Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ЎЗБЕКОНА > Ўзбекистон ва дунё янгиликлари
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ўзбекистон ва дунё янгиликлари Дунёда бўлаётган воқеаларга оид янгиликлар, хабарлар ва тафсилотлар


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 11.06.2010 12:33   #581  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Bekmirzo Посмотреть сообщение
qo'shiq matnini yozib qoldira olasizmi? Internetdan topolmayapman...
Ок. Обеддан кейин ёзишга ҳаракат қиламан.
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 11.06.2010 13:32   #582  
Known ID Group
Аватар для Bekmirzo
Оффлайн
Сообщений: 1,253
+ 1,042  1,526/636
– 63  80/43

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение

Takroran ko'rsatisharmikan?
Bunisini bilmadim-u, ammo UzA koncert haqida xabar chiqaribdi:

Цитата:
Сообщение от UzA
San’at xalqlar do‘stligini mustahkamlashga xizmat qiladi O‘zA, Olim To‘raqulov, 10.06.2010 22:23
Madaniyat va san’at hamisha xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qilib kelgan. Jozibali musiqani tinglash, raqslarni tomosha qilish uchun tarjimonga ehtiyoj yo‘q.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning siyosiy va iqtisodiy hamkorligi, ular o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonchning mustahkamlanishida ham madaniyat va san’at muhim o‘rin tutadi. SHHTning har bir sammiti doirasida tashkilotga a’zo mamlakatlar san’ati namunalaridan tashkil etiladigan konsert buning tasdig‘idir.
Bu SHHTning Toshkent sammitida ham o‘zining yorqin ifodasini topdi. 10 iyun kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida mazkur sammit ishtirokchilari uchun konsert namoyish qilindi.
Soat 17.00. Zalga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintao, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Osif Ali Zardoriy, Mo‘g‘uliston Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj, Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Hamid Karzay kirib keladilar.
Yig‘ilganlar oliy martabali mehmonlarni gulduros qarsaklar bilan kutib oladilar.
Sahnada o‘zbek, rus va xitoy tillarida qutlov so‘zlari yangraydi.


Xonandalar Azamat Muhammadjonov, Umid Isroilov, Nilufar Ergasheva, Barno Ismatullayeva va xor jamoasi ijrosida “Tinchlik taronasi” qo‘shig‘i yangraydi. Tinchlik, do‘stlik, yaqin qo‘shnichilik, hamkorlikni madh etuvchi ushbu tarona yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etadi.
Har qanday tantananing muhim belgisi bolalarning quvnoq o‘yin-kulgisi, sho‘x-shodon qiyqiriqlari, desak, xato bo‘lmaydi. Sahnani “Tomosha”, “Bulbulcha”, “Baxtli bolalik” bolalar guruhlari qatnashchilari egallaydilar. Ular “Musaffo osmon” musiqiy-xoreografik kompozitsiyasini ijro etadilar, “Gullar ochilganda” qo‘shig‘i yangraydi.
O‘zbekiston san’at ustalari “Bir qamar siymoni ko‘rdim” romansini, Pyotr Chaykovskiyning fortepiano va orkestr uchun Birinchi konsertidan parcha, “Tong” romansini (Rujero Leonkavallo), “Don Kixot” (Lyudvig Minkus) baletidan lavha, “Traviata” (Juzeppe Verdi) operasidan Violetta ariyasini ijro etadilar.


O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi magistranti Oygul G‘ulom qizi ijrosida “Mening suyukli Xitoyim”, xonanda Tamilla Kurmakayeva ijrosida “Go‘zal diyor” deb nomlangan qo‘shiqlar xitoy tilida yangradi.
Rahim Mirzakamolov “Korobeyniki”, Jenisbek Piyazov “Piter ko‘chasi bo‘ylab” rus xalq qo‘shig‘ini ijro etdi.


Munojot Yo‘lchiyeva, Zulayho Boyxonova, Matluba Dadaboyeva, Farrux Zokirov, Ozodbek Nazarbekov va boshqa san’atkorlar “Yalla”, “O‘zbekiston”, “Ayqulash”, “Sabo”, “Ofarin” ansambllari ishtirokida biri-biridan go‘zal va jozibali o‘zbekcha, qozoqcha, qirg‘izcha, tojikcha, turkmancha, qoraqalpoqcha qo‘shiq va raqslarni ijro etadi.


Muyassar Razzoqova va Avaz Rajabov ijrosidagi “Inson azizdir” qo‘shig‘i konsertning avj pardasi bo‘ldi. Ushbu tarona insonlarni mehr-oqibatli bo‘lishga chorlab, bir-birini asrab-avaylash va e’zozlash madhiyasi sifatida yangradi. Qo‘shiqda kuylangan “Yurakdan yurakka nur yog‘sin faqat!” satrlari SHHT oliy maqsadlariga hamohangligi bilan alohida e’tibor tortdi va konsertning badiiy-g‘oyaviy mazmun-mohiyatini namoyish etdi.

http://uza.uz/uz/politics/12828/
Ответить 
"+" от:
Старый 11.06.2010 14:12   #583  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Bekmirzo Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от UzA
San’at xalqlar do‘stligini mustahkamlashga xizmat qiladi O‘zA, Olim To‘raqulov, 10.06.2010 22:23
...Yig‘ilganlar oliy martabali mehmonlarni gulduros qarsaklar bilan kutib oladilar.
Sahnada o‘zbek, rus va xitoy tillarida qutlov so‘zlari yangraydi.
Xonandalar Azamat Muhammadjonov, Umid Isroilov, Nilufar Ergasheva, Barno Ismatullayeva va xor jamoasi ijrosida “Tinchlik taronasi” qo‘shig‘i yangraydi. Tinchlik, do‘stlik, yaqin qo‘shnichilik, hamkorlikni madh etuvchi ushbu tarona yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etadi.
Har qanday tantananing muhim belgisi bolalarning quvnoq o‘yin-kulgisi, sho‘x-shodon qiyqiriqlari, desak, xato bo‘lmaydi. Sahnani “Tomosha”, “Bulbulcha”, “Baxtli bolalik” bolalar guruhlari qatnashchilari egallaydilar. Ular “Musaffo osmon” musiqiy-xoreografik kompozitsiyasini ijro etadilar, “Gullar ochilganda” qo‘shig‘i yangraydi.
O‘zbekiston san’at ustalari “Bir qamar siymoni ko‘rdim” romansini, Pyotr Chaykovskiyning fortepiano va orkestr uchun Birinchi konsertidan parcha, “Tong” romansini (Rujero Leonkavallo), “Don Kixot” (Lyudvig Minkus) baletidan lavha, “Traviata” (Juzeppe Verdi) operasidan Violetta ariyasini ijro etadilar.
Munojot Yo‘lchiyeva, Zulayho Boyxonova, Matluba Dadaboyeva, Farrux Zokirov, Ozodbek Nazarbekov va boshqa san’atkorlar “Yalla”, “O‘zbekiston”, “Ayqulash”, “Sabo”, “Ofarin” ansambllari ishtirokida biri-biridan go‘zal va jozibali o‘zbekcha, qozoqcha, qirg‘izcha, tojikcha, turkmancha, qoraqalpoqcha qo‘shiq va raqslarni ijro etadi.
http://uza.uz/uz/politics/12828/
Rahmat, konsertni ko'rganday bo'ldim.
Faqat xabarni yozayotganda muxbir xatoliklarga yo'l qo'ymaganmikan "Ijro etdi" o'tgan zamon fe'li o'rniga, hozirgi kelasi zamon fe'lini qo'llab?!..
Ответить 
Старый 15.06.2010 15:41   #584  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Ra`noxon Xo`jaeva
Оффлайн
UZINFOCOM Сотрудник ZiyoNET при МНО
Сообщений: 201
+ 1,055  393/128
– 2  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Ra`noxon Xo`jaeva с помощью Skype™Facebook
Bugun Behzod Sulaymonov uchun eng unutulmas kun bo'ldi. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra hozir u Bakalavr diplom himoyasini a'lo darajada himoya qildi.
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео
Ответить 
Старый 15.06.2010 15:55   #585  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Ra`noxon Xo`jaeva Посмотреть сообщение
Bugun Behzod Sulaymonov uchun eng unutulmas kun bo'ldi. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra hozir u Bakalavr diplom himoyasini a'lo darajada himoya qildi.
Tabriklaymiz!
Behzodjon, bakalavrni tugatibsiz, endi "Magistratura tomon olg'a!" debon yurish boshlang.
Hayotda ham, ish va keyingi o'qishlaringizda ham ishingiz doimo "besh" bo'lsin.
Ответить 
Старый 15.06.2010 20:14   #586  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Ra`noxon Xo`jaeva Посмотреть сообщение
Bugun Behzod Sulaymonov uchun eng unutulmas kun
Беҳзоджон! Унутилмас кунларингиз жуда кўп бўлаверсин! Буюк бобомиз Алишер Навоий ибораси билан айтганда, ҳар кунинг бўлсин Наврўз! Мен ҳам мустақил ҳаётга қадам қўйганингиз билан самимий табриклайман.
Ответить 
Старый 16.06.2010 01:20   #587  
Real ID Group
Аватар для Алишер Ашуров
Оффлайн
АО "Navoiyazot"
AKA:Alion
Сообщений: 948
+ 958  930/396
– 8  1/1

UzbekistanМой мир
17 iyunda mening ham diplom himoyam bo`ladi. Unutilmas kun bo`ladimi yo`qmi hali bilmayman. Qandaydir hotirjamlik qamrab olgan. Mendan talab qilingan barcha narsani qilib bo`ldim. Endi hammasi komissiya a`zolariga bog`liq.
Ответить 
"+" от:
Старый 16.06.2010 10:31   #588  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Алишер Ашуров Посмотреть сообщение
17 iyunda mening ham diplom himoyam bo`ladi.
Омадs.
Кеча Шимолий Корея Бразилия билан зўр ўйнади. Пентакампионларга 2:1 ҳисобида ютқазишни Шимолий Корея термаси учун ғалаба десак ҳам бўлаверади.
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 16.06.2010 14:27   #589  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Алишер Ашуров Посмотреть сообщение
17 iyunda mening ham diplom himoyam bo`ladi.
Омад ёр бўлсин. Дипломингиз келажак учун илм гувоҳномаси бўлиб хизмат қилишига тилакдошман.
Ответить 
Старый 16.06.2010 15:10   #590  
Known ID Group
Аватар для Bekmirzo
Оффлайн
Сообщений: 1,253
+ 1,042  1,526/636
– 63  80/43

Uzbekistan
Men qoldirgan post qani?..
Cenzura ham shunchalik bo'ladimi?..
Ответить 
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх