lsa
Isming oqizardim hoziroq borib.

Unitib bo’lganda yashab uzoqda,
Bu yerda bo’lmasdim ayni shu chog’da.
Birgina ismingni unitmoq uchun,
Bir umr yashardim sendan yiroqda.

Yuragim tubiga yo’l topgan kunim,
Boriboq u yerdan isming o’chirgum.
Aytishsa bu uchun kech dunyodan deb
Aniqki, o’shal kun dunyodan kechgum.

Afsuski ilojisin topa olmadim…

Abror
__________________
http://futbol-klub.uz
Ответить 
Старый 22.08.2009 04:19   #140  
Аватар для Abror Qodirov
Оффлайн
"Stadion" gazetasi
Сообщений: 185
+ 226  143/68
– 4  0/0

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Maylimi?

Qo'limga qalam olib osuda tunda,
Yodimga olibon o'shal Laylini
Qog'ozlar qoralab bir nafas - zumda
Xotiralarimga ketsam maylimi?

Ba'zida ma'yus-u, ba'zida shodon,
Goho kulib turgan, gohida hayron…
Qorachig'i kabi bu qaro tunda
Ko'zlaring qa'riga ketsam maylimi?

Zulmatdek qarodir kamondek qoshlar
Ummonga aylandi tomgan ko'zyoshlar.
Mayli, hayot o'zi bir yo'lga boshlar.
Ko'zyosh ummoningga ketsam maylimi?

Husningni bezardi qilgan har nozing,
Qulog'imda jaranglar hanuz ovozing.
Unutolmay aytgan har bitta so'zing,
Ovozingga qo'shilib ketsam maylimi?

O'rtanar, qo'ymaydi endi bu ko'ngil,
Ne qilarin bilmaydi - talvasada dil...
Tinchlanmas, ko'nmaydi, tortmaydi yengil,
Nolayu-fig'onga ketsam maylimi?

...Sh'erimdan mantiqni izlamang, do'stlar.
Tushunmoq o'zimdan o'zgaga mushkul,
Bu kecha hayolga kelgan bu so'zlar
Faqat his-tuyg'ulardir, mantiqmas butkul.

She'rim-la men yolg'iz qolsam maylimi?

Abror
__________________
http://futbol-klub.uz
Ответить 
Реклама и уведомления
Ответить

Метки
hero
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2020, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх