23.09.2009 13:19
|
#100
|
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360
10,318/4,529
– 37
58/50
|
Цитата:
Сообщение от Muhayyo Turdialiyeva
Оффтоп: Qoyil, rahmat Nigora opa, kommentariylar uchun... Bormaganlarga alam qiladi-da endi... a labbay Kumushoy...?
|
Bu hali hammasi emas edi. O'z-o'zidan she'r(yo'g'e-e-ey shig'ir0 ham quyilib keldi. Mana o'sha "ijod namunasi":
Цитата:
Muhayyoxon uyiga
Ro'yxatdagilar bordik.
Manzil topib borguncha,
Ancha-muncha biz hordik.
Muhayyoxon bizga deb
Xo'p dasturxon solibdi,
Dasturxonga qo'yilmagan,
Anqo urug'i qolibdi.
Kelinimiz kelishtirib,
"Kelin salom" qildilar,
Qaynona-chi bizlarni
"Uforumchi" bildilar.
Kelinchak qo'llaridan
Avval issiq choy ichdik,
Norin, somsani yegach,
Yaxshilab duo qildik.
Qaynona-yu kelinchak
Juda ham o'xshasharkan,
Biri qo'yib birini
Doimo maqtasharkan.
Tillari shirinidan,
Tort ham xijolat bo'ldi.
"Asalman", degan chak-chak,
Alamdan ko'ngli to'ldi.
Ra'no-yu Feruzalar
Xizmatga kirishishdi.
Choy o'rniga suv quyib,
"Repetitsiya" qilishdi.
Mittivoy Dilnozaxon,
"Kelin salom"ni bopladi.
Uning bitta "salom"i,
O'nta salomni qopladi.
"Uforum"da hayit choyi,
An'anaga aylandi.
Keyingi safar bu marosim
Husannikida tayinlandi.
Husanboy, kelinchakning
Choyiga orzumandmiz.
"Kelin salom"ni olib
Sizlarga baxt tilarmiz.
N.U
Оффтоп: Bilaman, she'rim qolipga solinmagan. Vazn degan narsa yo'q. to'g'ri qabul qilasiz , degan umiddaman.
|
Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 23.10.2009 в 17:07.
|
|
Ответить
|