Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Регистрация
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 03.09.2008 20:57   #41  
Real ID Group
Аватар для Komil Eriev
Оффлайн
Сообщений: 67
+ 52  61/35
– 0  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Komil Eriev с помощью YahooОтправить сообщение для Komil Eriev с помощью Skype™
Ishqdan bo'lak ishim yo'qday, onajon,
Anov qizning yuzi cho'g'day, onajon.
Bir kun kelib sevib qolar o'sha qiz,
Degan so'zga ko'nglim to'qday, onajon.

Yuragimda dardlar yotar qatlanib,
Xayolimni bosar xazonlar to'kis.
Yashayapman bitta so'zga aldanib:
"Bir kun kelib sevib qolar o'sha qiz".

2006 yil
__________________
Har doim ham haqligingga ishonaverma!:offtopic:
Ответить 
Старый 04.09.2008 10:43   #42  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Маюс термуламан; кузак шамоллар,
Хазонрезги баргни айлар чирпирак.
Чалкашиб кетади орзу-хаёллар,
Ва бирдан йиғлашни бошлайди фалак.

Олислаб боради қушлар жаранги,
Қалбимдек хирадир осмоннинг ранги,
Умримнинг бошланди яна бир тонги,
Субҳидам нафасин туймайди юрак.

Қайдадир чалинар “Чўл Ироқ” куйи,
Теграмда чарх урар келажак ўйи,
Барглар тўкилмоқда сарғайган куйи,
Дардини айтолмай жони минг ҳалак.

Шудрингдан намланар томларнинг ости,
Яшилни сариқлик уммони босди,
Сиқилиб кетибсан, сўйлагин ростин,
Қайларда бўзладинг, малласоч малак?

...Ҳисларим ҳазон-ла уйғун: бемажол,
Само қовоқ уяр, қуёш ҳам беҳол...
Йўқолиб бормоқда кўкдаги ҳилол,
Меҳрга ташнадир у ҳам мен каби...

Маюс термуламан кузак шамолга...


©
2006 yil...
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Реклама и уведомления
Старый 05.09.2008 18:36   #43  
Аватар для Anvar Latipov
Оффлайн
TDIU
Talaba
Сообщений: 46
+ 25  23/14
– 0  3/1

Uzbekistan
AVTO BEKATIDA

O’sha – meni hech kim sog’inmagan shom,
Avto bekatida hayrona turdim.
Boshimni ko’tarib boqdim bir zamon,
Qarshimda bir yigit, bir qizni ko’rdim.

Yigitning paltosi... Yo’q, yodimda yo’q...
Aniq, ko’m-ko’k edi qizning paltosi.
Bellarini quchgan belbog’i ham ko’k,
Hatto ko’m-ko’k edi to’rtta tugmasi...

Yigitning ko’zlari... Eslay olmayman...
Oshkor jaranglatib pinhon o’yini,
Qizning ko’zlarida yoqardi gulxan,
Erkalik va ishqning ma’sum quyuni...

Yigitning yuzida bilmayman, nima...
Ammo qizning yuzi qarshimda ayon:
Uni ko’mgan edi gulgun shafaqqa,
Muhabbat – eng moviy pokiza osmon...

Qor bo’lsa yog’ardi, qizning boshidan,
Kumush tangalarni ayamay sochib.
Shamol titar edi – ko’zi, qoshiga,
Manglayiga tushgan bir tutam sochin.

Yigit... Yigit bilan qancha ishim bor!
Ammo qiz yigitni shunday suyardi –
Ki, goh termulardi hazin, beozor,
Goho qo’llarini ushlab qo’yardi.

Toshkentday shaharda, balki dunyoda,
Yagona – hammadan go’zal edi qiz.
Chiqmasa ham telba orzum ro’yobga,
Bo’zlab qarshisiga cho’kkim keldi tiz!

Yigit... Ammo seni nega o’ylayman,
Hozir ham havasdan muzlaydi etim...
Men qorli bekatda vayron turgan shom,
Sen mendan – hammadan baxtiyor eding.


P/S: Uzr, bu erga hamma o`z ijodidan namuna qo`yar ekan. Men shoir emasman, lekin yurak dardi soyasidagi misralarni ko`rganda o`zimni tutib tura olmayman.

Последний раз редактировалось Anvar Latipov; 05.09.2008 в 18:41.
Ответить 
Старый 06.09.2008 22:12   #44  
Real ID Group
Аватар для Komil Eriev
Оффлайн
Сообщений: 67
+ 52  61/35
– 0  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Komil Eriev с помощью YahooОтправить сообщение для Komil Eriev с помощью Skype™
* * *
Ey Sheriyat,
Bitta shirin yolg'on so'zga
Tars yorilgan yurakmisan?
Dardim uqmas sendan o'zga-
Onamdan ham kerakmisan?

Aso tutgan ojizlarning
Qo'ri bo'lmas. Basirmisan?
Dili bekik hur qizlarning
Nigohiga asirmisan?

Yurak yonar o'choqlarga
Sovuq solar ayozmisan?
Ikki otash quchoqlarda
Shivirlagan ovozmisan?

Bulbul tilin tishlab ketgan
Daydi, bedov nasimmisan?
Qizg'aldog'i tashlab ketgan
Menginaga nasibmisan?

Ey Sheriyat,
Kimligingni aytay o'zim,
Qaysar bo'lma, avval tinchi...
Barmog'imga asir tushgan
Qalamimning sen o'tinchi.

Har ne shirin kalomlarga,
Qoq bo'lingan yurak bo'lma!
Yuragi yo'q odamlarga
Xaschalik ham tirgak bo'lma!

Ey Sheriyat,
O'tinch dedim..., ayoz dedim...,
Kapalaksan guldan xushro'y.
Qanotingga salom yozdim,
Qizg'aldoqqa etkazib qo'y.

2006 yil
__________________
Har doim ham haqligingga ishonaverma!:offtopic:

Последний раз редактировалось Komil Eriev; 06.09.2008 в 22:23.
Ответить 
Старый 06.09.2008 22:22   #45  
Real ID Group
Аватар для Komil Eriev
Оффлайн
Сообщений: 67
+ 52  61/35
– 0  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Komil Eriev с помощью YahooОтправить сообщение для Komil Eriev с помощью Skype™
Цитата:
Сообщение от Anvar Latipov Посмотреть сообщение
AVTO BEKATIDA

O’sha – meni hech kim sog’inmagan shom,
Avto bekatida hayrona turdim.
Boshimni ko’tarib boqdim bir zamon,
Qarshimda bir yigit, bir qizni ko’rdim.
...
Yanglishmasam, Bu - Shoir Usmon Azim satrlari!!! (Albatta, dilga yaqin, juda yaqin misralar.)
__________________
Har doim ham haqligingga ishonaverma!:offtopic:
Ответить 
Старый 09.09.2008 14:55   #46  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Tanbur nola qilmoqdadir, taratib mungli navo,
Tor atalmish sovuq simdan titramoqdadir havo.
Ingramoqda tanbur go'yo dardiga izlab davo,
Ammo, dardga befarq bo'lib, kular charxi-bedavo...

Bu dard balki yor qalbida qolgan hijron dardimi?
Balki Mashrab charxga qarshi qilgan isyon dardimi?
Yo Ulug'bek yuragida yongan armon dardimi?
Go'yo unga daxli yo'qday kular charxi bedavo...

Kutaverib sabr kosasi to'lganlarning dardi bu,
O'z elida yashab xor-zor bo'lganlarning dardi bu,
Gul bahorin ko'rolmayin o'lganlarning dardi nu,
Lek, latifa eshitganday kular charxi bedavo...

Bunday mungli kuydan hatto kesakdan chiqdi uchqun,
"Dod" degancha hatto toshlar yog'day eridi butun,
Hatto tog'lar bag'ri titrab bo'ldi-yu ostin-ustin,
Lekin hech ta'sir etmayin kular charxi bedavo...

Oxiri torlar uzildi, go'yo otilganday tosh,
Tanbur sindi bu dardlarga berolmayin hech bardosh,
Bu qayg'udan hatto so'qir ko'zlardan ham chiqdi yosh,
Ammo, hamon qah-qah urib kular charxi bedavo...

Aziza To'lqin qizi
Ответить 
Старый 09.09.2008 15:05   #47  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Qaylarga yeladi bu tezkor zamon,
Manzili qayerda bu uchqur otning?
Ko'z ochib yumguncha ulgurolmayin,
Ko'p qismi qolibdi ortda hayotning...

Ey, shiddatli davr, dam olgin biroz,
Ixtiyoring bo'lsa qo'lingda agar.
Tin olmoq istayman, ey uchqur tulpor,
Kechagi kunimga tashlayin nazar...

Aziza To'lqin qizi
Ответить 
Старый 10.09.2008 11:34   #48  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Кетяпман келажак остонасига,
Қўлда дард туфайли сарғайган дафтар
Кетяпман тақдирим кошонасига,
Яшаган кунимдан бўлиб минг мустар…

Кетяпман…
Ортимга қарагим келмас,
Йўлимда ғам-ташвиш – сочилган тикон.
Ҳаёт тўсиқлари асло кор қилмас
Изимдан изтироб йиғлаяпти қон…

Кетяпман, узоққа… бироқ ёнимдан
Оққан сув қадрини билмасдан, забун…
Исмим ҳам чиққандек бўлар ёдимдан,
Эсимга солади илоҳий бир ун.

Кетяпман…
Баҳорни ташлаб фироққа,
Ва сенга айтмасдан бирор оғиз сўз…
Кетяпман бу ердан жуда йироққа,
Шерикка олмасдан бирота ҳам дўст…

Кетяпман, сўргани умр – бу нима?
Сочимга оқ нега оралар бевақт…
Билгани ёлғоннинг уйин ким қурган?
Не учун мухтасар келар экан бахт…

Кетяпман…
кўзларим очиқ бўлса-да,
Кўрмасдан ёнимдан ўтган одамни.
Қолдириб ортимдан бир мисра шеъру,
Ёлғонга кўмилган нурсиз оламни…

Кетяпман…
яшашдан мақсад қидириб…


2007 йил
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Старый 18.09.2008 11:59   #49  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Sen menga keraksan,
Yuragim misol...
Ko'ksimda tinmayin urguvchi yonib.
Tun uyqu oldidan sendadir hayol
Tinchingni o'ylayman sahar uyg'onib,

Sen menga keraksan,
Bahor nafasi,
Qalbimdek yashnasa va ochsa chiroy.
Qirmizi lolalar qonimdek jo'shib,
Adirlar bag'rida qurganda saroy..

Sen menga keraksan,
Ko'klam sabosi,
Go'zal bog'-rog'larni sayr etganda.
Erta tong uzoqdan azon sadosi,
Samimiy qalblarga borib yetganda...

Sen menga keraksan,
Jannnatim o'zing,
Joningga payvasta bo'lsin shu jonim,
Yulduzim topadi albat yulduzing,
Judayam sog'indim, ey mehribonim...

Sen menga keraksan,
Issiq, sovuqda,
Baxtda ham, qayg'uda bo'lguvchi hamroh,
Qishdami, yozdami, borda yo yo'qda,
Taqdirlar birga shoddir, Insha Alloh.

Sen menga keraksan... judayam kerak...


2008 yil...Sentyabr
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"–" от:
Реклама и уведомления
Старый 19.09.2008 11:51   #50  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Ne sabab uyqumda yo'qdir halovat,
Hayolim har yerga olib qochadi.
Dardimni to'kkani hech kimsa yo'qdir,
Qora tun "kel" deya bag'rin ochadi.

Zimiston tun bilan qurdim men suhbat,
Dardimni tinglarmi deb o'ylab edim.
Dunyoning ishlari, do'stlik, hiyonat,
Muhabbat haqida men so'ylab edim.

Derdim, tun qa'riga singib ketardi,
Bilmadim, og'irlik qildimi unga...
Qop-qora chodirin yeg'ishtirdi-yu,
Tun asta o'rnini bo'shatdi kunga...

Aziza To'lqin qizi
Ответить 
Ответить

Метки
hero
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2020, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх