Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 09.04.2010 10:42   #681  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Men Bibi Oysha emasman,
hazrati Xadicha ham emas, ammo
Yuragimda bitta odam bor,
Rasuldek sevimli,
Xudodek tanho!
Xudoyo, men uchun bu qismat nega?
Nechun yuragimda sevgi bu qadar?
Kimning qayg'usi bu-
bir ishq beega,
Qorong'u umrimga soladi xatar?
Yolg'iz bo'ldim,
bir oliy sharaf,
yoki mahrami xos buyuk zot uchun.
Ammo suyagimni o'tlarga qalab,
Jannatiy bir sevgi yonadi nechun?
Oydin tushlarimda olma tishladim,
Boshlarim aylanar sevgi isidan!
Xudoyim, Xudoyim,
jismimni qadim
yaratding, ayt, kimning qobirg'asidan?
Shu qadar mahrummanki, yetmas kuchim,
Nur istab-ruhimning isyoni tinmas,
Gunohlarin so'rab berguvchi,
Men, axir, Hazrati Oyisha emas!
Qalbni barbod etgan ishq bilan nega
Arshingga gunohkor qo'yaman qadam?
Bu olov umrimga bo'lgali ega,
Nahot, topilmadi bu yorug' Odam?!
Oydin tushlarimda olma tishladim,
Boshlarim aylanar sevgi isidan!
Xudoyim, Xudoyim, jismimni qadim
Yaratding, ayt, kimning qobirg'asidan?!..

Zebo Mirzo

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 24.01.2014 в 14:57.
Ответить 
Старый 09.04.2010 10:57   #682  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Sev meni...

Olovli vulqonni yutgandek zamin,
Ko'targani kabi jannatni osmon,
Qovjirab kutgandek tomchini sahro,
Saqlagani kabi sirini ummon.

So'nggi nafasdagi bir yutum havo,
Hayot kabi aziz, qadrli jondek,
O'lsa-xiyonatdek, qolsa-baxtsizlik,
Ketsa-birga ketadigan iymondek.

Ruhlar olamida birga tug'ilib,
Birga o'ladigan yolg'iz yor kabi.
Ossa-o'zin osib, biroq o'zgaga
O'zini bermagan baland dor kabi.

Hech kimga hech narsa demasdan borib,
G'ayurlar boshiga yog'ilgan toshdek.
Qahraton qishlarni beparvo yorib,
Yashringan g'orimga kirgan quyoshdek.

Bu g'anim toshlarga achchiqma-achchiq,
Qismat yo'llariga qarama-qarshi.
Xudoning qoshidan kelgan dur yanglig',
Ko'tarib kelgandek muhabbat arshin.

Sev meni!
Men seni sevganim kabi.
Ko'zlarim ko'zingda tursin jaranglab.
Ruhingga tutashsin ismim gulxani,
Shunday yonki, hech kim tutolmasin lab!

Qahrimda, zulmimda, bori-yo'g'imda
Shu qadar sevginki, so'ramay: "Nega?"
Nainki, bu dunyom, u dunyomda ham
Sendan o'zga inson bo'lmasin ega!..
Sev meni!..

Zebo Mirzo
Ответить 
Старый 14.04.2010 02:30   #683  
uParty Member
Аватар для Majnuntol
Оффлайн
Talaba
AKA:Majnuntol
Сообщений: 26
+ 145  35/14
– 0  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Majnuntol с помощью YahooМой мир
Sog'inaman deysiz, kulib qo'yaman,
Bilmaslikka olaman bilganlarimni.
Sizga aytolmayman ko'rsatolmayman,
Ko'zimda yosh bilan kulganlarimni.

Sog'inaman deysiz kulib qo'yaman,
Iltimos aytmang!...
Ichingizda qolsin shu munavvar nur!
Armon sahrosida haqiqiy mardlar.
Jimgina sog'inar, so'zsiz yig'lashar!!!

Sog'inaman deysiz boshim egaman,
Bilmaslikka olaman bilganlarimni.
Sizga aytolmayman cho'g'lar ustida,
Tong qadar tilovat qilganlarimni!

Ahir sog'inmoq ham ibodat qilmoq,
Sog'inch ko'z yoshlarga yuzlarni chayar!
Armon tunlarida haqiqiy mardlar,
Jimgina sog'inar, so'zsiz yig'lashar!

Sog'inaman deysiz,aytmayman men ham,
Og'zini yopaman aytarlarimni!
Aytmasman hijronning oyoqlariga,
Tut kabi to'kilib qaytarlarimni!

Iloho to'qnashmaylik tasodifan ham,
Birga uchratmasin na do'st na g'ayur!
Armon changalida haqiqiy mardlar,
Jimgina sog'inar, so'zsiz yig'lashar!

(Muallifini bilmayman)
__________________
:girl_sigh:
Ответить 
Старый 14.04.2010 17:02   #684  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Tunda Samarqandning minoralari
Yo'g'rilib samodan to'kilgan tushga,
Harir ko'ylakdagi parilar kabi
uchadi aylanib ilohiy qushga...

Oyning shiviridan uyg'onadi yel,
Xush nafas yeladi havoni yiqib,
Qirq birinchi hujra yo'laklaridan
Bibixonim keladi chiqib!..

Koshinlar bag'ridan ko'z ochar qayta,
Naqshlar qa'riga singib ketgan gul.
Nogahon ismimni ayta va ayta,
G'oyibdan menga xat uzatar qo'l!..

Pichirlab o'qiyman... Ko'zim o'ngida
Ochilar osmonning sirli darchasi.
Men esa turibman vaqt so'ngida,
qo'limda egasiz maktub parchasi!

Qaysi g'isht ostida qoldirilgan u?
Va qaysi musavvir sog'inch-la bitgan?
Balki meni kutgan ming yillar burun,
Va so'nggi nafasda yashirib ketgan?

Maysa ko'zidagi shabnam-qadahni
Asta ko'tararkan lojuvard osmon.
Umrimda ko'rmay hech bunday farahni,
Uyg'onib ketaman yurak-bag'rim qon.

Men uni izlayman har tun, har oqshom,
Jim tinglab har bitta qadam sasini.
Ko'zlarimni yumib, yutaman shodkom
Olis Samarqandning xush nafasini!..

...Unda Samarqandning minoralari
Yo'g'rilib samodan to'kilgan tushga,
Harir yo'lakdagi parilar kabi
Aylanib uchganda ilohiy qushga.

Oydin nurlaridan to'shab Oy gilam,
Yulduzlar ochganda osmon darchasin
Men kirib boraman ko'zda yosh bilan,
Qo'llarimda esa yurak parchasi!..

Zebo Mirzo
Ответить 
2 "+" от:
Старый 15.04.2010 09:34   #685  
Аватар для BeK
Оффлайн
Сообщений: 31
+ 76  23/10
– 1  2/2

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
ONAJON

Topmoq - yo‘qotmoqdir,
Yo‘qotmoq – topmoq,
Sen so‘lib,
Men yashab,
To‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko‘proq yo‘qotdim –
Sen meni yupatding,
Seni yig‘latdim,
Sen meni yaratding,

Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..
Sog‘inch haqda she’rlar
Yozdim o‘zimcha,
Mendan peshonangda
Dog‘lar tizimcha.
O‘g‘il bo‘lmay o‘lay,
Attangb ming attang.
Qiz tug‘sang netardi,
Ko‘proq qiz tug‘sang!..
Tirgak bo‘lolmadim
Bitta qizingga
Uyalmay shoirman
Deyishimga boq.
Joningdan aylanay,
Turgil jonajon,
Yo‘l qarab bo‘ldimi
Jigarginang qon?
Boqma, ko‘zlarimga
Bemajol, xasta,
Mening topganlarim
Gulmi bir dasta,
Yo‘qotganim senmi
Endi ONAJON?..
O‘z etimni o‘zim
Yeyishimga boq.
Bilsang yuragimni
Bir alam elar.
Buyursang qo‘limdan
Kelmaydi nelar,
Ayt,
Pichan yig‘aymi,
O‘tin yoraymi,
Yerni haydayinmi,
Ko‘k ag‘daraymi?..
Itdek oyog‘ingga
Suykalgim kelar –
Uchib-uchib, mana
Qo‘nishimga boq.
Hech narsa kerakmas,
Bolam, hech deysan.
Endi kech deysan-da,
Endi kech deysan.
Yuzimni bosaman
Muzday yuzingga,
ONAJON,
Zor qilib ketma izingga!
O‘lim oldida ham
G‘amimni yeysan,
Men-chi, jim, taqdirga
Ko‘nishimga boq.
She’rim bitdi,
Xayir,
Do‘stlar xush qoling.
Bedil yashamakka
O‘rganmang menday
Boring,
Volidangiz
Ko‘nglini oling,
Ertaga
Kech qolib
O‘rtanmang menday.



Muhammad Yusuf
Ответить 
Старый 15.04.2010 16:11   #686  
Аватар для BeK
Оффлайн
Сообщений: 31
+ 76  23/10
– 1  2/2

UzbekistanАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Оффтоп:
G'afur G'ulomni "Bilib qo'yki seni vatan kutadi" nomli she'rini kim to'liq biladi?
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 15.04.2010 16:23   #687  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от BeK Посмотреть сообщение
Оффтоп:
G'afur G'ulomni "Bilib qo'yki seni vatan kutadi" nomli she'rini kim to'liq biladi?
A'lo mamlakatning, a'lo farzandi bilib qo'yki seni Vatan kutadi...

Qolgan satrlari yodimda yo'q.
Lekin shunga o'xshash bir she'r bilaman.
Ответить 
Старый 15.04.2010 16:44   #688  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Vaqt

G'uncha ochilguncha o'tgan fursatni
Kapalak umrimga qiyos etgulik,
Ba'zida bir nafas olgulik muddat
Ming yulduz so'nishi uchun yetgulik.

Yashash soatining oltin kapgiri
Har borib kelishi bir olam zamon.
Koinot shu damda o'z kurrasidan
Yasab chiqa olur yangidan jahon.

Yarim soat ichida tug'ilib, o'sib
Yashab, umr ko'rib, o'tguchilar bor.
Ko'z ochib-yumguncha o'tgan dam qimmat,
Bir lahza mazmuni bir butun bahor.

Bir onning bahosin o'lchamoq uchun
Oltindan taroz-u, olmosdan tosh oz.
Nurlar qadami-la chopgan sekundning
Barini tutolmas ayhannos ovoz.

Yigit termuladi qizning ko'ziga,
Kiprik suzilishi, mayin tabassum...
Qo'sha qarimoqqa muhr bo'ladi
Hayotda ikki lab qovushgan bir zum.

Yashash darbozasi ostonasidan
Zarhal kitob kabi ochilur olam,
Tiriklik ko'rkidir mehnat, muhabbat,
Fursatdir qilguchi aziz, mukarram.

... Reyxstag ustiga g'alaba tug'in
Qadashda otilgan jangchining o'qi
Yalt etgan umri-la barqaror qildi
Basharning muqaddas, oliy huquqin.

G'alaba amri-la mag'lub nemisning
Generali qo'l qo'ydi. Uch sekund faqat...
Shu mal'un imzoda odamlar o'qur
Million yil fashistning umriga lan'at.

Aziz asrimizning aziz onlari,
Aziz odamlardan so'raydi qadrin.
Fursat g'animatdir, shoh satrla-la
Bezamoq chog'idir umr daftarin.

Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek
Diana ma'badin yoqmoq shart emas,
Ko'plarning baxtiga o'znikin jamlab
Shu ulug' binoga bir g'isht qo'ysak bas.

Har lahza zamonlar umridek uzun,
Asrlar taqdiri lahzalarda hal.
Umrdan o'tajak bir lahza uchun
Qudratli qo'l bilan qo'yaylik haykal.

Hayot sharobidan bir qultum yutay,
Damlar g'animatdir, umrzoq soqiy.
Quyosh-ku falakda kezib yuribdi,
Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy.

G'afur G'ulom
Ответить 
Старый 15.04.2010 18:14   #689  
Аватар для bekww
Оффлайн
Сообщений: 568
+ 1,307  476/245
– 9  11/6

UzbekistanLiveJournalМой мир
***

Кел, эй, кўнгил, шаробдай қуйил,
Қақраб қолган қақроқ лабимга.
Маст бўлайин, майлига буткул,
Малҳам бўлсанг, соғинч дардимга.

Туйғулардан кўзим қамашиб,
Узоқ йиллар куйладим ойни.
Илон каби ул ҳам чирмашиб,
Туйғулардай авради мени.

Ой ҳам бугун бегона менга,
Бегонадир осмон ҳам ахир.
Умидимдай суяндим тонга,
Бу тонгларки, йилт этган шамшир.

Маст айларди шудгорнинг ҳиди,
Замин бугун димиқиб ётар.
Чигирткалар саси ҳам тинди,
Сукут юрагимга наштардай ботар.

Умр ўхшар эгик дарахтга,
Белин букар буюк бир соғинч!
Мен хушимда ўхшаб карахтга,
Тушларимда яшайман нотинч.

Шовуллаган сойни куйладим,
Оқиздирмас ҳатто соямни,
Мен ҳамиша бахтни ўйладим,
Чақмоқларга санчиб миямни.

Йўқ! Тугамас кўнгил сафари,
Бўлмаса ҳам армоннинг васли.
Бўл ҳаётнинг ғолиб аскари,
Қалбим, сендан топдим тасалли!

Кел, эй, кўнгил, шаробдай қуйил,
Қақраб қолган қақроқ лабимга.
Маст бўлайин, майлига буткул,
Малҳам бўлсанг, соғинч дардимга.

Тилак Жўра
Ответить 
"+" от:
Старый 15.04.2010 20:15   #690  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Kahramon Jalilov
Оффлайн
Аналитик
админ ДСИ
AKA:designer
Сообщений: 1,104
+ 781  680/330
– 24  11/7

UzbekistanОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью YahooОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мир
Ота - она

Мен бахтлиман нега йиғлайсиз она,
Дардни хам хаммага бермайди худо,
Бахтим шу дардимда, дардим бахтимда
Бутун юрт ортимдан қиляпти дуо.

Юрт илдамламоқда чўққилар сари,
Карвон қадам ташлар олдинга қараб
Мени деб шу отам дардидан ариб
Бир қадам олддинда юрса не ажаб.

Оллохим умр бер ота-онамга
Сабр бер гохида тушганда ғамга
Шундоғам мен учун қанча дард ютди
Нопоклик юқмасин дея боламга

Эртага бахорнинг авжи сўнса хам
Дарёларнинг эрка мавжи сўнса хам
Остонаси олтин қаср керакмас
Отам омон бўлсин, соғ бўлсин онам...

Қадримнини қаричлаб ўлчаб юрмадим,
Бахтимни бозордан излаб юрмадим
Оғзимдаги ошни илиб кетганда
Дўстларим очоф деб сўзлаб юрмадим

Менга керак эмас бировнинг рисқи
Бут бўлсин хар кимнинг насиби касби,
Отамнинг кўзига бир бор тик боқсам
Онам оқшомлари чўчиб турмасми ?

Тўғриси, тўғриси чарчадим ортиқча юкдан
Дўстгамас, ишимга ошиқ шерикдан
Хар куни Бухорога чақирар отам
Онам мени кута-кута зериккан...
(Ахад Қаюм)

Последний раз редактировалось Kahramon Jalilov; 15.04.2010 в 20:17.
Ответить 
2 "+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх