|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. | |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
05.03.2016 14:49 | #1991 |
ЁЛҒИЗЛИК
Уч ажойиб ўғли бўларди қачонлардир бечора чолнинг - бири шуҳрат ортидан кетди, бири ҳақнинг, бири хаёлнинг. Қандай эрта кетишди улар! кетди қўрси, шўхи, дилбари, чол бир умр кутди қовжираб сувсиз қолган ўзан сингари. Кутавериб чарчар, ниҳоят ўйлаб қолар илк бор ўзини, чақирволар кўпдан кўчада йўл пойлаган икки кўзини... ...Ухлаб қолар, болалик чоғи. қишлоқ пайдо бўлар тушида, дўсту ёрнинг таниш юзлари, келинчакни кўрар тушида. Уч ажойиб ўғли қиқирлаб, тиззасида ўйнаб-куларди. Бирдан улар улғайиб кетди, сўнг йўқотиб қўйди уларни... Волидаси оппоқ рўмолда енги билан артармиш кўзин: «Болам олиб кетгани келдим, қийналибсан бунда бир ўзинг...» Ва уйғонди, юрак тобора узоқлашиб кетётган эди, чол кўксига кафтини босиб, «раҳмат сенга, оғайни», деди. Сўнг яшамай қўйди, чарчади, чол юзгача яшарди, бироқ ёқтирмасди, истамасди ҳам битта ўзи яшашни узоқ... Шавкат РАҲМОН
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
13.04.2016 08:07 | #1992 |
|
УСМОН НОСИР...
Она келар кўзда ёш билан Йўқлагани катта тақсирни: “Шу рўйхатдан ўчириб ташланг Ҳеч бўлмаса Усмон Носирни!” Бир четларда орият йиғлар Қарғаб йигирманчи асрни. Етим қолган шеърият йиғлар: “Ҳеч бўлмаса Усмон Носирни...” Бир чимилдиқ кўрмаган юрак, Англамаган ҳали ул сирни – Қатағондан қутқариш керак Ҳеч бўлмаса Усмон Носирни! Қайдин шунча қалбларда қаҳр, Танланг-да сал шунга арзирни! Сақлаб қолиш мумкин-ку, ахир, Ҳеч бўлмаса Усмон Носирни! ... Она бўзлар, кўнгил йиғлайди, Кўтаролмай кўҳна таъзирни: Шу рўйхатда кўргим келмайди Ҳеч бўлмаса Усмон Носирни!!! Хайрулла Ҳамидов |
|
Ответить |
28.05.2016 19:06 | #1993 |
|
Кечир, Ё РАБ!
Менга тош отди бир жоҳил, Кечир, Ё Раб, кечирдим мен. У қулдир бандаи ғофил, Кечир, Ё, Раб, кечирдим мен. Жаҳонда фитналар бордир, Адолат гоҳи ночордир. Адолат қил, Ўзинг одил, Кечир, Ё, Раб, кечирдим мен. Ёмон бўлдим, ёмон бўлдим, Хато ўққа нишон бўлдим, Хато қилган эмас қотил, Кечир, Ё, Раб, кечирдим мен. Гуноҳидан ўт ул жоннинг, Сўзига кирдим шайтоннинг, Кўнгил алданмоққа мойил, Кечир, Ё, Раб, кечирдим мен. Тутарман ул синиқ одам Синиқ имонига мотам, Дилига эътиқод жо қил, Кечир, Ё, Раб, кечирдим мен. У ҳам, мен ҳам қиёматда, Турармиз лол хижолатда. Бўлиб даргоҳингга дохил, Кечир, Ё, Раб, кечирдим мен. Кечир, янглишмаган ким бор, Менинг ҳам кўп гуноҳим бор. Одамзод асли нокомил, Кечир, Ё, Раб, кечирдим мен. ЭРКИН ВОҲИДОВ |
|
Ответить |
28.06.2016 01:16 | #1995 |
Сообщений: 27
+ 0
0/0
– 0
0/0
|
Ko'zingiz qaridan oqsa tomchi yosh
Sizdan ham battarroq kuyguvchilar bor. Barcha sizdan yuzin burib ketsa ham - Doimo bir sizni suyguvchilar bor! Umrning eng sovuq qirovlarida, Xayotning har bitta sinovlarida, Xatto-ki, mashshaqqat olovlarida Siz uchun, sizdan ko'p kuyguvchilar bor! Dunyo - tor kelganda bir o'zingizga Javob topolmasangiz har so'zingizga Shu onda tik boqib u ko'zingizga - "Doim siz bilanman" - deguvchilar bor. Mayli bo'la qoling "borsa kelmas"da Mudom yashab qoling " qushlar qo'nmas"da Izingizdan qolgan - oshiq emasda! Bir umr yonizda turguvchilar bor! Biror bir maqsadni aylab bahona Manzilingiz ko'zlab bo'lsayz ravona Ortingizdan chopib, bo'lib giryona - Yo'lingizni poylab yurguvchilar bor! Oshiq ahli doim sodiqdir. Ahdda. Kimnidir sevsangiz - bu ham bir bahtda, Bo'lmasa ham podshox, o'tirmay taxtda Lek sizga Toj Mahal qurguvchilar bor. Siz bir malakdirsiz - farishta misol Siz bir ertakdirsiz, sizdir oyjamol Tushlarida qurib siz bilan visol Faqat sizni hayol surguvchilar bor! Yosh, tanish shoirining ijodidan. (Ismini yozishimga ko‘nmagan. Uzr) |
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
28.06.2016 01:20 | #1996 |
Сообщений: 27
+ 0
0/0
– 0
0/0
|
Qarang... bir g‘aroyib zamon kelibdi.
Sevib - faqat azob yutar ekanmiz. Aytingchi, sevishib ne qilar edik, Bir zumda ayrilib ketar ekanmiz?! To‘g‘ri, menga va‘da bermagandingiz. Ammo, men ko‘p narsani kutgan edimda! Nahot, ko‘rib turib sezmagandingiz, Sizga juda bog‘lanib ketgan edimda! Mening ham ishqimda yo‘q edi yolg‘on. Mening ham yuragim urardi go‘zal. Bilmadim, "qaysidir" - siz aytgan inson, Sizga mendan ko‘ra bo‘libdi afzal. Mayli, boravering... tanlov - sizniki. Siz - mening yolg‘izim... mehmon ekansiz! O‘ylardim, siz - mening, menchi sizniki. Bugun siz men uchun armon ekansiz! Chiroyli yigitsiz, mendan ham hushro‘y Ko‘zingiz go‘zalroq hattoki qizdan. Mendan har jabhada raso bo‘lsayz ham, Birgina sevgida ustunman sizdan. Negaki men sevdim... vafo, ahd bilan, Mehr-muhabbat-u, pok qalbim bilan. Qiyomatga qadar sevaman shunday, Siz esa... ketyapsiz ayting kim bilan?! To‘xtang, ko‘z yoshimni artib olayin. So‘zlashga yo‘l qo‘ymay oqyapti tinmay. Ko‘zimga tik boqing, to‘yib olayin Men ahir yashadim - bir vafo bilmay! Yo‘q, yoshni to‘xtatish qiyin bo‘larkan. Tinmay, sim-sim chiqar yurakdan ashkim. Sirtdan ikkingizga baht tilasamda Ehh, yomon kelyapti u qizdan rashkim... *********************************************** Birdona. |
|
Ответить |
28.06.2016 01:23 | #1997 |
Сообщений: 27
+ 0
0/0
– 0
0/0
|
Bu zamondan qochib qayerga boray?
Ko'ksimda hanjarlar, dil - g'urbathona. Tizzangizga bir oz boshimni qo'yay. Alla aytib bering charchadim ONA! Eh... men - nodon inson, g‘orlik qilibman. Bugun hatolardan ko‘nglim - vayrona! Hoy-u havas - bir pul, endi bilibman. Alla aytib bering charchadim ONA! Iqrorman, ko‘p bora o‘zim o‘yladim. Ko‘zlaganim edi - yashash shohona. Barini topdim lek* orom topmadim, Alla aytib bering charchadim ONA! Chaqaloq bo‘lganim tuyib uhlayin, Chin so‘zim: vaqt-makon hozir begona. Bolalik davrimday suyib tinglayin, Alla aytib bering charchadim ONA! Men ahmoq mehrimni kimlarga berdim? Sanamlar ishqida bo‘ldim devona! Endi afsusdaman ( nima ham derdim). Alla aytib bering charchadim ONA! Sizning allangizda borliq mujassam Eshitgim kelmoqda ko‘zim giryona! Ne qilay, men unga sira to‘ymasam?! Alla aytib bering charchadim ONA! Bolakay. (O‘zim) Последний раз редактировалось Dilmurod1996; 28.06.2016 в 01:30. |
|
Ответить |
28.06.2016 01:28 | #1998 |
Сообщений: 27
+ 0
0/0
– 0
0/0
|
Agar e‘tibor berayotgan bo‘lsanglar, she‘rlarni birinchi kupletidagi so‘zlar boshqa shoirlarni she‘rlarini eslatadi yoki butunlay o‘sha shoirning ijod mahsuli. Men asosan biror bir she‘rdan ilhom olaman va o‘sha she‘rdan foydalanib o‘zim yangi she‘r yozaman. Balki bu kamchilikdur, lekin bundan havotirga tushmayman, chunki qancha buyuk shoirlar ham bu usuldan ko‘p bora foydalanganini guvohi bo‘lganmiz. Qolaversa, men o‘zimni mukammal shoir deb hisoblamayman.
|
|
Ответить |
28.06.2016 01:31 | #1999 |
Сообщений: 27
+ 0
0/0
– 0
0/0
|
Bo'ldi. Bas. Ortiqcha so'zing kerakmas
Yo'limga termular ko'zing kerakmas Yolg'oning kerakmas, o'zing kerakmas Bugun sen yerdirsan, men-chi osmonman! Ko'z yoshlar to'kmagin hiylang befoyda Unuta olasan bir - ikki oyda Endi men bo'lmayman har sen bor joyda. Bu kun so'nggi bora senga mehmonman! Bevafo. Og'riqli tuyg'usan o'zing. Pok hotiramda dog' - qayg'usan o'zing. Xaq so'z izlab, menga boqqanda ko'zing Barchaga rostman lek senga yolg'onman. Qoqilsang - yoningda tayanch edim men. Siqilsang - qalbingga suyanch edim men. Armondan yig'lasang - yupanch edim men. Bugun boshqa qalbga dori - darmonman! Iliq xaroratli yoz emasmiz biz. Chin oshiq ahliga xos emasmiz biz. Aslini olganda mos emasmiz biz Sen mitti dengizsan, men bir ummonman! Muhabbat ketdi-mi? Qaytib kelmaydi. Bo'shab qolgan yurak qaytib to'lmaydi. Ertaga ne bo'lar? Aytib bo'lmaydi. Bugun men sen uchun buyuk armonman! Bolakay. |
|
Ответить |
28.06.2016 01:34 | #2000 |
Сообщений: 27
+ 0
0/0
– 0
0/0
|
Bir lahza sen bilan qolish orzuim.
Bir zum yonginangda bo'lgim keladi. Yagona armonim, bitta qayg'uim, Seni diydoringga to'ygim keladi. Sog'inib ketgandan, gohida... yo rab, Xayotimga nuqta qo'ygim keladi. Faqat, parvardigor oldidagi burch Menga yashamoqlik shartin beradi. Balki seni ko'rmoq qolar maxsharga, Balki bu dunyoda yo'qdir bizga kun. Mayli firoq ila yashayveraylik, Yorug' diydor qadar boraylik beun. Yorug' diydor qadar boraylik beun, Yuzimiz shodon-u, yurakda alam. Yashaylik hayotda bir suratdayin, Toki sabrimizga lol qolsin olam. Bolakay. Maktab davrimdagi she‘r. |
|
Ответить |
|