Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 05.10.2011 10:31   #1071  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Xudodan so'ragan edim ...

Bilardim dunyoda borligingizni,
Meningdek telbaga zorligingizni,
Sevgim asir etdi borlig'ingizni,
Men sizni Xudodan so'ragan edim...
Yig'lardim ko'zimni qoralar qilib,
Tig'lardim o'zimni poralar qilib,
Tunlarda uxlamay nolalar qilib,
Men sizni Xudodan so'ragan edim...
Bilmadim, men sizni qanchalar kutdim,
Aqiq lablarimda g'unchalar tutdim,
Sizni ko'rgan ondan o'zni unutdim,
Men sizni Xudodan so'ragan edim...
Samoda charx urgan qushlardan emas,
So'ngiga yetmagan tushlardan emas,
Oshnolardan emas, heshlardan emas,
Men sizni Xudodan so'ragan edim...
Hijron damlarini bo'lmaydi cheki,
Aslida baxt uchun yaralgan edim.
Sizga bo'lgan sevgim shunday edi-ki,
Men sizni Xudodan so'ragan edim ..!

(c)
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 05.10.2011 13:41   #1072  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Цитата:
Сообщение от Hero Посмотреть сообщение
Men sening yodingda qolmoqchi edim

Fuzuliy lutf etib ketgan bir zamon,
Go‘zallar vafosiz, aldoqchi dedim.
Yoningda qolishga yo‘q edi imkon,
Men sening yodingda qolmoqchi edim.

(C)
Tushunmadim !!! Bu she'r Iqbol Mirzo qalamiga mansubku ?! Qanaqasiga siz bu she'rni muallifi (C) siz!!! Mualliflik huquqi qayerda qoldi? Nahot bu ishingizni yaxshi deb o'ylasangiz . Xo'sh tushintirib beringchi, nega bunday qildingiz ? Izoh: mana bu yerga kirib ko'ring.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)

Последний раз редактировалось albatros; 05.10.2011 в 14:02.
Ответить 
Старый 05.10.2011 14:08   #1073  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от albatros Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Hero Посмотреть сообщение
Men sening yodingda qolmoqchi edim

(C)
Tushunmadim !!! Bu she'r Iqbol Mirzo qalamiga mansubku ?! Qanaqasiga siz bu she'rni muallifi (C) siz!!! Mualliflik huquqi qayerda qoldi? Nahot bu ishingizni yaxshi deb o'ylasangiz . Xo'sh tushintirib beringchi, nega bunday qildingiz ? Izoh: mana bu yerga kirib ko'ring.

albatros!
Balki Heroning o'zga she'rlarini ham tekshirib chiqarsiz, chunki mualliflik huquqiga rioya qilmay, shoirlar she'rini keltirib, muallifning nomini keltirmaslik forum saviyasiga ham ta'sir ko'rsatadi.
[MOD]Mavzu qoidalariga rioya qilmaganligi uchun Heroga chora ko'rildi.[/MOD]
Ответить 
"+" от:
Старый 05.10.2011 15:10   #1074  
Аватар для Aliya
Оффлайн
AKA:Aliya
Сообщений: 385
+ 597  718/286
– 4  5/3

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Meni hamma unutdi...

Bu hayot sohilida qumga chizilgan guldek
To'lqinlar mavj urganda jim yuvilib ketyapman...
Zamonlar charxpalagi o'tmishga ko'mgan kabi
Meni hamma unutdi...
Unutilib ketyapman...

Zamin yaralgan, beshak, shundan buyon hayot bor,
Yer bag'rida yo'q bo'lib ketgan qancha yomg'ir-qor...
Yuragim bir zarra nur - e'tiborga intizor,
Meni hamma unutdi...
Unutilib ketyapman...

Kecha ko'makka tayyor keng ko'chalar bugun berk,
Xo'rsinib termularman, umidlarim hayot lek...
Qachonlardir afsusli ko'zlarda qolgan yoshdek
Meni hamma unutdi...
Unutilib ketyapman...

Goho g'araz niyatni ko'mdilar iltifotga,
Orzularga aldandim, qul bo'ldim hayolotga,
Dunyolarni to'ldirib kelgandim bu hayotga,
Meni hamma unutdi...
Unutilib ketyapman...
Ответить 
2 "+" от:
Старый 05.10.2011 16:06   #1075  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
[MOD]Hero, "She'r aziz olam aro" mavzusida qo'yilgan she'rlaringizni tekshirib chiqdik.
She’r olingan sayt
1
Xudodan so'ragan edim ..she’ri
108 sahifa # 1078 - she’r
http://www.sherlar.uz/news/xudodan_s...11-10-04-11047
2.
Umirbod qolmayman..
104 sahifa 1031- she’r
http://sms.haqida.uz/smslar/hayotiy_...qolmayman.html
3
“Soatlar ham urib bong,”
103 sahifa 1021- she’r
http://www.voy.uz/load/1-55-0-19
4
Sog'inaman kimnidir....
103 sahifa 1027 -she’r
http://sms.sherlar.uz/load/9-1-0-5649 yoki http://forum.oqayiq.uz/viewtopic.php...4d75da3c0a28a7 74af66973
5
Qo'rqib yashayman...
103 sahifa 1028 -she’r
http://uz-kino.com/forum/45-2015-1

Keyingi safar she'rlarni joylashtirayotganda, agar she'r muallifi Siz bo'lmasangiz "Dildagi satrlar" mavzusiga muallifini ko'rsatgan holda joylashtiring. Aks holda qat'iy chora ko'rishga majburmiz.[/MOD]
Ответить 
Старый 05.10.2011 21:02   #1076  
Real ID Group uParty Member Ultimate
Аватар для Shokir Dolimov
Оффлайн
Ҳарбий пенсионер
Сообщений: 3,959
+ 6,220  7,278/2,050
– 77  332/176

UzbekistanFacebook
Имзосига қараганда: «Oхirini o'ylagan hech qachon qahramon bo'lmaydi». Кимларнингдир муаллифлик ҳуқуқини ўйлаб, бошини оғритиб ўтирадими?! Шартта қаҳрамонлик кўрсатди, қўйди-да. Ахир у Hero-ку!
__________________
Тилга эътибор - элга эътибор! http://dolimov.zn.uz/ - ЧҚБТ фани ўқитувчисига
Ответить 
2 "+" от:
Старый 06.10.2011 08:07   #1077  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Tick

Цитата:
Сообщение от albatros Посмотреть сообщение
Tushunmadim !!! Bu she'r Iqbol Mirzo qalamiga mansubku ?! Qanaqasiga siz bu she'rni muallifi (C) siz!!! Mualliflik huquqi qayerda qoldi? Nahot bu ishingizni yaxshi deb o'ylasangiz . Xo'sh tushintirib beringchi, nega bunday qildingiz ? Izoh: mana bu yerga kirib ko'ring.
Kechirasizlar mani telefonimga kelgandi bilmagandim
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
"+" от:
Старый 06.10.2011 11:05   #1078  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Соғинди кимлар
Хабаримни соғинди кимлар
Оффтопимни соғинди кимлар
ПМимни кутганлар ҳам бор
Флудимни соғинди кимлар

Оффтопчи деб штраф бердилар оҳ
Банга баллим етмади бироқ
Гоҳ рид онли томонга учдим
Гоҳ алтимейт унвонин олдим

Троллимни соғинди кимлар
Флудимни соғинди кимлар
юПатида кутганлар ҳам бор
Ичишимни соғинди кимлар

Реал айди ҳавасидан кеч
+ларнинг ҳаммасидан кеч
Админлар ва модераторлар
Тириклайин гўрингга тиқар

Олдиндадир ҳали узун кун
Олдиндадир ҳали узун тун
Уйимда ҳам кутганлар ҳам бор
Қайтишимни соғинди кимлар

(с)Булғағоний
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 06.10.2011 11:46   #1079  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от OmoN Посмотреть сообщение
...Реал айди ҳавасидан кеч
+ларнинг ҳаммасидан кеч
Админлар ва модераторлар
Тириклайин гўрингга тиқар

(с)Булғағоний
Цитата:
Ermas oson bu maydon ichra turmoq,
Forumchilar panjasiga panja urmoq...
OmoN boshlabon ahvolidin rivoyat,
Qildi bu fasonani hikoyat.
"+", "-"larni sanab raqamni chekdi,
Tahriri uchun so'zi alamni chekdi.
Xabar qoldirmoqchi edi jovidona,
Maqsudi emas edi fasona.
Mazmunig'a bo'ldi ruh mayli,
O'ylab qoldik ash'or tufayli.
Va lekin mayli, chiqardik mazmun,
Ul mazmundan bo'ldi ko'ngul mahzun.
Yuqoridagi xabar edi "firoqnoma",
Ul she'r emas, balki bir xom noma.
(c)
Ответить 
4 "+" от:
Старый 07.10.2011 09:41   #1080  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Yolg'on sevgi


Charchadim sevgining yolg'onlaridan
Qaydanam uchratdim? Qaydanam sevdim?
Nima topdim ayting baxtmi, shodlikmi?
Yo'q. Yo'q. Unday emas. Men o'tda kuydim.

Endi yuragimga abadiy muhr
Sevgining alamli aks-sadosi.
Ishqning malikasi bo'lay dedim, lek
Bo'lolmadim. Chunki men uning gadosi.

Barchindek sevgimga kuch bo'lmoqchidim
Biroq Alpomishdek bo'lmadi yorim.
Bo'lmadi Farxoddek, bo'lmadi Majnun
Men kimga aytayin ohim-u zorim?

Necha yil yig'ladim muhabbatim deb,
Ko'z yoshlar daryodek oqdi-yu ketdi.
Bu azob, bu alam, bu siqilishlar
Ey, xudo juda ham jonimga tegdi.

Yordam ber Ollohim uni unutay
Undan ko'rganlarim sitamlarni ham.
Qalbimdagi kuygan jarohatlarga
Ber tangrim, topib ber o'zing bir malham.

Yaralarim bitsin o'rni qolmasin
Gul unsin hosilsiz tuproqlarimdan.
Nur bergin zimiston hayotimga ham
Qoqilmay ketay umr so'qmoqlaridan.

Оффтоп:
mualifini bilmayman
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
Ответить

Метки
hero




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх