Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 29.07.2010 01:08   #751  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Hasta iymon

Bugun juda g'alati tush ko'ribman. Ikkita to'ladan kelgan tilli burro o'rta yashar hotin ja'g'i-jag'iga tegmasdan, bir olib, biri qo'yib menga huddi bozorda narsa sotayotgandek, "mana shunga ham rozi bo'ling endi," "bunisi ham zo'r" deb yotganmish. Savdo nima haqidaligini uyqumda aniq ilg'amadim, ammo bir olmaning ikki pallasidek bir-biriga o'xshaydigan bu shallaqiroq ayollar menga negadur yoqmadi va o'zimdan o'zim ularga qarab durib "La ilaha illolloh, muhammadun rasulolloh," debman. Ularning yuzi burishib ketdi. Men yana bir marta kalimani qaytarib, "Ahir sen shaytonul la'insanku!" debman.....

Shunda, ikkala ayolning ham odam qiyofasidagi terisi ko'chib tushib, irganch, hasharotga o'xshash ikkita jism qoldi. Men sarosimaga tushib kalima qaytarishda davom etarkanman, ikkala jism bitta bo'lib birlashdi, badbashara, qo'rqinchli mahluqqa aylandi. Men esa "Shaytonul la'in, ahir bu shaytonul lai'n ku!" dermishman. Dahshatga tushganimdan Oyat Al Kursiyni ayta boshladim, qayta-qayta aytaverdim, mahluq g'oyib bo'lib, men esa boshqa joyda paydo bo'libman.

Dahlizga o'xshagan honada ko'rinishidan yaxshi odamlarga o'xshagan 4-5 kishi katta tog'orani ichida yotgan, ko'rinishidan juda ham hasta bir odamni tog'oradan ko'tarmoqchi bo'larmish. U odamlarning birontasini yuzini aniq ko'rmadim, ammo negadur yaxshi ekanliklarini his qildim. Hayron bo'lib yaqinroq bordim, tog'orani ichi aynib ketgan, iflos suvga to'la emish, ichida yotgan (yuzini ko'rmadim) esa "yo'q, yo'q, tegmanglar, og'riydi," dermish, holsiz. Shunda yaxshi odamlar birdan uni dast ko'tarib, tog'orani yoniga yozilgan toza ko'rpachani ustiga olishdi. Unda oyoq-qo'l yo'q edi, faqat bosh va yara va yiring bosib ketgan tana bor emish holos. "Hoy odamlar, nima qilyapsizlar, bu kim (yoki nima dedimmi)," deb baqirib yuboribman, dahshatga tushgan holda. Shunda kimdur "Bu sening iymoning...." dedi.....va men uyg'onib ketdim.....Dahshatdan butun badanim titrardi, terga botib ketgandim, haligi mahluq, yaralangan jism, va "bu sening iymoning" degan so'zlar miyamda quyundek aylanardi.....

Hamma narsani Olloh bilguchiroqdir, lekin mana shunday hasta uymon bilan o'lishdan juda-juda qo'rqaman.....

(c) Ahad Abdurahmonov
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 29.07.2010 02:20   #752  
Аватар для Tulaganov
Оффлайн
Администратор сайта: www.SHOU-STARS.uz
Сообщений: 28
+ 12  3/1
– 0  2/1

Uzbekistan
Dildagi satrlar... Bekatda avtobus kutayotib bugun yozdim. Adashmasam kechqurun soat 21:00 edi...

Omadni qidirib tushdim men yo'lga
Bordim bekatning so'ngiga qadar
Izladim sargardon bo'lib ovora -
Va yo'lning so'ngida qolmadi chora

Kimni izlayapman yoki nimani
Hayolan kimnidur chizaman go'yo
Shunda ko'raman ko'zlarida yosh
Bir inson aytadi takror va takror

Ey Inson! Quloq sol mening so'zimga
Yoningda-ku ahir baxt-u omading
Tentakka o'xshab bekordan - bekor
Izlab yurma uni, bo'lib bechora!
Ответить 
Старый 29.07.2010 02:44   #753  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Tulaganov Посмотреть сообщение
Dildagi satrlar... Bekatda avtobus kutayotib bugun yozdim. Adashmasam kechqurun soat 21:00 edi...

Оффтоп:
She'rdagi g'oya chiroyli-ku, lekin qofiyalar qochib qolibdi-ku... Birinchi to'rtlikdagi "ovora" bn "chora" dan (aytgancha, oxirgi to'rtlikdagi "bechora" ham ularga qofiyadosh ekan) boshqa qofiyalarni topa olmadim... Yo to'gri o'qiy olmadimmi?
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"+" от:
Старый 29.07.2010 09:47   #754  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Оффтоп:
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
She'rdagi g'oya chiroyli-ku, lekin qofiyalar qochib qolibdi-ku...
Тўлаганов ҳали абитуриент. Сиздай бўлгунча анча қалами чархланиб қолади...
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 29.07.2010 12:04   #755  
Аватар для Tulaganov
Оффлайн
Администратор сайта: www.SHOU-STARS.uz
Сообщений: 28
+ 12  3/1
– 0  2/1

Uzbekistan
Abiturientlik gashti boshqacha bo'lar ekan... Yo'lda ketayotib ilhom kelib qoldi. Keyin telefonimning "DRAFTS"iga saqlab qo'ydim. Uyga kelib, forumni ochsam shunday sahifa Keyin dilimdagi satrlarni joyladim...
Sizdek ustozlardan bilimlar olib qalamimizni charhlaymiz-da ustoz.
Ответить 
Старый 04.08.2010 17:24   #756  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Бу шеър аввал ҳам эълон қилинганми-йўқми эсимда йўқ. http://uff.uz сайтидаги бир мухлисанинг ижодидан.
Цитата:
Сен ўзингни севасан,
Сенга ўзинг ёқади.
Энди сенга барибир
Ким қанақа боқади.

Мундиал орзусини
Футбол ичра кўмгансан,
"Боримиз шу" - деб ҳатто
"Қабр тоши" қўйгансан.

Ачинмайсан ғалабанг
Арабларга тутқазсанг.
Хурсанд бўласан гоҳо
Корейсларга ютқазсанг.

Ҳожибойнинг гапларин
Ҳазилга ҳам йўймадинг.
ЖАРга музқаймоқ учун,
Борарман деб ўйладинг

Ҳар тўрт йилда сўз бериб,
Дейсан менинг камим йўқ.
Мен чаққонман мен зўрман,
Мундиалдан ғамим йўқ.

ЖЧ яқинлашганда
Ваъдани унутасан.
Узр сўраб бор тўрт йил,
Мундиални кутасан.

Мухлисларинг кўп лекин,
Сен улардан "қарз эмас".
Мундиал боришингга
Ҳеч бириси "арзимас".

Хомуш тортар ғарбликлар,
Дурангларинг санашиб,
Сенга эса турибди,
Мағлублик ҳам "ярашиб".

Ғарб ғарбу шарқ шарқ эрур,
Ҳаммаси ўз ҳолича
Қабул қилинг дўстларим,
Термамизни борича.

Таъналардан ва лекин
Қутулмайсан билиб қўй!
Бразилия бормасанг
Бутсанг михга илиб қўй!
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 05.08.2010 10:39   #757  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Nigora Tursunova
Оффлайн
Сообщений: 229
+ 357  309/121
– 1  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от OmoN Посмотреть сообщение
бир мухлисанинг ижодидан.
КВН ижодкорлари ижодидан.

Цитата:
Йўқотилган ҳар фурсат йилча бўлурму ҳай-ҳай,
Шунчалар шафқат билмас, терма бўлурму ҳай-ҳай.
Ўйнашинг ҳам бир нафас тинч қўймас ҳаёлимни,
Зарбалар ҳам аллам бало гулча бўлурму ҳай-ҳай.

Рақибнинг ҳар ҳужуми тус олар, хавфли ҳар гал,
Ҳимоянг нозиклиги қилча бўлурму ҳай-ҳай.
Ҳужумингга ҳам гап йўқ, йиғлатар, инфаркт қилар,
Рақиб тепган ҳар зарба голча бўлурму ҳай-ҳай.

Ғалаба деган тўйғу кетди қулоғи ушлаб,
Гол урмай, гол ўтказиш шунча бўлурму ҳай-ҳай.
Мундиал умидидин дунёдан ўтиб боргум,
Қаноатда фанатлар филча бўлурму ҳай-ҳай.
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео

Последний раз редактировалось Nigora Tursunova; 05.08.2010 в 10:57.
Ответить 
Старый 06.08.2010 13:27   #758  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Tarbiya
Kengga keng dunyo,
Torga tor dunyo.
Xalq maqoli


Birinchi mashg'ulot
Jindakkina fe'lingizni
Kengroq qiling, domlajon.
Shunda sizga ko'ringaydir
Ko'p g'alati bir jahon.
Do'ppingizni olib avval
Qarang u yon-bu yonga,
Duch kelgaysiz eng avvalo
Hayot degan ummonga.
Unda sizdan bo'lak yana
Yashaydi ko'p odamlar,
Yelkasida va yo shodlik,
Va yo tashvish, yo g'amlar.
Dunyoyi xos deb atalgan
Bir makon bu, har qalay,
G'am-tashvishlar qatorida
Shodlik ham bor bir talay.
Bimam nechun sizning nigoh
Bir nuqtada qotmishdir,
Cheksiz dunyo sizdan
Yuz o'girib yotmishdir.
Keng bo'lsangiz u choq sizga
Ochilg'aydir ko'p sirlar,
Ko'ringaydir ko'hna moziy
Va kelajak asrlar.
Himmat nuri ko'zingizni
Yoritolsa biror on,
Ruhingizga himmatlar ham
Yog'ilgaydir begumon.
Xo'ja Hofiz devonida
Bulbul sayrar siz uchun,
Oh, naqadar go'zal erur,
Bu tiriklik, bu ochun.
Musiqa bor bu dunyoda,
She'riyat bor, safo bor,
Xuddi go'dak kulgusidek
Muhabbat bor, beg'ubor.
Moviy ko'kka boqib tinglang
Turfa qushlar nolasin.
Endi aziz kallangizni
Burib bu yon bir qarang,
Tovlanadi tegrangizda
Yaproqchalar tilla rang.
Siz ularning holiga ham
Boqing xolis niyatdan,
Yaproq umri bitsa hamki,
So'zlar abadiyatdan.
Qarang, nechog' go'zal erur
Qir-adirlar zangori,
Shunday paytda dilni o'rtar
Mangu yashash xumori.
Jildiragan ariqchaga
Bir zum qarab turgaysiz,
Ishonaman, siz unda tog',
Qorliklarni ko'rgaysiz.
Ochilgaydir qarshingizda
Yuksak yurtlar jamoli,
Cho'qqilarga chirmashgaysiz
Tog' serkasi misoli.
Oqshom cho'kar va qo'zg'olar
To'rt tarafdan shamollar,
Og'ushiga olgay sizni
Ko'p ajoyib xayollar.
Yulduzlarga termulgaysiz,
Uchgaysiz ham samoga,
Ko'z tashlarsiz kengliklarga,
Ufqlarga, dunyoga.
Qalbingizda na adovat,
Na hasad bor, na kadar,
Ruhingizda ulug'vorlik
His qilgaysiz bir qadar.
Endi yerni fahm etgaysiz,
u nok kabi yo'q bandi,
Domla, mo'jaz shu nok uzra
Yashar odam farzandi.
Odam esa sizga qavmdir,
Zamondoshdir, o'lkadosh,
Biror yirtqich daf qilganda
Yoningizda yelkadosh.
Aniq sharif shajarangiz
Qarshingizga kelsin sal,
Siz ham odam farzandisiz,
Unutmangiz hech mahal.
Ruhingizni cho'lg'amasa
Nogahoniy bir balo,
Miyangiznng tarhi endi
Ochilg'aydur inshoollo.

Abdulla Oripov
Ответить 
2 "+" от:
Старый 06.08.2010 13:30   #759  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Arslon chorlaganda

Biz ham yuksaklarga tikkandik ko'zni,
Bizda hm bor edi matonat, bardosh.
Arslon chorlagandi qoshiga bizni
Lekin qumursqalar bo'ldi safardosh.

Jam'i tiriklikka tanish shu xatar,
Qumursqa yaralgan yoppa talarga.
Do'stim, alam qlar, arslon bexabar,
Yem bo'lib ketsak bu qumursqalarga.

Abdulla Oripov
Ответить 
2 "+" от:
Старый 07.08.2010 01:32   #760  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Dildor zarifdir, gunohi shuldir,
Zeboi latifdir, gunohi shuldir.
Bormi sira aybiki qochurlar undan,
Ul aybdan afifdir, gunohi shuldir.

(M. Rumi)
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх